Mavzu : Axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash va tashkil etish, axborotlarni izlash. Ishninig maqsadi


Download 20.23 Kb.
bet1/3
Sana26.03.2022
Hajmi20.23 Kb.
#615270
  1   2   3
Bog'liq
1-lab
Axborot texnologiyalari va ularning turlari, Нутқнинг тўгри бўлиши асосан қайси ме, Нутқнинг тўгри бўлиши асосан қайси ме, Нутқнинг тўгри бўлиши асосан қайси ме, календарли режаси, FIZIKA 10, 7 sinf Tarix fanidan I chorak, Baxtiyor.uz-malumotnoma-namunasi, Doc1, ИУМ 2017-2018 1 курс (3 курс), ИУМ 2017-2018 1 курс (3 курс), Tajriba ishi 1, Mobil OT FanDasturi tuzatildi 2019, Kurs ishi, Kurs ishi

LABORATORIYA MASHG’ULOT № 1.
Bajarilish muddati: 2 soat


Mavzu : Axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash va tashkil etish, axborotlarni izlash.

Ishninig maqsadi: Axborot tizimlarda malumotlarni tasvirlash va tashkil etish , axborotlarni izlash xakidagi malumotni talabalarga tushunarli kilib etkazish.

Nazariy qism:
Hozirgi davrda fan va texnikada ko’p foydalaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim - yunoncha so’z bo’lib, tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma’noni anglatadi. Tizimlarni ularning turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavxum bo’lishi mumkin (mavhum - inson ongi ma’suli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob’ektlar to‘plamidan tashkil topadi. O’z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o’rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir. Mavxum tizimlar inson ongining mahsuli bulib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotezalardan iborat.
Yangi axborot texnologiyasi ham moddiy tizim unsurlarini (kompyuterlar, xujjatlar, insonlar), xam no moddiy tizim unsurlarini (matematik modellar, inson bilimlari va xokazo) o‘z ichiga oladi. SHu orada axborot texnologiyasiga ta’rif berib o’tish maqsadga muvofiqdir. Axborot texnologiyasi - ob’ektning, hodisa yoki jarayonining (axborot mahsulotining) axvoli xaqida yangicha ma’lumot olish maqsadida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari xamda usullari majmuasi (boshlanіg’ich ma’lumotlar) dan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyasining maqsadi axborotlarni inson ularni taxlil qilishi va shu asosda biror ishni bajarish buyicha qaror qabul qilishi uchun ishlab chiqishdan iborat.
SHunday qilib, tizim - bu o’zaro bog’liq va yagona maqsadga erishish uchun ma’lum qoida asosida o’zaro munosabatda bo’ladigan unsurlar to’plami. Bu unsurlar to’plami oddiy unsurlar yig’іndisidangina iborat bo’lmay, har bir unsur xam o’z navbatida tizim bo’lishi mumkin.
Tizimlar tuzilishi bo‘yicha
1.Oddiy
2.Murakkab
Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi unsurlar soni kam bo’lib, sodda tuzilishga ega bo’ladi.
Murakkab tizimlar esa, bir nechta unsurlardan tashkil topgan bo’lib bu unsurlar xam o’z navbatida aloxida tizimlarga bo’linishi mumkin.


Topshiriqlari:
1. Axborot tizimlari haqida umumiy malumot.
2. Axborot tizimlari va turlari.
3. Axborot tizimlari tashkil etish va axborotlarni izlash.


Download 20.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling