OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“MATEMATIKA-INFORMATIKA” kafedrasi
“Algebra va sonlar nazariyasi” fanidan
“20_04-GURUH” talabasi
Mohiistara Ergashovaning
Chekli maydon ustida aniqlangan keltirilmagan ko'phadlar mavzusidagi kurs ishi
Ilmiy raxbar : K.Qodirov
Farg’ona 2022
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
2.1 Ko’phadlar
2.2 Chekli maydonlar
2.3 Chekli maydon ustidagi aniqlangan keltirilmagan ko’phadlar
III. Xulosa.
IV. Foydalangan adabiyotlar.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat va fuqorolik jamiyati qurish yo‘lini tanlangan va amalga oshirib kelmoqda. Respublikamizdagi amalga oshirilayotgan qayta qurishning asosiy maqsad va uning harakatlantiruvchi kuchi inson, shaxsning har tomonlama rivojlanishi hisoblanadi. Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimini mukammal bo‘lishi, zamonaviy iqtisod, fan-madaniyat, texnika va tehnalogiyalar asosida rivojlanish hisoblanadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» uzliksiz ta'lim va kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan isloh qilishga qaratilgan. Milliy dasturni amalga oshirishda mavjud ta'lim va kadrlarni tayyorlash tizimlarini tubdan o‘zgartirish zamonaviy ilmiy fikrlar yutiqlari va ijodiy tajribalarga, ta'lim jarayonini hammasi shakli ta'limlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga fan-texnika, ilg‘or texnalogiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, o‘qitish va rivojlanishi maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy ta'minlash kiradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxs-fuqaroning tashkil topishini ko‘zda tutadi. Ushbu ta'lim tizimida va kadrlar tayyorlashda ta'lim xizmatlarining istemolchisi, buyurtmachisi sifatida va xuddi shunday ishlab chiqaruvchi sifatida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |