Matematika ta’limida foydalaniladigan terminlar va belgilar, ularning kelib chiqishi hamda lug’aviy ma’nosi


Download 20.5 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi20.5 Kb.
#155937
Bog'liq
Matematika


Matematika ta’limida foydalaniladigan terminlar va belgilar,

ularning kelib chiqishi hamda lug’aviy ma’nosi

1. Matematika – yunoncha so’z bo’lib, fan, bilim ma’nosini bildiradi. Buni Pifagor kiritgan(e.o.VI asr).

2. Arifmetika – yunoncha “ a r i t h n i o s ” so’zidan olingan bo’lib,son san’ati degan ma’noni bildiradi.

3. Algebra – al-Xorazmiyning “Al – jabr va al – muqobala” asaridagi al – jabr so’zining evropacha talaffuzi bo’lib, o’zbek tilida tiklash, to’ldirish ma’nosini bildiradi.

4. Geometriya – yunoncha “geometreo” so’zidan olingan bo’lib , yer o’lchash ma’nosini bildiradi.

5. Trigonometriya – yunoncha so’z bo’lib, uchburchaklarni o’lchash, yoki uchburchaklarni yechish degan ma’noni bildiradi.

6. Aksioma – yunoncha so’z bo’lib, isbot talab qilinmaydi degan ma’noni bildiradi.

7. Gipoteza – yunoncha so’z bo’lib, faraz qilish degan ma’noni bildiradi.

8. Teorema – yunoncha so’z bo’lib, mulohaza yuritlgan degan ma’noni bildiradi.

9. Formula – yunoncha so’z bo’lib, ma’lum qonun degan ma’noni bildiradi.

10.Figura – yunoncha so’z bo’lib, rasm, shakl degan ma’noni bildiradi.

11.Koordinatalar metodini 1637 yil Dekart  kiritgan. Klero XVIII asrda fazoda uch o’lchovli to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasini kiritdi.

12.Funksiya – yunoncha so’z bo’lib, bo’ladigan, bajariladigan degan ma’noni bildiradi. Atamani 1673 yilda Leybnis kiritgan. Eyler “Analizga kirish”(1748) asarida to’liq klassifikatsiyasini beradi va y=f(x) yozuvni kiritadi.

13.Algoritm – al – Xorazmiy nomining evropalashtirilgan ko’rinishi bo’lib,qadam – baqadam degan ma’noni bildiradi.

14.Piramida – yunoncha so’z bo’lib, olov shaklidagi jism degan ma’noni bildiradi.

15.Parallelepiped – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, yonma – yon boruvchi tekisliklar degan ma’noni bildiradi.

16.Tetraedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, to’rt yoqli degan ma’noni bildiradi.

17.Geksaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, olti yoqli degan ma’noni bildiradi.

18.Oktaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, sakkiz yoqli degan ma’noni bildiradi.

19.Dodekaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, o’nikki yoqli degan ma’noni bildiradi.

20.Ikosaedr – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, yigirma yoqli degan ma’noni bildiradi.

21.Katet – yunoncha so’z bo’lib, shoqul degan ma’noni bildiradi.

22.Gipotenuza – yunoncha so’z bo’lib, tarang tortilgan degan ma’noni bildiradi.

23.Radius – yunoncha so’z bo’lib, nur degan ma’noni bildiradi.

24.Diametr – yunoncha so’z bo’lib, ko’ndalang degan ma’noni bildiradi.

25.Diagonal – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, ikki burchak orqali o’tuvchi degan ma’noni bildiradi.

26.Koeffisient – Dekart koeffisientlarni a , b , c , . . . harflar bilan , no’malumlarni esa x , y , z , . . . harflar bilan belgilagan .

27.Qo’shish “ + ” va ayirish “ – ” Ya. Vidman 1489 yilda kiritdi.

28.Ko’paytirish – “ ⋅ ” Regiomontan 1461 yilda kiritdi. “ x ” belgini U.Outred 1631 yili kiritgan.

29.Bo’lish – “ :” arab olimlari kiritgan . Hozirgi ko’rinishni 1684 yilda Leybnis taklif etgan.

30.Tenglik – “ = ” belgini R.Rekard 1557 yilda kiritgan .

31.Qavslar – kvadrat qavslar [] ni R.Bombelli 1550 yilda, doiraviy qavslar () ni Tartal’ya 1552 yilda , figurali qavslarni {} ni F.Viet 1593 yilda kiritgan.

32.Oraliqlar – (a,b) va hamda ko’rinishlarda Kovalevskiy 1909 yilda kiritgan. [] , ] [ belgilarni Burbaki 1956 yilda kiritgan.

33.Gradus – yunoncha so’z bo’lib, daraja yoki bosqich degan ma’noni bildiradi.Ptolomey graduslarni – qismlar, minutlarni – shtrix, sekundlarni – ikkita shtrix bilan belgilagan . Hozirgi ko’rinish ,, ˚ “ , ,, ‘ “ , va ,, » “ larni 1558

yilda Peletse kiritgan .

34.Parallel – yunoncha so’z bo’lib, yonma – yon boruvchi degan ma’noni bildiradi. ,, // “ belgini U.Outred 1677 yili kirigan.

35.Perpendikulyar – yunoncha so’z bo’lib, tikka turuvchi degan ma’noni  bildiradi. ,, ” belgini Erigon 1634 yilda kiritgan.



36.Katta – kichik – “ > ” , “ < ” belgilarni G.Garriod  1631 yilda kiritgan . Qat’iy bo’lmagan tengsizliklarni P.Buge 1734 yilda

@matematika_fan_oyligi
Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling