Mavz: Tafakkurning asosiy shakllari: tushuncha, musohada, xulosa chiqarish Reja


Download 256.48 Kb.
bet1/13
Sana31.10.2023
Hajmi256.48 Kb.
#1736034
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11 мавзу. Тафаккурнинг асосий шакллари


Mavz: Tafakkurning asosiy shakllari: tushuncha, musohada, xulosa chiqarish

Reja:

  1. Tushuncha tafakkur shakli sifatida

  2. Tushunchalarning turlari tusunchalar o’rtasidagi munosabatlar

  3. Mushohada (Hukm) tafakur shakli sifatida

  4. Sodda va murakkab mushohadalar ularning asosiy turlari

  5. Mushohadalar ortasidagi munosabatlar

  6. Xulosa chiqarish


Mantiqiy (ratsional) bilish, yuqorida ko‘rganimizdek olamning inson ongida bevosita aks etishi bo‘lib, u uch shakl (tushuncha, mushohada, xulosa) da namoyon bo‘ladi. Olamni bunday aks ettirish til bilan bevosita bog‘liq, zotan mantiqiy tafakkur shakllari so‘z va gaplar orqali ifodalanadi.
Tushuncha mantiqiy tafakkurning ilk shakli hisoblanadi. Inson tushunchalari yordamida fikrlaydi, hamda bir-biri Bilan o‘zaro aloqa qiladi. Uzoq tarixiy rivojlanish davomida olamni bilish tajribalarini umumlashtirish tushunchalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Olamni bilish til vositasida aks ettirishi deganda, avvalo muayyan turkumga mansub narsa va xodisalarning fikran umumlashtirish nazarda tutiladi. Inson atrofidagi narsa va xodisalarni o‘rganish jarayonida uning muhim, umumiy tomonlarini ajratib, umumlashtirib boradi, natijada turli tushunchalar hosil qilinadi.
Tushuncha abstrakt tafakkurning murakkab shakli bo‘lib, u hissiy bilishning shakillari: sezgi, idrok, tasavvurdan farq qiladi. Agar hissiy bilishda ob’ektiv olamdagi alohida (yakka) narsa, hodisani ongimizda in’ikos etsa tushunchalarda narsalarga xos yakka belgilardan uzolashadi va narsa, xodisalarning umumiy tomonlari ongimizda aks etadi.
Tushuncha narsa, xodisalar, ularning muhim belgilari, xususiyatlarini inson ongida yaxlit aks ettiradigan tafakkur shaklidir.
Inson kundalik hayotda turli tushunchalardan foydalanadi. «Uy», «daraxt», «inson», «quyosh», «suv» va hakazo tushunchalar kundalik hayotda narsalarning ko‘zga tashlanib turgan belgilarini umumlashtirish asosida hosil qilingan. Tushunchalar ikki xil vazifani bajaradi, avvalo mushohada (hukm)ning vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi va uning elementi sifatida tarkibiga kiradi. Ikkinchidan, inson ongida olam haqidagi bilimning yaxlit xoldagi ifodasi xisoblanadi.
Tushuncha mantiqiy bilish shakli sifatida gramatikaning o‘rganish ob’ekt so‘z bilan chambarchas bog‘liq. Bilishning quyi bosqichi bo‘lmish ҳиссий билишда объектив оламдаги нарса ва ҳодисаларнинг образи ongimizda aks etadi va sezgi, idrok va tasavvurlar hosil bo‘ladi. Ularda predmetlarning ma’lum bir tomoni aks etadi. Predmetlarning mohiyati, muhim xususiyatlarini aks ettirish, ularni so‘z bilan ifodalashni talab qiladi, har qanday so‘zda umumiylik bor. Tushunchalar so‘z va so‘z birikmalari yordamida reallashadi.
Xar bir tushuncha - bu ko‘rib, eshitib, sezib, hidlab bo‘lmaydigan fikr shaklidir. Inson tafakkuri til bilan qanday bog‘langan bo‘lsa, tushuncha ham so‘z bilan shunday bog‘liqdir. So‘zdan ajralgan hech qanday tushuncha yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. So‘z tushunchaning moddiy-material qobig‘idir.
Tushuncha olamdagi narsa va hodisalarning asosiy belgilarini aks ettiradi, lekin uni ifodalash shakli turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, «qalam» tushunchasi turli tillarda turlicha ifodaga ega, lekin u qaysi tilda bo‘lmasin, bitta predmetni ifodalaydi. Tushunchalar tilda so‘z yoki so‘z birikmalarida ifodalanadi va «nom» deb ataladi. Nom yakka yoki bir sinfga mansub predmetlarni aks ettirishi mumkin. Tushuncha bilan so‘z bir narsa emas. So‘z-til kategoriyasi; tushuncha tafakkur kategoriyasidir. Agar tushunchada narsa va hodisalarning mohiyati, asosiy belgilari, xususiyatlari, munosabatlari ifodalansa, so‘z esa buyumlarning nomini ifodalaydi. Ma’lumki, narsa va hodisalarning tabiati ularning nomi bilan umumiylikka ega emas. Agar ular bir umumiylikka ega bo‘lganda edi, bir buyum hamma jahon xalqlari tillarida bir nom bilan atalgan bo‘lar edi.
Hissiy bilishda olamdagi narsa va hodisalarning individual tomonlari aks etadi, tushunchalarda esa umumiylik ifodalanadi.
Tushuncha va tasavvurni ham o‘xaro farqlash lozim.
Tushuncha-mantiqning o‘rganish ob’ekti, tassavurni psixologiya o‘rganadi. Agar biz ma’lum bir guruh kishilariga biror predmet obrazini (masalan, shkaf) tasavvur etishlarini va ushbu tasavvurlarini qog‘ozga tushirishlarini so‘rasak, ularning qog‘ozga tushirgan tasavvurlari bir-biriga mos emasligini ko‘ramiz. Xar bir shaxs predmetni (shkafni) individual o‘ziga xoslik asosida tasavvur etadi. Biz ushbu shaxslarning predmet (shkaf) haqidagi individual tasavvurlaridagi predmetning (shkafning) rangi, materiali, shakli, ulardagi polkalar soni, nimaga xizmat qilishi kabi belgilaridan chetlanib, shkaflar uchun xos umumiy belgi, ya’ni shkaf - bu kiyim, idish, kitob va boshqalarni saqlash uchun xizmat qiluvchi buyum desak, bu alohida qaysidir shkaf bo‘lmay, balki hamma shkaflar uchun xos bo‘lgan umumiy belgini ko‘rsatadi. Demak, tasavvurda individuallik, tushunchada umumiylik mavjud.
Tushunchalar ularda ifodalangan narsa, hodisalarning muhim belgilari asosida yuzaga keladi. Bizni o‘rab turgan narsa, hodisalar ko‘plab belgilarga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Kishilik jamiyati tarixida tushunchani izohlashda u ifodalagan alohida narsalarning xususiy belgilari yig‘indisi bilan uyg‘unlashtirishga harakatlar bo‘lgan. Narsa va hodisalar ko‘p belgilarga ega, tushunchada esa ularning mohiyatini, xususiyatini ifodalaydigan muhim belgilari nazarda tutiladi.
Narsa va hodisalardagi, belgilarni biz avvalo ikki guruhga, ya’ni muhim va muhim bo‘lmagan belgilarga ajratamiz. Muhim bo‘lmagan belgilarning yo‘qolishi yoki o‘zgarishi fikr qilinayotgan predmetning asosiy sifatlari o‘zgarishiga olib kelmaydi. Aksincha, muhim belgilar narsa yoki hodisalarga har qanday holatda ham xos bo‘lib, ushbu belgilarsiz predmetning mavjudligi haqida fikr yuritishi mumkin emas. Masalan, millatning muhim belgisi til birligidir. Boshqa muhim belgilari bo‘lsa-yu, lekin til birligi belgisi bo‘lmasa, u millat bo‘la olmaydi.
Tushunchalar hosil qilishning mantiqiy usullari .
Hayotda qo‘llaydigan turli xil tushunchalarni hosil qilish uchun ularning muhim va umumiy belgilarini topish lozim. Bunda turli mantiqiy usullardan foydalaniladi.Tushunchalar hosil qilishning mantiqiy usullariga: taqqoslash, analiz va sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish kabilar kiradi. Kishilar qadim davrlardan ushbu mantiqiy usullardan foydalanib, olam haqidagi bilim – tushunchalar hosil qilganlar.
Taqqoslash – tushuncha hosil qilishning mantiqiy usuli xisoblanadi. Olamdagi narsa va hodisalarni bilish, tushunish dastlab taqqoslash asosida boradi. Taqqoslash shunday mantiqiy usulki, uning yordamida ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalar orasidagi o‘xshashlik yoki farqlar aniqlanadi. Taqqoslash natijalari chin bo‘lishi uchun quyidagilarni hisobga olish lozim:
Tushunchalarni hosil qilishda analiz va sintez mantiqiy usulidan foydalaniladi.Tashqi olamdagi, narsa va hodisalarni bilish, ular haqida tushuncha hosil qilish, asosiy belgilarni topish, ularni fikran bo‘laklarga ajratishni talab qiladi. Bunda biz mantiqiy usullardan biri bo‘lmish - analizdan foydalanamiz.Analiz shunday mantiqiy usulki, bu usul yordami bilan narsa va hodisalarni fikran qismlarga bo‘lamiz, ularning ayrim qism va xususiyatlarini ajratamiz va bilib olamiz. Analiz bir sinfga kiruvchi bir jihatdan o‘xshash, qolgan jihatlardan farq qiladigan predmet va voqealarni o‘rganishda yordam beradi. Masalan, «Mantiq» kursini egallash uchun bu kursni fikran qismlarga bo‘lib olamiz. Dastlab tushunchalarni, keyin mushohadalarni (hukmlarni), so‘ngra xulosa chiqarish va boshqalarni o‘rganamiz.
Analiz predmetni o‘rganishdagi dastlabki qadamdir. «Mantiq» fani haqida to‘liq bilimga ega bo‘lish uchun har bir qism bilan alohida tanishib chiqishning o‘zi kifoya qilmaydi, chunki biz yuqorida qayd qilgan qismlarni o‘zaro birlashtirib bir butun holga keltirganimizdan keyingina «mantiq» fani haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Demak, fikrlash jarayonida analiz-sintez bilan chambarchas bog‘liq holda bo‘ladi..
Sintez shunday mantiqiy usuldirki, bu usul yordamida qismlarni fikran birlashtiramiz va bir butun holga keltiramiz.
Abstraksiyalash – tushunchalarni hosil qilishning mantiqiy usulidir. Abstraksiyalashda olamdagi narsa va hodisalarning ayrim muhim belgilarini fikran ajratib olamiz va hozircha zarur bo‘lmagan belgilarni nazardan chetda qoldiramiz. Bu jarayon abstraksiyalash, shu jarayonning natijasi abstraksiya deyiladi.
Abstraksiyalash jarayonida fikrimiz narsa va hodisaning aniq belgilaridan uzoqlashib, umumiy belgilari tomon harakat qiladi. Natijada predmetdan yiroqlashmaydi, balki yaqinlashib boradi hamda abstrakt tushunchalar hosil bo‘ladi. Fanlarda qo‘llaniladigan formatsiya, progress, regress, forma, mazmun, tovar, pul va boshqa tushunchalar mantiqiy abstraksiya orqali hosil qilingan.
Abstraksiyalash umumlashtirish usuli bilan uzviy bog‘liq.
Umumlashtirish shunday mantiqiy usuldirki, unda narsa va xodisalar biror umumiy belgiga ko‘ra fikran bir mantiqiy sinfga birlashtiriladi. Umumlashtirishda ayrimlikdan umumiylikka o‘tiladi va umumiy tushuncha, mushohada, nazariyalar xosil qilinadi. Ushbu mantiqiy usul yordamida yuzaga kelgan tushunchalar bizning olamni chuqurroq aks ettirib, uning mohiyatini anglab olishimizga yordam beradi. Xar qanday umumiylik alohidaliksiz mavjud bo‘lmaydi, unda yakka, narsa va hodisalarning o‘xshash, umumiy belgilari aks etadi. Umumlashtirish orqali yangi tushunchalar hosil qilinadi. Masalan o‘simlik, sabzavot, kitob, daraxt kabilar.

Tushunchalar hajmi va mazmuni. Tushunchalarning hajmi bilan mazmuni o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni.

Falsafada ko‘rib o‘tganimizdek har bir narsa va xodisa hajm va mazmunga ega. Fikr shakillaridan bo‘mish tushuncha mazmunga va hajmga ega ekanligi bilan harakterlanadi.
Narsa va hodisalarning tushunchada aks etgan muhim belgilari yig‘indisiga tushuncha mazmuni deyiladi. Masalan: «Ruchka» tushunchasi mazmunini yozish uchun xizmat qilishi, peroli yoki sharikli bo‘lishi kabi belgilari tashkil qiladi. Demak, tushuncha mazmuni tushunchada ifodalanayotgan narsa yoki xodisani ob’ektiv ravishda in’ikos ettirishdir.
Agar narsa o‘zgarsa, u haqidagi tushuncha ham o‘zgarishi kerak, aks xolda tushuncha mazmuni bilan tushunchada ifodalangan narsa o‘rtasida nomutanosiblik yuzaga keladi.
Narsa yoki xodisaning asosiy belgi, xususiyatlari voqelikka mos kelmasa, tushuncha xato yoki yolg‘on deyiladi.
Tushunchalarda olamdagi narsa, hodisalarning asosiy belgilari bilan bir qatorda ularning miqdori (ya’ni hajmi) ham ifodalanadi. Tushuncha hajmi deb, tushunchada ifodalanayotgan narsa, xodisalarning yig‘indisiga aytiladi. Masalan: «Roman» tushunchasi hajmiga shu vaqtgacha yozilgan va yoziladigan romanlar kiradi.
Tushuncha xajmi bilan mazmuni o‘zaro chambarchas bog‘liq. Tushuncha mazmundagi o‘zgarish, uning xajmining o‘zgarishiga olib keladi va aksincha ular xajmining o‘zgarishi tushuncha mazmunini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Mantiqda tushunchalarning hajmi va mazmuni o‘rtasida teskari nisbat qonuniyati bor. Bu qonuniyatga ko‘ra tushuncha hajmi qancha keng bo‘lsa, mazmuni shuncha tor bo‘ladi, mazmuni qancha keng bo‘lsa, hajmi shuncha tor bo‘ladi.Tushunchalarning hajmi va mazmuni orasidagi teskari nisbat jins va tur munosabatidagi tushunchalarga nisbatan tatbiq qilinadi. Hajmi torroq tushuncha mazmun jihatidan kengroq bo‘ladi, chunki avvalgi hajmi kengroq tushunchada ifodalangan belgilar qatoriga yangi belgilar qo‘shiladi.Hajmi kengroq tushuncha aksincha ko‘proq predmetni ifodalaydi, predmetlar turi ko‘paygan sari ularning o‘xshash belgilari kamayib boradi. Masalan «she’rlar» va «to‘rtliklar» tushunchalarini olamiz. Bu ikki tushunchadan birinchisining, ya’ni «she’rlar» tushunchasining hajmi keng, chunki uning hajmiga she’riy asarlarning hammasi kiradi. To‘rtliklar esa, ularning faqat bir turi, ya’ni ular kamroq. Mazmun jihatidan esa «to‘rtliklar» tushunchasi keng. Chunki «to‘rtliklar», «she’rlar» esa bo‘lgan belgilarning hammasiga egag shu bilan birga u to‘rt qator bo‘lishi kabi belgiga ham ega.
Tushunchalar hajm jihatdan yuqori va quyi munosabatlarga qarab jins va tur munosabatlarga bo‘linadi. Hamma vaqt jins tushuncha tur tushunchalarga nisbatan jins bo‘ladi, jinsga hamma vaqt tur o‘xshash belgilari bilan itoat etadi. Masalan, «maktab» va «oliy maktab» tushunchalarida «maktab» tushunchasi jins, «oliy maktab» tushunchasi esa tur tushunchadir. Lekin shuni uqtirish kerakki, ba’zi holda jins bo‘lgan tushuncha, boshqa holda tur bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi misoldagi, «oliy maktab» tushunchasi bilan «universitet» tushunchasini olsak, bu yerda «oliy maktab» tushunchasi jins «Universitet» tur tushuncha bo‘ladi.
«Tushunchalarning hajmi bilan mazmuni o‘rtasidagi teskari nisbat» qonuni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin.




A O‘simlik Chizmadagi «o‘simlik» hajmi
AB Gul keng, mazmuni tor tushuncha;
ABV atirgul «atirgul» hajmi tor, mazmuni keng
ABVG oq atirgul tushuncha



Download 256.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling