Matlab tizimida signallarni approksimatsiyalash


Download 243.13 Kb.
Sana15.03.2022
Hajmi243.13 Kb.
#607628
Bog'liq
5-sho\'ba xalqaro konferensiya
“Oʼzbek atamasining kelib chiqishi, Joriy nazorat. menejment 2.2 .doc[1], 1-лаборат МТ, 212, kompleks sonlar, kompleks sonlar, terms, terms, terms, @new vocabulary Essential Idioms Elementary o'zbekcha, aptis for teachers brochure online version 2-1, Xondamir, 6sinf test, TAT 2-amaliy mashg'ulot, 2-seminar mashguloti. Latofat

MATLAB TIZIMIDA SIGNALLARNI APPROKSIMATSIYALASH.
Assistent O.D. Primqulov , A.A. Nasirov
( Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti )
(5-sho’ba:tel:+998883283131,e-mail:primqulovoybek@gmail.com)
Annotatsiya: Ushbu maqolada Matlab tizimida signallarni identifikatsiyalashning zamonaviy usullari oʻrganiladi hamda nochiziqli funksiyalarni polinomli approksimatsiyalashning sonli usuli asosida signallarni raqamli qayta ishlash ishlari olib borildi.
Kalit soʻzlar: Matlab,signal,eng kichik kvadaratlar usuli,approksimatsiya.
Kirish. Hozirgi vaqtda signallarga raqamli ishlov berish quyidagi sohalarda: raqamli televedeniya, radiolokatsiya, aloqa, meditsina, multimediya, nutqni analizlash va IP telefoniya da qoʻllash prinsipial qiymatga egadir. Bugungi kundagi zamonaviy IP tarmoqlarda ma’lumotlar trafigini asosiy tashkil etuvchilari sifatida kommutatsiya paketlari rejimida nutqni joʻnatish ishlari olib borilmoqda. Shunday ekan real vaqt rejimida talab darajasidagi sifatli nutqni joʻnatishni tashkil etish ancha qiyinchiliklarni tug‘diradi. Ayniqsa ovozli va audio signallarni siqish va filtrlash quyidagi sohalarda qoʻllanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bularga biometriya, qurilmalarni ovozli boshqarish, logopediya, telekommunikatsiya, IP telefoniyalar kiradi.[1-2]
Eng kichik kvadratlar usuli yordamida signallarni approksimatsiyalash jarayonini Matlab tizimining polyfit funksiyasini qoʻllagan holda kiruvchi ma’lumotlarga polinom yordamida yaqinlashish hamda polyval funksiyasini qoʻllagan holda natijani vizuallashtirish va yaqinlashish xatoligini aniqlaymiz.
Bir necha turdagi uzluksiz funksiyaga yaqinlashishning usullaridan biri polinomli yaqinlashishning eng kichik kvadratlar usulidir. Ma’lumotlar toʻplami uchun quyidagi ifoda oʻrinli boʻlib:

N chi darajali polinomni topish talab qiladi.

Uning koeffisiyentlari quyidagi minimizatsiya masalasini yechadi. [3-4]

Eng kichik kvadratlar usuli yordamida signalni approksimatsiyalashni quyidagi usulini koʻrib chiqamiz.
1) N ta nuqtaninig sonini aniqlash.
N=11;

  1. Teng oʻlchovli setka koʻrinishida approksimatsiyalash funksiyasining argumentlarini sikl yordamida aniqlaymiz.

for i=1:N x(i)=(i-1.0)/(N-1); end

  1. Tasodifiy sonlar yordamida approksimatsiyalovchi funksiyanining qiymatlarini modellashtiramiz.

y=[]; for i=1:length(x) y=[y randn]; end

  1. Skalyar koʻpaytirishning vesini 1 qilib olamiz. ro=ones(size(x));

  2. n ta keltirishning noma'lum koeffitsientlari sonini aniqlash.

n=10;

  1. n-1 darajali approksimatsiyalanuvchi polinomi eng kichik kvadratni usulida qurish.

sp=spap2(1,n-2,x,y,ro);

  1. approksimatsiaylanuvchi polinomni chizish.

fnplt(sp); hold on; plot(x,y,-*');

1-rasm. Eng kichik kvadratlar usuli yordamida kiruvchi signalni approksimatsiyalash
Bundan koʻrinib turibdiki, Interpolyatsiyalash usullarini signallarni vaqt sohasida qayta ishlash ya’ni implusli shumlarni filtrlashda eng kichik kvadratlar usuli juda yaxshi natijalarni beradi. Bundan tashqari Matlab muhitida bu usullarni hisoblash qulay,oson va tez amalga oshiriladi.


Foydalanilgan adabiyotlar.
[1] Оппенгейм А.В., Шафер Р.В. Цифровая обработка сигналов: Пер.с. Англ./ Под ред. С.Я. Шаца.-М.: Связь, 1979. - 416 с.
[2] Уидроу Б., Стириз С. Адаптивная обработка сигналов: Пер. с англ- М.: Радио и связь, 1989.- 440 с.
[3] Айфичер, Эммануил С., Джервис, Барри У. Цифровая обработка сигналов: Практический подход , 2-е издание.: Пер. с англ.- М.: Издательский дом «Вильямс», 2004. – 992 с.
[4] Р. Богнера, А. Константинидиса. Введение в цифровую фильтрацию: Пер. с англ. – М.: Издательский дом «МИР», 1976 – 108 с.
Download 243.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling