Mavzu : Tuproq tabiiy va tarixiy tirik tana


Download 234.16 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi234.16 Kb.
#1544854
Bog'liq
G’azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini tahlil qilish.

MAVZU : G’azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini tahlil qilish.

REJA :

  • Imom G'azzoliyning falsafa ilmiga oid.
  • Imom G’azzoliy qalamiga mansub risolalar.

АБУ ҲОМИД МУҲАММАД АЛ-ҒАЗЗОЛИЙ (1058-1111)
Sharqda G'azzoliyni bilganlari uchun buyuk faylasuf Dekartning nazariyasiga o'xshash gapni aytgan shaxs ham borligini eslab qo'yadilar. Ba'zi birlari jur'at qilib Dekart va G'azzoliyning shaklarini solishtirib ham qo'yadilar. Ammo bu boradagi xaqiqatni xech kim bilmaydi. Ushbu xaqiqat ila bu satrlarning kotibi ustoz Muhammad Sa'id Ramazon Butiyning «Shaxsiyotun istavqafatni» nomli kitoblaridan bildi. U kishi mazkur kitobning 99 - 100 betlarida quyidagilarni yozadilar: «So'ngra bu masalada barcha ikkilanish va noaniqlikka chek qo'yadigan vasiqa - xujjat yuzaga chiqdi. Uni ustoz Maxmud Biyju doktor Zakzukdan naql qildi. Unda aytilishicha, tunislik tadqiqotchi Usmon al-Kaok raxmatulloxi alayx Dekartning kutubxonasida «al-Munqiz minaz Zolal» kitobining tarjimasini topgan.
• Imom Muhammad G’azzoliyning asarlari sho‘rolar davrida falsafa fanida o‘qitilmay, ta’qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi.Mustaqqilligimizga erishganimizdan so’ng boshqa sharq mutafakkirlari kabi Imom G’azziliyning hayot yo’li va merosiga haqqoniy ilmiy jihatdan yondashishga yo’l ochildi
• Imom G'azzoliy o’z davrida odamlar mashg'ul bo'lib turgan ilmlarni birma bir o'rganib chiqdilar. O'sha paytda odamlar asosan, ilmi kalom, botiniyya, falsafa va tasavvufga qiziqar edilar. Imom G'azoliy mazkur ilmlarni chuqur egallashga va ulardan qaysi birini tanlash maqsadga muvofiq ekanini aniqlashga kirishdilar
Imom G’azzoliy izlanishlarini dastlab ilmi kalomdan boshladilar. Imom G'azzoliy ilmi kalomni shu sohaning olimlari va ularning kitoblaridan yaxshilab o'rganib, bu ilm bo’yicha quyidagi risolalarni yozdilar:
  • 1. al-Iqtisod fil E'tiqod.(E’tiqoddagi mo’tadillik)
  • 2. Iljomul ovom an ilmil kalom.(Dindorlarni quruq ilmi kalom mashg’ulotlaridan saqlash)
  • 3. Aqiydatu ahli sunna.(Sunniy aqiydalar)
  • 4. Fazoihul botiniyya.(Botiniylarning uyatga qolishi)
  • 5. Faysalut tafriqa baynal Islami vaz Zandaqa.(Islom va dahriylik o’rtasidagi bo’linishning haqiqat mezoni )
  • 6. Al-Qistosul mustaqiym.(Eng bto’g’ri o’lchov)
  • 7. Kimyous saoda.(Saodat kimyosi)
  • 8. al-Mustazhiriy.(Zohir bo’luvchi)
  • 9. al-Maznun bihi ala g'oyri ahlihi.

Keyinchalik Imom G'azzoliy haqiqat qidirib falsafani puxta o'rganishga kirishdilar. Faylasuflar faqat falsafa bilangina haqiqatni topish, yaqiyn va saodatga erishish mumkin der edilar. Imom G'azzoliy esa aynan o'sha narsalarni qidirayotgan edilar. U kishi falsafani ixlos ila chuqur o'rganib o'sha davrning eng kuchli faylasuflaridan biriga aylandilar.
Lekin Imom G'azzoliy falsafada ham o'zlari izlayotgan haqiqat mavjud emasligiga ishonch hosil qildilar. Ammo bu narsa ulug' olimga falsafa va faylasuflar haqida adolat ila hukm chiqarishga xalaqit bermadi.
U kishi bu borada o'z ilmiy izlanishlari natijasini falsafa va mantiqqa atalgan o'z kitoblarida yozib qoldirdilar. Ular quyidagilardir:
• 1. Maqosidul falosifa.(Faylasuflarning maqsadlari)
• 2. Tahofutul falosifa.(Faylasuflarning mantiqsizligi)
• 3. Mahkun nazar fil mantiq.(Mantiqdagi nodir nazar)
• 4. Me'yorul ilm fil mantiq.(Mantiqda ilm me’yorlari)
• 5. Al-Munqiz minaz Zolal.(Adashishlardan qutqaruvchi)
• Imom G'azzoliy o'z asarlarida falsafa va faylasuflarga xolisona baho berishga harakat qildilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • J. S. Ramatov, M. N. Hasanov, L. A. Valiyev “Sharq uyg‘onish, mutafakkirlar davri, siyosiy-huquqiy ta’limotlar” // Ta’lim fanlaridagi akademik tadqiqotlar.2022 yil. 6-son.
  • Ramatov, J. S., Erniyozov, U. K., Sultanov, S. H., & Xasanov, M. N. (2022).

  • San'atning tarixiy-falsafiy asoslarining bugungi kundagi axamiyati.
    Internet saytlar :
  • www.google.com
  • www.ziyonet.com
  • www.fayllar.org

Download 234.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling