Matematika fakulteti tmi yo’nalishi 3-bosqich talabasi Abdullayev Ilxomjonning 5-topshiriq savollariga bergan javobi


Download 21.56 Kb.
Sana22.05.2020
Hajmi21.56 Kb.
#108798
Bog'liq
5-topshiriq


Matematika fakulteti TMI yo’nalishi 3-bosqich talabasi Abdullayev Ilxomjonning 5-topshiriq savollariga bergan javobi

1. Soxibqiron Amir Temur say'i xarakati tufayli Samarqand shaxri yangidan qayta tiklandi. Shaxarda Ko‘k saroy, Bibixonim masjidi, Shoxizinda maqbarasi, shaxar atrofida Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Bexisht, Bog‘i Nav kabi bog‘ va saroylar barpo etildi. Ko‘xak - Zarafshon, Amudaryoga ko‘priklar qurildi. Toshkent atrofida kanallar qazildi- Sirdaryodan Oxangarongacha bo‘lgan kanallar shular jumlasidandir.Markaziy Osiyoda rassomchilik, naqqoshlik, 6ezakli-badiiy buyumlar ishlab chiqarish yuqori darajaga ko‘tarildi. Soxibqiron Temur va temuriylar davrida - she'riyat, mantiq, falsafa, tarix, huquq,astronomiya, matematika, nafosat, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, musiqashunoslik, tarbiyashunoslik, me'morshunoslik, tijorat - tadbirkorlik, tarjimonlik, xattotlik, jo‘g‘rofiya va elshunoslik kabi boshqa o‘nlab dunyoviy bilimlarni o‘rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo‘lga qo‘iildi. 1405-1411 yillarda, o‘sha davrning qonun-qoidalariga binoan amir shoh Malik yosh mirzoga otabegi bo‘lib tayinlangan. Otabegi Ulug‘bekka asosan harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm o‘rgatgan.Ulug‘bek yoshligidanoq ko‘p kitoblarni mutolaa qilgan bo‘lib, u ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga juda qiziqadi. Fanga bo‘lgan zo‘r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi tufayligina Ulug‘bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda hamma tomonidan e'tirof etildi, shuhratga sazovor bo‘ldi. Boburning «Boburnoma» asari zoologiya, botanika, astronomiya, etnografiya, tarix, tilshunoslik soxasidagi kimmatli yodgorlikdir. XIV-XVI asrlarda Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti bilan tanishishdan shu narsa ma'lum bo‘ladiki, Amir Temur barpo etgan mustaqil markazlashgan davlatda u qo‘llagan siyosat o‘lkada ilm-fan, san'at, adabiyot, xunarmandchilik va yoshlar tarbiyasida muxim axamiyat kasb etadi.

2. Xonliklar davrida boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatildi. Jumladan, Hindiston Shox Akbar, Sharqiy Ovrupodan Ivan Grozniylar bilan do‘stona aloqa o‘rnatildi. Buxoro xoni Abdullaxon 1001 ta rabot va sardobalar qurdirdi, madrasa, masjidlar, xonaqox va ko‘priklar, suv omborlar va boshqa inshootlar qurildi- Bu davrda «Abdullanoma» nomli tarixiy kitob yozildi. Tibbiyot soxasida Sultonali Samarqandiyning «Dastur al-iloj», Muqammad Yusuf Mahxolning «Taxqiq al xumayyot», «Zubdat ul-qaxxolin» asarlari, Shayboniyxonning «Tavorixi guzidayi nusratnoma», Boburning «Boburnoma», Vosifiyning «Badoe' ul-vaqoe», fazliddin Ibn Ro‘zbekxonning «Mexmonnomayi Buxoro» kabi asarlarida o‘sha davrning ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, adabiy, ma'rifiy xayoti o‘z aksini topgan. Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa, mantiq, qiroat, tafsir, shariat, xikmat, islom tarixi va aqidalarga oid ilmiy-nazariy bilimlar, ish yuritish, xuquqshunoslik, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va boylik taqsimoti kabi dunyoviy xamda ilmiy bilimlar o‘rgatilar edi. Shuningdek, barcha madrasalarda albatta fan sifatida «Qur'on», «Tafsir», «Odob-os-solixin», «Maslik ul-Mutakkin», «Sabod ul-ojizin», «Kimyoi saodat», «Xadislar» o‘qitilar edi.

3. Jahon otin yoshligidan boshlab onasidan savod o‘rgangan, kichikligidayoq akasi ikkalasi Oxunjon xofizdan dutor, tanbur chalish, musiqa ilmining amaliy tomonlarini xam egallaydi. Otasidan esa arab, fors tillari va adabiyot sirlarini o‘rganishga xarakat qiladi. Jahon otin yoshligidan boshlab onasidan savod o‘rgangan, kichikligidayoq akasi ikkalasi Oxunjon xofizdan dutor, tanbur chalish, musiqa ilmining amaliy tomonlarini xam egallaydi. Otasidan esa arab, fors tillari va adabiyot sirlarini o‘rganishga xarakat qiladi.

4. Jahon otin Uvaysiy endi mustaqil ravishda Marg‘ilon va uning atrofidagi qizlarni o‘qita boshladi. Qizlarga xat-savod o‘rgatadi. Ilmiy musiqadan dars beradi. Uvaysiy qizlarga she'r yozishning uslublarini ham o‘rgatadi. Muallimlik kasbiga Uvaysiy ixlos bilan qaraydi. Ilmga tashna qizlarga sidqidil bilan dars beradi. Bu xol uning g‘azallarida xam o‘z ifodasini topgandir: Ma'lumki, qizlar maktabida talabalar zexnini tarbiyalash, bilimlarni mustaxkamlash, uzoq esda saqlab qolish, tafakkur qobiliyatini mustaxkamlash xam katta e'tibor beriladi. Shu maqsadda chiston (topishmoq) larni yechish, muvashshaxlar yozish, adabiy asarni sharxlash va izoxlash kabilardan foydalanilgan. Bu usullar talabani rag‘batlantirgan, uning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini va qobiliyatini oshirgan.

5. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Musulmon maktablarini islox qilish xarakati boshlanib ketdi. Bu xarakat jadidizm (arabcha «jadid» so‘zidan olingan bo‘lib «yangi» degan ma'noni bildiradi). Ularning maktablari «Yangi usul maktablari» deyilardi. Bu maktablarda bolalar partalarda o‘tirar edi, sinf doskasi, dars jadvali tartib berildi. Ta'lim mazmuni xam o‘zgardi, tabiiy fanlar joriy kilindi, ona tilida darslik va qo‘llanmalar yaratildi, zamonaviy o‘qitish metodlari qo‘llana boshlandi. Kattalar uchun rus kursini o‘qitish o‘tgan asrning 80 yillarining boshlarida Toshkentda ikkita, Qo‘qonda bitta ochildi. Rus - tuzem va yangi maktablari keyinchalik O‘zbekistonda sobiq sovet maktablarini tashkil etishga zamin bo‘ldi. Masalan, Toshkentdagi Navoiy nomidagi II bosqich 6 yillik birinchi o‘zbek maktabi, rus - tubjoy maktabi, Narimonov nomidagi Toshkent shaxar pedagogika texnikumi tashkil etildi. Shuningdek, asrimiz boshida Toshkentda xunar maktabi, gidrotexnika maktabi bor edi. Bu maktablar keyinchalik xunar-texnika maktablariga asos bo‘ldilar. Yangi usul maktabini "rushdiya" deb atashardi. Bunday maktablar, Toshkent, Qo‘qon, Samarkand, To‘kmokda bittadan bor edi. Qolganlarini «ibtidoiya» deyilardi. Unda bolalar 4 yil o‘qitilar edi. Toshkent va Qo‘qonda qizlar yangi usul maktabi xam ochildi. 1908-1917 yillarda esa chorizm Turkistondagi maktablarni ruslashtirish siyosatini olib bordi. 1908 yildan yangi usul maktablariga qarshi kurash boshlandi. 1911 yilga kelib, 50 ga yaqin maktab yopildi. 1917 yildan tovush usuli bilan o‘qitish metodiga asoslangan sinf-dars tizimidagi maktablar paydo bo‘ldi: ya'ni, usul maktablarida faqat maxalliy millat o‘qituvchilari dars berishi zarur edi.

6. Yangi usul maktablari tarafdorlarini «jadid»lar, panturkistlar deb ta'qib qildilar. «Yangi usul» yoki «usuli jadid» maktabining asoschisi Ismoilbek G‘aspirali bo‘lib, u butun faoliyatini turkiy xalqlarining ravnaqi va taraqqiyotiga bag‘ishladi.

7. Fayzulla Xo‘jaev, Isxoqxon Ibrat, Saidrasul Aziziy, So‘fizoda, Maxmudxo‘ja Bexbudiy, Abdulqodir Shakuriy, Munavvar Kori Abdurashidxonov, Ismatulla Rahmatullaev Abdurauf Fitrat, X.H.Niyoziylar jadidchilik xarakatining darg‘alari bo‘lib, ular istiqlol uchun, millatimizning ilm-ma'rifatda dunyoning taraqqiy etgan millatlari qatorida turishi uchun xarakat qildilar. Lekin mazkur davrda Turkiston o‘lkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishini Furqat, Anbar otin, Saidaxmad Siddiqiy va boshqalarsiz tasavvur etish qiyin.Furqatning (1858-1909) xizmati shundaki, u jamiyatdagi ilg‘or g‘oyalarni xayotga tadbiq etishga harakat kilgan. «Turkiston»dagi taraqqiyotparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkurning yorqin namoyondasi bo‘lgan. Dunyoviy bilimlar va madaniyatining otashin tarafdori va tashkilotchisi, o‘z mamlakatining ilmiy va texnika taraqqiyoti uchun shijoat bilan kurashuvchi inson sifatida uning o‘z o‘rni bor. Furqat o‘zbekistonda ta'limning yangi tizimini joriy etish kerakligini targ‘ib qildi. «Gimnaziya», «Ilm xosiyati», «Vistavka xususida», «Konsert xususida», "Suvorov xaqida" asarlari shular jumlasidandir. U o‘zbek bolalariga musiqa o‘rgatishni juda istar edi. Lekin mustabid davrda Furqat bu orzulariga erisha olmadi.

8. Anbar otin (1870-1915) o‘zbek shoirasi va ma'rifatparvari. O‘zbek va tojik tillarida she'rlar yozgan. U 1870 yil Qo‘qonda Farmonkul degan ilg‘or kishi oilasida tug‘ilgan. Ma'lumotni Dilshod otin (Barno)dan oladi. U maktabda tarix, adabiyotni o‘rganadi, she'rlar yozadi. So‘ng o‘zi ham darslar beradi. U qizlarga odob qoidalari, she'r tuzilishi, yuksak axloqiy malakalar hosil qilish qoidalarini o‘rgatadi. Uning butun hayoti she'riyat bilan bog‘liq. Ularda ma'rifiy g‘oyalar ilgari suriladi. Anbar otin ma'rifatgina shaxs erkinligini shakllantirishini biladi. Uning Furqatga yozgan she'riy maktubida yangi usul maktablarini ochish hakidagi takliflari bayon etilgan. Anbar otin devon ham tuzgan. Anbar Otinning dunyoqarashini, falsafiy tafakkurini o‘zida mujassamlashtirgan asari - «Qarolar falsafasi»dir. Asar kirish va 4 qismdan iborat. Har bir faslda shoira o‘zining ijtimoiy-qarashlarini bayon qiladi, ayollar taqdiri haqida yozadi.

9. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib «Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, ollohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, yerdan turib yulduzlarga qo‘l uzatmoq kabidur», - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar katta ahamiyatga ega.

10. Taniqli o‘zbek pedagogi va olimi Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asari asarlari ichida uning 1913 yilda yozgan va 1917 yilda ikkinchi bor nashr qilingan «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. Bu asar mazmun tomonidan muallifning boshqa ijtimoiy va pedagogik asarlari bilan uzviy bog‘liqdir. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta'limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi» ilm-axloq haqida fikr yuritiladi.

11. Asosiy g‘oya: "Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat yo saodat, yo falokat masalasidur"

Demak, Abdulla Avloniy, yuqorida ta'kidlaganimizdek, bola tarbiyasini nisbiy ravishda to‘rt bo‘limga ajratadi:

1. «Tarbiyaning zamoni».

2. «Badan tarbiyasi».

3. «Fikr tarbiyasi».

4. «Axloq tarbiyasi» hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi.

12. Bu g‘oya o‘z navbatida yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, insonparvarlik, odamiylik, olijanoblilik, mehnatsevarlik, iffatli, Mehr-oqibatli, intizomli, adolatparvar, millat g‘ururini e'zozlovchi, ulug‘ ajdodlarimiz an'analari va ilmiy meroslarini ko‘z-qorachig‘iday asrash, axloqi pok inson bo‘lib yetishish borasidagi asosiy mezon xisoblanadi.

13. Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi, chuqur ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilar, ijod axli bo‘lmish Munavvar Qori, Maxmuxo‘ja Bexbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho‘lpon, A.Qodiriy, A.Avloniy, Xamza, G‘ozi Yunus, Xurshid va boshqalar bilan bir qatorda XX asr bo‘sag‘asida tug‘ilgan iste'dodli yoshlar Mashriq Yunusov (Elbek), Naim Said, Rafiq Mo‘min, Maxmud Xodiev (Botu), Baxrom Xaydariy va boshqa qator ziyolilar madaniyat, maorif soxalarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy yo‘naltirilgan ijod bilan shug‘ullandilar.

14. Milliy madaniyatimizning eng qadimgi va yirik markazi bo‘lgan Samarqandda mashxur ma'rifatparvarlar Maxmudxo‘ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Akobir Shomansurzoda, Said Axmad (Vasliy), Saidaxmadxo‘ja Siddiqiy, Mardonquli Shomuxammadzoda zudlik bilan maktab isloxatini amalga oshirish fikri bilan maydonga chiqdilar. Ular 1917 yil aprel oyidan boshlab chiqayotgan «Xurriyat» gazetasi saxifalarida yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish zarurligi xakidagi fikrni ilgari surdilar. «Anjumani maorif» jamiyatining mablag‘lariga «Rushdiya» maktabi ochildi, unda bepul o‘qitilar edi. Abdurauf Fitrat bilan Kamol Shams bu maktabda o‘kuvchilarga islom diniy ta'limotini, islom tarixini, musulmon xukukini, turk, arab va fors tillarini, arifmetika, geometriya, geografiya, tabiatshunoslik, tarixni o‘kitar edilar. Yoz faslida Samarkandning o‘zida tanikli ma'rifatparvar, shoir va dramaturg Hoji Muin Shukrullo «Tarbiyat» maktabini ochdi.

15. 1918 yil 2 iyun' kuni sobiq seminariya binosida dorilfununining o‘zbeklar uchun maxsus o‘qituvchilar tayyorlovchi bo‘limi - «Dorilmuallimin» ochildi. Unda Fitrat ona tilidan: Kamol Shams arifmetika va geometriyadan, Xaydar Shavqiy gagiena, gimnastika va nemis tilidan, Raximboev arifmetikadan, Abduraxmon Ismoilzoda san'atdan, Rizaev madaniyat tarixi va siyosiy iqtisoddan, Munavvar qori ona tilidan dars berishadi. Bu bo‘limning ochilish marosimida Munavvar qori nutq so‘zlab, inson ma'rifatli bo‘lib, ko‘zi ochilmaguncha vijdoni uyg‘onmasligini, vijdon uyg‘onmasa na o‘zini, na xalqni erkin muxofaza qila olmasligani, bu imonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan ifoda etadi.

Munavvar Qori Ovro‘pacha usuldagi bunday Xalq dorilfununi tashkil etish bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni islox qilish va ularda asosan dunyoviy fanlar o‘qitib, milliy ziyolilar tayyorlash g‘oyasini xam ilgari suradi. Bu qarashlarini - u 1923 yil iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalq maorifi mudirlari qurultoyidagi ma'ruzasida bayon etgan, 1923 yilda bu yangi usulda 30 dan ortiq madrasa va eski maktablarda talabalar o‘qitilganligi ma'lum.

17. Munavvar Qori 1922 yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning eski shaxar maorif bo‘limi muboshiri (inspektori) bo‘lib ishladi, o‘sha yili 23-25 martda bo‘lib o‘tgan 2-Umumturkiston maorif xodimlari qurultoyida ishtirok etib, maktab bo‘limiga a'zolikka saylandi. Keyinchalik Alisher Navoiy nomli ta'lim-tarbiya bilim yurtida va turli maktablarda o‘zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Do‘stlari va shogirdlari Qayum Ramazon va Shorasul Zunnun bilan xamkorlikda uch bo‘limdan iborat «o‘zbekcha til saboqlari» kitobini (1925 yil) nashr ettirdi. Xalq ta'limining iste'dodli tashkilotchilari Abdulqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullaev, Isoqxon Ibrat, O.Dadaxo‘jaev, Abdulla Mustaqov, Xodi Fayziev, Ashurali Zoxiriy, Sobirjon Raximov, Shokirjon Raimiy, Qori Niyoziy, Said Rizo Alizoda, To‘xtanazar Shermuxammedov, Rafiq Mo‘min va boshqalar katta pedagogik ish olib bordilar. Maktablar soni o‘sdi. 1918 yil boshida 330 taga, 1920 yilda esa Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida xam tashkil etilib ular soni 1405 taga yetdi.

18. 1922 yilga kelib Turkistonda bolalarning 25 foizi maktablarga jalb qilingan edi. Buxoro respublikasida 1921 yilda 175 ta yangi maktab, 11 ming o‘quvchi bor edi. Lekin 1924 yil o‘rtalariga kelib maktablar 69, o‘quvchilar 3563 tani tashkil qildi. Xorazmda 40 ta umumta'lim maktablari va internatlarda 2600 bola ta'lim-tarbiya oldi. o‘zbekiston respublikasi tashkil bo‘lganda turli bosqichdagi 1500 ta maktab bo‘lib, ularda 116 ming o‘quvchi o‘qir edi.

19. 1930 - yillarning birinchi yarmida avj olgan bu tadbir amalda ziyolilar safini malakasi va saviyasi past kishilar bilan to‘ldirishga, yuzakilik, omilsizlik, qog‘ozbozlik kabi noma'qul illatlarning ildiz otishiga olib keldi. Kishining qobiliyati, madaniy saviyasi va ma'lumot darajasi emas, balki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy mezon qilib olindi.

20. Ikkinchi jahon urushining suronli yillarida respublika oliy o‘quv yurtlari va texnikumlar o‘z faoliyatlarini davom ettirdilar. Katta qiyinchiliklarga qaramay, ular sanoat, qishlok xo‘jaligi, maorif, tabobat va boshqa sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan chinakam manba bo‘lib qoldi. 1943 yidda respublikada 41 oliy o‘kuv yurti ( ularnng 12 tasi ko‘chirib kelingan) va 52 o‘rta maxsus bilim yurtlari faoliyat ko‘rsatdi. Urush yillari davomida ularda 20 mingdan ziyod oliy va o‘rta maxsus ma'lumotli mutaxassislar yetishtirildiki, bu xalq xo‘jaligini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash imkonini berdi.Ular o‘z navbatida samarali mexnat qilib, fashizmni tor-mor keltirish ishiga munosib xissa qo‘shdilar. Pedagogik kadrlar tayyorlashga aloxida e'tibor berildi, chunki urush davri sharoitlarida ularga extiyoj ayniqsa sezilarli edi. Urush yillari o‘zbekistonda barcha turdagi qo‘shinlar uchun zobit kadr va mutaxassislar xam tayyorlandi. Toshkeshta piyodalar bilim yurti xam ko‘chirib keltirilib, respublikamiz joylashtirilgan bir necha xarbiy bilim yurtlari, oliy o‘kuv yurtlarining xarbiy fakul'tetlarida, o‘nlab turli kurslarda kadrlar tayyorlandi.



Test

  1. B 2. B 3. B 4. D 5. D 6. A 7. D 8. B 9. B 10. A 11. A


Download 21.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling