Mavzu : pedagogik konfliktologiyada tana zaboni reja
Download 1.83 Mb.
|
1 2
Bog'liqtana zabonii
Atamuratova Nabat Metall magnit, 1. Hákimshilik-WPS Office, 3. Xudayberdi To`xtaboyev, sanoatda zamonavij boshqaruv tizimi, To’plam, Математическое ожидание дискретной случайной величины и его свойства, 2042-сон 16.11.2009. Mebel ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida, MUSTAQIL Ishi yigish va uzatish, Abbos 2, ishlash va ishlatish mustaqil ish, File0003, MIG\' o\'qitish metodikasi, File0001, Akustika, 1. После Бала-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tana zaboni.
TAQDIMOT ISHI MAVZU : PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYADA TANA ZABONI Reja: “Tana zaboni” . Tana zabonining yetti doirasi: tashqi ko‘rinish; vaqt; ijtimoiy ahvol; yaqinlikni ko‘rsatuvchi alomatlar; tana harakatlari; shaxsiy makon; ovoz. Shaxsiy makon tarkibiy qismlari. Tana zabonini to‘g‘ri anglamaslik oqibatlari. Tana zabonini konflikt vaziyatlarda qo‘llash borasidagi asosiy tamoyillar. Odamlarning tana zabonini anglash bo‘yicha “tarjimalar”. Tana zaboni. Inson kundalik hayotida juda katta informatsiya ichida yashaydi, katta informatsion oqimni qabul qiladi va xuddi shunday katta informatsion ma’lumotlarni atrofga tarqatadi ham. Informatsiyalarni tarqatishda faqat uning tili, zaboni, aytgan gaplari, ishlari, yozgan kitoblari ishtirok etmaydi. Faqat mana shulargina ahamiyat kasb etmaydi. Balki informatsion ma’lumotlarni tarqatishda odam tanasining ma’lum hatti-harakatlari, ya’ni mimikasi, kiyinishi, qo‘l harakatlari, qosh ko‘zi, ovozi, ko‘z qarashlari, nigohi, kulgusi ham ishtirok etib, ular muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, agar sizga uzoqdagi tanishingiz “Bu yoqqa kel!” deb baqirib, ammo qo‘l harakatlarini teskari tomon “ket!” shaklida qilsa, siz nima qilishni bilmay, esankirab qolasiz. Chunki “kel” axborotiga doir qo‘l harakatlari bilan, “ket” axborotiga doir qo‘l harakatlari boshqa-boshqadir, ular qarama-qarshidir. YA’ni, “kel” bilan “ket” ma’lumotini o‘zida jamlagan qo‘l ҳаракатлари маълум бир информацияни ифода этади. Demak, bizning boshqa odamlar bilan bo‘ladigan tabiiy muloqotimizda ularda jamlangan ma’lumotlar bilan birgalikda til, tana harakatlari, mimika, ovoz ham faol ishtirok etadi. Bizning uzatmoqchi bo‘lgan axborotimizga mutanosib ravishda mazkur tana harakatlarini biz beixtiyor tarzda instinktiv ishlatamiz. Ularga ko‘p e’tibor qaratmaymiz. Ammo bizning suhbatdosh, ba’zan xuddi ana shu tana harakatlari orqali siz to‘g‘ringizdagi eng “ochiq” aytilgan va haqiqiy bo‘lgan axborotni qabul qiladi hamda o‘z xulosalarini chiqaradi. Shu bois, siz birovdan hafa bo‘lsangiz, o‘z nutqingizda hurmatli so‘zlarni aytayotgan bo‘lsangiz ham, boshqa inson ko‘pincha vaziyat samimiy emasligi, orada nimadir bo‘lganligini sizning tana harakatlaringiz (“sovuq” ovozingiz, ko‘z qarashlaringiz, “qo‘l” uchida so‘rashishingiz) orqali bilib, sezib turadi. Siz qarshingizda turgan odam tomonidan o‘zingizning ichki xissiyotlaringiz aynan va bevosita anglanishini istamaysiz, chunki aynan mana shu daqiqalarda siz mazkur odamga nisbatan yomon xissiyotlar ichida yashamoqdasiz. Biroq, siz o‘z xissiyotlaringizni yashirishingiz lozim. Ammo tana harakatlaringiz ongingiz to‘rida bo‘lgan sizning munosabatingizni o‘z tana zaboni orqali bilintirib qo‘yadi. Chunki informatsiya faqat so‘z orqaligigina emas, balki tana harakatlari orqali ham uzatiladi. Demak, tana zaboni axborot ulashish va tarqatishda faol ishtirok etadi. Informatsiyani uzatishda biz ko‘pincha e’tibor bermaydigan xuddi ana shu noan’anaviy usul - “tana zaboni” hisoblanadi. Demak, bizning boshqa odamlar bilan bo‘ladigan tabiiy muloqotimizda ularda jamlangan ma’lumotlar bilan birgalikda til, tana harakatlari, mimika, ovoz ham faol ishtirok etadi. Bizning uzatmoqchi bo‘lgan axborotimizga mutanosib ravishda mazkur tana harakatlarini biz beixtiyor tarzda instinktiv ishlatamiz. Ularga ko‘p e’tibor qaratmaymiz. Ammo bizning suhbatdosh, ba’zan xuddi ana shu tana harakatlari orqali siz to‘g‘ringizdagi eng “ochiq” aytilgan va haqiqiy bo‘lgan axborotni qabul qiladi hamda o‘z xulosalarini chiqaradi. Ubaydullaxon II Tana zaboni – sizning qanday yurishingiz, turishingiz, qanday ovozda so‘zlashishingiz, qanday kiyinishingiz, sizning imo-ishoralaringiz, mimikangiz, umuman olganda qandaydir ma’noga ega bo‘lgan hamda axborot tarqatish va qabul qilishda ishtirok etgan tana harakatlaringiz majmuasidir. Tana zaboni tushunchasining yetti tarkibiy qismi mavjud. Ular tana zabonining turli ko‘rinishlarini o‘zida mujassam etadi. Mana shu yetti tarkibiy qism tana zaboni orqali uzatilishi mumkin bo‘lgan axborotlar turlarini belgilab beradi. Tashqi ko‘rinish inson haqidagi ma’lum informatsiyani yaqqol namoyon etadi. Tashqi ko‘rinishdan inson moddiy ahvoli, kelib chiqishi, ijtimoiy holati borasidagi ilk ma’lumotlarni darrov qabul qilish mumkin. Masalan, odatda zamonaviy kiyingan, sochlari bo‘yalgan, o‘ziga aro berib yuradigan ayolni siz kalish-maxsida, boshiga ko‘k rangdagi ro‘mol o‘ragan, milliy kiyimda, mungli ahvolda ko‘rsangiz, birinchi qiladigan xulosangiz, “Bu ayol azador bo‘libdi-da” degan xulosa bo‘ladi. YA’ni, tashqi ko‘rinish mazkur ayol hayotida kechgan voqealar borasidagi ma’lum axborotni atrofdagilarga tarqatish uchun xizmat qiladi. Vaqt. Vaqt hamda vaqtga bo‘lgan munosabat inson haqida aniq ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Siz uchrashuv uchun ertalabni tanladingizmi yoki kechki paytni? Siz biror odamni 60 minut kutasizmi, yoki 2 minutdan so‘ng, kutmasdan ketib qolasizmi? Yoki, siz o‘zingiz uchrashuvga tayinlangan vaqtda, kechikmasdan kelasizmi, yoki har doim kechikib yurasizmi? Siz tanigan odamni ko‘rib, darrov ro‘parasiga chiqasizmi, yoki uning o‘zi oldingizga kelishini kutib turasizmi? Bularning barchasi siz haqingizdagi ma’lum axborotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Agar siz uchrashuvga kechikib kelsangiz-u, darrov kechirim so‘rab, o‘zingizni aybdorday xis qilsangiz, demak, siz odatda kechikib yuradigan odam emassiz, kechikishingiz uchun biror sabab mavjud, ataylab bunday qilmagansiz, kechikkaningiz uchun o‘zingiz hijolatdasiz. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling