Mavzu : Buyuk ajdodlarimiz


Download 158.7 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi158.7 Kb.
#188352
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-sinf integrasiyali tarbiyaviy soat@xalq talimi xodimi







20-21-mavzu : Buyuk ajdodlarimiz

(Alisher Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan )




  1. Kirish:

Tarbiyaviy mashg' ulotning maqsad: Alisher Navoiy va Boburning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berish ,adabiyot va san'atga mehr uyg'otish.

Tarbiyaviy mashg'ulotning jihozi: Alisher Navoiy va Boburning hayoti ijodini aks ettiruvchi lavhalar. Asarlaridan namunalar.

Tarbiyaviy mashg'ulotning fanlararo integratsiyasi: Odobnoma, o'qish, musiqa

Tarbiyaviy mashg'ulotning borishi:



Tashkiliy qism : Mashg'ulot maqsadi bilan tanishtirish.





II.Asosiy qism :O'qituvchi:


Jahonki, muqaddas neni ko'ribdi, Shu buyuk o'g'lingni ardoqlab dildan Bariga onasan, ey qodir hayot. Xalqim, ta'zim etsang arzigay tamom.


Asrlar qa'ridan boqib turibdi,

Uning nomi bilan birga bitilgan

Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.

Dunyo daftariga o'zbek degan nom.

Aziz bolalar , bu misralar orqali kimni yodga olyapmiz? Bobomiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburni. Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir . Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qilolgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho'qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik “ko'p va xo'b” (Bobur) yozmagan edi. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o'zini “Xitoydan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy “qavm” (el, urug')larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog'i ostida













birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy ravnaqiga katta ta'sir ko'rsatdi.

Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uni bizga “Nizomiddin Mir Alisher” deb tanishtiradilar. “Nizomiddin” - din, diyonat nizomi, degandir. Ko'pincha, donishmand mansab egalariga nisbatan aytilgan. “Mir” - amir demakdir. Uning otasi G'iyosiddin




Download 158.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling