Mavlyanov muzaffar namazovich kompyuter texnologiyalari asosida talabalar bilimini baholash samaradorligini oshirish


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana20.01.2020
Hajmi1.11 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
   Qo’lyozma huquqida 
UDK: 371.048.2 
 
MAVLYANOV MUZAFFAR NAMAZOVICH 
 
KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TALABALAR 
BILIMINI BAHOLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH 
 
 
5A 110901 – Pedagogika tarixi va nazariyasi (faoliyat turlari boyicha) 
 
 
Magistr 
akademik darajasini olish uchun yozilgan 
DISSERTATSIYA 
 
Ish ko‗rib chiqildi va himoyaga 
ruxsat berildi. 
Maktabgacha  ta‘lim  metodikasi  va 
pedagogika kafedrasi mudiri v.b. 
Katta.o’qit.Sh.Usanov 
____________ 
«_____»_____________2016 y 
 
Ilmiy rahbar: 
p.f.n., dots.M.Fayziev 
_________ 
 
 
 
M.O‘. 
 
 
  
 
 
 
 
SAMARQAND – 2016 


 
MUNDARIJA 
KIRISH......................................................................................................3 
I  BOB:  Talabalarning  bilim  olganligini  baholash  va  nazorat  qilishning 
nazariy asoslari 
1.1.   Baholash  va  nazorat  usullarining  rivojlanish  evolyutsiyasi,  bilimlarni 
kompyuterli nazorat qilish muammosi.........................................................14  
1.2.   Nazoratni  amalga  oshirish  usullari  va  bilimlarni  baholash  modellari, 
bilim olganlikni baholash va nazorat qilishda testlarning o‗rni va ahamiyati....19 
1.3.   Chet el mamlakatlarida BNQ tizimi..................................................34 
I bob yakuni bo‗yicha xulosalar................................................................39 
II  BOB:  Mamlakatimizda  talabalar  bilimini  baholash  tartibini 
modernizatsiyalash masalalari 
2.1.   O‗zlashtirishni  baholovchi  avtomatik  tizimga  qo‗yilgan  talablar 
tahlili............................................................................................................40 
2.2.   O‗zlashtirishni  baholovchi  avtomatik  tizim  yaratish  muammosi,  bu 
tizimning pedagogik-psixologik imkoniyatlari..............................................52 
II bob yakuni bo‗yicha xulosalar...............................................................70 
III  BOB:  Pedagogik  jarayonda  baholash  va  nazorat  qilishni 
avtomatlashtirish (Ilmiy tadqiqotning eksperimental modeli) 
3.1.   Talabalar  bilimini  baholovchi  avtomatik  tizimni  yaratish  va  u  asosida 
tajriba sinov ishlarini tashkil qilish...............................................................72 
3.2.   Natijalar tahlili va hulosalar.............................................................78 
III bob yakuni bo‗yicha xulosalar..............................................................80 
Xulosa va tavsiyalar................................................................................81 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati........................................................85 
Ilovalar.....................................................................................................92  
 
 
 
 


 
KIRISH 
O‗zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligiga  erishganligi,  o‗zining 
siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  taraqqiyot  yo‗lini  tanlaganligi,  jamiyat  oldiga 
―yuksak  umumiy  va  kasb-xunar  madaniyatiga,  ijodiy  va  ijtimoiy  faollikka, 
ijtimoiy-siyosiy  xayotda  mustaqil  ravishda  mo‗ljalni  to‗g‗ri  ola  bilish 
mahoratiga ega bo‗lgan istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir‖[1]  
yangi kadrlar avlodini shakllantirishdek o‗ta muhim vazifani ko‗ndalang qo‗ydi. 
Bu jamoatchilik hal qiladigan eng asosiy masalalardandir, zero O‗zbekiston 
Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek, kasbiy tayyorgarlik va ta‘lim darajasi 
ijtimoiy  taraqqiyotimizning  asosini  tashkil  etishi  lozim:  ―faqat  shunday 
mamlakat,  shunday  millat  buyuk  kelajakka,  istiqbolga  va  to‗kin-sochinlikka 
erishishi mumkin, qaysiki bilimdon, o‗z kasbining ustasi va faol shaxslarni, o‗z 
vatanining  asl  fidoyilarini  yetishtira  oladi,  ularni  buyuk  milliy  madaniyatning 
ma‘naviy  merosi  bilan  boyitadi,  dunyoviy  fan  va  madaniyat  xazinasiga  oshno 
qiladi.[3] 
Shubhasizki,  O‗zbekiston  Respublikasining  jahon  hamjamiyati  bilan 
integratsiyasi  kadrlar  tayyorlashning  milliy  dasturi  muvaffaqiyatli  amalga 
oshishi  bilan  bevosita  bog‗lanadi.[5]  I.A.Karimov    O‗zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisining  birinchi  chaqiriq    XIV  sessiyasidagi  (1999  yil  14  aprel) 
«O‗zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda»  nomli  ma‘ruzasida  yangi  kadrlar 
tayyorlashning Milliy dasturiga yana e‘tibor qaratdi. Xususan, u shunday degan 
edi:  ―Biz  oldimizga  qanday  vazifa  qoymaylik,  qanday  muammoni  yechish 
zarurati  tug‗ilmasin,  gap  oxir-oqibat,  baribir  kadrlarga  va  yana  kadrlarga  borib 
taqalaveradi. 
Mubolag‗asiz 
aytish 
mumkinki, 
―bizning  kelajagimiz, 
mamlakatimizning  kelajagi  o‗rnimizga  kim  kelishiga  yoki  boshqacharoq 
aytganda,  qanday  kadrlar  tayyorlashimizga  bog‗liq.  Oliy  Majlis  IX  sessiyasida 
qabul  qilingan  Kadrlar  tayyorlash  boyicha  Milliy  dasturni  amalga  oshirish, 
hayotga tadbiq etish, xech bir mubolag‗asiz, strategik maqsadlarimiz — farovon, 
qudratli,  demokratik  davlatni,  erkin  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishimizning 
asosi bo‗lmogi zarur‖.[2]  


 
Hozirgi  tarixiy  vaziyatda  O‗zbekiston  oliy  maktablarida  xorijiy  ta‘lim 
tizimi  va  oliy  ta‘lim  muassasalari  faoliyatiga  doyir  keng  muammolar 
kompleksiga qiziqish ancha ortdi.[6] Bunda oliy ta‘lim muassasalari soxasining 
(O‗zbekistonda  va  xorijda)  quyidagi  aspektlari  o‗ziga  hos  dolzarblik  kasb 
etmoqda: 
— brzor iqtisodi sharoitida oliy ta‘lim muassasalarining amaliy faoliyati; 
—  o‗quv  jarayonining  mazmuni  va  uning  metodik-pedagogik  ta‘minoti 
(dasturlar,  rejalar  ishlab  chiqish,  mutaxassislar  amaliyoti  va  stajirovkasi), 
xususan, o‗quvchilar bilimini baxolash metodikasi;[7] 
— keng miqyosdagi, bozor iqtisodi qonunlariga faol moslashishga qodir va 
ilmiy  hamda  kasbiy  bilimlarning  yangi  yo‗nalishlarini  ijodiy  izlashtirishga 
tayyor mutaxassislarni tayyorlash;[10] 
— oliy o‗quv yurti avtonomiyasini rivojlantirish; 
—  oliy  o‗quv  yurti  faoliyatini  tashkil  etish:  moliyalashtirish,  davlat 
organlari bilan munosabatlar amaliyoti
— universitet va alohida taraqqiyot tizimiga ega bo‗lgan oliy kasbiy ta‘lim 
munosabatlari; 
— uzluksiz ta‘lim tizimini shakllantirishning tamoyillari;[11-16] 
—  ―ta‘limga  jarayon  sifatida  qarash  lozim  va  uni  ilmiy  boshqarishga 
o‗rganish  kerak‖[17],  degan  aqidaga  amal  qilguvchi  pedagogika  fanining  jadal 
rivoji.[18] 
O‗zbekistonning xalqaro hamjamiyatga faol qo‗shilib borishi milliy ta‘lim 
tizimini  jahon  andozalariga  mos  keltirishni  talab  qila  boshladi.  Bu  borada 
muayyan ishlar amalga oshirildi. Masalan, ―oliy va o‗rta maxsus ta‘lim tizimini 
yanada  takomillashtirish,  mutaxassislar  tayyorlashda  ko‗p  bosqichli  tamoyilga 
amal qilish, O‗zbekiston o‗quv-ta‘lim amaliyotiga kadrlar tayyorlashning jahon 
tajribasi  yutuqlarini  joriy  etishga[3]  katta  ahamiyat  berib,  O‗zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  1995  yil  1  avgustda  ―Oliy  va  o‗rta  maxsus 
maktab muammolari institutini tashkil etish xaqida» qaror qabul qildi. 


 
Shu  sababli  o‗zbekistonlik  olimlar,  pedagoglar  va  metodistlar  hamda  xalq 
ta‘limi  sohasi  rahbarlari  amalda  sinovdan  o‗tgan  barcha  ijobiy  holatlarni 
aniqlash va ularni O‗zbekiston milliy ta‘lim tizimida qo‗llash maqsadida tez-tez 
ilg‗or  xorijiy  maktablar  tajribalariga  murojaat  qilishmoqda  [8].  Bu  sohada 
hozirdanoq,  ayrim  qiziqarli  natijalarga  erishildi.  Ular  xorijiy  oliy  maktab, 
aniqrogi, ta‘lim organlari tuzilishini o‗rganishga taalluqlidir.  
O‗zbekistonda  kadrlar  tayyorlashning  Milliy  dasturi  doirasida  xorijiy  oliy 
maktab  tajribasidan  nixoyatda  keng  foydalanilmoqda.  Bunda  O‗zbekiston  oliy 
maktabidagi  ta‘lim  siyosati  va  mexnat  bozori  yo‗nalishini  alohida  ta‘kidlash 
maqsadga  muvofiqdir.  Masalan,  S.  G‗ulomov  va  A.  Bekmurodov  (1997)  qayd 
etilgan muammoni quyidagi aspektlar asosida o‗rganishgan: 
—  yuqori  malakali  kadrlarni  tayyorlash  (raqobatli  bozor  talablariga 
moslashgan); 
— xalqaro ta‘lim standartlariga mos ravishda va akademik darajalar hamda 
kasbiy  ixtisosliklarni  xalqaro  tizimga  muvofiqlashtirish  zaruratini  xisobga  olib, 
oliy va kasbiy ta‘lim tizimini isloh qilish; 
— ta‘lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish; 
—  oliy  maktab  tuzilishi  va  mexnat  talabi  (ilmiy-kasbiy  jixatdan  yanada 
xilma-xil  hamda  talabchan  bo‗lib  borayotgan)  muvozanati;  aytaylik, 
O‗zbekiston  oliy  kasb  maktablarining  kichik  biznes,  o‗rta  tadbirkorlik  va 
umuman  –  yangi  mulkdorlar  sinfining,  masalan,  texnika  oliy  o‗quv  yurtidan 
moslanuvchanroq,  kasbiy  dasturlarni  (faqatgina  4  yillik  oliy  daraja  dasturlarini 
emas)  talab  qiluvchi  sinfning  shakllanishiga  munosabatlari  sustligi  qayd 
etilmoqda; 
—  ―barcha  o‗quv  dasturlari  bosqichlari  inobatga  olingan  kudratli  ta‘lim 
konsernlarini‖  (bu  taklif  ―yetakchi  universitetlarni  gimnaziyalar,  maxsus 
litseylar,  kollejlar,  biznes-maktablar  bilan  birga‖  shakllantirish  haqida) 
o‗zvaqtida tuzish va uni asoslash


 
—  oliy  o‗quv  yurti  imkoniyatlari  (―foydali  qo‗llanish  koeffitsiyenti‖), 
uning  ilmiy,  o‗quv,  ilmiy-pedagogik  xamda  moddiy-texnika  va  boshqa 
potensiallari samaradorligini oshirish. 
Jahonda  mutlaq  ideal  deb  tan  olingan  ta‘lim  tizimi  yo‗q.  Bunga 
ajablanmasa  ham  bo‗ladi,  chunki  har  qanday  ta‘limni  tashkil  etishning  milliy 
tajribasi  har  bir  xalqning  tarixiy  va  madaniy  an‘analariga,  xayotiy  udumlari, 
taraqqiyotining  siyosiy  va  iqtisodiy  jihatlariga  borib  taqaluvchi,  faqat  uning 
o‗zigagina xos bo‗lgan ko‗plab tushunchalarni qamrab oladi.[19] 
Islom  Karimov  mustaqil  O‗zbekiston  uchun  ―o‗zining  yuqori  malakali 
kadrlar‖ korpusi mavjudligi (1992, 59 b.) o‗ta muximligini ta‘kidlaydi: ―Nafaqat 
umumiy  ta‘lim  va  tarbiyani  qamrovchi,  balki  kasbiy  yo‗naltirilganlikni, 
tayyorgarlikni,  qayta  tayyorlashni  va  kadrlar  malakasini  oshirishni  nazarda 
tutgan  bir  butun  uzluksiz  milliy  ta‘lim  tizimini  yaratish  masalasi  qoyilmoqda. 
Bunda  O‗zbekistonning  o‗ziga  xos  xususiyatlari,  xalq  turmushining  milliy 
psixologik  tomonlari,  umumjaxon  va  sharq  ta‘lim  tajribasining  eng  yaxshi 
yutuqlari to‗liq e‘tiborga olinishi lozim‖. 
Biroq hanuzgacha yurtimizda oliy maktab tizimi bilan bog‗liq muammolar 
ko‗zga  tashlanmoqda.  Bu  muammolarni  birma  –  bir  sanab  o‗tishga  harakat 
qilamiz: 
Birinchidan,  tashkiliy  muammolar,  bularga  dars  jadvallarini  tuzishda  yo‗l 
qoyilayotgan  kamchiliklar,  mutaxasis  bo‗lib  yetishish  uchun  mutlaqo  keraksiz 
bo‗lgan  fanlarning  dars  jadvaliga  kiritilganligi,  fakultetlarda  turli  masalalar 
boyicha  qog‗ozbozlik  (byurakratiya)  ning  kuchaytirib  yuborilganligi,  talabalar 
bilimini  baholashdagi  kamchiliklar  (biz  reyting  tizimini  tanqid  qilmoqchi 
emasmiz,  baholashdagi  kamchiliklar  deganda  inson  omilini  nazarda  tutyapmiz) 
kabi holatlarni misol qilib keltirishimiz mumkin; 
Ikkinchidan,  kadrlar  bilan  bog‗liq  muammolar,  oliy  ta‘lim  muassasalarida 
ba‘zi muhim yo‗nalishlar boyicha fan doktori, akademik unvoniga ega bo‗lgan 
professor  o‗qituvchilarning  yetishmasligi  (ayniqsa  psixologiya  va  pedagogika 
sohasida bu hol yaqqol ko‗zga tashlanmoqda); 


 
Uchinchidan, 
iqtisodiy 
(ta‘minot 
bilan 
bog‗liq) 
muammolar, 
mamlakatimizda oliy ta‘lim muassasalari davlat ixtiyorida va shu sababli davlat 
bu  muassasalarni  iqtisodiy  jihatdan  ta‘minlaydi.  Biroq  bu  ta‘minot  to‗g‗ri 
ishlatilayapdimi, ya‘ni oliy maktab g‗aznasiga kelib tushayotgan pul mablag‗lari 
uquv yurtining moddiy texnik bazasini yaxshilashga sarflanayaptimi?  
Umuman  olganda  muammolar  ―yetarli‖,  biroq  hozircha  biz  eng 
muhimlarini  keltirdik.  Bizningcha  bu  muammolarni  hal  qilish  uchun  ta‘lim 
tizimimizdagi  ba‘zi  aspektlarni  modernizatsiyalash  kifoya,  masalan,  baholash 
tartibini.  Bizga  ma‘lumki,  nazorat,  baholash  va  bashoratlash  ta‘lim  jarayonini 
tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.[9] Hozirda mamlakatimizda baholashda 
reyting tizimi amal qilmoqda. Bu tizim ancha samarali va bashoratlash aniqligini 
bir  muncha  oshiradi.  Biroq  baholash  ma‘suliyati  xali-hanuz  o‗qituvchi 
zimmasida.  Bu  esa  baholash,  nazorat  va  bashoratlash  jarayonining 
sub‘yektivlashuviga  olib  kelmoqda.  Chunki  murakkab  ijtimoiy  munosabatlar 
jarayonida  inson  omilining  ta‘sirini  hech  qachon  unutmaslik  zarur, 
aytmoqchimizki  bunday  murakkab  munosabatlar  jarayonida  insonlar  o‗rtasida 
simpatiya  yoki  antipatiya  kabi  tuyg‗ular  vujudga  kelmay  qolmaydi.  Bunday 
tuyg‗ular  baholashning  holisligiga  ta‘sir  etishi  turgan  gap.  Shuningdek, 
talabalarning  o‗zida  ham  shunday  murakkab  psixik  xosilalar  vujudga  kelishi 
mumkinki,  bu  ham  baholash  va  bashoratlashga  o‗z  ta‘sirini  o‗tkazadi.  Biz 
talalabalar  ongida  paydo  bo‗ladigan  steriotip-xavf  vaziyatlarini  nazarda 
tutmoqdamiz (bu haqda II bobda batafsil bayon qilamiz). 
Bulardan  tashqari  oliy  ta‘lim  muassasalarida  faoliyat  olib  boruvchi  ba‘zi 
o‗qituvchilarning  ―pora‖  evaziga  baho  qoyib  berayotganligiga  ko‗z  yumib 
bo‗lmaydi.  
Bularning barini birgina islohot orqali hal qilish mumkin, ya‘ni, baholashni 
kompyuterlashtirish kerak. 
Bizningcha,  baholash  va  nazorat  to‗liq  kompyuterlashtirilsa  talabalar 
bilimini  baholash  ob‘ektiv  sharoitlarda  amalga  oshadi,  bu  jarayonga 
sarflanadigan  vaqt  tejaladi,  o‗qituvchilar  baholash  funksiyasini  yo‗qotgach  bor 


 
e‘tiborini bilim berish, o‗z ustida ishlashga bag‗ishlaydilar (chunki ular bundan 
manfaatdor  bo‗ladilar,  agar  biror  o‗qituvchining  fanidan  talabalarning 
ko‗pchiligi  past  ballarni  qo‗lga  kiritishsa  demak  bu  -  o‗qituvchi  talbga  javob 
bermasligini  anglatadi,  demak  uni  malaka  oshirish  institutiga  yuborish  yoki 
mukofot  pulini  qisqartirish  yoki  umuman  ishdan  bo‗shatish  kerak  bo‗ladi.  Va 
aksincha,  qaysiki  o‗qituvchining  fanidan  talabalar  yuqori  ko‗rsatgichni  qayd 
etgan  bo‗lsalar  shu  o‗qituvchini  taqdirlash  lozim  bo‗ladi).  Bulardan  tashqari, 
kuchli,  jahon  standartlariga  to‗la  javob  beradigan,  yetuk  malakali  kadrlarni 
yetishtirish osonlashadi, ya‘ni, bilimsiz, qobiliyatsiz, qo‗pol qilib aytganda oliy 
o‗quv  yurtiga  ―adashib  kirgan‖  talabalarni  aniqlash  imkoni  paydo bo‗ladi  (shu 
paytgacha bunday talabalar turli yo‗llar bilan ―yashirinib‖ kelayotgan va hamma 
qatori  diplomini  olib  ketayotgan  edilar).  Agar  baholash  tizimi  to‗liq 
kompyuterlashtirilsa  talabalarni  ―elakdan  o‗tkazish‖  jo‗n  bo‗lib  qoladi,  chunki 
kompyuter bilan ―gaplashib‖ bo‗lmaydi, unda na simpatiya va na antipatiya bor, 
u ―tanish-bilish‖ chilik qilmaydi, demakki, bahoni adolatli va xaqqoni qo‗yadi. 
Yuqoridagi fikrlardan ko‗rinib turibdiki, ilmiy tadqiqotda ko‗tarilgan 
masala juda dolzarb ahamiyatga ega. Bu fikrlarimizni quyida yana davom 
ettiramiz. 
Tadqiqot muammosining o‘rganilganlik darajasi: 
R.D.Gutgars,  B.P.Chebishevalar  tomonidan  kompyuterlashgan  ta‘lim 
texnologiyasi  muammosi  o‗rganilgan;  O.V.Vorobeychikova  esa  bilimlarni 
nazorat qilishda testlarning o‗rnini tadqiq qilgan (Структурированные тесты 
как  средство  контроля  знаний//  Информатика  и  образование-  М.:  2001); 
I.G.Ignatova, N.Y.Sokolovalar ta‘limda axboriy kommunikatsion texnologiyalar 
muammosi  bilan  shug‗illanishgan  (Информационные  коммуникационные 
технологии  в  образовании//  Информатика  и  образование-  М.:  2003);  
G.U.Matushanskiy  bilim  olganlikni  nazorat  qilish  uchun  pedagogik  testlarni 
loihalashtirishni  o‗rgangan  (Проектирование  педагогических  тестов  для 
контроля  знаний//  Информатика  и  образование-  М.:  2000);    V.L.Ivanov 
bilimlarni  nazorat  qilish  tizimi  bo‗yicha  elektron  darslik  yaratgan 


 
(Электронный  учебник:  системы  контроля  знаний//  Информатика  и 
образование-  М.:  2000);  M.A.Burkovskaya,  O.V.Zimina,  A.I.Kirillov  kabi 
olimlar    Academia  XXI    muhitida  bilimlarni  kompyuterli  nazorat  qilish 
asoslarini  yaratishgan;
 
V.K.Fedyukinning  Kvalintologiya  o‗qiv  qo‗llanmasi 
(Квалинтология:  Учебное  пособие.  Часть  1.  –  СПб.:  Изд-во  СПбГИЭУ, 
2002),  kvalimetriya  asoslari  (Основы  квалиметрии.  -  М.:  Изд-во 
«ФИЛИНЪ»,2004)  o‗quv  qo‗llanmasi,  V.N.Fominning  Kvalimetriya.  Sifatni 
boshqarish.  Sertifikatlashtirish.  (Квалиметрия.  Управление  качеством. 
Сертификация. - М.: Ассоциация авторов и издателей «ТАНДЕМ». Изд-во 
«ЭКМОС»,2002)  nomli  kitoblarida  baholashga  qo‗yiladigan  talablar,  baholash 
usullari va turlari muammosi yoritib berilgan; V.V.Kryukov integratsiyalashgan 
informatsion  muhitni  shakllantirish  asosida  universitetni  ahborotlashtirish 
(Информатизация 
университета 
на 
основе 
формирования 
интегрированной  информационной  среды  //  Труды  Международной 
научно-методической 
конференции 
«Телематика 
2001», 
Санкт-
Петербург, 
2001
muammosini 
o‗rgangan; 
M.Y.Alashkyevich, 
M.A.Romanova,  N.A.Shyevyelyeva  OTM  larni  samarali  boshqarishda 
zamonaviy  informatsion  texnologiyalarning  o‗rnini  tadqiq  qilishgan  (Новые 
образовательные  технологии  в  вузе:  сборник  докладов  пятой 
международной  научно-методической  конференции.  Екатеринбург:  2008
G.I.Xotinskaya  Boshqaruvda  informatsion  texnologiyalar:  o‗quv  qo‗llanmasida 
muassasa  va  tashkilotlarni  boshqarishda  qo‗llaniladigan  kompyuter  dasturlari 
haqida fikr yuritishgan. (М.: Дело и Сервис, 2006). 
Mamlakatimizda 
ham 
ta‘limni 
axborotlashtirish, 
kompyuter 
texnologiyalaridan  ta‘lim  jarayonini  tashkil  qilish  va  boshqarishda  foydalanish 
kabi  muammolar  o‗rganilmoqda.  Bu  borada  ko‗pgina  yutuqlar  ham  qo‗lga 
kiritildi. 
Tadqiqot  maqsadi:  Oliy  ta‘lim  muassasalari  talabalarining  bilimini 
baholovchi  avtomatik  tizim  yaratish  va  u  asosida  talabalarning  bilimlarini 
baholash samaradorligini oshirish. 

10 
 
Tadqiqot vazifalari:  

 
Respublikamizdagi baholash tartibini o‗rganish; 

 
Rivojlangan  mamlakatlar  ta‘lim  tizimidagi  baholash,  nazorat  tartibi  va 
usullarini o‗rganish hamda tahlil qilish

 
Respublikamiz Oliy ta‘lim muassasalarining kompyuterlashgan baholash 
tizimiga o‗tish imkoniyatlarini tahlil qilish; 

 
Avtomatik baholash tizimini ishlab chiqish; 

 
Oliy ta‘lim muassasida eksperiment va nazorat guruhlarini tashkil etish; 

 
Eksperiment o‗tkazish va olingan natijalarni tahlil qilish; 

 
Ishni xulosalash, kerakli tavsiyalar berish. 
Tadqiqot  ob’ekti:  Oliy  ta‘lim  muassasalaridagi  pedagogik  nazorat  va 
baholash jarayoni, usullari va vositalari. 
Tadqiqot  predmeti:  Talabalar  bilimini  samarali  baholovchi  va  ularda 
bilim, ko‗nikmalarni shakllantiruvchi innovatsion usul va vositalar. 
Tadqiqotda  qo‘llaniladigan  metodlar:  Adabiyotlar  bilan  ishlash, 
kuzatish, eksperiment, matematik modellashtirish, so‗rovnoma, statistik tahlil va 
natijalarni matematik tahlil qilish metodlaridan foydalaniladi. 
Tadqiqotning ilmiy farazi: Bizningcha:  

  Baholashni  avtomatik  tizimga  o‗tkazish  nazorat  va  baholash  jarayoniga 
sarflanadigan umumiy vaqt sarfini bir necha marta qisqartirish imkonini berishi 
mumkin; 

  Fan  o‗qituvchisi  baholashni  amalga  oshirish  vazifasidan  xolos  bo‗lgach, 
tejalgan vaqtni o‗z ustida ishlashga, fan bo‗yicha yangi ma‘lumotlar to‗plashga 
sarflashi mumkin; 

  Talabalar  uchun  baholashning  avtomatik  tizimga  o‗tishi  ularda  vujudga 
keladigan steriotip xavf vaziyatlarining kamayishiga olib kelishi mumkin; 

 
Avtomatik baholash tartibi an‘anaviy baholash jarayonida vujudga kelishi 
mumkin  bo‗lgan  soxta  (sun‘iy)  baholashga  qarshi  kurashda  samarali  vosita 
bo‗lishi mumkin. 

11 
 
Tadqiqotning 
metodologik 
asosi: 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi,  O‗zbekiston  Respublikasi  ―Ta‘lim  to‗g‗risida‖gi  qonuni, 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi,  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
ta‘limga oid farmon va qarorlari, Vazirlar mahkamasining ta‘limga oid buyruq 
va qarorlari, Pedagogik ta‘lim konsepsiyasi, mavzuga oid pedagogik-psixologik 
manbalar. 
Tadqiqotning  tajriba-sinov  ishlari:    Tadqiqot  to‗rt  bosqichda  amalga 
oshiriladi.  
Birinchi  bosqich  (2014  yilning  36  -  haftasidan  2015  yilning  6  - 
haftasigacha)  da  tadqiqotning  tashkiliy  masalalari  va  asosiy  qismning  nazariy 
masalalari hal qilinadi. Bunda – 2014 yilning 36-37 haftalarida tadqiqot mavzusi 
aniqlashtiriladi,  rasmiylashtiriladi,  shuningdek,  ish  asosnomasining  homaki 
varianti  tayyorlanadi.  44-47  haftalarda  tadqiqot  asosnomasi  to‗liq  tayyorlanadi, 
ish  uchun  zarur  bo‗lgan  barcha  adabiyotlar  to‗planadi,  o‗rganib  chiqiladi  va 
qayta  ishlanadi,  ishning  kirish  qismi  tayyorlanadi,  baholash  va  nazoratni 
kompyuterli  amalga  oshirishda  qo‗llaniladigan  dasturlar  katalogi  tuziladi  va 
to‗planadi. 48-51 haftalarda  tadqiqot  ishining  I bobi tayyorlanadi. 2015  yilning 
2-5 haftalari davomida tadqiqot ishining II bobi tayyorlanadi.  
Ikkinchi bosqich (2015 yilning 6-haftasidan 27-haftasigacha) tadqiqotning 
asosiy  masalalarini  hal  qilishga  bag‗ishlanadi.  Bunda  2015  yilning  6-7 
haftalarida ishning III bobi 1-paragrafidagi masalalar hal qilinadi. 8-12 haftalar 
davomida  tadqiqot  ishining  eksperimental  modeli  yaratiladi.    13-20  haftalar 
davomida  III  bobning  2-3-4  masalalari  o‗rganiladi  va  dasturiy  ta‘minot  ishi 
tekshirib  ko‗riladi.  21-27  haftalarda  to‗plangan  barcha  ma‘lumotlar  yana  qayta 
ishlanadi  va  shu  asosda  OTM  talabalarining  bilim  olganligini  baholash  va 
nazorat qilish tizimining to‗liq kompyuterlashgan texnologiyasi ishlab chiqiladi. 
Texnologiya va eksperiment modeli keyingi bosqich uchun tayyorlanadi. 
Uchinchi bosqich (2015 yilning 36 haftasidan 2016 yilning 8-haftasigacha) 
da avvalgi bosqichda  rejalashtirilgan  eksperiment  amalga  oshiriladi. Bunda  36-
haftadan  boshlab  eksperimental  va  nazorat  guruhlari  aniqlashtiriladi,  bu 

12 
 
guruhlarda  o‗tiladigan  fanlar  ro‗yxati  olinadi  va  shu  fanlar  bo‗yicha  zaruriy, 
tegishli  test  savollari  tuziladi.  2016  yilning  1-2  haftasida  barcha  vositalar 
eksperimentga  tayyorlanadi.  3-4  haftada  eksperiment  o‗tkaziladi.  5-8  haftada 
qo‗lga kiritilgan natijalar qayta ishlanadi va interpritatsiya qilinadi.  
To‘rtinchi  bosqich  (2016  yilning  9-haftasidan  18-haftasigacha)  yakuniy 
bosqich bo‗lib, bunda tadqiqot xulosalanadi, tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi, 
har  bir  bosqich  bo‗yicha  maqola  yoziladi,  mavzuning  qisqacha  avtorefirati 
tayyorlanadi, ilmiy ish rasmiylashtiriladi va himoyaga tayyorlanadi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling