Matematika fani o‘quv dasturi uqtirisн xati


Download 34.25 Kb.
Sana04.08.2020
Hajmi34.25 Kb.
#125490
Bog'liq
geometriya 7


MATEMATIKA FANI

O‘QUV DASTURI

UQTIRISН XATI

Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi.

Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Shuning uchun matematik madaniyat-umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Matematika fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib, o‘quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon qilish va faollashtirishga e’tiborni kuchaytirish-davr talabi.

Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv, o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi.

Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar asosida standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.

Matematika fanini o‘qitishda masalaning ahamiyati juda katta bo‘lib, bunda o‘quvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishni orttirish, tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi masalalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday masalalarni yechish o‘quvchilarda analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya va induksiya kabi mantiqiy mushohada yuritish faoliyatini, intuitsiya, egiluvchanlik va moslashuvchanlik kabi fazilatlarni rivojlantirib, o‘quvchilarni olingan natijalar ustida tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi. Ayrim hollarda amaliy va nostandart xarakterdagi masalalarning yechimi darhol topilmasdan, bir necha bor urinishlar natijasidagina aniqlanilishi mumkinligi, bu maqsadga erishish uchun tirishqoq bo‘lishlikni, ya’ni shaxsning irodalilik kabi juda ahamiyatli sifatlarni tarkib topishiga imkon beradi. Eng asosiysi, bunday masalalarni yechilishi o‘quvchilarda natijaga erishilganlik, yechim yo‘lining go‘zalligi va noan’anaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlashi muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, matematik masalalarga o‘qitishning vositasi sifatida quyidagicha yondashish mumkin:

Masalaga an’anaviy yondashish usuli: Tayyor masala shartlarini tahlil qilish ® Masala yechilishining usulini aniqlash ® Yechish jarayoni ® Olingan natijani etalon javob bilan formal solishtirish.

Masalaga muammo sifatida yondashish usuli: Muammoli vaziyatni tahlil qilish ® Muammo qo‘yilishi ® Yetishmaydigan ma’lumotlarni izlash va gipotezalarni (ilmiy taxminlarni) shakllantirish ® Gipotezalarni tekshirish va muammoli vaziyatga oid yangi bilimlarga ega bo‘lish ® Muammoni masalaga aylantirish ® Masala yechilishining usulini izlash ® Yechish jarayoni ® Olingan natijani tekshirish ® Yechimning to‘g‘riligini asoslash.

An’anaviy yondashishda o‘quvchining masala yechish bilan bog‘liq o‘quv faoliyati reproduktiv xarakterga ega bo‘lib, u o‘zini bajaruvchi sifatida namoyon etadi. Tadqiq etish elementlari faqat masala shartlarini tahlil qilgandagina namoyon bo‘ladi. Standart masalalarni yechish-tabiati nostandart bo‘lgan, kundalik hayotda kam uchraydigan masalalarni yechishga aylangan. Shuning uchun ham ayrim o‘quv va ayniqsa, amaliy masalalarga muammoli masala sifatida yondashish lozim. Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‘qitishda rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilayotgan STEM (science, technology, engeenering and mathematics-fan, texnologiya, muxandislik va matematika) o‘qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning boshlang‘ich tushunchalarini va metodlarini (mantiqiy amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va h.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq.



Umumiy o‘rta ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;

milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.



Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;

inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;

o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.



Tayanch kompetensiyalar:

Kommunikativ kompetensiya:

A2

matematikaga oid terminlarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy oladi;

so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay oladi;

fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;

matematikaga oid audiomatnni tinglab, videotasvirlarni ko‘rib tushinadi, tegishli munosabat bildira oladi;

matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera oladi, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta oladi.



A2+

mavzudan kelib chiqqan holda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda tushuntirishda o‘zaro muloqotga kirisha oladi, muloqotda muomala madaniyatiga amal qila oladi; matematik muammoni hamkorlikda yechganda jamoada samarali ishlay oladi.



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

tavsiya etilgan mediamanbalardan axborotni izlab topa oladi, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza oladi;

ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay oladi;

axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza oladi;

berilgan sonli ma’lumotlarning o‘rta arifmetigini, modani va medianani topa oladi.

A2+

mustaqil ravishda turli mediamanbalardan axborotni izlabtopa oladi, tizimga sola oladi, tahlil qila oladi, matematik muammoni yechish uchun zarurlarini tanlay oladi.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A2

mustaqil ravishda o‘quv masalasini (maqsadini) topa oladi va ifodalay oladi;

matematikaga xos bo‘lgan abstrakt va aniq mulohaza yurita oladi;

isbotlangan va isbotlanmagan tasdiqlarni farqlay oladi, o‘z fikrini dalillay oladi;

o‘quv masalasini qismlarga ajrata oladi;

masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay oladi va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘irlay oladi;

o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila oladi;

yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa oladi, ularni tuzata oladi;

olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko‘rinishda taqdim eta oladi;

qabul qilingan mezonlarga asosan o‘z faoliyati samarasiga baho bera oladi, ko‘zlagan maqsadga intila oladi;

hususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar va jarayonlar umumiy hossalarini va qonuniyatlarini topa oladi, gipotezalarni taklif eta oladi va uni tekshirish zarurligini tushuna oladi;

mavjud bilim va ko‘nikmalarni yangi, nostandart vaziyatga qo‘llay oladi;

real dunyodagi, ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira oladi;

o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa oladi.

A2+

o‘z-o‘zini ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantira oladi, kamolotga intila oladi, hayot davomida matematikani mustaqil o‘qib-o‘rgana oladi, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib boradi, qabul qilingan mezonlarga asosan o‘z xatti-harakatini muqobil baholay oladi va mustaqil qaror qabul qila oladi.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A2

turli nuqtai nazarlarni qabul qila oladi va solishtira oladi;

guruhda ishlash faoliyatini tashkil eta oladi, bajariladigan ishlar taqsimotiga asosan boshqara oladi;

boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi va uni tanqid qila oladi, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila oladi;

atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila oladi va guruhda ishlay oladi;

muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zining tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila oladi;

guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta oladi.

A2+

umumiy muammoni yechish uchun guruh faoliyatini loyihalashtira oladi va bu loyihaning bajarilishini nazorat qila oladi; guruh a’zolarning fikrlarini jamlab, umumiy fikrni bayon qila oladi.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A2

matematika umumbashariy madaniyatning bir qismi ekanligini asoslab bera oladi;

zamonaviy dunyoda matematikaning o‘rnini tushuntira oladi;

real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana oladi va bu usullar samarali ekanligini tushuna oladi;

matematikaning har bir shaxsni mustaqillik, tanqidiy mulohaza yuritish, irodali bo‘lish va maqsadga erishi uchun matonatlilik kabi hislatlarni hosil qilish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntira oladi;

zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab bera oladi;

matematik faktlarni isbotlashga qo‘yilayotgan talablarni tushuntira oladi.



A2+

milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuntirib bera oladi.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A2

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi;

kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;

o‘rganilayotgan formulalar bo‘yicha murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, tenglama va tengsizliklarni yechishda, yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash vositalaridan va tayyor kompyuter dasturlaridan foydalana oladi.



A2+

inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida, boshqa fanlarda matematikaning ahamiyatini anglay oladi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladi;

matematik masalalarni yechish uchun axborot-kommunikatsiya vositalari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va forumlardan, simvolik hisob-kitob kompyuter dasturlaridan foydalana oladi.
5-7-sinflarda “Iqtisod va soliq saboqlari” o‘quv kurslari matematika fani tarkibida sinflar kesimida 17 soatdan jami 51 soat o‘qitilishi ko‘zda tutilgan. Shuning uchun amaliy-tajriba va sinov mashqlarida matematika darslarda kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatini yengillashtirishga va unumdorligini oshirishga, savdo-sotiq hamda soliqqa tortish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.

O‘qituvchi xatolar ustida ishlash darsida nazorat ishi natijalariga ko‘ra o‘quvchilarda aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida xatolarni tushuntiradi, o‘quvchilar esa nazorat ishida berilgan topshiriqlarga o‘xshash topshiriqlarni yechadi va hulosalar chiqaradi. Bunda o‘qituvchiga tabaqalashtirilgan ta’lim prinsipiga tayanish tavsiya etiladi.

Shuningdek, taqvim-mavzu rejalarni tuzishda va me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
I. TK-tayanch kompetensiya


  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

  2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5-milliy va umummadaniy kompetensiya

  6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi


II. FK-fanga oid kompetensiyalar

  1. FK1- Matematika mazmuniga oid umumiy kompetemsiyalar

  2. FK2 – Kognitiv (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash) kompetensiyalari



7-SINF

GEOMETRIYA

(68 soat, haftasiga 2 soat (A2+:34 soat, haftasiga 1 soat)

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

1. kommunikativ kompetensiya:

o‘z tafakkuri va hayotiy tajribasidan foydalangan holda hayotda va amaliy faoliyatda zarur hollarda bemalol muloqotga kirisha oladi va o‘zini to‘laqonli suhbatdosh-hamkor sifatida tuta oladi;

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi va aksincha, qo‘yilgan savolga javob bera oladi. Ijtimoiy mavzularda erkin fikr yurita oladi;

ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish kabi sifatlarga ega;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila oladi, cuhbatdoshni ishontira biladi;

turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqara oladi, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila oladi;

jamoada (guruhda) ishlay olish fazilatiga ega;

ona tilini mukammal biladi va muloqotda bexato qo‘llay oladi. zamonaviy ilmiy va ijtimoiy terminologiyadan erkin foydalana oladi.



A2+

mavzudan kelib chiqqan holda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda tushuntira olish, matematik muammoni hamkorlikda yechganda jamoada samarali ishlay olish.


2. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar va har xil resurslardan mustaqil foydalana oladi;

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) erkin foydalana oladi;

media vositalaridan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni izlab topa oladi. Saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va bu ma’lumotlardan foydalanishda media-madaniyatga rioya qiladi;

ma’lumotlar bazasini yarata oladi, ularni tasniflash, va matematik maqbullik va ijtimoiy naflilik nuqtai nazaridan tahlil qila biladi;

kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay oladi (oddiy taqdimnomalar yoza oladi, anketalarni to‘ldiradi, rezyumelarda o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta oladi va boshq.)



A2+

mustaqil ravishda mediamanbadan axborotni izlab topa olish;

matematik muammoni yechish uchun zarurlarini tanlay olish.
3. Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi:

yuz berayotgan xalqaro, mamlakat miqyosidagi va mahalliy miqyosdagi voqea va xabarlarni muntazam kuzatib, baholab boradi, ular to‘g‘risida o‘zining asoslangan fikrini bildira oladi;

Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarni tahlil qila oladi va zarur vaqtda o‘z fikrlarini bildira oladi;

doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi, jismoniy, manaviy, ruhiy va intellektual kamolotga intiladi;

hayoti davomida o‘qib-o‘rganadi, bilimi, tajribasini mustaqil ravishda muntazam oshirib boradi;

o‘z hatti-harakatini adekvat baholay oladi, o‘zini nazorat qila biladi. halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega;

o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta oladi.

A2+

o‘z-o‘zini ruhiy, intellektual rivojlantira olish, matematikani mustaqil o‘qib-o‘rgana olish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholay olish.


4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etadi va jamiyat hayotida faol ishtirok etadi;

o‘z fuqarolik burch va hukuklarini biladi, unga rioya qiladi;

mehnat va fuqarolik munosabatlarida iqtisodiy va huqukiy madaniyatiga tayangan holda faol ishtirok etadi;

kelajakda jamiyatda baland nufuz va mavqega ega bo‘lishga intiladi, jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo‘lishga harakat qiladi;

atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona bo‘lish, o‘zgalar mehnatini hurmat qilish kabi sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan;

shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya qiladi. O‘zgalar uchun xavf tug‘ilgan paytda yordam berishga tayyor.

A2+

milliy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuntish.



5. Umummadaniy kompetensiyalar:

vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sodiqlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan.;

badiiy va san’at asarlari mohiyatini tushunadi, ulardan zavqlanadi va ta’sirlana oladi;

orasta kiyinadi, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qiladi;

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, madaniy an’analar va h.k.) biladi, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi;

o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, sahiylik, o‘zgalarning dunyokarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qiladi;

o‘z xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asraydi, jamiyatda o‘rnatilgan odob-ahlok qoidalariga rioya qiladi.

A2+

milliy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuntish.



6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuz a oladi;

shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritadi;

kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni chiza oladi va ulardan foydalana oladi;

inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor hamda ulardan foydalana oladi;

kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni erkin amalga oshira oladi;

ijtimoiy hayotda matematik hisob-kitoblar bilan bog‘liq vaziyatlarda faollik namoyish qila oladi.

A2+

ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish;

matematik masalalarni yechish kompyuter dasturlaridan foydalana olish.

I BOB. GEOMETRIYANING BOSHLANG‘ICH TUSHUNCHALARI

(10 soat, А2+: 12 soat)
1-mavzu: Geometriya fani va predmeti. Geometriya fanining vazifalari (1 soat).

Geometriya fanining vujudga kelishi va mohiyati.

Geometriya fani qanday vazifalarni bajaradi?

Planimetriya va stereometriya tushunchalari.


2-mavzu: Eng sodda geometrik shakllar: nuqta, to‘g‘ri chiziq va tekislik (1 soat).

3-mavzu: Kesma va nur (1 soat).

4-mavzu: Kesmalarni taqqoslash (1 soat).

5-mavzu: Kesmaning uzunligi va uning xossalari (1 soat).

6-mavzu: Kesmalarni o‘lchash (1 soat).

А2+: Nuqtalarning geometrik o’rniga oid murakkabroq masalalar (4 soat)

7-mavzu: Aylana va doira (1 soat).

Geometriyadagi sodda shakllar va ularning asosiy xossalari.

Kesmalarni taqqoslash. Teng shakllar.

Kesmaning uzunligi va uning xossalari. Kesmalarni o‘lchash.

Aylana va doira. Ularning elementlari.

А2+: Аylanaga oid murakkabroq masalalar (4 soat).

8-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (1 soat).

А2+:Кеsmalarni o’lchashga doir murakkabroq masalalar (2 соат).

Nazorat ishi (1 soat A2+: 1 soat).

Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish (1 soat A2+ :1 soat).



I bob uchun amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishga doir qo‘shimcha materiallar.

Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

Geometriya fani tarixi bo‘yicha ma’lumotga ega.

Ajdodlarimizning geometriya faniga qo‘shgan hissalarining mohiyatini anglaydi.

Geometriya nima haqidagi fan ekanligini idrok qiladi.

Planimetriya va stereometriya atamalarining mazmunini biladi.

O‘tilgan mavzular bo‘yicha savollarga aniq javob bera oladi va o‘z javoblarini asoslay oladi.

O‘tilgan mavzular bo‘yicha masalalarni echa oladi va topshiriqlarni bajara oladi.

Mavzuga oid chizmalarni mustaqil ravishda bajara oladi.

Geometriyadagi eng sodda shakllarning nomlarini biladi, ularning ahamiyatini

anglaydi va asosiy xossalarini tushunadi.

Kesma va nurni ta’riflay oladi, ularning asosiy elementlarini va hossalarini biladi.

Kesmalarni taqqoslay oladi, kesmalarning uzunligini o‘lchay oladi, ularning xossalarini biladi va ular ustida amallar bajara oladi.

Aylana va doirani ta’riflay oladi, ularning o‘zaro farqlarini anglaydi, ularning elementlarini biladi.

O‘tilgan mavzular bo‘yicha savollarga aniq javob bera oladi va o‘z javoblarini asoslay oladi.

O‘tilgan mavzular bo‘yicha masalalarni echa oladi va topshiriqlarni bajara oladi.

Mavzuga oid chizmalarni mustaqil ravishda bajara oladi.



A2+

bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.


Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)

Atrofdagi jismlardan, ularning qismlaridan geometrik shakllarni ajratib ko‘rsatib va nomlab bera oladi.

Atrofdan nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, nur, aylana va doiraga va ularning elementlariga misollar keltira oladi.

O‘lchov asboblari yordamida uzunliklarni o‘lchash ishlarini amalga oshira oladi va bu uzunliklar ustida matematik amallarni bajara oladi.

Darslikda keltirilgan illyustratsiyali amaliy topshiriqlardagiga o‘xshash ob’ektlarni tevarak atrofdan topib, ularning geometrik tuzilishi bo‘yicha o‘zining fikrini bildira oladi.

Muayyan buyum va jihozlar geometrik shaklining ularning tuzilish konstruksiyasidagi ahamiyati haqida fikr bildira oladi.



A2+

o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.


II BOB. BURCHAKLAR (10 soat, A2+ 4 soat)

9-mavzu: Burchak. Burchaklarni taqqoslash (1 soat).

10-mavzu: Burchaklarni o‘lchash. Transportir (1 soat).

11-mavzu: Burchak turlari: to‘g‘ri, o‘tkir va o‘tmas burchaklar. Bissektrisa (1 soat).

12-mavzu: Qo‘shni va vertikal burchaklar hamda ularning xossalari (1 soat).

А2+:Burchaklarni o’lchashga doir murakkabroq masalalar (4 соат).

Burchak va burchak elementlari. Burchak sohalari.

Burchaklarni taqqoslash. Burchaklarni o‘lchash. Transportir.

Burchaklarning kattaligi bo‘yicha turlari.

Burchaklarning o‘zaro joylashishi bo‘yicha turlari.

Burchaklarning xossalari.

Burchakning o‘lchov birliklari.

Bissektrisa.


13-mavzu: Geometriyani o‘rganishda fikrlar ketma-ketligi va bog‘liqligi (1 soat).

14-mavzu: Perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar (1 soat).

15-mavzu: Teskarisini faraz qilib isbotlash usuli (1 soat).

16-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (1 soat).

Teorema, isbot, ta’rif, aksioma tushunchalari.

Perpendikulyarlik. Perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar va ularning xossalari.

Teskarisini faraz qilib isbotlash.


Bob bo‘yicha takrorlash

Nazorat ishi (1 soat).

Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish (1 soat).



II bob uchun amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishga doir uchun qo‘shimcha materiallar.

Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

Burchak tushunchasini ta’riflay oladi. Burchak elementlarini biladi.

Burchakning tashqi va ichki sohalarini farqlay oladi.

Burchaklarning o‘lchov birliklarini biladi.

Burchaklarni o‘lchay oladi va ularni taqqoslay oladi.

Burchaklarning o‘lchami bo‘yicha turlarini biladi.

Burchak bissektrisasini ta’riflay oladi.

Ko‘shni va vertikal burchaklarni ta’riflay oladi va ularning xossalarini biladi va isbotlay oladi.

Transportir haqida ma’lumotga ega va undan foydalana oladi.

Mavzularga oid nazorat savollariga aniq javob bera oladi va o‘z javoblarini asoslay oladi.

Mavzularga oid masalalar echa oladi va topshiriqlarni bajara oladi.

Mavzuga oid chizmalarni mustaqil ravishda bajara oladi.

Teoremaning tarkibiy qismlarini ajrata oladi. Teoremani isbotlashning mohiyatini idrok qiladi.

Geometriyadagi ta’rifsiz qabul qilinadigan va ta’riflanadigan tushunchalarning farqlarini anglaydi. Ta’rifning geometriyadagi ahamiyatini tushunadi.

Aksioma tushunchasining ma’nosini biladi. Aksiomalarga misollar keltira oladi.

Geometriyada tushunchalarning bir-biriga bog‘liqligini anglaydi, ularning izchil, mantiqiy ketma-ketlikda berilishining zarurligini idrok qiladi.

Perpendikulyarlik tushunchasining mohiyatini tushunadi va uni ta’riflay oladi.

Perpendikulyarlikka oid teoremalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki teskarisini faraz qilish usuli bilan isbotlay oladi.

Mavzularga oid savollarga aniq javob bera oladi va o‘z javoblarini asoslay oladi.

Mavzularga oid masalalarni echa oladi va topshiriqlarni bajara oladi.

Mavzularga oid chizmalarni mustaqil ravishda bajara oladi.



A2+

bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.


Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)

Tevarak atrofdagi bino, inshoot, jihoz va buyumlarda burchaklarni ajratib ko‘rsata oladi, ularning turlarini, joylashishini, taxminiy o‘lchamlarini anglay oladi.

Muayyan ob’ektdagi har xil turdagi burchaklarning qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr bildira oladi.

Mavzular bo‘yicha o‘rganilgan materiallarning muayyan ob’ektlardagi tatbiqini ko‘rsatib, tushuntirib bera oladi.

Maktabda, oilasida o‘lchash, qurilish, ta’mirlash ishlari bajarilayotganda mavzular bo‘yicha egallangan kompetensiyalari yordamida o‘zining asoslangan fikrini bildira oladi.

O‘zining o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘zlashtirilgan kompetensiyalari asosida sodda hayotiy loyihalar, tarhlar yoki boshqa amaliy chizmalar, rejalar muhokamasida o‘zining asoslangan fikrini ayta oladi.

Darslikda keltirilgan amaliy topshiriqlardagiga o‘xshash ob’ektlarni tevarak atrofdan topib, ularning geometrik tuzilishi bo‘yicha o‘zining fikrini bildira oladi.

A2+

o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.


III BOB. KO‘PBURCHAKLAR VA UCHBURCHAKLAR

(11 soat, A2+: 4 soat)

17-mavzu: Siniq chiziq. Ko‘pburchak (1 soat).

18-mavzu: Uchburchak. Uchburchaklarning turlari (1 soat).

19-mavzu: Uchburchakning muhim elementlari: tomon, burchak, mediana, balandlik va bissektrisa (1 soat).
Siniq chiziq, uning elementlari, uning uzunligi.

Yopiq siniq chiziq va ko‘pburchaklar, ularning sohalari.

Uchburchak turlari va elementlari.

Uchburchak tomoni, burchagi, medianasi, bissektrisasi va balandligi.


20-mavzu: Uchburchaklar tengligining birinchi (TBT – tomon-burchak-tomon) alomati (1 soat).

21-mavzu: Teng yonli uchburchakning xossalari (1 soat).

22-mavzu: Uchburchaklar tengligining ikkinchi (BTB – burchak-tomon-burchak) alomati (1 soat).

23-mavzu: Uchburchaklar tengligining uchinchi (TTT – tomon-tomon-tomon) alomati (1 soat).

А2+: Uchburchaklar tengligiga oid nostandart masalalar (4 soat).

24-mavzu: Kesma o‘rta perpendikulyarining xossasi (1 soat).

25-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (1 soat).
Uchburchaklar tengligining alomatlari.

Teng yonli uchburchak, uning elementlari va xossalari.

Kesma o‘rta perpendikulyari tushunchasi va uning xossasi.
Bob bo‘yicha takrorlash

Nazorat ishi (1 soat).

Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish (1 soat).

III bob uchun o‘quvchilarda amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga mo‘ljallangan qo‘shimcha materiallar.

Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

Siniq chiziqni ta’riflay oladi, uning elementlarini biladi, uning uzunligini hisoblay oladi.

Yopiq siniq chiziq, ko‘pburchak tushunchalarini ta’riflay oladi. Bu tushunchalarni o‘zaro bog‘lab idrok qila oladi.

Ko‘pburchaklarning nomlanishini, uning ichki va tashqi sohasi nima ekanligini biladi.

Uchburchakni ta’riflay oladi, uning elementlarini, turlarini aytib bera oladi.

Uchburchakning medianasi, bissektrisasi va balandligi tushunchalarini ta’riflab, chizmada tasvirlay oladi.

Mavzularga oid savollarga aniq javob bera oladi va o‘z javoblarini asoslay oladi.

Mavzularga oid masalalarni echa oladi va topshiriqlarni bajara oladi.

Mavzularga oid chizmalarni mustaqil ravishda bajara oladi.

Uchburchaklar tengligining birinchi alomatini biladi, uni isbotlay oladi.

Teng yonli uchburchakni ta’riflay oladi, uning elementlarini biladi. Teng yonli uchburchak bissektrisasi haqidagi teoremani isbotlay oladi.

Uchburchaklar tengligining ikkinchi alomatini tushunadi, uni isbotlay oladi.

Uchburchaklar tengligining uchinchi alomatini tushunadi, uni isbotlaydi va xulosalay oladi.

Kesma o‘rta perpendikulyarini ta’riflay oladi, uning xossasini biladi va isbotlay oladi.

Mavzularga oid savollarga aniq javob bera oladi va o‘z javoblarini asoslay

oladi.


Mavzularga oid masalalarni echa oladi va topshiriqlarni bajara oladi.

Mavzularga oid chizmalarni mustaqil ravshda bajara oladi.



A2+

bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.


Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)

Tevarak atrofdagi bino va inshootlar elementlarida, jihoz va buyumlarning tuzilishlarida geometrik shakllar: siniq chiziq, har xil ko‘pburchaklar, uchburchaklarni ajratib ko‘rsata oladi. Bu shakllarning turlariga qarab nomlay oladi.

Ob’ektlardagi geometrik shakllar ichidan o‘zaro tenglarini ajratib ko‘rsata oladi va ularning tengligini asoslab bera oladi.

Tevarak atrofdagi geometrik shakldagi predmetlar ichidan teng yonli uchburchak shaklini ajrata oladi va bu shaklning medianasi, balandligi, bissektrisasini tasavvuran o‘tkaza oladi.

Muayyan ob’ektlarda kesmaning o‘rta perpendikulyariga misol bo‘la oladigan geometrik shakllarni ajratib ko‘rsata oladi. Perpendikulyarning ushbu ob’ektda qanday vazifani bajarayotganligini tushuntirib bera oladi.

Mavzuga oid shakllarni sodda amaliy chizmalarda tasvirlay oladi.

Darslikda keltirilgan illyustratsiyali amaliy topshiriqlarga o‘xshash ob’ektlarni tevarak atrofdan topib, ularning geometrik tuzilishi bo‘yicha o‘zining fikrini bildira oladi.

A2+

o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.


IV BOB. PARALEL TO‘G‘RI CHIZIQLAR (9 soat, A2+: 4 soat)

26-mavzu: To‘g‘ri chiziqlarning parallelligi (1 soat).

27-mavzu: Ikki to‘g‘ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan burchaklar (1 soat).

28-29-mavzular: Ikki to‘g‘ri chiziqning parallellik alomatlari (2 soat).
Paralellik tushunchasi, parallel to‘g‘ri chiziqlar, kesmalar, nurlar.

Paralellik shartlari.

Perpendikulyarlik va parallellik tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi.

Evklidning 5-postulati.

Ikki to‘g‘ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan burchaklar va ularning xossalari.

Ikki to‘g‘ri chiziqning parallellik alomatlari.



А2+: Paralellik munosabatiga oid murakkabroq masalalar (2 soat).
30--mavzu: Teskari teorema (1 soat).

31-mavzu: Ikki parallel to‘g‘ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan burchaklar (1 soat).

32-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (masalalar echish) (1 soat).

Teskari teorema tushunchasi.

To‘g‘ri va teskari teoremalarning o‘zaro farqi va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik.

Ikki parallel to‘g‘ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan burchaklar, ularga oid teoremalar.



Bob bo‘yicha takrorlash.

Nazorat ishi (1 soat A2+: 1 soat).

Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish (1 soat A2+ 1 soat).

Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

To‘g‘ri chiziqlarning paralelligi tushunchasini ta’rif bera oladi.

Paralelik va perpendikulyarlik tushunchalari orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushuntirib bera oladi.

Evklidning 5-postulati ma’nosini tushunadi.

O‘zaro parallel bo‘lgan bir nechta to‘g‘ri chiziq o‘rtasidagi munosabatni idrok qila oladi.

Ikki to‘g‘ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan burchaklarni tasniflay oladi.

Ikki to‘g‘ri chiziqning parallellik alomatlarini biladi, ularga oid teoremalarni isbotlay oladi.

Teorema natijasi tushunchasining mohiyatini anglaydi.

Mavzularga oid savollarga aniq javob bera oladi va o‘z javoblarini asoslay oladi.

Mavzularga oid masalalarni echa oladi va topshiriqlarni bajara oladi.

Mavzularga oid chizmalarni mustaqil ravishda bajara oladi.

Teskari teoremaning mohiyatini idrok qiladi.

To‘g‘ri va teskari teoremalarning farqlarini va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglaydi.

Ikki parallel to‘g‘ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan burchaklarning o‘zaro munosabatlarini idrok qiladi, ularning xossalariga oid teoremalarning mohiyatini tushunadi va ularni isbotlay oladi.

Mavzularga oid savollarga aniq javob bera oladi va o‘z javoblarini asos­lay oladi.

Mavzularga oid masalalarni echa oladi va topshiriqlarni bajara oladi.

Mavzularga oid chizmalarni mustaqil ravishda bajara oladi.

A2+

bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.


Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)

Yo‘llar, ko‘chalar, ishlab chiqarish ob’ektlarida, transportda, bino va inshootlarda parallellikka oid misollarni ajratib ko‘rsata oladi.

Sinf xonasi ichidagi jihoz va xona intereri qismlarida parallellikka oid misollarni ko‘rsata oladi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi, bog‘lar va uzumzorlar qatorlarining parallel ekanligining sababi, afzalliklari haqida asoslangan fikr bildira oladi.

Tevarak atrofdagi bino va inshootlarning qurilish elementlaridan, landshaft dizaynida foydalanilgan shakllar ichidan, xalq amaliy san’ati mahsulotlaridan, transport va sanoat infratuzilmalari ob’ektlari elementlaridan parallel va kesishuvchi chiziqlarga, ularning kesishishidan hosil bo‘lgan burchaklarga misollar ko‘rsata oladi va ularning o‘zaro ahamiyati haqida fikr bildira oladi.

Mavzudagi meteriallardan foydalanib sodda amaliy chizmalar chiza oladi.

Darslikdagi amaliy, hayotiy illyustratsiyalar vositasida berilgan topshiriqlarni hayotda uchratganda o‘zlashtirgan kompetensiyalarga tayanib o‘zining fikrini bildira va asoslay oladi.

A2+

o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.


V BOB. Uchburchak tomonlari va burchaklari

orasidagi munosabatlar (11 soat, A2+: 10 soat)

33-mavzu: Uchburchak ichki burchaklarining yig‘indisi haqidagi teorema (1 soat).

34-mavzu: Uchburchak tashqi burchagining xossasi (1 soat).

35-mavzu: Masalalar echish (1 soat).

А2+: Uchburchak burchaklarining yig’indisiga doir murakkabroq masalalar

(4 soat).
Uchburchakning ichki va tashqi burchaklari.

Uchburchak ichki burchaklarining yig‘indisi haqidagi teorema.

Uchburchak tashqi burchagi haqidagi teorema va uchburchak tashqi burchagining xossasi.

Geometriya jumlalarida aniqlik va qisqalik.


36-mavzu: To‘g‘ri burchakli uchburchakning xossalari (1 soat).

37-mavzu: To‘g‘ri burchakli uchburchaklarning tenglik alomatlari (1 soat).

38-mavzu: Masalalar echish (1 soat).

А2+: To‘g‘ri burchakli uchburchaklarning tenglik alomatlari doir murakkabroq masalalar (4 soat).

To‘g‘ri burchakli uchburchak, uning elementlari.

To‘g‘ri burchakli uchburchakning xossalari.

To‘g‘ri burchakli uchburchakning tenglik alomatlari va ularni isbotlash.



39-mavzu: Burchak bissektrisasining xossasi (1 soat).

40-mavzu: Uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar (1 soat).

41-mavzu: Uchburchak tengsizligi (1 soat).
Burchak bissektrisasining xossasi.

Uchburchak tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlarga oid teorema va unga teskari teorema. Teoremalarning isboti va natijasi.

Uchburchak tomonlari orasidagi munosabatlarga oid teorema, uning isboti va natijasi.

Bob bo‘yicha takrorlash .



Nazorat ishi (1 soat A2+: 1 soat).

Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish (1 soat A2:+ 1 soat).



V bob uchun amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishga doir qo‘shimcha materiallar.

Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

Uchburchakning tashqi va ichki burchaklarini chizib ko‘rsatib bera oladi.

Uchburchak ichki burchagi yig‘indilari haqidagi teoremani isbotlay oladi.

Uchburchak tashqi burchagi haqidagi teoremani isbotlay oladi.

Geometriyada mustaqil ravishda jumlalar tuzishda aniqlik va qisqa (lo‘nda)likka amal qila oladi.

Mavzularga oid savollarga aniq javob bera oladi va o‘z javoblarini asoslay oladi.

Mavzularga oid masalalarni echa oladi va topshiriqlarni bajara oladi.

Mavzularga oid chizmalarni mustaqil ravishda bajara oladi.

To‘g‘ri burchakli uchburchakka ta’rif bera oladi, uning elementlarini nomlay oladi.

To‘g‘ri burchakli uchburchakning xossalarini biladi, ularning mazmunini tushunadi va isbotlay oladi.

To‘g‘ri burchakli uchburchakning tenglik alomatlarining ma’nolarini tushunadi.

To‘g‘ri burchakli uchburchakning tenglik alomatlari va oddiy uchburchaklarning tenglik alomatlari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar to‘g‘risida asosli fikr bildira oladi.

To‘g‘ri burchakli uchburchakning tenglik alomatlarini teoremalar sifatida isbotlay oladi.

Mavzularga oid savollarga aniq javob bera oladi va o‘z javoblarini asos­lay oladi.

Mavzularga oid masalalarni echa oladi va topshiriqlarni bajara oladi.

Mavzularga oid chizmalarni mustaqil ravishda bajara oladi.

Uchburchak bissektrisasining xossasining ma’nosini anglaydi, uni teorema sifatida isbotlay oladi.

Uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlarga oid teorema va unga teskari teoremaning ma’nosini tushunadi, ularni isbotlay oladi.

Teoremalarning natijasini tushuntirib bera oladi.

Go‘niyaning tuzilishini undan qaerda va qanday foydalanishni tushuntirib bera oladi.

Uchburchaklar tomonlari orasidagi munosabatlarga oid teoremaning mazmunini tushunadi, uni isbotlay oladi, natijasini izohlay oladi.

Uchburchak tengsizligi nomini olgan tengsizliklarni biladi va ularning mohiyatini anglaydi.

Mavzularga oid savollarga aniq javob bera oladi va o‘z javoblarini asos­lay oladi.

Mavzularga oid masalalarni echa oladi va topshiriqlarni bajara oladi.

Mavzularga oid chizmalarni mustaqil ravishda bajara oladi.

A2+

bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.


Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)

Sinf xonasi, maktab binosi, hovlisidagi inshootlar, jihozlar, buyumlar, maydon va yo‘laklardan uchburchak shaklidagi elementlarni ajratib ko‘rsata oladi, bu uchburchaklarning burchaklari va tomonlari orasidagi munosabatlar haqida o‘zining asosli fikrlarini bildira oladi.

Shahar va qishloqlardagi qurilish ob’ektlari, inshootlardan uchburchak shaklidagi elementlarni ajratib, ularning burchaklari va tomonlari o‘rtasidagi munosabatlar haqida asosli fikrlar bildira oladi.

Tevarak-atrofdan to‘g‘ri burchakli uchburchak shaklidagi ob’ektlarni topib ularning to‘g‘ri burchagining aniqligini go‘niya yordamida tekshirib xulosa chiqara oladi.



A2+

o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.


VI BOB. YAsashga doir masalalar (9 soat)

42-mavzu: Sirkul va chizg‘ich yordamida yasashga doir masalalar (1 soat).

43-mavzu: Qiziqarli masala va boshqotirmalar (1 soat).

44-mavzu: Berilgan burchakka teng burchakni yasash (1 soat).

45-mavzu: Burchak bissektrisasini yasash (1 soat).

46-mavzu: Berilgan to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar to‘g‘ri chiziq yasash. Kesmani teng ikkiga bo‘lish (1 soat).

47-mavzu: Berilgan uchta tomon asosida uchburchak yasash. (1 soat)

48-mavzu: Masalalar echish (1 soat).

Sirkul va chizg‘ich yordamida yasashga doir masalalar echish qoidalari.

Sirkul va oddiy bir tenglikli (masshtabsiz) lineykadan foydalanish qoidalari.

Qiziqarli masala va boshqotirmalar.

Berilgan burchakka teng burchakni yasash bosqichlari. Yasashning to‘g‘ri bajarilganini asoslash.

Burchak bissektrisasini yasash bosqichlari. Yasashning to‘g‘ri bajarilganini asoslash.

Berilgan to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar to‘g‘ri chiziq yasash bosqichlari.

Yasashning to‘g‘ri bajarilganini asoslash.

Berilgan uchta tomon asosida uchburchak yasash.
Bob bo‘yicha takrorlash.

Nazorat ishi (1 soat).

Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish (1 soat).

VI bob uchun amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishga doir qo‘shimcha materiallar.

Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

Oddiy chizg‘ich va sirkul yordamida ko‘plab turli geometrik yasashlarni bajarish mumkin ekanligini idrok qila oladi.

Sirkul va oddiy chizg‘ichdan yasash ishlarida foydalanish qoidalarini biladi.

Yasashga doir masalada bevosita yasashning o‘zidan tashqari yasash to‘g‘ri bajarilganini isbotlash ham talab qilinishini idrok qiladi.

Qiziqarli masalalarni echishda noodatiy yondashuvlarni namoyon qila oladi.

Berilgan burchakka teng burchak yasashni bosqichma-bosqich amalga oshira oladi va yasashning to‘g‘ri bajarilganini asoslay oladi.

Burchak bissektrisasini qadamma-qadam yasay oladi va yasash to‘g‘ri bajarilganini asoslay oladi.

Berilgan to‘g‘ri chiziqqa uning muayyan nuqtasidan va undan tashqaridagi nuqtadan perpendikulyar o‘tkazishni bosqichma-bosqich yasay oladi. Yasashning to‘g‘ri bajarilganini asoslay oladi.

Berilgan kesmani sirkul va oddiy chizg‘ich yordamida teng ikkiga bo‘la oladi.

Uchburchakni berilgan uch tomoni va bir tomoni hamda unga yopishgan burchaklari bo‘yicha yasay oladi. Yasash bo‘yicha tahlil yurita oladi va yasashning to‘g‘ri bajarilganini asoslay oladi.

Mavzularga oid savollarga aniq javob bera oladi va o‘z javoblarini asoslay oladi.

Mavzularga oid masalalarni echa oladi va topshiriqlarni bajara oladi.

Mavzularga oid chizmalarni mustaqil ravishda bajara oladi.

A2+

bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.


Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)

Tevarak-atrofda duch keladigan sodda geometrik shakllarni mustaqil ravishda yasay oladi. Bajarilgan yasashning to‘g‘riligini asoslay oladi.

Tevarak-atrofdagi buyum va jihozlarning, bezak elementlarining geometrik shakllari ichidan sirkul va oddiy chizg‘ich yordamida yasasa bo‘ladiganlarini tanlay oladi va ularning chizmasini yasay oladi. Yasashning to‘g‘riligini asoslay oladi.

O‘zining yasash bo‘yicha o‘zlashtirilgan kompetensiyalarini sodda amaliy chizmalarda qo‘llay oladi.

Darslikda mavzulvrga oid illyustratsiyalarda berilgan amaliy misollarga o‘xshash ko‘rinishlarni tevarak-atrofdan topib va ko‘rsatib bera oladi.

A2+

o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.



VII BOB. Takrorlash (8 soat)

49-mavzu: Geometrik masalalarni echish bosqichlari (1 soat).

50-mavzu: Hisoblashga doir masalalar (1 soat).

51-mavzu: Isbotlashga doir masalalar (1 soat).

52-mavzu: Takrorlash uchun aralash masalalar (1 soat).
Geometrik masalalarni echishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar.

Geometrik masalalarni echish bosqichlari.

Geometrik masalalarning qo‘yilishi va mohiyati bo‘yicha turlari.

Hisoblashga doir geometrik masalalarning o‘ziga hos jihatlari.

Isbotlashga doir masalalarni echish.
53-54-mavzu: Takrorlashga doir masalalar (2 soat).

Yakuniy nazorat ishi (2 soat).

Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

Geometrik masalalarni echishda nimalarga e’tibor berish kerakligini idrok qiladi.

Geometrik masalalarni echish bosqichlarini biladi.

Geometrik masalalarning qo‘yilishi va mohiyatiga ko‘ra turlarini farqlay oladi.

Geometrik masalalarni echa oladi.

Isobtlashga doir geometrik masalalarning o‘ziga hos jihatlarini anglay oladi.

Isbotlashga doir masalalarning echish yo‘llarini biladi.

A2+

bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.


Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi)

Geometriya fani bo‘yicha o‘zlashtirilgan kompetensiyalardan hayotiy vaziyatlarda foydalana oladi.

Geometriya fani bo‘yicha o‘zlashtirilgan kompetensiyalarni hayotiy vaziyatlarda rivojlantira oladi.

Tevarak-atrofdagi barcha jismlarning va ularning elementlarining geometrik shaklini, ushbu buyum yoki elementdan alohidalab, geometrik shakl chizmasi sifatida tasvirlay oladi va bu chizma ustida geometrik amallarni bajara oladi.

Darslikdagi amaliy, hayotiy illyustratsiyalar yordamida berilgan topshiriqlarni atrof hayotda uchratganda geometriya fani bo‘yicha o‘zlashtirgan kompetensiyalariga tayanib o‘zining asoslangan fikrini bildira oladi.

A2+

o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.



Mavzularni o‘rganish uchun - 54 soat (A2+: 82soat)

Nazorat ishlari uchun - 7 soat (A2+: 10 soat)

Xatolar ustida ishlash uchun - 7 soat (A2+: 10 soat)

Jami - 68 soat (A2+: 102 soat)
Download 34.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling