MASSA MARKAZI. MUVOZANAT TURLARI. KUCH MOMENTI. REJA: 1. Massa markazi va ularni aniqlash usullari. 2. Jismlarning muvozanat turlari. 3. Kuch momenti. Massa markazi nima? Massa markazi - bu jism yoki jismlar sistemasining barcha qismlari massalari to‘plangandek tuyuladigan nuqta bo‘lib, bu nuqtaga jism yoki jismlar sistemasining massa markazi deyiladi. Massa markazi qanday aniqlanadi? Murakkab shakllarning massa markazini topish uchun biz massa markazining umumiy matematik taʼrifidan foydalanamiz: bu shunday yagona nuqtaki, sistema barcha qismlarining unga nisbatan radius vektorlari oʻrta vaznli qiymati nolga teng. Ixtiyoriy jism yoki jismlar sistemasining massa markazi qanday topiladi? Umumiy holda massa markazi sistemadagi nuqtalarning radius vektorlarining vanzli yigʻindisi bilan topiladi. Vektorlarni qoʻshishning oldini olish maqsadida biz har bir oʻq uchun massa markazining komponentini alohida topamiz. Yaʼni: X oʻqi uchun: massa markazi x = m1x1 + m2x2 + … /m1 + m2 + … Y oʻqi uchun: massa markazi y = m1y1 + m2y2 + … /m1 + m2 + … Jismlarning massa markazlari aniqlangandan soʻng ularni muvozanat holatiga keltirish yoki joyidan qo‘zg‘atish oson boʻladi. Odatda muvozanat turlari uch xil boʻladi: – turgʻunmas muvozanat; – farqsiz muvozanat; Jism muvozanat vaziyatidan chiqarilib, qo’yib yuborilganda uni dastlabki vaziyatiga qaytaruvchi kuch hosil bo’lsa, jismning bunday muvozanatiga turg’un muvozanat deyiladi. Jism muvozanat vaziyatidan chiqarilib, qo’yib yuborilganda uni dastlabki muvozanat vaziyatidan yanada uzoqlashtiradigan kuch hosil bo’ladigan bo’lsa bunday muvozanat turg’unmas muvozanat deyiladi. Jism muvozanat vaziyatidan chiqarilib, qo’yib yuborilganda uning vaziyatini o’zgartiradigan hech qanday kuch hosil bo’lmasa bunday muvozanat farqsiz muvozanat deyiladi. Kuch momenti Aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismga qo‘yilgan kuch va kuch yelkasining ko‘paytmasi kuch momenti deb ataladi. Kuch momenti M harfi bilan belgilanadi. M = F*l Bu yerda: F – kuch yelkasi, l – og’irlik markazidan kuch qo’yilgan masofagacha bo’lgan uzunlik. Kuch momentining o’lchov birligi XBS da (N*m)
Do'stlaringiz bilan baham: |