Mavzu : davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar taxlili. Tayorladi: hba-92 Guruh talabasi abduvaliyev zuhriddin


Download 1.08 Mb.
Sana07.04.2020
Hajmi1.08 Mb.

Mavzu : davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar taxlili.

Tayorladi: hba-92 Guruh talabasi

abduvaliyev zuhriddin

Qabul qildi: kulibayev a

Reja:

  • 1. Byudjet daromadlarining tarkibi:(2013-2017)
  • 2. O’zbekiston Respublikasi bo’yicha mahalliy budjet xarajatlarining subventsiyalanishi.(2009-2016)
  • 3. 2019-yilga moʻljallangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozini

Jismoniy shaxslarning daromad solig`iga mahalliy budjetlarning daromad manbai nuqtai-nazaridan olib qaraydigan bo`lsak, ular mahalliy budjetlar uchun o`ta muxim manbadir. Jismoniy shaxslar daromad solig`i jami davlat budjeti daromadlarining to`g`ri soliqlar qismida eng salmoqli hajmga ega bo`lgan soliq hisoblanadi.Masalan 2011-yilda ushbu soliq turi jami daromadlar tarkibida 11%ni ,ya`ni 1919,1 mlrd so`mni 2012-yilda 10.9%ni ,ya`ni 2308.1 mlrd so`mni ,2013-yilda 10%ni ,ya`ni 2717,3 mlrd so`mni tashkil etgan.

Byudjet daromadlarining tarkibi:

Agarda 2009-yilda ushbu soliq stavkasi 12%ga pasaytirilishi natijasida jismoni shaxslar ixtiyorida 112.3 mlrd so`m mablag` tejab qolingan bo`lsa, 2010-yilda bu ko`rsatkich eng quyi shkala 1% pasaytirilishi hisobiga 81,3 mlrd so`mga, 2011-yilda eng quyi shkala 1% pasaytirilishi hisobiga 93,5 mlrd so`mga, 2012-yilda eng quyi shkala 1% kamayishi hisobiga 121.8 mlrd so`mga, 2013-yilda 1% pasaytirilishi hisobiga 186,4 mlrd so`mga, 2014-yilda 1% pasaytirilishi hisobiga 192,3 mlrd so`mga, 2015-yilda 1% pasaytirilishi hisobiga 196,5 mlrd so`m, 2017-yilda 0,8% pasaytirilishi hisobiga 197,2 mlrd so`m ga yetdi.

2017 yilda 5 ta ma’muriy hududlarda mahalliy budjetlarning o’z mablag’lari hisobidan qoplash darajasi 2016-yildagi rejaga asosan, Qoraqalpog’iston Respublikasi 65,71%ni, Jizzax viloyati 56,04%ni, Namangan viloyati 59,76%ni, Surxondaryo viloyati 56,81%ni, Sirdaryo viloyati 72,09%ni tashkil etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi bo’yicha mahalliy budjet xarajatlarining subventsiyalanishi

oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 30-oktyabr kuni joriy yilda Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi, 2019-yilga moʻljallangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozini e’lon qildi.

Xususan, 2019-yil 1-yanvardan: 

– tushumdan olinadigan majburiy ajratmalarni toʻliq bekor qilish natijasida korxonalarda qoʻshimcha 5,2 trillion soʻm daromad qoladi; 

– jismoniy shaxslar uchun daromad soligʻining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha, yagona ijtimoiy toʻlovi 25 foizdan 15 foizgacha tushirilishi, fuqarolarning 8 foizlik sugʻurta badali bekor qilinishi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshadi

– yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi 5 foizdan 2 foizgacha, foyda soligʻi 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes subyektlari yagona soligʻi 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ qoladi. Umuman olganda, mavjud 19 ta soliq va majburiy toʻlovlar turi 15 tagacha kamaytiriladi.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling