Matematika va mantiqiy masalalar -30 ta test


Download 17.78 Kb.
Sana24.05.2022
Hajmi17.78 Kb.
#697694
Bog'liq
MATEMATIKA va MANTIQIY MASALALAR
1-amaliy mashgulot MS va S, 2-amaliy mashgulot MS va S, 2-amaliy mashgulot MS va S, Мустакил иш, Shaxsni o`rganishda gumanistik yo`nalish, aloqa kanallari, pdfcookie.com 4000-essential-english-words-2-answer-key, bilish va ilmiy bilish, 4- mustaqil Buxgalteriya

MATEMATIKA va MANTIQIY MASALALAR -30 ta test
1) Palto 64000 so’m turadi. Birinchi marta paltoning narxi 10% ga ikkinchi marta esa 1800 so’mga arzonlashtirildi. Ikkinchi marta palto narxi necha foizga tushurilgan?
A)3,215 B)3,125 C)3,521 D)3,512
2) Boirmirzo bitta son o’yladi Agar unga 74 ni qo’shib hosil bo’lgan Yig’indiga yana 21 qo’shilsa 142 hosil boladi Boirmirzo qaysi sonni o’ylagan?
A)57 B)68 C)47 D)67
3) Ona somsa pishirgandan so`ng 1 ta somsani yeb, qolgan somsalarning yarmini buvisiga olib borish uchun qiziga berdi. Qizcha yo`lda ketayotib 2 ta somsani yeb, qolgan somsalarning uchdan bir qismini yo`lda o`rtog`ini ko`rib qolib unga berdi. Qizaloq buvisiga 8 dona somsa olib borgan bo`lsa, onasi hammasi bo`lib nechta somsa pishirgan?
A)16 B)15 C)B javob to’gri D) A va B javob to’g’ri
4) Otaning yoshi o`g`ildan 4 marta katta, 20 yildan so`ng otaning yoshi o`gilning yoshidan 2 marta katta bo`ladi. Ota hozir necha yoshda?
A)10 B)40 C)60 D)50
5) 2 ta koptok va 1 ta sharning massasi 152 gr. 2ta shar va 1 ta koptokning massasi 94 gr bo`lsa, koptok va sharning massasini toping?
A) Koptok-70gr , shar-12gr C) A javob to’g’ri B) koptok-12gr , shar- 70gr D) A va C javob to’g’ri
6) Bir punktdan bir vaqtda qarama -qarshi yo’nalishda ikki velosipedchi yo’lga chiqdi. 3 soatdan so’ng ular orasidagi masofa 99 km ni tashkil qildi , Velosipedchilardan birining tezligi 15km/soat ga teng . ikkinchi velosipedchining tezligini toping?
A)18 B) 16 C)14 D)13
7) Abubakr bankka 50000000 so’m pul qo’ydi. Bank Abubakrga bu pulni 1 yilda 25%ga ko’paytirib qaytaradigan bo’ldi Bir yilda Abubakr puli qanchaga ko’payadi?
A)12500000 B)12600000 C) 13500000 D) 13600000
8) Yosunxon 7 hissa suvga 2 hissa tuz qo’shib aralashma hosil qildi. Yosunxon 18 kg aralashma hosil qilishi uchun qancha tuz kerak bo’ladi?
A)4 B)9 C)14 D)7
9) Suv havzasining uzunligi 60m. Botir uning beshdan uch qismini , Salim esa oltidan uch qismini suzib o’tdi. Kim ko’proq masofa suzga?
A) Botir B ) Salim C) A javob to’g’ri D) A va C javob to’g’ri
10) Qulfning kodi 3ta raqamdan iborat. Jahongir velosipedni saqlash uchun shunday qulfdan foydalanadi. Bir kuni u qulfni ochmoqchi edi, ammo uning kodini unutibdi, lekin kodning birinchi raqami 2, raqamlar yig’indisi esa 15 ga tengligini esladi. U hamma imkoniyatlarni yozib chiqdi. Agar bitta imkoniyatni (kodni) sinashga 30 sekund ketsa. Jahongir ko’pi bilan qancha vaqtdan so’ng velosiped qulfini ochishi mumkin?
A) 3 minutda B) 2 minutda C)4 minutda D) 6 minutda
11) Shohruhmirzoning bobosi tug’ilgan kunidan boshlab 2018-yil 20 yanvargacha 29220 kun o’tdi . Shohruhmirzoning bobosi nechanchi yil qaysi sanada tug’ilgan?
A) 1937-yil 20-yanvar B) 1938-yil 20-yanvar C) 1936- yil 20-yanvar D) 1939-yil 20-yanvar
12) Kitob 360 sahifali . Uning sahifalarini nomerlash uchun nechta raqam ishlatilgan? (Sahifalash 3 raqamidan boshlangan?
A) 750ta B)760ta C) 860ta D) 850ta
13) Besh xonali sonning chap tamoniga 6 raqamini yozib hosil qilingan son , o’ng tamoniga 6 raqamini yozib hosil qilingan sondan 4 marta kata bo’ldi. Shu besh xonali sonni toping.
A) 15384 B)15483 C)15348 D)15438
14) Ikki sonning yig’indisi 9856 ga teng . Sonlardan biri 0 raqami bilan tugaydi. Bu raqam o’chirilsa, ikkinchi son hosil bo’ladi. Shu sonlarni toping?
A) 8690 va 869 B)9860 va 986 C)8960 va 896 D) 9680 va 968
15) 4 ta qalam va 3 ta daftar 960 so’m . 2 ta qalam va 2 ta daftar 540 so’m turadi. 8 ta qalam va 7 ta daftar necha so’m turadi.
A)2400 B) 2004 C) 4200 D)2040
16) Sevinch bir son o’yladi. Unga 1ni qo’shdi yig’indini 2ga ko’paytirdi, ko’paytmani 3ga bo’ldi va natijadan 4 ni ayirganda 6 soni hosil bo’ldi?
A)13 B)14 C)15 D)16
17) Oilada bobo, ota va bola bor. Boboning yoshi juft son. Agar uning yoshidagi raqamlarning o’rnini almashtirsak , otaning Yoshi hosil bo’ladi. Otaning yoshidagi raqamlarni qo’shsak , bolaning Yoshi hosil bo’ladi. Bobo, ota va bola yoshlarining yig’indisi 144 ga teng. Boboning Yoshi 100dan kichik bo’lsa , u necha yoshda?
A)74 yoshda B) 64 yoshda C) 84 yoshda D) 94 yoshda
18) Stolda bir-biridan 3 sm uzoqlikda 5 ta tosh bir to’g’ri chiziqda joylashgan. Birinchi va oxirgi toshlar orasidagi masofani toping?
A) 12 B)16 C)20 D)24
19) Ikkita ketma-ket kelgan sonning ko’paytmasi 810900 ga teng . Shu sonlarni toping?
A) 899 va 900 B) 890 va 891 C)901 va 900 D)900 va 901
20) Qirrasi 1metr bo’lgan kub shaklidagi basseynni bitta quvur 1 soatda to’ldiradi. Qirrasining uzunligi berilgan kub qirrasidan 4 marta kata bo’lgan basseynni xuddi o’shanday ikkita quvur qancha vaqtda to’ldiradi?
A) 64 soatda B)32 soatda C) 16 soatda D)24 soatda
21) To’g’ri to’rtburchakning qo’shni tomonlari yig’indisi 18sm ga teng , bo’yi esa enidan 4sm uzun . Shu to’g’ri to’rtburchakning yuzini toping?
A)77 B) 72 C)20 D)70
22) Mubina donasi 900 so’mdan bo’lgan ruchka olmoqchi. U sotuvchiga pul uzatdi. Sotuvchi unga 3ta ruchka va 300 so’m qaytim berdi. Mubina sotuvchiga necha so’m pul uzatgan edi?
A) 2700 B)3000 C) 3700 D) 4000
23) Akramjon sotuvchiga 15000 so’m uzatdi va “ mana shu umumiy daftaringizdan 6ta bering” dedi. Sotuvchi unga 600 so’m qaytim berdi. Daftarning narxi necha so’m ekan?
A)2000 B) 2400 C) 2500 D)2600
24) Abdulaziz ikki xonali bir son o’yladi. Uni 2 ga bo’lsa 1 qoldiq chiqdi. 3ga bo’lsa ham , 4 ga bo’lsa ham 1 qoldiq chiqaverdi. Ammo 5ga qoldiqsiz bo’lindi. Abdulaziz o’ylagan sonni toping?
A)15 B)35 C)45 D)25
25) 3kg qo’y junidan 5m movut (mato) to’qish mumkin . Agar 10 m movutdan 3ta kastum tikish mumkin bo’lsa, bitta kastum uchun qancha jun kerak bo’ladi?
A)2kg B)4 kg C)3 kg D) 5kg
26) Muxlisa xolaning 3 ta sigiri bor. Ularning har biri bir kunda 10 litrdan sut beradi. Oilada kuniga sutning 3litri sarflanadi, qolgani sotiladi. Agar 1 litr sut 2000 so’m bo’lsa, Muxlisa xola oilasi 1 kunda necha so’mlik sut sotadi?
A)54000 B) 60000 C)27000 D)30000
27) Katerning turg’un suvdagi tezligi 15km/soat. Daryo oqimining tezligi 3km/soat. Kater daryo oqimi bo’ylab 2 soatda qancha yo’l bosadi?
A) 18km B)28km C)24km D)36km
28) Osiyoning uyidan maktabgacha 2 km. Nozima bu yo’lni 40 minutda o’tadi. U 25 minutda qancha yo’l yuradi?
A) 50m/min B) 150m/min C) 500m/min D)1250m/min
29)
Download 17.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling