Mavz: geosiyosiy oqimlar va maktablar


Download 0.5 Mb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1061436
  1   2   3
Bog'liq
Xo’ja Nasiriddin Afandi


Mavzu: Xo’ja Nasiriddin Afandi Reja:
  • Afandi tushunchasiga ta’rif
  • Rustam Sirojiddinov (Nasiriddin Afandi)
  • Nasiriddin Afandi haykali tarixi

Afandi – turkiy xalqlar ogʻzaki ijodidagi obraz. Ismi Xoʻja Nasriddin (Afandi laqabi). U oʻzbeklarda Afandi (Nasriddin afandi), turklarda Xoja Nasriddin, qozoqlarda Xoʻja Nosir, ozarbayjonlarda Mulla Nasriddindir. Afandi barcha latifalarda mard, toʻgʻri soʻz, haqiqatgoʻy, adolatni ulugʻlovchi, kambagʻal, beva-bechoralarning homiysi, shuningdek shaxs va jamiyat kamchiliklari ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalangan. U baʼzi adolatsiz amaldorlar, qozilarning, soʻzi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylarning kirdikorlarini fosh etgan, ularga boʻlgan munosabatini yengil mutoyiba yoki achchiq hajv orqali ixcham va obrazli tarzda ifodalagan. 

Afandi haqidagi xalq ijodi boʻlmish latifalar toʻplam holida bir necha bor nashr etilgan. Afandi yozuvchi va sanʼatkorlar ijodidan munosib oʻrin olgan: „Nasriddinning yoshligi“ dramasi, „Nasriddin Xoʻjandda“, „Nasriddin Buxoroda“, „Xoʻja Nasriddin sarguzashtlari“, „Xoʻja Nasriddinning oʻn ikki qabri“, „Afandining besh xotini“ filmlari, „Xoʻja Nasriddin“ operettasi, „Nasriddin afandi“ musiqali komediyasi, shuningdek tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik asarlari yaratilgan.
«Bag‘dodda-yu, Tehronda, Istanbulda-yu, Makkada — hamma yerda meni Nasriddin deb ataydilar». Bu jumlalar ko‘pchilikka «Xo‘ja Nasriddin Buxoroda» filmi orqali yaxshi tanish. Nasriddinning o‘zi esa haligacha Buxoroda yashaydi. Yo‘q, hamma bilgan, Labi Hovuz oldida eshakka minib, jilmayib turgan Afandining haykali xususida so‘z bormayapti. Biz aytayotgan mulla Nasriddin gapiradi, kuladi, kuldiradi, tomosha ko‘rsatadi. Lekin u haqida ko‘pchilik xabardor emas.
Asli kasbi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lgan buxorolik Rustam Sirojiddinov, mana 10 yildirki, Buxoroning ramzlaridan biri bo‘lgan Afandi obrazini jonlantirish bilan shug‘ullanadi.

«10 yildan beri «Afandi»lik qilaman. Xorijiy sayyohlarga tomoshalar ko‘rsataman. Tarjimonlar gap-so‘zlarimni tarjima qiladi. Topishmoqlar aytaman, savol-javob, fokuslar ko‘rsataman. Viktorinalar, tanlovlar uyushtiraman. Bolalar uchun alohida dasturim ham bor. Shou xarakteridagi bunday chiqishlarimni tomoshabinlar ijobiy qabul qilishyapti. Xalqlar orasida zakiyligi bilan afsonaga aylangan, tillarga tushgan Nasriddin Xo‘jani tirik ko‘rish xorijiy sayyohlarga ham qiziq», — deydi Rustam Sirojiddinov.


«Afandi»ning aytishicha, u xalq oldida ham tomosha ko‘rsatish tashabbusi bilan chiqqan. Lekin bunga, hozircha, erisha olmagan.
«3-4 yil burun Labi Hovuz bo‘yida, Afandi haykali oldida qahramon prototipini jonlantirish taklifi bilan chiqqandim. Lekin Turizm departamentidan menga ruxsat berishmadi. Mahalliy filarmoniyaga ham xuddi shu masalada murojaat qilganimda u deyishdi, bu deyishdi, e'tibor qaratishmadi.
Rustam Sirojiddinov bir aktyordan iborat, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi mini teatr yo‘lga qo‘yilishi fikrini ilgari surmoqda.
«Nasriddin Xo‘ja Afandi Buxoroyi sharifniig ramzi. Unga ko‘pchilik qiziqadi. Lekin shaharda uning quruq haykali bor, xolos. Agar u «jonlantirilsa»,shaharning turistik imijiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Hozir sayyohlar buni qiziqib qabul qilyapti. Xalq ham ko‘rsa, yaxshi-ku. Nega odamlar Afandini faqat Navro‘z bayramlarida bo‘ladigan tomoshalarda ko‘rishi kerak?! Labi Hovuz atrofida yil, 12 oy mehmon bor. Lekin ular faqat quruq haykalni ko‘radi», — deydi zamonaviy «mulla Nasriddin».

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling