Matematikaning hayotdagi o’rni


Download 13.38 Kb.
Sana03.12.2019
Hajmi13.38 Kb.

MATEMATIKANING HAYOTDAGI O’RNI

Tarixdan ma’lumki, matematika hayotda eng kerak va asosiy fan hisoblanadi. Vaholanki, bolaning endi tili chiqar- chiqmas unga: “yoshing nechada”, - deb savol beramiz. Bola esa jajji barmoqchalarini ko’rsatib javob beradi. Bolaga birinchi beradigan ta’limimiz ham 10 gacha sanashdan boshlanadi. O’sha ondan boshlab inson matematikaga qadam qo’ygan hisoblanadi.

Men Samarqand viloyati Ishtixon tumani 22-umumta’lim maktabida 2017-yildan buyon matematika fanidan dars berib kelaman. Bazan o’quvchilarim: << Men doktor bo’laman, yoki rassom bo’laman, menga matematikani hojati yo’q>>,

- deyishadi. Ammo ular nohaqligi shubhasizdir. Zero, matematika har qanday yo’nalish uchun kerak va ahamiyatli fandir.

Matematika aqlni o’stiradi, diqqatni riojlantiradi, maqsadga yetishish uchun o’zida iroda va qat’iyatni tarbiyalaydi shu sababli matematika har qanday kasb egasiga suv va havo kabi zarurdir. Inson faoliyatining biror bir sohasi yo’qki, o’lchovlarsiz, hisob-kitobsiz kechadi.

Matematika bizni ishimizni yengillashtiradi, qayta-qayta sanashlardan xalos etadi. Oddiy misol: << sotuvchi do’konga 28 bog’lam badiiy kitob va 35 bog’lam ertak kitob olib keldi. Badiiy kitoblarning har bir bog’lamida 5 tadan kitob bor. Ertak kitoblarning har bir bog’lamida esa 8 tadan kitob bor. Badiiy kitob donasi 10000 so’mdan, ertak kitoblarning bittasi esa 2000 so’mdan. Endi sotuvchi kitoblar uchun qancha haq to’lashi kerak?>> . Bu yerda matematikani o’rnini ko’rib chiqamiz: <> Agar sotuvchi matematikadan xabari bo’lmasa kelib chiqgan summaga aldanib qolishi hech gap emas.

So’zimni boshida matematika aqlni o’stirishini ta’kidlab o’tdim. Bu gapni uch yillik tajribamdan kelib chiqib aytdim. Matematikani yaxshi o’zlashtirgan o’quvchi bilan qoloq o’quvchining fikrlashi o’rtasida katta farq bo’lar ekan. Hattoki matematikadan yaxshi bilgan o’quvchi boshqa fanlardan qiynalmasdan o’zlashtirishini guvohi bo’lganman.

Samarqand viloyati ishtixon tumani 22-maktabning matematika fani o’qituvchisi:



Hayitov Ilyos
Download 13.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling