Mavlanova Farangiz. Hozirgi adabiy jarayon


Download 21.5 Kb.
Sana25.06.2020
Hajmi21.5 Kb.
#121699
Bog'liq
Mavlonova Farangiz


Mavlanova Farangiz.

Hozirgi adabiy jarayon.

9-variant.

1. Halima Xudoyberdiyeva ijodida ona timsoli.2. Ulug‘bek Hamdam asarlarida vatan madhi.3. Alisher Ibodinov ijodi

Javoblar.

1. Halima Xudoyberdiyeva o‘tgan asrning yemishinchi yillaridayoq o‘zbek adabiyotiga alohida voqea bo‘lib kirib keldi. Agar shoira ijodini kuzatadigan bo‘lsak,keng va chuqur qamrovli bo‘lib,asosan,ona,go‘dak,istiqlol,baxt mavzulari ustunlik qiladi. Uning she‘riyatida ona mavzusi alohida ajralib turadi. Bunga shoiraning ijodi avvalida ‘‘Saodat‘‘jurnalida avval bo‘lim boshlig‘i, muharrir o‘rinbosari va bosh muharrir bo‘lib ishlaganligi ning ta‘siri bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Uning she‘rlari sokin o‘qiladi,ammo butun tuyg‘ularni ostin-ustun qilib yuboradi. Shu sabab shoirani ‘‘Ona sher‘‘ deydiganlar ham bor. Halima Xudoyberdiyeva ‘‘Muqaddas ayol‘‘ she‘riy to‘plami uchun 1990-yilda Hamza nomli Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

‘‘Muqaddas ayol...‘‘Bu she‘ri satrlarini o‘zicha hirgoyi qilmagan yoki qo‘shig‘ini eshitmagan o‘zbek bo‘lmasa kerak. Shu va boshqa ona haqidagi she‘rlarida so‘zlar shu qadar sodda,xalqchil,ko‘ngilga yaqinki,u tildan tilga o‘taverib,yuraklarga kirib borgan. Onalarning bardoshi,o‘z jismiga qaraganda ming baravar ortiq yuk ko‘tarib yurishi,bedor tunlarining ifodasi ular.

‘‘Gunohkorlar ming-u ,bitta senga tegar tosh

Sen baribir muqaddassan,muqaddas ayol!‘‘

2. Ulug‘bek Hamdamning ulkan romanlaridan to kichik hikoyalarigacha ulkan mushohada,teran fikrlar,inson falsafasi bilan boyitilgan. Uning asarlarini ‘‘Adabiyot psixologiyasi‘‘deyish mumkin.Ulug‘bek Hamdam haqida nafaqat bizning,balki dunyo adabiyotchilarining ham fikrlar jangi to‘xtamayapti,to‘xtamaydi ham. U Qadim Sharq an‘analari asosida novatorlik na‘munalatini yaratdi. Barcha asarlarida vatandoshlar psixologiyasi birinchi o‘rinda turadi. Ulug‘bek Hamdam ijodida Vatan mavzusi har bir asarlarining ich-ichiga singdirib yuborilgan. Masalan,tush-hikoyalrga asoslangan ‘‘Vatan haqida qo‘shiq‘‘ to‘plami o‘n ikki hikoyaning zohirida inson,botinida Vatan bor. Uning ‘‘Muvozanat‘‘romanini obyekt sifatida tanlab oldim. Bu asarda yaqin o‘tmishimiz,odatlangan turmush-tarzidagi o‘zgarishlar xalqimiz ruhiyatidagi qanday evrilishlarga sabab bo‘lgan davrdagi muvozanatsizlik tasvirlangan. Romanda yangi davr ostonasida turgan insonning qalbidagi mezonni tuzum o‘zgarishlari ma‘lum darajada buzib yuborgani aks etgan. Romanda Yusuf,Said,Ahror,Zahro kabi obrazlar bor va ular bizning xalqimizdir. Ular mulohazakor,qarama-qarshi fikrli. Katta millatning katta tashvishlariga duchor bo‘layotgan insonlardir. Jamiyat yangilanayotgan bir davrda o‘z iymonini,e‘tiqodini,yurtini,oqibatini asrab qola olish ularning asosiy masalalaridir.



3.Alisher Ibodinov 1952-yil 12-dekabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Eskiarab mahallasida tug‘ilgan. 1980-yilda ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan va shu davrdan keyin ijod qila boshlagan. Uning asarlari nasriy shaklda yozilgan. Qissa va hikoyalari o‘z o‘quvchilarini topib ulgurgan. Asarlari detiktiv,tarixiy yo‘nalishda ko‘proq. Uning ‘‘Gulsafsar hidi‘‘,‘‘Quyosh ham olov‘‘,‘‘Latofat do‘konidagi qatl‘‘,‘‘Qo‘rboshi Madaminbek‘‘kabi qissa va hikoyalari bor. Ular mashhur asarlar sirasiga kiradi,ammo fikrimcha ,Alisher Ibodinovning asarlari o‘z davrdoshlari Xurshid Do‘stmuhammad,Ulug‘bek Hamdam,Murod Chovush singari ijodkorlarga nisbatan ancha sayoz,ularning ‘‘panjasiga panja‘‘urolmaydi. Chunki uning asarlarida syujet,qahramonlar xarakteri va hatto tabiat manzaralari tasvirlanishi ham ishonarsiz. Masalan,‘‘Latofat do‘konidagi qatl‘‘ asarida ayolning sirli o‘limidan boshlab jinoyat ishi o‘tgunigacha bo‘lgan vaqt tasvirlangan. Biron novatorlik yoxud an‘anaviylikdan ozod bo‘lgan viqea yo‘q. Vaqt, ya‘ni fasllarda ham chalkashliklar mavjud. Alisher Ibodinovning boshq
Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling