Matematik masalalarni yechish va ularning grafiklarini yaratishga mo’ljallangan mapl 5, Math Cad dasturlari va ularda ishlash


Download 238.84 Kb.
bet1/2
Sana03.06.2020
Hajmi238.84 Kb.
#113868
  1   2
Bog'liq
3 savol


Matematik masalalarni yechish va ularning grafiklarini yaratishga mo’ljallangan MAPL 5, Math Cad dasturlari va ularda ishlash (6 soat laboratoriya ishi).
Reja:

        1. Maple oynasining strukturasi

        2. Arifmetik amallar. Maple tizimining o‘zgarmaslari, butun va ratsional sonlar

        3. MatCad haqida tushuncha.

        4. MatCad ning arifmetik imkoniyatlari


Maple bu kompyuterda analitik hisoblashlar bajarish uchun paket, o‘zida algebra, geometriya, matimatik analiz, differentsial tenglamalar, statistika, matematik fizika masalalarini yechish imkonini beruvchi ikki mingdanortiq komandalarni saqlaydi.

Mapleni ishga tushirish uchun Windowsning Bosh menyusidagi Programmы bandidanMaple ni tanlaymiz.

MapleWindowsning tipik oynalariga o‘xshaydi. Maple oynasi Sarlavha satri (Stroki nazvaniya), Bosh menyu (Osnovnoy menyu), Asboblar paneli(Paneli instrumentov), Ishchi maydon (Rabochee pole),Holatlar satri (Stroka sostoyaniya), Chizg‘ich(Lineyki), shuningdek, O‘tkazish yo‘lakchasi (Polosa prokrutki) dan tashkil topgan.

Maple oynasining Sarlavha satri, Bosh menyu, Asboblar panelining ko‘rinishi:


Bosh menyu tarkibi:

File (Fayl)  fayllar bilan ishlash uchun standart buyruqlar yig‘indisidaniborat, masalan:faylni saqlash,faylni ochish, yangi fayl yaratish va h.k.

Edit (Pravka) matnni tahrirlash uchun standart buyruqlar yig‘indisidaniborat, masalan: nusxa olish, belgilangan matnni qirqib olish, buyruqni rad yetish va h.k.

View (Vid) – Maple oynasi strukturasini boshqaruvchi buyruqlar yig‘indisidaniborat.

Insert (Vstavka) – turli tipdagi maydonlarni kiritish, matematik palitralar, ikki va uch o‘lchamli grafik tasvirlaruchun xizmat qiladi.

Format (Format) – xujjatni tuzish uchun xizmat qiladigan buyruqlar yig‘indisidan iborat, masalan:shriftning turini, o‘lchamini, stilini tanlash.

Options (Parametrы) – ma’lumotlarni ekranga, printerga kiritish va chiqarish parametrlarini rostlash uchun mo‘ljallangan buyruqlar yig‘indisidan iborat, masalan, chop qilish soni.

Windows (Okno) – bir ishchi varaqdan boshqasiga o‘tish uchun xizmat qiladi.

Help (Spravka) – Maple haqida to‘liq ma’lumotlarni saqlaydi.

Mapleda ish sessiya tartibida o‘tadi – foydalanuvchi matn (buyruqlar, ifodalar, protseduralar) ni kiritadi, ular shartli ravishda hisoblanib, Maple bilan qayta ishlanadi. Ishchi maydon uchga bo‘linadi:

  1. Kiritish sohasi – buyruqlar satridan iborat. Har bir buyruq satri >belgisi bilan boshlanadi;

  2. Chiqarish sohasi – kiritilgan buyruqlarning qayta ishlanganining natijalarini analitik ifodalar, grafik ob’ektlar yoki xatolar xabarlari ko‘rinishida chiqaradi;

  3. Matnli izoxlar sohasi – bajarilayotgan protseduralarni izohlaydigan turli hil matnli ma’lumotlarni chiqaradi. Matnli satrlar Mapletomonidan qabul qilinmaydi va qayta ishlanmaydi.

Buyruq satrini matnli satrga o‘tkazish uchun asboblar panelidagi tugmani sichqoncha bilan bosish kerak.

Matnli satrni buyruq satriga qayta o‘tkazish uchun asboblar panelidagitugmani sichqoncha bilanbosish kerak.


Matematik o‘zgarmaslar va arifmetik amallar.

Asosiymatematiko‘zgarmaslar: Pi – soni; I – mavhumbirliki; infinity – cheksizlik; Gamma – Eylero‘zgarmasi; true, false – mantiqiyifodalarningchinyokiyolg‘onliginibildiruvchimantiqiyo‘zgarmaslar.

Arifmetik amallar belgilari:

+ - qo‘shish; - ayirish;

* - ko‘paytirish; / - bo‘lish;

^ - darajaga ko‘tarish; ! – faktorial.

Taqqoslash belgilari: <, >, >=,<=, <>, =


Kompleks, butun va ratsional sonlar. Maple da sonlar haqiqiy (real) va kompleks (complex) sonlarga bo‘linadi. Kompleks sonlar z=x+iy algebraik ko‘rinishda yoziladi, buyruqlar satrida quyidagicha kiritiladi:

>z:=x+I*y;

Haqiqiy sonlar butun va ratsional sonlarga bo‘linadi. Butun sonlar (integer) o‘nlik sistemada yoziladi. Ratsional sonlar uch xil ko‘rinishda berilishi mumkin:


  1. Ratsional kasr ko‘rinishida, masalan: 28/70;

  2. Suzuvchi vergul yordamida (float), masalan: 2.3;

  3. Ko‘rsatkichli shaklda, masalan: 1,602*10^(-19) soni 1,60210-19 ni bildiradi.

Ratsional sonning taqribiy qiymatini olish uchun sonlarning butun qismiga .0 qo‘shib yozish kerak. Misol:

> 75/4;


> 75/4.0;

18.75000000

Maple tizimida grek alfaviti harflarini poligrafik ko‘rinishda yozish mumkin. Buning uchun buyruqlar satrida harfning nomi kiritiladi. Masalan, belgisini hosil qilish uchun alpha so‘zini kiritish kerak.

Grek alfaviti xarflari va ularning nomlari:




- alpha

- beta

- gamma


- delta

- epsilon

- zeta

- eta


- theta

- ita


- kappa

- lambda

- nu

- mu

-xi

 - pi


- rho

- sigma


- upsilon

- phi

- chi

- psi

-omega

MatCad haqida tushuncha.


  • Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir.

  • Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo‘llashning unikal kollektsiyasidir. U o‘z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasidayig‘ilgantajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan.


1-rasm. Mathcad paketioynasivauningmatematikpanelvositalari.


Download 238.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling