Mavzu: 0 bilan tugaydigan sonlarni ko’paytirish. 1-8 misol masalalar


Download 20.26 Kb.
Sana10.02.2020
Hajmi20.26 Kb.

Mavzu: 0 bilan tugaydigan sonlarni ko’paytirish.

1-8 misol masalalar

Maqsad:

0 bilan tugaydigan sonlarni o’rgatish, misol-masalalar yechish orqali o'quvchilarni hisoblash malakasini oshirish:

Mustaqil fikrlash o'quvchilar tafakkurini o’stirish. O'quvchilarni ijodkorligini rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars uslubi:: musobaqa

Dars jihozi: tarqatmalar, test topshiriqlari, ko’chma doska, ulug’ siymolar rasmlari.

Darsning shiori: Kuch – bilim va tafakkurda.

I. A. Karimov



Tashkiliy qism

  1. salomlashish

  2. navbatchining axboroti

2010-yil – “Barkamol avlod yili”

2009-2010 “Ma’naviy va ma’rifiy ishlari samaradorligi” o’quv yili
Mustaqil ona yurt,

Jon-u jahonim.

Yuksalaver tobora,

O’zbekistonim


Qadimiy Shahrisabzim

YUNESKOga a’zo bo’ldi.

Keshning taqdir yo’lini,

Butun jahon tan oldi.

Allomalar yurtidir bu,

Ko’hna Kesh – Shahrisabzim.


O'qituvchi: Darsimiz?

Hamma:


Matematika fanlar ichra shoh,

Uning sirlaridan bo’lamiz ogoh.

O'qituvchi:

Qani, ayting bolalar,

Darsga hamma tayyormi?

Daftar, ruchkalar bormi?

O'quvchilar:

Sabog’ingiz puxta bilib olganmiz,

“5” ball uchun tayyor bo’lib kelganmiz.

O'qituvchi:

Matematika fanidan Davlat Ta’lim standartlari talablarini ayting?

O'quvchi:

4-sinf o'quvchilari matematika fanidan ko’p xonali sonlarni o’qish va yozishni bilishlari, atamalar, 4 amal xossalarini bilishi, 3, 4 amalli masalalarni bajarish. Murakkab tenglamalar, vaqt, masofa, tezlik haqida tushunchaga ega bo’lishi va perimetr hamda yuzani topish bilim, ko’nikma, malakalarini egallashlari shart.

O'qituvchi:

Darsimizni musobaqa tarzida tashkil etamiz. Bunda 3 ta guruh 3 ta matematik siymo nomi bilan nomlanadi.

1-“Arximed”

2-“Umar Xayyom”

3-“Al-Xorazmiy”

1-shartimiz

1. “Aqliy hujum”

a) 95 sonini 10, 100, 1000 marta orttiring.

b) 48 km 60 m necha metr?

c) Tomonlari 8 m va 9 m yer maydonining yuzasi hamda perimetri

d) 40 km/soat tezlik bilan 3 soatda necha km masofani bosib o’tish mumkin?

e) 2 sutka 2 soat necha soat?

f) 3 tonna 80 kg necha kg?

g) 560 ning 3/7 qismi?

h) 7 soat necha minut?

i) 420 sm necha metr, necha dm?

j) Guruhlar nomi haqida ma'lumot

1-shart bo'yicha o'quvchilar baholanadi.
2-shart. Anglash

O'qituvchi yangi mavzuni bayon qiladi.

.80 60

40 900

3200 54000

80·40=80·(4·10)=320·10=3200

60·900=60·(9·100)=60·9+60·100=54000


2. Guruhlar musobaqa asosida doskada bajaradilar.

1-guruh.

30 10

300 700

9000 7000

2-guruh

420 340


900 200

378000 68000

3-guruh

50 40


3000 400

150000 160000


“Charxpalak” o’yini guruhlar asosida amalga oshiriladi.

1. Qarama-qarshi sonlarni birlashtirsa o’rtadagi sonni to'ldirish orqali 100 sonini hosil qiling

2. 1000 sonini hosil qiling

3. 10000 sonini hosil qiling


3-topshiriq. O’tilganlarni mustahkamlash

3 guruhdan 3 o'quvchi chiqib, 3-misoldagi tenglamalarni tez va to'g’ri bajarish sharti.

x+9488=14318
2. x-7145=13413
3. x·2-743=9447
G’oliblar aniqlangunga qadar o'quvchilarga test savollari tarqatiladi.

Test natijalari baholangunga qadar qiziqarli masalalar orqali o'quvchilar dam olish daqiqasini o’tkazadilar.



  1. Bir bola 20 dan 22 ni ayirib 88 hosil qildi. U qanday qilgan?

  2. Quyon 4 oyoqda tursa 4 kg, agar ikki oyoqda tursa necha kg bo’ladi?

  3. Qayin daraxtining 8 ta shoxi bor. Har shohida 8 ta shoxcha, har bir shoxchada 8 tadan olma bor. Hamma olmalar qancha?

4-shart. Kim to'g’ri masala tuzadi va yechadi?

G’olib guruh aniqlanadi. 7-misol mustaqil ish qilib topshiriladi.

30·80+200·60=2400+12000=14400 kg.


7-misol. Mustaqil birinchi bajargan guruh o’quvchisi g’olib deb e’lon qilinadi.

O'quvchilarni ijodkorligini oshirishda 0 bilan tugaydigan sonlarga oid ma'lumotlar to'plash topshirilgan edi. Bu topshiriqni bajargan guruhlar e’tiborga olinadi.

O'quvchilar izohli baholanadi

Uyga vazifa tushuntirib topshiriladi.

8-9 misol-masala

8,1,6,3


2,7,4,5

4,5,2,7






Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling