Mavzu : spamerlar. Spamga qarshi kurashish masalalari


Download 1.51 Mb.
bet1/15
Sana09.03.2020
Hajmi1.51 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15



MUSTAQIL ISH

O’ZBEKISTON REPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO’MITASI BOJXONA INSTITUTI BOJXONA ISHI 218-GURUH KURSANTI

ABDURAIMOV SANJARBEK

MAVZU : SPAMERLAR. SPAMGA QARSHI KURASHISH MASALALARI

SPAMERLAR. SPAMGA QARSHI KURASHISH MASALALARI

YANGILIKLAR

“Kasperskiy laboratoriyasi” tadqiqotchilari Internet-firibgarlar va spamerlar foydalanuvchilarni Google xizmatlari yordamida qanday qilib aldayotganligi haqida soʻzlab berishdi. Xizmatlarni Gmail bilan sinxronlash tufayli hujumkorlar ularning nomlaridan spam-filtrlar orqali blokirovka qila olmaydigan xabar joʻnatsa boʻladi.

Birinchidan, spammerlar Google taqvim dasturini oʻz ehtiyojlari uchun moslashtirib oldilar. Xizmat xar qanday foydalanuvchiga uchrashuv belgilashning imkonini yaratadi, buning uchun u tegishli ogohlantirish oladi va firibgarlar ommaviy ravishda uchrashuvlar belgilash uchun shoshilib qolishadi. Ular oʻzlarining xat matnlarini “Tadbir mavzusi” va “Qayerda” joyida yozishadi. Odatda, bular soxta gʻolib boʻlganligi yoki pul mukofoti yutugʻi haqidagi xabarni oʻz ichiga olgan xabar boʻladi.

“Qolgani oson – yoki havola fishing boʻlib tajovuzkorlar sizning kartangiz maʼlumotlarini bilmoqchi boʻladi (xuddi sizga mukofot yuboradigandek), yoki ular “Mukofot” kelib tushgunicha oʻtkazish lozim boʻlgan pul oʻtkazmasi uchun komissiya pulini soʻrashadi. Maʼlumki, bu mablagʻ hech qachon kelib tushmaydi-deydi tadqiqotchilar.

Ikkinchidan, firibgarlar fotosuratlar ostida spam-sharh yozishni oʻrgandilar. Ular foydalanuvchini fotosuratda belgilab, unga yozilgan sharhlarda xabar matnini kiritadi.

“Masalan, mavjud boʻlmagan chek fotosurati firibgarlarning niyatlarini darhol bildirib qoʻyadi: chekda katta miqdordagi pul tushumi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan komissiya puli haqida soʻz yuritiladi. Jabrlanuvchi komissiya pulini toʻlagach, firibgarlar u bilan xar qanday aloqani uzib tashlashadi“, deyiladi kasperskiy laboratoriyasida.



Semalt Mutaxassis: Spamerlar va internetda yolg'on ma'lumotlarning turlari

Igor Gamanenko, Semalt Mijozlar muvaffaqiyati menejeri, spamerlar va xakerlarni internetning haqiqiy zarari deb hisoblaydi. Ular kompyuterda dasturiy ta'minotni yo'qotish va pulni bir hisobdan ikkinchisiga noqonuniy o'tkazish kabi, onlaynda ko'rilgan zararlarning aksariyatiga javobgardir. Bugungi kunda elektron spam katta muammo bo'lib qoldi; o'n kishidan har ikkisi spamerlardan ta'sirlangan. E-pochta yoki fayl almashish tizimlari orqali nomaqbul xabarlarni oladilar. Internetdagi spammerlarni bloklashda ko'p vaqt sarflayman. Men noto'g'ri va qonuniy bo'lmagan xizmatlardan voz kechdim - umzug transport stuttgart.



Internetda xavfsizlikka g'amxo'rlik qilish muhim; Aks holda sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz internetga ulashish ehtimoli bor va siz ko'p pul yo'qotishingiz mumkin. Tarmoqli kengligi uchun to'lov yaxshi g'oya hisoblanadi; Buning sababi, tarmoqli kengligi uchun to'lov qilganingizda, sizning nozik ma'lumotlaringiz yo'qolmasligiga amin bo'lishingiz mumkin. E-pochta yoki blog yozuvlari shaklida spamning har qanday shakli terroristik hujumga o'xshaydi. Siz nafaqat ma'lumotingizni yo'qotibgina qolmay, balki sizning texnik qurilmalaringiz ham ta'sirlanib, sizning pulingiz yo'qoladi. To'g'ri, spamerlar va xakerlar sizni zudlik bilan o'ldirmaydi, lekin ular Internetdagi obro'ingizga zarar etkazishi mumkin..Shunday qilib, spamerlar va xakerlar kanserogenlarning raqamli shakli ekanligini aytishimiz mumkin. Ular sizni sekin-asta va qat'iyatli internetda o'ldiradilar; ko'pincha siz pul yoki kredit karta ma'lumotlarini yo'qotmaguningizcha nima sodir bo'lishini bilmay qolasiz.



Biz barchamizga juda ko'p sonli spam-xatlarni, veb-saytlari va bloglarida sharhlar qabul qilishini qabul qilishimiz kerak. Bunday holatlarda spamerlardan qutulish mumkin emas. Siz nima qilsangiz, ularning IP-larini bloklash va FBIga hisobot berish. Spamerlar va xakerlar har kuni internetni ifloslantirmoqda va ularni yo'q qilishning iloji yo'q. Ulardan ba'zilari sizni xayr-ehson va nodavlat tashkilotlari vakillari deb nomlaydilar. Men pulimni to'g'ri kishilarga topshirganimga ishonchim komil bo'lganda, men biror narsani ehson qilaman. Ba'zi spamerlar va xakerlar hatto Gollivud yulduzlari yoki ularning vakillariga o'xshash; ular siz bilan aloqada bo'lib, yaqin munosabatlarni rivojlantirishga harakat qiladilar.

Spamerlardan qutulish va FBI ga iloji boricha tezroq xabar berish muhim. Agar kimdir sizga pul berishni so'rasa, men bilan aloqa bog'lashingiz mumkin. To'g'ri va keng qamrovli tekshiruvlardan so'ng mablag 'ajratish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solaman. Spamerlardan qutulishning eng qulay va foydali usullaridan biri foydasiz xizmatlardan obunani bekor qilishdir. E-pochta identifikatorlari o'z ma'lumotlar bankida juda ko'p sonda saqlangani sababli ular sizni ko'pincha ahmoqona va g'alati xabarlarni ommaviy yuboradi. Hatto bizning ijtimoiy media saytlarimiz ham foydasiz aloqalarni o'z ichiga olgan xabarlarga daxl qilmaydi. Facebook va Twitter foydalanuvchilari ehtiyot bo'lishlari kerak, chunki xakerlar ularga haftada bir yoki ikki marta yolg'on ma'lumot yuborishi mumkin. Siz bu havolalarni hech qachon bosmasligingiz kerak, aks holda siz o'z shaxsiy kompyuteringiz tizimidan foydalanishingiz mumkin.





Har kuni Internetning«to‘zonli shamoli»pochta qutilarimizga ko‘plab reklama xatlari–spamlarni keltiradi . Bu ofatga qarshi kurashish lozim. Har kuni shu ish takrorlanadi: elektron pochtani ochsangiz bir nechta reklamali xatlar kelgan bo‘ladi. Bir qarasang, Sibirdan ekskavatorlar taklif qilishgan bo‘ladi, boshqasida Mavrikiydan villa sotib olishga chaqirishadi, yana birida Afrikaning qaysidir bir chekkasida qarindoshing topilgan bo‘ladi. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, elektron xatlarning deyarli to‘rtdan uch qismi spamdan iborat ekan. Spam nima o‘zi? Spam–istalmagan reklamadan iborat elektron xabarlardir. Ular aniq bir shaxsga emas, bir vaqtning o‘zida ko‘plab, ba’zi hollarda millionlab foydalanuvchilarga yuboriladi. Xat spam ekanligining eng birinchi belgisi–«Mavzu»maydonchasidagi yozuvlar (masalan,«Re: sizning buyurtmangiz»yoki«Tabriklaymiz–siz yutdingiz») yoki jo‘natuvchi ismi (Masalan,«Doktor Jozef Surpman»yoki shunchaki«dlorp») kabilardir. Chet eldan kelgan spamlarni darrov payqaysiz–xorijiy ismli do‘stlaringiz, xat mavzuini ingliz tilida yozadigan tanishlaringiz unchalik ko‘p bo‘lmasa kerak. Chet elda tanishlaringiz ko‘p bo‘lsa ham, birortasi sizga, masalan,«Har dardga davo dori–atigi 0,5 dollar!»kabi xatlar yozmasalar kerak. Spam nima uchun va qanday qilib tarqatiladi? Spam jo‘natish biror mahsulotni yoki xizmatni reklama qilish va foydalanuvchilarni saytga jalb qilishning juda zo‘r usuli sanaladi. Buning sababi–spam orqali reklama arzon, qulay va keng qamrovlidir. Boshqa tomondan, spamlarning«yog‘ilishi»foydalanuvchilarning asabiga tegadi. Shuning uchun ko‘pchilik bunday xatlarni ochmayoq«savatcha»ga tashlab yuboradi. Spamer–spam tarqatuvchining sarflagan vaqti va mablag‘i shunchalik kamki, foydalanuvchilarning bir necha foizigina reklama qilinayotgan mahsulotlardan sotib olsa yoki xizmatlardan foydalansa ham o‘zini qoplaydi. Eslatib o‘tamiz, professional spamerlar reklama xabarlarini o‘zlarining kompyuterlaridan jo‘natmaydilar–bir mashinadan millionlab xat jo‘natish juda uzoqqa cho‘ziladi, bundan tashqari, fosh bo‘lish xavfi yuqori. Shuning uchun reklama tarqatishda asosan bot-tarmoqlar, ya’ni butun dunyoga yoyilgan, kompyuter egasiga bildirmay xatlar tarqatuvchi zararli dasturlar o‘rnatilgan kompyuterlardan foydalanadilar. Spamning qanday turlari mavjud? Reklama xabarlar. Buklet, reklama varaqlari chop etib, oddiy pochta orqali ko‘pchlikka tarqatish qimmatga tushadi. Shuning uchun ko‘plab firmalar e-mail orqali tarqatiladigan arzon reklamani afzal biladilar. Ayniqsa, salomatlik va dori-darmonga oid mahsulotlar, xizmatlar reklamalari juda keng tarqalgan. Zararli dasturga ega spam. Ilovalarida yoki HTML-kodlarida zararli dasturlar–viruslar,«chuvalchang»lar yoki troyanlar bo‘lgan spam-xabarlar ayniqsa xavflidir. Ana shunday xatlarni ochgach, unda va’da qilingan«Audi»ning eng yangi modeli yoki Messining surati o‘rniga kompyuteringizdan ma’lumotlarni o‘g‘rilaydigan ilovalarga«ega»bo‘lasiz. Bundan ham yomoni–bu dasturlar sizning kompyuteringizni spam tarqatuvchi bot-tarmoqqa qo‘shib olish uchun ham ishlatilishi mumkin. Fishing. Fishing-xabarlar yordamida spamerlar maxfiy ma’lumotlar–bank hisobvaraqlari raqamlari, parollar kabilarni«ovlab»olishga va ulardan g‘arazli maqsadlarida foydalanishga harakat qiladilar.«Xo‘rak»sifatida spamerlar mashhur kompaniyalar, misol uchun, banklarning nomi va logotiplarini ishlatadilar. Foydalanuvchiga biror bahona bilan, masalan, elektron xavfsizlikni ta’minlash uchun darhol bank saytiga kirishni taklif qiladilar. Xatdagi havola haqiqiy bank saytiga o‘xshatib yasalgan qalbaki veb-sahifaga olib chiqadi. U yerda foydalanuvchidan parolini yangilash, o‘zi haqidagi ma’lumotlarni kiritish so‘raladi, shu tariqa kerakli ma’lumotlarga ega bo‘linadi va hech ham ezgu deb bo‘lmaydigan maqsadlarga ishlatiladi. Aldashga urinish. Scam-xabarlar (qallob xabarlar) orqali foydalanuvchidan keyinchalik bir qancha barobar ko‘p qilib qaytarib berish va’dasi bilan, pul olish payida bo‘ladilar. Buning eng yorqin misoli–o‘z paytida juda keng tarqalgan«Nigeria Connection»(ya’ni«Nigeriya maktublari») qallobligidir. Millionlab Internet foydalanuvchilari pochtalariga afrikalik sobiq vazir, bankchi yoki tutqundagi malikadan ta’sirchan xatlar kelgan.«Hozir menga biroz pul jo‘natib yuborsangiz, deb yozishadi ular,–tez kunlarda mukofot (foyda, hadya) ko‘rinishida millionlab dollar olasiz!»Tabiiyki, ularga ishongan kishilar mukofotu hadyalar u yoqda tursin, o‘zlarining pullarini ham qaytib ko‘rishmagan. «Baxt qushi maktublari». Bular o‘quvchini dovdiratib, qo‘rqitishga yoki aksincha, qandaydir cheksiz baxtiyorlikdan umidvor qilishga qaratilgan xatlar.«Agar shu xatni kamida yuzta odamga tarqatmasangiz, boshingizdan shox o‘sib chiqadi (kompyuteringizga virus tushadi, balo keladi…Variantlari sanoqsiz)»yoki«Shu xatni falonchi o‘nta odamga tarqatgan ekan, tushida Xizrni ko‘ribdi, tilagi ro‘yobga chiqibdi (yuztaga jo‘natsangiz, kompyuteringizga virus tushmaydigan bo‘ladi, baxtli bo‘lasiz…Bunday«xushxabar»larning ham turi ko‘p)»qabilidagi safsatalardan iborat. Bunday gaplarga aldanmaslik va spamni darrov o‘chirib tashlash kerak. Spamerlar elektron pochta manzilini qaerdan oladilar? Ertami-kechmi, har qanday e-mail ga spamlar yog‘ila boshlaydi. Kerak paytida o‘zingiz eslay olmaydigan pochta nomini spam jo‘natuvchilar qaerdan topadilar? Buning uchta keng tarqalgan usuli bor. Ismlar lug‘ati. Ma’lumki, elektron pochta ochilayotganda ko‘pchilik uni o‘zining ismi bilan nomlaydi. Ana shu tushunchadan spamerlar o‘z maqsadlarida foydalanadilar. Ular ismlar lug‘ati yordamida maxsus dastur orqali minglab elektron manzillarni tuzadilar va hammasiga spam jo‘natadilar. Bu manzillarning ko‘pchiligi umuman yo‘q bo‘ladi, reklama havoga ketadi, lekin omadli chiqqan bir necha foiz spam ham ketgan harakatlarni oqlaydi. Yig‘uvchi dasturlar. Spamerlar yoki manzillar sotuvchilari (shundaylar ham bor!) elektron manzillarni yig‘uvchi maxsus dasturlardan ham foydalanadilar. Spam-bot yoki xarvester deb ataluvchi bu dasturlar e-mail nomlarini izlab, barcha saytlarni ko‘zdan kechirib chiqadilar. Ko‘pincha turli forumlar, bloglarda bee’tibor foydalanuvchilar muloqot uchun elektron pochtalari manzilini yozib qo‘ygan bo‘ladilar. Ana shular spamerlarning tayyor«qurbon»lariga aylanadilar. Elektron manzillarni sotib olish. G‘arazli«tadbirkor»lar millionlab elektron manzillarni yig‘ib, spamerlarga sotadilar. Ushbu manzillarni esa, o‘zlari yuqoridagi ikki usulda yiqqan bo‘ladilar. Spamdan asrovchi dasturlar bormi? Bor. Spam-filtrlar sizni foydali xatlarni foydasizlaridan ajratib o‘tirishdek zerikarli ishdan xalos qiladilar. Bunday filtrlarning bir necha turi mavjud. Pochta servislarining spam-filtrlari. Butun dunyodagi yirik pochta servislari (pochta saytlari) spamni o‘zlari aniqlab, foydalanuvchini xabardor qilishga harakat qiladilar. Ular keraksiz xatlarni spam sifatida avtomatik ravishda belgilab, tegishli papkaga joylaydilar. Bu juda qulay, siz pochtangizni ochganingizda, dastlab«Kiruvchi»xatlar papkasi ochiladi. Ya’ni spamlar, agar ularning papkasini atayin ochmasangiz, kompyuteringizga kirmaydi va Internet trafigini ham«emaydi». Shunisi ham borki, har bir pochta servisida spam-filtrlar turlicha ishlaydi. To‘liq spamlardan himoyani hech bir servis ta’minlay olmaydi. Yana shunisi ham borki, ba’zan pochta servislari haddan oshib ketadilar–o‘zlari spam deb hisoblagan kerakli xatlarni ham spamlar papkasiga«surgun»qiladilar. Shu sababli vaqti-vaqti bilan spam papkasiga kirib, tekshirib chiqishni unutmang. Pochta dasturlari. Outlook 2003/2007, Thunder¬bird yoki«Windows pochtasi»kabi pochta dasturlari o‘zlarining spam-filtrlariga ega. Ular odatda bexato ishlaydilar va spamdan ishonchli himoya bilan ta’minlaydilar. Bundan tashqari, shunday dasturlar ishlab chiqaruvchilarning ba’zilari spam jo‘natiladigan manzillar ro‘yxatini muntazam yangilab boradilar, bu yangilangan ro‘yxatni yuklab olib, spamlarga qarshi himoyani mustahkamlab borish mumkin. Shuningdek, o‘zingiz ham,«Kiruvchi»xatlar papkasidagi o‘zingiz istamagan xatni belgilab, keyingi gal shu turdagi xat kelganda to‘g‘ri spamlarga qo‘shib qo‘yishni ko‘rsatishingiz mumkin. Filtr-dasturlar. Bundan tashqari, Kas¬per¬sky Internet Security 2009 yoki«DrWeb Antivirus + Antispam»antivirus dasturlarining antispamli talqinini ishlatishingiz ham mumkin. Ular serverdan kompyuterga yuklab olinayotgan elektron pochtadagi har bir xatni nazoratdan o‘tkazadilar. Spam-filtrlarning«qora ro‘yxat»i bo‘lib, unga spamlarda qo‘llaniladigan kalit so‘zlar, spam yuboriladigan IP-manzillar va bunday xatlar jo‘natuvchilarning e-mail manzillari kiritiladi. Spam-filtr ishlash prinsipiga va qanday sozlanganligiga qarab,«qora ro‘yxat»da mavjud qaysidir jihatga ega xatlar yo o‘chirib tashlanadi, yoki spam sifatida belgilanib, maxsus papkaga joylanadi.«Oq ro‘yxat»buning aksi bo‘ladi. Manzili va jo‘natuvchisi unga kiritilgan xatlar, ba’zi jihatdan spamga o‘xshab ketsa ham, hech qachon spam deb belgilanmaydi, doimo«Kiruvchi»xatlar papkasida turadi. Spamdan saqlanishning yana qanday usullari mavjud? Pochta qutingizga spam kelishini kamaytirish uchun bir nechta sodda va asosiy qoidalarga amal qiling. e-mail-manzilni himoya qiling. Agar spamer sizning manzilingizni bilmasa, u sizga hech qanday spam jo‘nata olmaydi. Shuning uchun o‘z elektron pochtangiz manzilini bank kartochkasi PIN-kodini asragandek asrash kerak. Uni turli ro‘yxatga olish shakllariga o‘ylab o‘tirmay kiritib yuboradigan foydalanuvchilar,odatda, spamchilarning nishoniga aylanadi. Faqat ishonchli, maxfiylikni saqlay oladigan saytdagina e-mail-manzilni qoldirishingiz mumkin.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling