Mavzu : Tuproq tabiiy va tarixiy tirik tana


Download 0.67 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1475074
Bog'liq
tuproq strukturasi turlari va tavsifi

Mavzu:tuproq strukturasi turlari va tavsifi

REJA :

  • Tuproqning strukturasi turlari
  • Tuproq strukturasi haqida tushuncha
  • Strukturaviy tuproqlarning strukturasiz tuproqlardan farqi

Tuproqning mexanik tarkibi va struktura holati bilan bevosita bog’liq bo’lgan fizikaviy xossalari hamda unda kechadigan fizikaviy jarayonlar tuproqning suv, havo va issiqlik rejimlari, shuningdek o’simliklarning o’sib rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega. Tuproqning fizikaviy xossalariga, uning strukturasi suv, havo, issiqlik, umumiy fizik-mexanikaviy xossalari kiradi. Umumiy fizikaviy xossalariga tuproqning zichligi, qattiq fazasining zichligi va kovokligi singarilar kiradi. Tuproq qattiq fazasining zichligi (solishtirma massasi) ma’lum hajmdagi tuproq qattiq qismining 4 0S da shuncha hajmdagi suvga bo’lgan nisbati hisoblanadi va 2/sm3 bilan ifodalanadi.
Tabiiy holati saqlangan holda olingan ma’lum hajmdagi tuproq massasiga uning zichligi yoki hajmiy massasi deyiladi.
Tuproqning kovakligi zichligidan qat’iy nazar,uning turli zarrachalari orasida va struktura agregatlari ichida hamma vaqt ma’lum miqdorda bo’shliklar.g’ovaklar mavjud.Bu bo’shliklarda suv, havo bo’lib, o’simliklarning ildizlari, turli mikroorganizmlar, tuproq jonivorlari (chuvalchanglar, hashoratlar va boshqalar) tarqalgan. Tuproqning fizik-mexanik xossalariga plastikligi, yopishqoqligi, ko’pchishi va cho’kishi, ilashimligi, qattiqligi, solishtirma qarshiligi va fizikaviy yetilishi singarilar kiradi.
Tuproqning alohida agregat bo'laklar (donachalar) ga ajralib ketishiga tuproq strukturasi deyiladi. 8и agregatlar turli mexanik elementlaming bir-biriga birikishidan hosil bo'ladi. Struktura bo'lakchalarining shakli, o'lchami va sifat tarkibi turli tuproqlar hamda ulaming alohida gorizontlarida har xil bo'lib, S.A.Zaxarov bo'yicha asosan: kubsimon, prizmasimon va plitasimon kabi 3 tipga va o'z navbatida turlar hamda xillarga ajratiladi.
Tuproqdagi yangi yaralmalar xarakteriga ko'ra tuproq genezisi уа uning agronomik xossalari haqida tasavvurga ega bo'lish mumkin. Jumladan, tuproqning yuqori gorizontlarida ko'kimtir уа qo'ng'ir zang dog'larining bo'lishi, bu tuproqlarning botqoqlanish sharoitida vujudga kelganini ifodalaydi. Agar bu alomat hozirgi vaqtda paydo bo'layotgan bo'lsa, qishloq xo'jalik ekinlari uehunjuda noqulay sharoit hisoblanadi.
Агарда тупроқ юзасида ёриқлар мавжуд бўлса, улар катта — кичиклигига қараб қуйдагиларга бўлинади;
дарз кетган тупроқлар, бундай гупроқлардаги ёриқларнинг эни 3 мм дан 10 мм гача бўлади;
ёриқ (тирқишли) тупроқлар, бундай тупроқдаги ёрикларнинг эни 10 мм дан ортиқ бўлади.
Шундай қилиб, тупроқнинг коваклиги мухим морфологик белги бўлиб хизмат қилади. У тупроқда яшаётган бутун тирик мавжудотни ҳаво, озиқ —овқат ва сув билан таъминлайди. Кейинги йилларда тупроқ ғоваклигини ўрганиш мақсадида такомиллашган махсус микроскоплар ишлатилмоқда ва ғовакликни табақалашга киришилди.
Tuproq jonivorlarining hayot-faoliyati va o'simliklar ildizining rivojlanishi davrida paydo bo'lgan joylarda har xil organik birikmalar harnda ayrim jonivorlar organizmi orqali chiqarilgan moddalar biologik yangi yaralma deb ataladi. Bularga kaprolitlar - yomg'ir chuvalchanglari chiqindilari; krotovinalar - уег kavlaydigan hayvonlar (ko'rsichqon, yumronqoziq, sug'urlar kabilar) ning bo'sh yoki chiqindilar bilan to'ldirilgan yo'lIari; yirik i1dizlar chirishidan to'planadigan ildiz qoldiqlari; struktura bo'laklari ustida qoldirilgan nozik ildiz yo'l\ari - dendritlar singarilar kiradi. . Kimyoviy yangi yaralma tuproqdagi turli kimyoviy jarayonlar tufayli hosil bo'ladigan Ьаг xil birikmalardan iborat. Tarkibiga ko'ra yangi yaralmalar: suvda oson eriydigan tuzlardan, asosan natriy xlorid. natriy sulfat, kalsiy уа magniy oksid va gidrooksidlari (odatda fosfor kislotasi bilan birga) , temiming oksid birikmalari уа chirindi moddalardan iborat bo'lishi mumkin.
Tuproqda sodir bo'ladigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida uning tuzilishi asta-sekin shakllanadi. Tuproq tuzilishi uning ichki tuzilishini tuproq zarralaridan tashkil topgan turli o'lcham va shakldagi tuproq bo'laklari deb ataydi. Eng yaxshi tuproqlar diametri 1 dan 10 mm gacha bo'lgan bo'laklari bo'lgan mayda loyqa yoki donador tuzilishga ega. Urug'li tuproqlarda ko'plab bo'shliqlar yoki teshiklar hosil bo'ladi, shuning uchun bakteriyalar va o'simlik ildizlari havo va namlikni olishlari uchun sharoit yaratiladi, bu esa ularning yaxshi rivojlanishiga imkon beradi. Unumdor chernozemlar va ularga yaqin tuproqlar shunday tuzilishga ega. Tuproq inson muhitini tashkil etuvchi tabiiy komponentlardan biridir. Tuproq - jonli va jonsiz tabiatga xos bo'lgan qator xususiyatlarga ega bo'lgan maxsus tabiiy shakllanish; tuproqning vertikal profilini tashkil etuvchi va suv, havo va organizmlarning birgalikdagi ta'siri ostida litosferaning sirt qatlamlarining o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan genetik jihatdan bog'liq gorizontlardan iborat; unumdorligi bilan ajralib turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • Arinushkina E.V. Rukovodstvo po ximichiskomu analizu pochv. M,1970
  • Boboxo’jaev I.I., Uzoqov P. Tuproq tarkibi xosslari va analizi. T.1990.

  • 3, Miraxmedov., Miryunusov. Tuproqshunoslidan amaliy mashg’ulotlar.
    Toshkent. 1974.
    Internet saytlar :
  • www.soilconf.ru
  • www.google.com
  • www.ziyonet.com
  • www.fayllar.org

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling