Mavzu №1 kirish. Avtomatlashtirilgan tizimlarning rivojlanish tarixi va tasnifi reja


Download 66.05 Kb.
bet1/2
Sana26.11.2022
Hajmi66.05 Kb.
#933863
  1   2
Bog'liq
MAVZU No1AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARNING RIVOJLANISH TARIXI VA TASNIFI
Sog’lik oliy qadriyat, 1 Laboratoriya 64759, С аидахон 10 А, С аидахон 10 А, Jaloliddin Manguberdi-yurt himoyasi yo’lidagi jasorati, Abdijabbarov Khumoyunbek metralogiya mus ishi1, abror covid sertifikat, abror covid sertifikat, psixologik parvarish, Tizimlar va signallar MI-1, 1351879541 26587, 2 5402278356752273744, Maъруза 15 КА, Маъруза 14 КА, 5 лаборатория иши

MAVZU №1
KIRISH. AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARNING RIVOJLANISH TARIXI VA TASNIFI


Reja:

    1. Kirish

    2. EENHAT ning rivojlanish tarixi

    3. EENHAT klassifikatsiyasi




    1. Kirish

«elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari» fanini o‘qitilishidan maqsad - iste’molchilarni kerakli miqdorda va sifatda elektr energiyasi bilan ta’minlab, uni nazorat qilish va hisoblashni avtomatlashtirib beruvchi elektr ta’minot tizimini o‘rganishdir.


«elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari» fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: Elektr ta’minotida energiya nazoratini avtomatik qurish yo‘llarini, shu sistemada ishlatadigan uskunalarni to‘g‘ri tanlash masalalarini, elektr ta’minot tizimida ENHAT masalalarini talabalar o‘zlashtirishidir.
«elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari» fani bo‘yicha o‘zlashtirilgan ma’lumotlarga, hamda o‘quv rejasida rivojlantirilgan elektr texnikaning nazariy asoslari (zanjirlar nazariyasi, transformatorlar, nosinusoidal katgaliklar qismlari); elektr o‘lchov; elektr mashinalari; elektr ta’minoti sistemasida elektr stansiyalar va podstansiyalar; dasturiy ta’minot va iqtisodiy hisoblarda EHM ishlatilishi; elektr ta’minoti sistemasida elektr tarmoqlari; energetikani matematik masalalari va h.k. fanlarni bilishga asoslanadi.
Zamonaviy enеrgеtikaning jamiyat hayotidagi roli ko‘rib chiqiladi, enеrgiyani hosil qilish, uni korxonalarning mavjud iste’molchilari o‘rtasida taqsimlanishi va iste’molchilarda avtomatik tizimlarning turlari o‘rganilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston energetikasida ENHATning rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi, enеrgеtika va sanoat korxonasi elektr ta’minotining loyihalash masalalari batafsil ishlab chiqiladi. Sanoati rivojlangan davlatlarning EENHAT tajribasi ifodalangan (kеltirilgan).
Ushbu ma’ruzalar matnida sanoat korxonasida avtomatlashtirilgan hisob tizimini yaratishning maqsad va vazifalarini ko‘rib chiqamiz, uning amalga oshirilishi iqtisodiy va texnik hisob tizimlari uchun muhim iqtisodiy samara olish imkonini beradi. EENHAT qurilishining korxona hajmiga qarab umumlashtirilgan variantlari berilgan. Buyurtmachi va avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiquvchi o‘rtasidagi muzokaralar samaradorligini oshirishga alohida ye’tibor qaratilmoqda. Loyihalash qoidalari va texnik jihozlarni tuzish xususiyatlari hamda avtomatlashtirilgan tizimlarni hujjatlashtirish aks ettiriladi. EENHAT - tok transformatorlarining birlamchi datchiklari va zamonaviy elektr hisoblagichlari haqidagi malumotlarni o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, EENHAT ning texnik bajarilishini ko‘rib chiqamiz. Turli aloqa liniyalari batafsil tasvirlanadi (jumladan, zamonaviylari - Internet va GSM kanallari). Usda, shuningdek, bir necha SCADA tizimlari talablari, operatsion tamoyillari tavsifi va taqqoslash berilgan. Ichki sektorda EENHAT qurilishining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gap boradi.




    1. Download 66.05 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling