Mavzu : yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana17.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1207739
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-mavzu yosh davr



1-MAVZU : YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING 
TADQIQOT SOHASI VA MUAMMOLARI
Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi. 
Reja: 
1. Yosh psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari. 
2. Yosh psixologiya fanining (qisqacha rivojlanish tarixi) asosiy metodologik 
tamoyillari. 
3. Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari. 
4. Psixologik tadqiqotlarni о‘tkazishga qо‘yiladigan talablar. 
 
Mavzu о‘quv maqsadi :
Ta’limiy: bо‘lajak pedagoglar tomonidan Yosh psixologiyasi va pedagogik 
psixologiya fanlarining predmeti, vazifalari, bо‘limlari, tadqiqot metodlari 
haqidagi bilimlarni о‘zlashtirilishini tashkil etish. 
Tarbiyaviy: bо‘lajak pedagoglar tomonidan Yosh psixologiyasi va pedagogik 
psixologiya fanlarining predmeti, vazifalari, bо‘limlari, tadqiqot metodlari 
haqida bilim, malaka va kо‘nikmalarni shakllantirish. 
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy о‘quv maqsadlari asosida 
talabalar dunyoqarashini kengaytirish. 
 
1.1.Yosh psixologiyasining predmeti va vazifalari 
Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jumladan xalq ta’limi tizimidagi amalga 
oshirilayotgan о‘zgarishlar о‘qituvchilar, barcha pedagoglar oldiga о‘quvchining 
bilimlarini yuksak darajada о‘zlashtirishi; о‘quvchilar mustaqil tafakkurini, ular 
aktivligini rivojlantirish; ularda yuksak ahloqiy sifatlarni tarbiyalash; ularning 
tafakkur, muloqat, о‘qish, mehnat qilishga bо‘lgan qobiliyatlarini taraqqiy ettirish 
kabi murakkab va ma’suliyatli vazifalarni qо‘ymoqda. 
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogika fanining nazariy 
asoslarini, har bir о‘qituvchi predmetni о‘qitish metodikasini, maktab 
о‘quvchilarining fiziologiyasi asoslari, maktab о‘quvchilari gigiyenasi 
asoslarinigina bilish emas, balki ma’lum darajada psixologik bilimlarga ham ega 
bо‘lish lozim. Har bir pedagog ma’lum darajada psixolog ham bо‘lishi talab etiladi, 
chunki ular har biri faqat о‘ziga xos bо‘lgan, turli Yoshdagi, turli individual 
xususiyatlarga ega bо‘lgan о‘quvchilar bilan ish olib boradi. 
Har bir bola faqat о‘ziga xos bilish faoliyati, iroda, xarakter, xulq-atvor 
xususiyatlariga ega. Maktabdagi ta’lim-tarbiya berish jarayonida mana shu 
xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib ularga individual munosabatda bо‘lish 
lozim. Mana shularni hisobga olgandagina, har bir pedagog о‘zining asosiy vazifasi, 
ya’ni yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshiradi. 
Shuning uchun ham psixologiya fanining alohida sohalari bо‘lmish yosh va 
pedagogik psixologiya asoslarini chuqur bilish har bir pedagog uchun muhim 
hisoblanadi. 
Psixologiya fanining bir qator tarmoqlari, sohalari mavjud. Ular orasida yosh 
psixologiyasi alohida ahamiyatga ega. Yosh psixologiyasi psixik rivojlanish
shuningdek, bolalik, о‘smirlik, о‘spirinlik va yetuklik davrida shaxs taraqqiyotining 


xususiyatlarini о‘rganadi. Juda kо‘p fundamental tadqiqotlar о‘tkazilganligiga 
qaramay bugungi kunda inson psixikasini uning butun hayotiy yо‘li bosqichlarida 
rivojlanishi xususiyatlarini yaxlit holda tavsiflashga erishilmagan.
Yosh psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas xususiyatlarini, yillar 
о‘tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib inson bо‘lib shakllanishi, shaxs 
sifatida о‘zini ijtimoiy munosabatlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot 
jarayonida о‘zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi, qanday qilib sevishi
ishonchli dо‘st bо‘lib tarkib topishi, о‘zi va boshqalar uchun ma’suliyatni his qilishi 
kabi jihatlarni tadqiq etadi. 
Bilimlarning har bir sohasi о‘ziga xos nomlanishga ega. Lekin ba’zi bir bilimlar 
sohasi bir necha nom bilan ham atalishi mumkin. Masalan, yosh psixologiyasini 
boshqacha qilib, rivojlanish psixologiyasi deb nomlanishi mumkin. Ammo bu erda 
aynan bitta yoki bir-biriga mazmun jihatdan juda yaqin bо‘lgan bilimlar sohasi 
kо‘zda tutiladi va inson xulq-atvori, psixik rivojlanishning yosh xususiyatlari 
tо‘g‘risida fikr yuritilmoqda. Rus psixologi R.S.Nemov asarlarida ular sinonim 
sifatida qо‘llaniladi. 
Yosh psixologiyasi – turli xil yosh davrlarining psixologik xususiyatlariga 
e’tibor beradi. Rivojlanish psixologiyasi – inson psixologiyasining yosh jihatdan 
qayta tuzilishi qonunlari haqidagi bilimlar sohasi. 
Yosh psixologiyasini rivojlanishdan tashqarida, о‘zgarmas deb qarash mumkin 
emas. Xuddi shunday, rivojlanishni yosh xususiyatlarini ajratib kо‘rsatmasdan 
tasavvur qilib bо‘lmaydi. 
Yosh psixologiyasining bir qator muammolarini ajratib kо‘rsatish mumkin. 
1.Inson psixik xususiyatlari va xulq-atvori rivojlanishining organizm va 
muhitga bog‘liqligi muammosi. 
2.Insonning rivojlanishiga stixiyali ta’lim va tashkil etilgan ta’limning ta’siri 
muammosi. 
3.Layoqat va qobiliyatlarning о‘zaro munosabati muammosi. 
Bir tomondan psixik rivojlanish organizmga, ya’ni inson organizmining anatomik 
fiziologik tuzilishiga bog‘lik. Nerv sistemasi va miyaning insoniy tuzilishi uni ong 
egasi, nutq va yuqori darajadagi intellekt sohibi sifatida rivojlanishiga imkon beradi. 
Nasliy yо‘l bilan yoki jiddiy kasallik oqibatida yuzaga keluvchi organizm anatomik 
fiziologik holatidagi buzilishlar psixik taraqqiyotga ta’sir etishi va rivojlanishdan 
orqada qolishga olib kelishi mumkin. Bolaning miyasi etilib bо‘lmaguncha unda 
verbal nutqni va u bilan bog‘liq bо‘lgan qobiliyatlarni shakllantirish mumkin emas. 
Ikkinchi tomondan, organizmning psixik rivojlanishi muhitga ham bog‘liq. 
Chunki psixik taraqqiyotga ta’lim-tarbiyaning ta’siri juda beqiyos. Biroq, psixik 
taraqqiyotning u yoki bu bosqichida bu omillardan qaysi biri kо‘proq ta’sir etishini 
aniq aytish qiyin. 
Stixiyali ta’lim-tarbiya maxsus ta’limiy maqsadlarsiz, hech qanday 
dasturlarsiz, insonning jamiyatda boshqa kishilar bilan munosabatlari natijasida 
amalga oshadigan ta’lim-tarbiY. Tashkil etilgan ta’lim-tarbiya esa maqsadga 
qaratilgan holda maxsus ta’limiy tizimda olib boriladigan ta’lim-tarbiyadir. 


Shak-shubhasiz, inson stixiyali va tashkil etilgan ta’sirotlar ostida psixologik 
jihatdan taraqqiy etadi, lekin ulardan kay biri inson xulq-atvoriga kuchliroq ta’sir 
etishi masalasi muammoligicha qolmoqda. 
Keyingi muammo – layoqat va qobiliyatlarning о‘zaro munosabati 
masalasidir. Bolaning qobiliyatlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi layokatlarning о‘zi 
nima? Layoqatlar tarkibi faqat organizmning nasliy xususiyatlari bilan bog‘liqmi 
yoki uning tarkibiga insonning orttirilgan xulq-atvor va psixik xususiyatlarini ham 
kiritish mumkinmi? Bola qobiliyatlarining taraqqiyoti kо‘proq mavjud layoqatlarga 
bog‘liqmi yoki unga tо‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiyaning ta’siri kuchliroqmi? 
kabi savollar hanuzgacha tо‘la-tо‘kis о‘z echimini topmagan.
Yosh psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davridan ikkinchisiga 
о‘tishda yuzaga keladigan miqdoriy hamda sifatiy о‘zgarishlarni о‘rganadi. Odatda 
bu о‘zgarishlar hayotning muayyan bosqichlarini, 1 necha oydan (gо‘daklik davri) 
to bir qancha yillarni (katta yosh davrida) qamrab oladi. Ushbu о‘zgarishlar “ 
doimiy ta’sir etib turuvchi ”omillar – biologik etilish hamda inson organizmining 
psixofiziologik holati, uning insonga xos bо‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimida 
tutgan о‘rni, intellektual hamda shaxs rivojlanishida erishgan darajasiga bog‘liq 
bо‘ladi. 
Psixika va xulq-atvorda yuzaga keladigan bu turdagi yoshga xos о‘zgarishlar 
evolyusion о‘zgarishlar deb ataladi. Evolyusion о‘zgarishlarda miqdoriy va sifatiy 
qayta qurishlar nisbatan sekinlik bilan amalga oshadi. 
Nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida jadal yuz beradigan chuqur о‘zgarishlarni 
revolyusion о‘zgarishlar deb atash mumkin. Revolyusion о‘zgarishlar odatda bir 
yosh davrining tugallanishi, ikkinchi yosh davrining boshlanishi arafasida rо‘y 
berib, yosh taraqqiyotining inqirozlari bilan bog‘liq bо‘ladi. Yosh taraqqiyotidagi 
inqirozlar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan psixika va xulq-atvorda rо‘y beradigan 
revolyusion qayta (qurishlar) tuzilishlar Yoshni davrlarga ajratishning asoslaridan 
biri sifatida qaralishi mumkin. 
Rivojlanish belgilaridan biri bо‘lgan yana 1 turdagi о‘zgarishlar aniq bir 
ijtimoiy vaziyatning ta’siri bilan bog‘liq bо‘lib, ularni situatsion (ya’ni vaziyat bilan 
bog‘liq bо‘lgan) о‘zgarishlar deb atash mumkin. Bunday о‘zgarishlar inson xulq- 
atvori va psixikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim-tarbiya 
ta’sirida vujudga keladi. 
Evolyusion va revolyusion о‘zgarishlar odatda barqaror hamda qaytarilmas 
bо‘lib, sistematik mustahkamlashni talab qilmaydi. Situatsion о‘zgarishlar beqaror, 
о‘zgaruvchan, ularni mashqlar orqali mustahkamlash talab qilinadi. Evolyusion va 
revolyusion о‘zgarishlar inson psixologiyasini shaxs sifatida qayta о‘zgartirsa, 
situatsion о‘zgarishlarda xulq-atvorning ba’zi kо‘rinishlari, bilim, malaka va 
kо‘nikmalar hosil bо‘ladi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling