Mavzu № Amaliy mashg’ulot


Download 73.53 Kb.
bet1/12
Sana24.05.2022
Hajmi73.53 Kb.
#696302
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Amaliyotdan keyingi davrda bemorlar parvarishi. YaMS.
maktabga tayyorgarlik, test т, O‘ZBEKISTON RES, Oqqaldirmoqning shifobaxsh xususiyatlari, 01 Реляционная алгебра, навоий ва бобур тадбир сенарийси, навоий ва бобур тадбир сенарийси, Куй авжида узилмасин тор, 2-amaliy mashgulot TAM, 832720919c33efc9a5a5161f562c0325, Kompressor - Vikipediya, ОН саволлари(1), Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti ochiq dars, 1 tom slovar, YURAKCHA

MAVZU № 5.
Amaliy mashg’ulot: Amaliyotdan keyingi davrda bemorlar parvarishi. Qorin bo’shlig’i a'zolari amaliyotdan keyingi bemorlar parvarishi. Ko’krak bo’shlig’i a'zolari amaliyotdan keyingi bemorlar parvarishi. Shikastlanishdan keyin "Skelet tortish"da yotgan bemorlar parvarishi. Gastrostomali bemorlar parvarishi. Ileostomali bemor parvarishi. Kalostomani parvarish qilish. Axlat qabul qiluvchi moslamalar (kalopriemnik) turlari.
Klinik mashgulot: Gastrostomani parvarish qilish, кolostomani parvarish qilish, Sistostomani parvarish qilish


1. Mashgulot otkazish joyi va jixozlanishi:
Umumiy jarroxlik kafedrasi (VKTTM №1 bino, 2-qavat) Mashgulot kafedra tematik auditoriyasi, xirurgiya bulimi, bog’lov va manipulyatsiya xonasida utkaziladi. Dars mavzusini uzlashtirish uchun mashgulot o’tkazish uchun tarqatma materiallar, texnik vositalardan overxet, mul’timedia proektori, DVD, televizor, mul’timedia, rasmlar, antiseptik moddalar, xirurgik instrumentlar bilan jixozlanadi
2. Mashgulotning davomiyligi: Berilgan mavzuni yoritish uchun 4 soat ajratilgan.
3. Mashgulotning maqsadi:
Amaliyotdan keyingi davrda bemorlarni, qorin bo’shlig’i a'zolari amaliyotdan keyingi bemorlarni parvarish qilish. Ko’krak bo’shlig’i a'zolari amaliyotdan keyingi bemorlar parvarishi. Shikastlanishdan keyin "Skelet tortish"da yotgan bemorlar parvarishi.
Talaba bilishi lozim:
Bemorlarni Gastrostomani parvarish qilish, кolostomani parvarish qilish, Sistostomani parvarish qilishni va kichik tibbiy xodim xirurgik kasalliklar va operatsiyalar to’g’risidagi ma’lumotga ega bulishlari shart.
Talaba bajara olishi lozim:
Gastrostomali bemorlar parvarishi. Ileostomali bemor parvarishi. Kalostomani parvarish qilish. Axlat qabul qiluvchi moslamalar (kalopriemnik) turlari.
4. Motivatsiya:
Operatsiyadan keyingi davr operatsiyadan so‘ng bemorni to‘liq sog‘ayishi yoki nogironlikka o‘tkazishgacha bo‘lgan davr. Operatsiyadan keyingi davrning ahamiyati katta bo‘lib, aynan o‘sha vaqtda bemorga maksimal e’tibor va g‘amxo‘rlik kerak bo‘ladi. Operatsiyadan keyingi davrning asosiy maqsadi - operatsiyadan keyingi davrda bemorda kuzatiladigan regeneratsiya va adaptatsiya jarayonlarining rivojlanishiga imkonyat yaratish, shuningdek yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish, erta aniqlash hisoblanadi.
Operatsiyadan keyingi davrning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1. Organizmdagi o‘zgarishlarning korreksiyasi;
2. Organlar va tizimlarning funksional holatini nazorat qilish;
3. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Operatsiyadan keyingi dastlabki davrda bemorlarning umumiy parvarishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Bemorning holatini kuzatish;
• Retseptlar ro‘yxati bo‘yicha dori vositalarini qo‘llash;
• Yotoq rejimida bo‘lgan bemorlarda siydik katetrlari va tuvaklarni qo‘llash;
• Drenajning xolatini nazorat qilish;
• Siydik katetrini nazorat qilish;
Bemorlarni ovqatlantirish;
• Terini parvarish qilish, ich kiyim va choyshablarni o‘z vaqtida almashtirish;
• Yotoq yaralarning oldini olish (bemor holatini o‘zgartirish, yotoq yara yuzaga keladigan sohalarga kamfora spirti bilan tez- tezi shlov berish);
• Operatsion jarohat holatini nazorati: bintlarni qon bilan haddan tashqari bo‘kishi, yara chetlarining kengayishi, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining jarohat bo‘shlig‘iga chiqib qolishi (eventratsiya), bintlarni yiring bilan, ichak suyuqligi bilan haddan tashqari ho‘l bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• Drenaj ajratmasini nazorat qilish;
• Operatsiyadan keyingi jarohatlarning parvarishi: Aseptik bog‘lam, malhamli bog‘lamlar qo‘yish;
• Jarrohlik amaliyotit uriga qarab, shifokor ko‘rsatmasiga binoan u yoki bu manipulyasiyani bajarish – kolostomali bemorlarni parvarishlash, bemorni aktivlashtirish, zonddan ovqatlantirish va boshqalar.

Download 73.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling