Mavzu №1 Qadimgi dunyo tarixiga kirish. Qadimgi Misr


Download 33.57 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi33.57 Kb.
#161798
Bog'liq
SjpaokXw5e5UhBm13hZKU8rv2qogkjCu


Mavzu №1

Qadimgi dunyo tarixiga kirish. Qadimgi Misr.

Tayanch atamalar.



Antik dunyo, Tavrot, Gerodot, Beros, Grotefend, Bexistun, Nineviya, Suza, Vinkler, Kramer, Stredve, Mixxat.
1. Qadimgi Misrning geografik o`rni va tabiati. Misr Sharqdagi eng qadimgi davlatlardan biri bo`lib, u Afrika qifasining shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan mamlakatdir. Nil dunyodagi eng katta daryo, uzunligi 6000 kilometrdan ortiqdir. U Markaziy Af-rikaning katta ko`llaridan oqib chiqadigan Oq va Ko`k Nil da-ryolarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. Daryo to`rt sharshara-ostonalardan o`tgan 700 kilometr masofada vohadan oqib o`tadi va bir necha tarmoqlarga bo`linib o`rtayer dengiziga quyOadi. Toshqin paytida Nil ko`pdan-ko`p o`simliklarni va turli tog1 jinslarini oqizib keladi. Oqib kelgan tog` jinsfaridan daryo qip-qizil tusga kiradi.

Toshqin tugagach, o`simlik chirindilari, tuproq va tog` jinslaridan hosil bo`lgan zarralar suv bosgan joylarda cho`kib, qoramtir quyqumlar qoldiradi. Quyqumlar qurib serhosii qora tuproqli yer hosil qiladi.

Shuning uchun misrliklar Nil vohasini ,,Qora yer", Yimonlar esa,,Yegipet" deyishgan.

Misrning g`arb tomonida Liviya yassitog`ligi, sharq tomonida Arab qirlari joylashgan. Mamlakat janubi Nubiya tog`lari bilan o`ralgan. Misrning shimoliy chegaralari o`rtayer dengiziga borib tutashadi.

Misr issiq mamlakat, u yerda yomg`irgarchilik kam bo`ladi. Nii sohillarida xilma-xil o`simlLk va yowoyi mevalar, xususan lotos, papirus va qamishlar q'sib yotadi. Misr qadimdan hayvonot dunyosiga boy. Nil sohillarida sher, qoplon, buyvol, yowoyi buqa, jirafa, antilopa, timsoh va gippopatam kabi katta-kichikhayvonlar yashagan. Daryoda baliq, suv hayvonlari. to`qayzorlarda esa har turli qushlar ko`p bo`lgan. Yowoyi hayvon va o`simliklar qadim zamondan boshlab ibtidoiy kishilarning ozuqa va ov manbai bo:lgan. Misrda mis, oitin kabi ma'danlar va har xil toshlar ko`p bo`lgan.

2. Qadimgi Misraing aholisi. Misrning qulay geografik o`rni va boy tabiiy sharoiti qadim zamondan boshlab kishilarni o`ziga jalb qilib kelgan. Ibtidoiy odamlar Nil vohasiga qadirn zamonlardayoq kirib kelishgan. Mashhur arxeolog D. D. Klarkning malumotlariga ko`ra Misrda ibtidoiy odamlar 80—90 ming yildan beri yashab kelar ekanlar. Ammo daryo toshqini odamlarni bu yerda doimo yashashlariga xalal beigan. Arxeolog olimlar Fayum vohasidan bundan 25—30 ming yitlar ilgari yashagan odarnlarning man-zilgohlarini topganlar. Bu yerdan topilgan ashyolar shu davr odamlari yog`och, qamish, lotos va papiruslardan chaylalar qurib yashaganlaridan, tosh, yog`och va suyaklardan qurollar yasab ovchiiik va termachilik bilan shug`uilanganliklaridan dalolat beradi.

Miloddan avvalgi VI—V mingyilliklarda Misrda aholi ancha ko`payib, dastlabki qishloqlar paydo boMgan.

Qadimgi misrliklar qorachadan kelgan, xushoqomat bo`lib, kamsoqol bo`lishgan. Misrga janubdan nubiyaliklar, Markaziy Afrikadan pakana odamlar — Hliputlar, g`arbdan liviyahklar, shimoli-sharqdan esa giksos kabi qabilalar kelib o`rnashganlar. Keyinchalik esa Nil vohasiga habashlar, ossitrlar,forslar, yunonlar, makedonlarva rimliklarham kirib kelganlar. Ularning ko^pchiligi misrliklar bilan aralashib, ularning madaniyati, tili va urf-odatlarini qabul qilganlar.

3. Qadimgi misrliklaming mashg`ulotlari. Qadimgi misriiklar Nil vohasini yangi tosh davrdan boshlab o`zlashtirib, o`troq deh-qonchilikka asos solganlar. Ular oddiy ketmoncha — motiga bilan yerga ishlov berib bug`doy, arpa, kunjut, poliz ekinlari ekib, ulardan nio`I hosil olganlar. Misrliklar bog`dorchilik bilan ham shug`ullangan. Shu tariqa Misrda dehqonchilik ancha erta rivoj topgan.

Misrliklar it, cho`chqa, qo`y-echki va qoramollar parvarish qilganlar. Chorvachilik, hunannandchilik ham ancha erta rivoj topgan. Shu davrlarda ichki va tashqi savdo ham jonlana boshlagan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida Misrda xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va S-khaqalanisii paydo bo`lgan.



4. Misrda dastlabki davlatlarning tashkil topishi. Miloddan avvalgi VI—V mingyilliklarda xo`jalikning rivojlanishi natijasida Misrda ifk davlatlaniing tashkil topishi uchun zaruriy sharoit vujudga keldi. Urug` jamoasi davrida urug` jamoalarini oqsoqollar, sardorlar va harbiy boshJiqlar idora etishgan cdi. Misrda urug` jamoalari o`rnida dastlab qo`shni jamoalar vujudga kelib xo`jalikning rivojianishi natijasida ilk daviatchalar paydo boladi. Yangi vujudga kelgan davlatni sobiq urug` jamoasi oqsoqollari, harbiy boshliqlar, badavlat va nufuzli kishilar Idora qiladilar.

Dastlab Misrda bir necha o`n davlatchalar tashkil topgan. Misr-liklar bu davlatchalarni ,,sepat"; yunonlar esa ,,nom" deb atagan-lar. Nomlar, atrofida qishloqlari, dalalari va maxsus mahalliy xudosi bor shahardan iborat bollgan. Har bir nomning o`z hokimi bo`lib, u yunon tilida ,,nomarx" deyilgan. MaMuraotlarga qaraganda miloddan avvaigi FVraingyiMk boshlarida Misrda 42 ta davlat bo`lgan. Har bir nomning nomarxi dehqonchilik, chorvachilik, hunar-mandchilik, sug`orish inshootlari qurilishiga katta e'tibor bilan qaragan. Nomarxlar oqsoqol, sardor va harbiy boshliqlarga tayamb, jamoat, diniy va harbiy ishlarni boshqarib turganlar. Bu davlatlarda qulchilikning dastlabki kurtakJari ham paydo bo`lgan. Urushlarda asir olingan kishilar qulga aylantirilgan. Shunday qilib davlat ja-miyatning boshqaruv tashkiloti sifatida vujudga kelgan va rivojlana borgan.



1. Misrda ilk podsholikning tashkil topishi. Miloddan avvalgi ]V mingyillikning ikkinchi yarmidagi ahvol Misrdagi mayda daviatchalarni birlashtirishni talab etdi. Ko`p jang-u jadallardan keyin Nil daryosining tor vodiysida Yuqori Misr davlati tashkil topadi. Daryo tarmog`ining shimolida joylashgan shaharchalar birlashtirilib Quyi Misrdavlati barpo etildi. Bu davlatlar olz pod-sholariga ega bo`lib, uiar mustaqil ish yuritganlar. Keyinchalik esa Misrda yagona podsholik barpo etish uchun kurash qizg`in tus olgan. Yilnomachilarning ma'iumotiariga ko`ra, Yuqori Misr podshosi Narmer Quyi Misr yerlariga bostirib kirgan. Narmer qo`shinlari Shimoliy Misr podshosi qo`shinlari ustidan g`alaba qozongan. G`aiabadan so`ng u 6000 kishini asirga olib, juda ko`p boylik— o`ljalar bilan qaytgan. Shundan boshlab Misrda yagona davlat tuzish uchun fcurash qizg`in tus olgan.

2. Misrda yagona davlat tuzish uchun kurash. Misrni yagona davlat bayrog`i ostida birlashtirisb Yuqori Misr podshosi Mina (Menes) davrida araalga oshirilgan. Miloddan avvalgi 3000- yilda Mina Yuqori va Quyi Misrni birfashtirib yagona davlatga asos solgan. U yagona Misr davlatining dasttabki podshosi bo`lib, birinchi sulolaga asos solgan. Mina Quyi Misr chegarasida Memfis shahrini bino qildirib, uni mamlakat poytaxtiga aylantirgan. Mina davrida Quyi misrliklar o`z mustaqilliklari uchun bir necha bor qo`zg`olon ko`targanlar. Ammo bu qo`zg`olonlar shafqatsizlik bilan bostirilgan. Mina va uning avlodlaridan so`ng Misrda ikkinchi sulola namoyandalari podsholik qilganlar. Shu 'davrdan boshlab Misr podsholari fir'avn deb ataia boshiangan. Bu ikii sulola vakillari idora qilgan davr Misrda ,,Ilk podsholik davriil deb nomlanib miloddan avvalgi 3100—2800 -yiliami o`z ichiga oladi. Yagona Misr davlatining tashkil topishi har jihatdan katta ahamiyatga cga bolgan.

3. Misr fir'avnJarining istilochilik urushlari. Ilk podsholik davrida, xususan fir'avn Jer da\iida Misr qo`shinlari janubda Nubiya, shimoli-sharqda Sinay yarim oroliga bir necha marta bostirib ku^aalar. Ular bu mamlakatlardan ko`plab ask va behisob boyliklar olib qaytganlar.

Misr qo`shini qo`mondonlaridan biri bunday hikoya qiladi: ,'Qo`shin qo`shni mamlakatlarni talab, uning bog`lari va uzitm-zorlarini chopib, qishloqlariga o`t qo`yib, o`ng minglab kishilarni o`/dirib, ko`plab odamlarnl asir olib, eson-otnon qaytib keldi. Buning uchun podsho meni benihoya maqtadi".



4. Ilk podsholik davrida xo`jalik. Ilk podsholik davrida fir'avn Jar mamlakat xo`jaligining hamma tarmoqlariga katta e'tibor betganlar. Yer ochish va sug`orish inshootlarining qurilishi kuchaytirilishi munosabati bilan dehqonchilik rivoj topgan. Misr dehqonlari omoch bilan yer haydab arpa, bug`doy, zig`ir va boshqa boshoqli ekinlardan yuqori hosil olganlar. Ularda bog`dorchilik rivoj topib, shimolda uzumchilikka, janubda xurmochilikka katta e'tibor berilgan.

Qadimgi misrliklar bu davrda chorvachilikka ham katta e'tibor berganlar.



Ilk podsholik davrida hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo ham rivoj topgan. Misrliklar Nubiya, Liviya va o`rtayer dengizining sharqiy sohilidagt mamiakatlar bilan qizg`in savdo-sotiq olib borganlar. Savdo quruqlik va suv yo`li orqali olib boriigan.

5. Misrda tabaqalanish va qulchilikning kuchayishi. Misrda хоjalik asta-sekinlik bilan rivojlanib borgan. Aholining yuqori tabaqalari fir'avn, amaldor, askarboshi, rulioniy va nufuzli oq^oqollar boyib ketganlar. Dehqonlar, hunarmandfar va mayda savdogarlar aholining o`rtahol tabaqasini tashkil etardi. Mamlakat aholisining anchatuna qismi kambag`al dehqoiilar va qashshoqlardan iborat edi. Misr fir'avnlari urushda asir (ushganlarni qulga aylantirar edilar. Dastlabki vaqtlarda asirlar dushman sifatida olldirib yubo-rilgan. Shuning uchun misrliklar ularni ,,murdalar" deb atashardi. Keyinchalik esa asirga rushgan kishilarni o`ldirmaydigan bo`ldilar. UJar qul qilib sotilar, harbiylar va zodagonlarga btvlib bcrilar^edi. Omon qolgan asirlarni ,,tirik murdalar" deyishardi. Bu ,,tirik murdalar" qullar tabaqasini tashkil etib, ular hech qanday mol-muJkka va huquqqa ega emasdilar. Quldor qul ustidan cheksiz huquqqa ega bo`lib, uni sotish, jazolash, kaltaklash va hatto o`ldirishga ham haqqi bor edi. Qullarning barchasi, kon qazuv ishlarida, kanal, to`g`on, imorat, yol qurish ishlarida ishlatilar va qishloq xo`jaligidagi og`ir ishlarni bajarar edilar. Cho`rilar — ayol quliar ko`proq uy-xo`jalik yiimushlarida ishlar edilar. Qul egasi quldor deyilgan. Qullar quldoriar ucliun ishlaganlar. Quidorlar qullarga ular ishlay olishlari uchun ovqat berganlar xolos. Quldorlar esa qullar mehnati evaziga rohat-farog`atda yasbaganlar. Shunday qilib Misr dunyodagi dastlabki quldorlik davlati edi.
1. Qadimgi podsholik davrida Misr. Hikoya qilganimizdek 1— 2- sulola fifavnlari Misnii birlashtirishga asos solganlar. Qadimgj podsholik davri miloddan avvalgi 2800- yildan 2250- yOgacba davom etib, unda 3—6- sulola fir'avnlari hukmronlik qilganlar. Misr fir'avnlari podsliolikni kcngaytirish, mustahkamlash va markaz-lashtiiish uchun kurash olib borganlar. Misr fir'avnlari boylik orttirish maqsadida qo`shni mamlakatlar ustiga qo`shin tortib borganiar. 4- sulola podshosi Snofru janubda Nubiya, shimoli-sharqda Sinoy yarim oroli, Falastinga glarbiy yo`naUshda Liviya qabilalari ustiga harbiy yurishJar qilgan. U misga boy Sinay yarim orolini Misrga qo`shib olgan. Nubiyadan 7 ming asir, 200 ming cliorva va juda ko`p qimmatbaho buyumlar olib ketilgan. 4- su-lolaning so`nggi vakillari davridan boshjab mamlakatda ichki qarama-qarsbilik kuchaygan, qo`zg^oIonlar bosblangan. 6- sulola namoyandalari davrida ya"ni miloddan avvalgi XXIV—XXIII asrlarda podsholik kuchsizlanib, qadimgi Misr davlati parchalanib keta boslilagan. Podsholikka itoat etgan davlatlar mustaqil bo`lish uchun intilganlar.

2. Qadimgi podsholik davrida xo`jalikning rivojlanishi. Qadimgi Misr podsholari va ularning amaldorlari mamlakat xo`jaligini rivojlantirish uchun yangi yerlar ochish, to`g`on, kanal va boshqa sug`orish shoxobcbalarini qurish isbiga alohida e'tibor berganlar. Chunki Misrdek issiq mamlakatlarda sug`orma debqonchilik xo`jalLkning asosiiii tasbkil etgan. Misr dehqonlari don, dukakli ekinlar ekkanlar, poliz va sabzavotchilik mahsulotlari yetishtir-ganlar va bog`dorchilik bilan shug`ullanganlar.

Qadimgi podsbolik davrida fir'avnlar chorvacMlikka katta e'tibor berganlar. Ular qoramol. echki, choLchqa, eshak va parranda boqqanlar. Dehqoncliillk va chorvachilik misrliklarning asosiy oziq-ovqat manbai hisoblangan.

Bu davrda misrliklar hunarmandchilik sohasida jiddiy yutuqlarga erishganlar. Misrda miskarlik, qurohiozlik va hunarmandchilikning boshqa sohalari ancha rivoj topgan edi. Shu davrda kuloichilik charxi kashf etiHb, kulolchilik yanada rivojlangan.

Misrda dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida ortiqcha inabsulotlar ishlab cbiqariigan. Dehqonlar, chorvador darva hunarmandlar ixtiyorlaridagi ortiqcha narsalarni o`zaro almashganlar. o`zaro almasbuv ichki va tasbqi bozorni vujudga keitirgan. Misming shabar va qishloqlari orasidagi almashuv suv va quruqlik yo`IIari orqali olib borilgan. Misr shaharlari va qishloqlaridan har tomonga aloqa yo`llari tarqaigan edi. Nil daiyosi bo`ylab shimoldan janubga va janubdan shimolga har xil mahsulot ortilgan qayiqlar tinimsiz qatnab turardi.



3. Misrda mulkiy tengsizlik va tabaqalanish. Misrda dehqon-chilik, chorvachilik, hunarmandchilik va buyumlar alniashuvi ri-vojlanib borgan. Shuning natijasida fir'avn3ar, nomandar, amal-dorlar, ruhoniylar, oqsoqollar va harbiy boshliqlarning mulklari ortib boyib ketganlar. Aholining katta qismi esa o`rtahol bo!lib, ulaming mol-mulklan uncha ko`p bo`lmagan. mlarning ayrim guruhlarida arzimas mol-mulk bo`lib, ular qashOdashoq-kambag`al kishilar edilar.

Misr fir'avnlari qo`shni mamlakatlaiga lez-tez g`olibona urushJar uyushtirib turganlar. Aksariyat hollarda misr qo`shinlari qo`shni mamlakatlardan ko`plab asir o`lja va boyliklar oltb qaytganlar. o`sha davrda Misr ahoiisi bir necha toifa-tabaqalarga bo`fingan edi. Fir'avn, a'yon va ruhoniylar aholining eng nufuzli kishilari hisob-langan. Kichik amaldorlar va jangchilar aholining ma'lumtabaqasini tashkil etganlar. Dehqonlar va hunarmandlar ahoiining meh-natkash tabaqasini tashidl elganlar. Misrda hech qanday mol-mulkka ega bolmagan, huquqsiz kishilar ham bo`lgan. Bular aholining eng quyi tabaqasi — qullar cdi. Misr fir'avnlari mam-lakatni vazirlari, qo/ikalonlari. katta-kichik amaldor-a!yonlari, ruhoniylari, sarkarda va kolp sonli qolshinigatayanib boshqarganlar. Lashkarboshilar va qolshin podsholikning asosiy tayanchi edi. Misr fir'avn]ari mamlakatni niarkaziy, viloyat va mahalliy tashkilotlar orqali idora qilganlar. Qadimgi Misr fir'avnlar hukmronlik qiigan davlat edi.



4. Misr ehromlari. Qadimgi Misr ehromlari, yanni piramidalari me'morchilikning eng noyob obidalaridan hisoblanadi. Ehromlar asosi uch, to`rt va ko`p bur-chakli geometrikshakldabo`Iib, asosi keng, yuqori tomoni to-rayib borgan.

Qadimgi podsholik davrida Misr fifavnlari va a'yon!ari o`z-iari uchun toshdan ulkan sa-g`ana — ehromlar qurdii^antar.

Bu ehromlarni bizdagi maqbaralarga qiyos qilish mumkin. Bunday maqbaralarga vafot etgan misrlik fir'avnlar, uning oila a'zolari va amaldor — a'yonlari dafn etilgan. Ehrom — maqbaralar o`zining kattaligi va salobati bilan kishini hayratga soladi. Ehromlar misrlik fir'avn va amaldorlar kuch-qudratining ramzi ham bo`lgan. Misrda qurilgan eng katta va hashamatli ehrom Joser va Hufii maqbarasidir. Memfes shahri yaqinida miloddan avvaJgi 2600- yilda to`rtinchi sulola fir'avni Xufu qurdirgan maqbara o`zining ulkanligi va hashamati bi!an kishilarni lol qoldiradi. Ehromning tomonlari 250 metr bo`Iib, uning atrofint aylanib chiqish uchun sayoh bir kilometr yo'l bosishi kerak. o`sha o`z davrida uning balandligi 150 metrdan ?iyod bolib, hozirgi holati 146 metrdir. Uni qurish uchun ikki million uch yuz ming dona tosh ishlatiigan. Maqbara qurilishiga tarashiab tayyorlangan toshlarning eng kichigi ikki yarim tonna, kattasi esa o`n besh tonnadan iborat bo`lgan. Yunon tarixchisi Gerodotning yozishicha bu ehrom maqbara 30 yil mobaynida qurilgan ekan. Uning quritishida 100 mingdan ortiq kishi doimiy ishlagan. Maqbara toshlari silliqlanib bir-biriga shunday zich qilib terilganki, toshlar oralig`iga fransuz imperatori Napoleon Bonapart qilichining tig`i ham sig`magan ekan. Ehromlar qadimgi Misr me'morchiiigining eng noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Xufu maqbarasini dunyodagi yelti mo`jizaning biri deydilar.

1. Qadimgi podsholikning yemirilishi. Misr fir'avnlari, ruhoniy va a'yonlari ulkan ehromlar, saroylar va ibodatxonalar quriltshiga ko`plab mablag`lar sarf etganlar. Ularning kundalik turmushi va dabdabali hayoti uchun ham behisob boyliklar sarf qilinardi. Tashqi mamlakatlarga uyushtiriigan bosqinchilik urushlari oddiy xalq boshiga og`ir musibatlar olib kelar edi. Qadimgi podsholikning oxirlariga kelib mamlakatdagi hokimliklar — nomlar (kichik davlatlar) fir'avnlarga itoat etmay, mustaqil bo`lishga intilgahlar. SoHqiar miqdprining ortishi va qo`shimcha majburiy xizmatlar oddiy xalqning sabr kosasini to`ldirib, tnamlakatda qo`zg`olonlar boshlanishiga sabab bo`lgan.

Qadimgi podsholikning oxirlariga kelib markaziy hokimiyat zaiflashgan. Miloddan avvalgi XXIII asrda mamlakat mayda davlatchalarga bo`linib ketgan. Mayda davlaiiar esa bir-birlari bilan qonli urushlar olib borganlar. Shu tariqa Misrda tarqoqlik davri boshlangan.



2. O`tish davrida Misrdagi ahvol va o`rta podsholikning tashkil topishi. Misrda tarqoqlik davri miloddan avvalgi XXIII asr o`r-tatarigacha davom etgan. Bu davrda mamlakat xo`jaligi ishdan chiqqan. Kanallar, suv omborlarini o`t, loyqa bosib, sug`orish tarmoqlari yaroqsiz bolib qolgan. Unumdor yerlar botqoqlikka va to`qayzorlarga aylangan. Hunarmandchiiik, savdo-sotiq va chorvachilik ham izdan chiqqan.

Markazlashgan Misr davlatining yemiriUshi va parchalanishidan qo`shni qabilalar foydalanganlar. Ular Misrga bostirib kirib, mamlakatni vayron qilib, boyiiklarini talab qaytganlar. Qadimgi podsholikning tnarkazi Memfis ham inqirozga uchragan. Unda hukmronlik qilayotgan 8-sulola vakillari mamlakatni biriash-tirishning uddasidan chiqolmaganlar.

Miloddan avvalgi XXI asr oxirlariga kelib Misrni qaytadan birlashtirish uchun kurash boshlangan. Misrni yangidan birlasb-tirish shimol bilan janubda birvaqtda boshlandi. Shimoliy Misrdagi davlatlarni birlashtirish ishiga Gerakleopol shahrining hukmdorlari boshchilik qilganlar. Gerakleopol podsholari shimoldagi davlatlarni birlashtirib osiyo va liviyalik ko`chmanchilarni mamlakatdan haydab chiqarganlar. Ular o`zlarini Yuqori va Quyi Misr podshosi deb e'lon qilganiar. Ammo 9—10- sulola podsholari mamlakatni o`z qo`Ilarida saqlab qola olmaganlar. Shundan so`ng Misr janubida mamiakatni birlashtirish ishiga Fiva hukmdorlari boshchilik qilganlar. 11- sulola hukmdori Mentuxatep Gerakleopol podsholariga qarshi kurashib, Yuqori va Quyi Misrni birlashtirib Markazlashgan Misr davlatini qayta tikJagan. Fiva yagona Misr davlatining poytaxti bo`lib qolgan. Budavrda 11—13-sulolavakillari Misrda podsholik qilganlar. Bu Misr tarixida o`rta podshoiik nomi bilan mashhur bo`lgan.

O`rta podsholik Misrda miloddan avvalgi 2050- yildan 1750- yilgacha hukm surgan. o`rta podsholik davrida fifavnlar qo`shni mamla-katlarga talonchilik va bosqinchilik yurishlari qilganlar. Misr qo4-shinJari Nubiyaga, Sinayga, Finikiyaga, Palastinga, hatto Frot daryosi sohillarigacha kirib borganlar. Fir'avnlar buysundirilgan o`lkalardan mis, oltin, kumush, qora yog`och, qimmatbaho bu-yumiar, ko`p mingiab asir va chorva mollarini haydab oiib ket-ganlar.



3. O`rta podsholik davrida xo`jalik. Misrda markazlashgan kuclili davlatning tashkil topishi natijasida xo`jalik ancha rivoj topgan. Misr fir'avnlari yangi yerlar ochishga va sug`orish inshootlarmi qurish ishiga katta G`tibor berganlar. Fayum vohasidagi ko'1 chuqur-lashtirilib sun'iy suv omboriga aylantirilgan. Nil daryosidan suv ombori tomon kanal qazilib unga suv keltirilgan. Baland joylarga suv chiqarish uchun shaduf kashf etilib, ulardan foydalanilgan. Shu tariqa Misrda dehqonchilik ancha rivojlangan. Voha atrofida chorvachilik ham rivoj topgan. Misr shaharlari va qishloqlarida hunarmandchilik, xususan shishasozlik ham shu davrda rivoj topib ichki va tashqi savdo taraqqiy etgan. Misr Finikiya, Palastin, Nubiya, Kichik Osiyo va ikki daryo oralig`idagi mamlakatlar bilan qizg`in savdo borgan. Savdo ishtari quruqlik va suv yo`llari orqali amalga oshirilgan. o`rta podsholik davrida Fayum vohasida Ittaun shahri qurilib, u fir'avnlarning qarorgohiga aylangan. 12- sulola davrida Misr Sharqdagi eng qudratli davlatga aylangan.

4. O`rta podsholikning tushkunlikka uchrashi, kambag`allar va cjullar qo`zg`oloni. Miloddan avvalgi XIX asrning ikkinchi yar-niidan bpshlab o`rta podsholik tushkunlikka yuz tutadi. 13- sulola davridan boshlab o`zaro urushlar boshlanib tushkunlik yana kuchayadi. Mamlakatdagi ichki nizolar, soliqlar va fir'avnlarning bosqinchilik urushlari mehnatkash xalq va qullarning ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi. Toj-taxt uchun kurash qizg`in tus olib, fir'avnlar tez-tez almashinib tuiganlar. Misrdagi tush-kunlikdan qo`shni mamlakatlar foydalanib, birin-ketin Misrga bostirib kiradilar. 13-su!ola podsholari esa qo`shni qabilalarning hujumini qaytara olmaydilar. Ichki urush-janjaniar va qo`slini qabilaiarning hitjumlari mamlakat xoljaligiga katta zarar keltiradi. Mamlakatdagi qiyinchiliklarning barcha og`irligi mehnatkash xaiq va qullar yelkasiga tushar edi.

Og`ir jabr-zulm va qiyinchiliklardan sabr kosalari to`lgan mehnatkash xalq miloddan avvalgi 1750- yilda qo`zg`olon ko`taradi. Qo`zg`olonda jabrdiyda qullar ham faol ishtirok etadilar. Bu qo`z-g`olon butun podsholikni larzaga soladi.

Misrdagi bu voqealar o`sha vaqtda yaratilgan ,Jpuser so`zlari" degan yozma bitikda o`z ifodasini topgan. Bu bitik muallifi yirik mansabdor shaxs bo`lgan. U xalq ommasi va qullar qo`zg`oloniga nafrat bilan qaragan. ,,Ipuser so`zlari" dagi ma'lumotlaiga qaraganda kambag`allar va qullar, zodagon va a'yonlarga qarshi bosh ko`targanlar.

,,Ipuser"da qo`zg`olonning oqibati nima bilan tugagani bayon etilmagan. Keyinchalik qo`zg`oion bostirilgan bo`lsa kerakki, Misrda fir'avnlar hokimiyati qayta tiklangan. Qo`zg`oIon bostirilgani bilan, oddiy xalq va qullar zolimlarga qarshi ko`p marta bosh ko`taiganlar.



1. Giksoslar haqida umomiy ma'lumot. Qadim zamontarda Arabistonning shimoii-g`arbiy qismidagi dashtlarda semit va xurrit naslidan bo`lgan giksos qabilalari yashar edilar. Ular turli urug` va qabilalar birlashmasidan tashkil topgan edilar. Giksoslar asosan dashtlarda yashab, qo'y, echki, qoramol va yilqichilik bilan shu-g`ullanganlar. ,,Giksos" so`zi aslida misrcha bo`lib ,xekou xasut" degan so`zdan kelib chiqqan. Bu so`z ,,cho'ponlaminghokimlari", ,,cho 7 mamlakatining hukmronlari " degan ma'noni bildirar ekan. Giksoslar ko`chmanchi chorvador qabilalar bo`Iib, xo`jalik va madaniyat darajasi jihatidan misrlik yoki mesopotamiyaliklarga qaraganda ancha past bo`Iishgan. Miloddan avvalgi XIX asrda Arabistonning shimoli-sharqida giksoslarning harbiy ittifoqi tashkil topadi. Ular Sinay Yarim oroli, Palastin va Suriya dashtining katta qismini bosib oladilar. Megiddo va Kadesh shaharlarini ham o`zlariga itoat ettiradilar.

2. Giksoslaming Misrga bostirib kirishi. XVIII asr o`rtalariga kelib Misr podsholigi zaiflashib, bir nechta mayda davlatchalaiga bo`linib ketadi. Misrning zaiflashib ketganligidan foydalanib giksoslar Quyi Misr yerlariga kirib keladilar. Ular Misrdagi mayda podsholarga xizmatga kirib, xizmatlari evaziga yer-mulklar oladilar, katta-katta viloyatlarni boshqaradilar. Dastiab giksoslar mamlakatga tinchlik bilan kirib kelib joylashganlar. Keyinchalik esa Quyi Misrni butunlay bosib olganlar. Ular Quyi Misrda o`rnashib olganlaridan keyin, Nil daryosi tarmog`ining sharqiy qismida Avoaris shahrini barpo qilib, uni poytaxtga aylantirganlar. Ular shu shahardan turib mamlakatni boshqarganlar. Giksoslar Misrga kirib kelar ekanlar misrliklar madaniyati va xo`jaligida erisbgan yutuqlaridan foyda-langaniar.

3. Giksoslarning kuchayishi. Giksostar misriiklardan ko`p nar-salarni 0'rganganlar. Ayni paytda ular Misrga otliq qo`shin va ot qo`shilgan ikki g`ildirakli jang aravalari bilan kirib kelganlar. Gik-soslar kelgunicha tnisrliklar otni bam, ot qo`shilgan jang aravala-rini ham bilmas edilar. Giksoslarning kirib kelishi numosabati bilan Misrda yilqichilikka katta e'tibor berilgan. Misr yaylovlarida uyur-uyur yilqiiar boqilib parvarish qilingan. Keyinchalik misrtiklar giksoslarning ot qo`shilgan jang aravalarini ham o`zlashtirganlar. Giksoslar Misrda miloddan avvalgi 1710-yildan 1580-yilgacha qariyb 130 yil hukmronlik qilganlar. Shu yillar davomida 15—16-sulolaga mansub podsholar giksoslardan edi. Giksos podsholari Avoarisdan turib mamlakatm bosbqarganlar. Atnmo Misr janu-bidagi Fiva nomi giksos podsholariga itoat eunagau. Giksos podshosi Xian davrida giksos podsholigi kuchayadi. Shu davrda Palastinning katta qismi, Krit oroii va boshqa joylar giksoslarga itoai etib boj to`lar edi.

Xian davrida Misrda dehqonchilik, hunarmandchilik, chor-vachilik sezilarli darajada nvojlanadi. Bu davrda savdo-soliq ancha ravnaq topadi. Misr, Krit oroli, Suriya, Palastin, o`rta yer den-gizining sharqiy sohilidagi shahar davlatlar bilan qizg`in savdo isblarini olib boradi. Xian vafotidan so"ng giksoslar davlati zaiilashadi.



4. Misrdan giksoslarning quvib chiqarilishi. Miloddan avvalgi XVI asr boshlaridan bosblab Misrda ozodlik, mustaqillik uchun kurash bosblanadi. Mustaqillik uchun kurashga 17- sulolaga mansub Fiva podsbolari boshchilik qiladilar. Bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi Fiva podshosi Kamesu davrida kucbayadi. Kamesu mamlakaidagi amaldorlarm saroyiga chaqirib, ularga giksoslarni mamlakatdan haydasb vaqti yetganligini tushuntiradi.

U amaldorlar oldida nutq solz!ab, oxirida ,.Mcning maqsadim Misrni qutqarish va osiyoliklarni yer bilan yakson qilishdir", deb xitob qiladi.

Darhaqiqat Kamesu bosqinchilariga qarshi kurash boshlaydi. Kamesu boshlagan kurash ozodlik urushiga aylanadi. Og`ir janglardan so`ng Misr qo`shinlari giksoslar ustidan g`alaba qozonadlar. Ozodlik uchun bo`lganjanglarvaqtida Kamesujuda ko`p tan jarohati oladi. o`sJia vaqtdagi solnomalarda Kamesu Misrni giksoslar zulmidan ozod qilish uchun kurash olib borgan qahramon sifatida madh etiladi.

Kamesudan so`ng uning ukasi Yaxmos I qo`sbinlari giksoslarni mamlakatdan butunlay uloqtirib tashJaydilar. Yaxmos I qo`shinlari Palastin janubidagi Sharuxen qal'asini uch yiJJik qamaldan so`ng bosib olganlar,

Janglar davora etib, Misr qo`shinlari Palastin, Finikiya va Suriyaning ko'p joylarini istilo qilgarilar.

Misr qo`shinlarining g`olibona janglari natijasida Misr giksoslardan ozod qilingan. Shu bilan Giksoslar davlati yemirilib barham topgan.


13- §. Yangi podsliolik davrida miloddan avvalgi Misr/(1584—1085- yillar)


I. Misrda Yangi podsholikning tashkil topisbi. Giksoslar mamlakatdan quvllgach, Misrda Yangi podshoJik davri boshlangan.

Bu podsholik miloddan avvalgi 1584- yildan 1085- yifgacha davom etib, unda 18—20- suloladan chiqqan kishilar podsholik qllganlar.

Bu davrda podsbolikning chegarasi ancha kengaygan. U janubda Nubiyaga, sbimol va shimoli-sharqda o`rtayer dengizining sharqiy sohillarigacha bo`lgan yerlarni egallagan edi. Yangi podsholikning kuchayishi munosabati bilan xo`jalik yangidan rivoj topgan. Yangi yerlar ochilib, suv omborlari, kanallar ta'mirlanib, yangilari qurilgan. Dehqonchilikda isbiatiladigan mehnat qurollari takomillashtirilgan. Qishloq xoljaligida qullar melinatidan keng foydalanilgan.

2. Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Yangi podsholik davrida hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan. Temirchilik, yog`och-sozlik, ko`nchilik, binokorlik, kulolchilik, to`qimachilik, zar-garlik, qurolsozlik va bosbqa kasb-korlik rivojlangan. Yangi podsholik davrida mamlakatning ichki va tashqi savdosi ravnaq topgan. Ichki va tashqi savdoda mol ayirboshlash Nil daryosi. O'rtayer, Qizil dengiz va quruqlikdagi yo`llar orqali araalga oshirilgan. Misrdan o`zga mamlakatlarga quyma oltin, oltin, fil suyagi, kumush, yog`ochdan ishlanib, lojuvard toshlari bilan beratilgan buyiimlar chiqarilgan. Misr cbet mamlakatlarga yana shisha buyumlar, qimmatbaho mato, qurol-aslaha va boshqa buyumiar ham chiqargan.

Suriyadan Misrga don, sharob, quruq meva, yog`och, asal, chorva inollari, charm va boshqa buyumlar keltirilgan. Kipr oroli, Sinay yarimoroli va Mesopolamiyadan esa mis, jez, Badaxshon lojuvardi, gazmol, kiyim-kechakJangaravalariotvaboshqan&Tsa\£ir olib kelingan.

Sbunday qjlib, Yangi podsholik davrida Misrda hunarmandchilik ichki va tashqi savdo rivojlanadi. Bu davrda'Misr Sharqdagi eng boy mamlakatga aylangan.

3. Misr qo`shini. Misr fir'avnlariga mamlakatni tashqi dush-manlardan himoya qilish va o`zga o`lkalarni bosib olish, mam-lakatdagi ichki qo`zg`olonlarni bostirish uchun kuchli qo`shin zarur edi. Shuning uchun Misr fir'avnlari o`z qo`shinlarini qayta tuzishga kirishganlar. Ilgarigi podsholik davrida Misr qo`shinlari faqat piyoda askarlardan iborat edi.

Yangi podsholikdan boshlab esa Misr qo`shinida ot qo`shilgan jang aravalaridan iborat yangi qismlar tuzilgan. Misrliklar jang aravalartdan tuzilgan harbiy qismlardan foydalanishni giksoslardan o`rganganlar.

Shu davrdan boshlab Misrda yilqichilikka katta e'libor bcrilib, ot parvarish qilinadigan alohida davlat xo`jaligi tashkil etiigan. Piyoda, otliq va jang aravalaridan tuzilgan harbiy qismlarning askarlari o`q-yoy, nayza, oybolta, qilich va boshqa aslahalar bilan quroliangan edifar. Mlsr jangchilari qalqon tutib, dushmanlaraing o`tkir qurollaridan himoyalanadigan zirhli kiyimlar kiyib jangga kirganlar. Og`ir qurolli qismlar kamonchi va nayzachi guruhlar bilan to`idirilgan.

Misr qo`shinlarida ot qo`shilgan ikki g`ildirakli yengil jang aravalari alohida o`rinni egallar edi. Aravada ikki askar bo`lib, jang vaqtida ularning biri otlarni boshqarar, ikkinchisi esa kamondan dushmanlarga o`q uzib, nayza sanchib, qilich chopar edi. Jang vaqtida ular dushman ustiga shiddat bilan hujurn qilar, che-kinayotgan dushmanlarni tezkorlik bilan ta'qib qiiib borar edilar. Misr fir^avniari dengiz jangini olib borish uclum harbiy-dengiz floli qismlarini ham tuzganlar.

Shunday qilib yangi podsholik davrida misrliklar butun Sharq dunyosida eng kucWi qo`shinga ega bo`lganiar.

4. Misr fir'avnlarining istilochilik yurishlari. Yangi podsholik davrida Misr fir'avniari qo`shni mamlakatlar ustiga tez-tez ta-lonchilik va bosqinchilik urushlarini uyushtirib l .irganlar. Fir'avn

Tutmos I Suriya Va Palastinga bostirib kirib, Frot daiyosi sohil-larigacha yetib borgan. Tutmos III esa o`rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarga 15 marta yurish qiigan. Misr qo`shinlari Suriya va Paiastinni qayta ishg`ol qflib, Frot daryosi bo`yidagi Karxemish shahrint ham bosib olganlar. Misr qo`shinining kuch-qudratidan cho`chigan Ossuriya, Xett, Bobil va Mitanni podsholari o`ziarini fir'avnning ,,birodarlarimiz" deb e'lon qilganlar va o`z mustaqilliklarini saqlab qolganlar. Tutmos III qo`shinlari janubdagi Kush, Nubiya va Punt kabi mamlakatlarga ham bir necha bor bostirib kirganlar. Askarlar bu mamlakatlardan oltin, kumush. qimmatbaho buyumlar, fil suyaklari olib qaytganlar. Fir'avn Amen-xotep davrida ham Misr qo`shinlari Suriya, Palastin, Mitanni va Nubiyaga harbiy yurishlar uyushtirib, Misrga juda ko'p o`lja va harbiy asirlar bilan qaytganlar. Tutmos III va Amenxotep II davrida Misr Yaqin Sharqdagi qudratli davlat bo`lib qolavergan.



Fir'avn Amenxotep 111 davrida behuda urushlar bo`lmagan. U tinchlik siyosatini qo`llab, qo`shni mamlakatlar bilan do`stona savdo va madaniy aloqalarini kuchaytirgan. Amenxotep III podsholigining oxiriarida Misrning bosib olingan mamlakatlar ustidan o`rnatilgan ta'siri susaya boshlagan. Finikiya va Palastin Mtsrga itoat etmay qo`yganlar. Amenxotep IV davrida esa Misr davlati kuchsizlanib, qaram mamlakatlar uning ta'siridan chiqib keta boshlaganlar. Misrning kuchsizianishidan foydalangan ko`chmanchi urushqoq qabilalar njiamlakatga bostirib kirganlar.

5. Exnaton islohotlari. Amenxotep IV davrida Misrda har xil nizo va fitnalar kuchaygan. Fir'avn diniy islohot o`tkazib, ko`p xudolikni chekiab yakka xudolikni joriy qilishga uringan. U Amon xudosiga sig`inishni bekor qilib, ularning xodimlarini quvg`in qilgan. Amenxotep IV mamlakatda Aton — quyoshga sig`inishni joriy qilgan. Shu munosabat bilan Misrda yangi poytaxt — Axetaton shahrini bunyod etgan. Bu shahar ,,Exnaton" deb atalgan. Uning ma'nosi quyosh shu'lasi demakdir. Amenxatop IV ham o`zini Exnaton norni bilan atashni buyurgan. U yangi din — Quyosh ruhoniysi bo`lib olgan. Ammo yangi dirt eski din ruhoniylari va aholi tomonidan qo`llab-quwatlanmagan. Misr zodagonlari ham Exnatonning diniy islohotiga qarshi turganlar. Exnaton vafotidan so`ng uning yaqin qarindoshlari va amaJdorlari ilgarigi dinning '"uhoniylari bilan murosa qilishga majbur bo`lganlar. Zodagon va ruhoniylar Exnatonning kuyovi Tutanxamonni taxtga o`tqizganlar. Mamlakatda eski din tartibi o`rnatilib, uning kohinlari ruhoniylariga katta imtiyozlar beriigan. Ularning baxtiga qarshi Tutanxamon 19 yoshda o`lgan. Ruhoniylar uni g`oyat katta dabdaba bilan yer osti dahmasiga dafn etganlar. Tutanxamonning beva qolgan xotini Xett shahzodasiga turmushga chiqqan. Misrning oliy amaldorlari Misr taxtiga begonaning kelib o`tirishiga yo'l qolymaganlar. Xett shahzodasi fitnachilar tonionidan o`ldirilgan. 18-sulola davrida Misrda parokandalik boshlanib mamlakat zaiflasiiib ketgan.

1.19- sulola davrida Misr. Miloddan avvalgi XIV asr o`rtalariga kelib Misrda ahvol og`irlashgan. Mamlakatda ho`jalik ishdan chiqqan. Suriya, Palastin va Nubiya mamlakatlari Misrga itoat etmay qo`yganlar. Ana shunday og`ir sharoitda nomarxlarning zodagon umg`idan bo`lgan Xoremxeb to`ntarish yasab Misr taxtiga o`tiradi. U 19-sulolaning asoschisi bo`lib, miloddan avvalgi 1395-yilda hokimiyat tcpasiga kelgach, Aton e 'tiqodini bekor qiladi, eski Amon e'tiqodini tikiab uning ruhontylariga katta imtiyozlar beradi. Xoremxeb bir necha ma^muriy islohotlar o`tkazib qo`shinni qayta tuzadi, soliq tizimini tartibga keltiradi, o`g`irlik, askarlarning talonchiligi va amaldorlarning poraxo`rligiga qarshi choraiar ko`radi. Og`ir jinoyatchiiarga qarshi o`lim jazosini joriy etadi. U tashqi siyosat masalasiga katta e'tiborbilan qaraydi. U Suriya, Palastinva Nubiyaga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtiradi. Xoremxeb mamlakat xo`jaligini yaxshilash uchun choralar ko`radi. U milod-dan avvalgi 1338- yilda vafot etadi. Uning vorislari Ramzes I {1338— 1337), Seti I (1337—1317)lar davrida Misr ham harbiy, ham iqtisodiyjihatdan kuchayib yuksaladi. Seti 1 davrida Misrqo`shinlari Suriya, Palastin va Finikiya ustiga bostirib borib, Tir, Magiddo, Kadesh kabi shaliarlarni bosib oladilar. Seti I davrida Palastindagi hokimlar qo`zg`oloni bostiriiadi. Harbiy yurishlar natijasida Misrning o`rtayer dengizi sharqiy sohilidagi mamlakatlar ustidan bolgan ta'siri kuchayadi. Natijada u mamlakatlar biian Misrning aloqasi izga tushiriladi. Misrda qishioq jco`jaligi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlanadi.

2. Ramzes H davrida Misr. Seti I miloddan avvalgi 1301- yilda vafot etganidan so`ng Misriaxtiga uning o`g`li Ranizes II (1301 —1235) o`tiradi. U mamlakatda 66 vjl podsholik qilib, mamlakat obodonchiligiga katta e'tibor be-radi. Ramzes II davrida yangi yerlar o`zlashtiriladi, sug`orish tarmoqlari kengaytirilib, deh-qonchilik rivoj topadi.

Rantzes II o`rtayer dengi-zining sharqiy sohilidagi mam-lakatiarni bosib olish uchun.Ki-chik Osiyodagi Xettlar bilan qat-tiq kurash otib boradi. U milod-dan avvalgi 1296-yilda bo`lib o`tgan jangda xettlardan yengilib asir tushisbiga oz qoladi. Milod-dan avvalgi 1296-1280- yillar orasida Misr bilan Xett davlati o`rtasida qonli janglar bo`lib o`tadi. Urushda goh Xett, goh Misr qo`shinlari g`olib chiqqan-lar. Nihoyat miloddan avvalgi 1280- yilda Ramzes II bilan Xett ' podshosi Xettusili III olitasida tinchlik va do`stlik bitimi tuziladi. Sulhga ko`ra ikki mamlakat pod-sholari bir-birlariga har tomon-lama yordam berishga kelishib olinadi. Ana shu bitimning Misr va akkad tillarida yozilgan nus-xalari bizgacha yetib kelgan. Bitimda mingta Xett va mingta Misr xudolari garov qiiib qo`yilganligi bayon etilgan.

Bitimga muvofiq Suriyaning shimoli Xett davlatiga, Janubiy Suriya, Palastin va Finikiya sohillarining katta qismi Misr tasarrufiga o`tgan. Ramzes II davrida Misr qo`shinlari Nubiyaga ham bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirganlar. Misr qo`shinlari u yerdan juda ko`p boylik va o`ljalar bilan qaytganlar.

Ramzes II davrida Misrda dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq yuksalgan. Misr harbiy jihatdan sharqning eng qudratli davlatigaaylangan.



3. Ramzes II vorislari davrida Misr. Ramzes 11 miloddan avvaigi 1235- yilda vafot etadi. Taxtga uning o`g`li Meraeptax o`tiradi. Mer-neptax davrida (1235—1215) Misraing kuch-qudrati susayadi. Bundan foydalangan g`arbiy cho'l qabilalari Misrga bostirib kirib, Memfes shahrini qamal qiladilar. Shimoldan ..dengiz xalqlari" Misrga bostirib kiradi. Misr qo`shinlari qo`shni qabila va xalqlar hiijumini qaytaradi. Shu davrda Suriyada Misrga qarshi qo`zg`olon ko`tariladi. Misr qo`shinlari Suriya shaharlaridagi qo`zg`olonlarni qiyinchilik bilan bostiradilar. Misrning o`zida suriyalik Irou degan kishi qullar va osiyolik yollangan jangchilarga tayanib qo`zg`olon ko`taradi. Qo`zg`olonchilar boylar va ibodatxonalarning mulklarini talaydilar. Misr qo`shinlari qo`zg`olonchilarni shafqatsizlik bilan bostiradilar. Qo`zg`olonchilar qattiq jazolanadilar.

4. 20- sulola davrida Misr. Merneptax vafotidan keyin Misr taxtiga Setnaxt o`tiradi (1200). U ancha tadbirkor kishi bo`lib, Misrdagi mushkul ahvolni ancha yaxshilashga erishadi. Mamla-katdagi qo`zg`olonlarbostirilib, tartib o`rnatiladi. Setnaxtning o`g`li Ramzes III (1198—1166) davrida mamlakat xo`jaligini tiklashga katta e'tibor berilgan. Misr qo`shini kuchaytirilib, intizom yax-shilangan. U mamlakat ichidagi nizolarga qarshi kurash olib borgan. Liviyaliklar va ,,dengiz xalqlari"ning Misrga qilgan hujumlari qaytarilgan. U Suriya va Palastinda g`olibona urushlar olib borib, u yerda Misrning avvalgi ta'sirini tiklagan. Ammo Ramzes III pod-sholigining oxirlarida u bilan ruhoniylar, nom hokimlari va ayrim amaldorlar o`rtasida nizo chiqqan. Fitnachilar Ramzesga suiqasd uyushtirib miloddan avvalgi 1166-yili uni o`ldirganlar. Ramzes III o`limidan so`ng juda ko`p podshoSar almashgan. Lekin ularning hech biri Misrning avvalgi kuch-qudratini tiklay olmagan. Nihoyat 1085-yili Ramzes XI vafotidan so`ng Misr fir'avnlarining 20-sulolasi tugatiigan. Yagona Misr davlati ikkiga bo`linib ketgan. Janubiy Misr Fiva hokimlari, Shimoiiy Misr esa 21- sulola asos-chisi Tanis hukmdori Smendes qo`liga o`tgan. Shu bilan Misr tarixidagi Yangi podsholik davri ham tugagan.

1. Misr liviyaliklar hukmronligi ostida. Miloddan avvalgi XI asr boshlarida Misrda Yangi podsholik davri barham topib, So`nggi podsholik davri boshlangan. Bu davrni Liviya-Sais davri ham deyiladi.

Yangi podsholik davrida Misr qolshinida yollangan ajnabiy liviyalik askarlar xizmat qilishar edi. Yangi podsholik oxiridagi tarqoqlikdan ajnabiy liviyaliklar ustalik bilan foydalanganlar. Ular misrlikiarni harbiy xizmatdan chetlashtirib, davlat tashkilotlarining vuqori lavozimlarini egallab olganlar.

Miloddan avvalgi 950- yili Hviyalik Sheshonk I shimolda hoki-miyatni egallab olgan. U 20- sulolaga asos solib, liviya sulolasi Misrda miloddan avvalgi 950-yildan 730-yilgacha hukmronlik qilgan. Ular Bubastis shalirini o"z daviatlarining poytaxti qilib tanlaganlar. Shuning uchun liviyaliklar asos solgan sulola bubastislar sulolasi deb ham ataladi.

Sheshonk 1 va uning vorislari davrida xo`jalik va qurilish ishlari bir oz jonlangan. U Palastin va Nubiya ustiga qo`shin tortib borgan. U yerlardan ko`plab harbiy asir, katta o`ljalar bilan Misrga qaytgan. Bubastislar davrining oxiriga kelib Misr yana kuchsizlanadi. Sharqdan Ossur qo`shinlarining istilosi boshlanadi. Ossurlar bilan Suriya Palastin — Misrning biriashgan qo`ihinlari miloddan avvalgi 853- yili Qarqara shahri yaqinida to`qnashadilar. Jangda Ossur q6'shinlari g`alaba qozonadilar. Bu mag`lubiyatdan so`ng Misrning obro`si tushib ketadi. Shu davrda Petubastis o`ziiii Misr fir'avini deb elon qilib, 23- sulolaga asos soladi. Bu sulola davrida Misrdagi ahvol yanada yomonlashadi.

VIII asrda hukmronlik qilgan 24- sulola vakillari, xususan Bakxoris davrida (721—715) mamlakatni Inqiroz botqog`idan qutqarish uchun ayrim islohotlar o`tkazilgan. Bu islohotlar Misrdagi ahvolni yaxshilay olmagan. Mamlakatda ahvol yomon-lashib Misr mayda hokimliklarga — nomlarga bo`linib ketgan.

2. Misrda Efiopiya hukmronligi. Miloddan avvalgi VTIT—VII asrlarda yuqori Misrjanubida Efiopiya(Kush) davlati ravnaqtopadi. Misrniag kuchsizlanganidan foydalanib Efiopiya podsholari Misr ustiga bostirib kiradilar. Efiopiya podshosi Pianxi va uning vorisi Shabakalar davrida (740—720) Misr Efiop qo`shinlari tomonidan bosibolinadi. Miloddan avvalgi 715- yilda bo`lib o`tganjangdaMisr qo`shinlari tor-mor qilinib fir'avn Bakxoris asir olinadi va tiriklayin o`tga tashlab kuydiriladi. Misr bosib oiingach, Efiopiya va Misr bitta davlat qilib birlashtiriladi. Shu tariqa Misrda Efiopiya sulolasi hukmronlik qiiadi. Bu Misr tarixidagi 25- sulola edi. Efiopiya sulolasi Misrni miioddan avvalgi 715-yildan 664-yilgacha boshqaradi. Shabaka davrida mamlakatda tinchlik o`rnatilib, xo`jalik va madaniyat ancha rivojtopadi.

3. Misrda Ossuriya podsholigining hukmronligi. Miloddan avvalgi VTT asming birinchi yarmida Ossuriya davlati qaytadan kuchayadi. Asarxadon va Ashshurbanipal podsholik qilgan davrda Ossuriya qo`shinlari MLsrga uch marta bostirib kirganlar. Ular aho-lini qirg`in qilib, Misr boyliklarini talab, aholining bir qismini qul qilib haydab ketganlar. Asarxadon Etiopiya — Mlsr podshosi Taxarkani yengib, o`zini Efiopiya — Misr podsbosi deb e'lon qilgan. Ossur podsholarining Misrdagi hukmronJigi 671-yildan 655- yilgacha davom ctgan. Shu davr ichida Misrda Ossurlarga qarshi Taxarka rahbarligida ikki marta qo`zg`olon ko"tarilgan. 663- yiida esa ossur qo`shinlari bilan Taxarkaning vorisi Tanutamon qo'-shinlari o`rtasida qattiq jang bo`Jib, jangda ossurlar g`alaba qo-zonadilar. Shu jangdan so`ng 25- Efiopiya sulolasi tugatiladi, mamlakat 20 nomga bo`linib ketadi. Nilning quyilishidagi Sais Qomdavlati ossurlardan bir oz imtiyoz olib, o`zlarini mustaqil sezardilar. Sais hukmdorlari Misr taxtini egallash uchun harakat boshlaydilar.

4. Misrni qayta birlashtirish uchun kurash. Sais quyi Nil tar-mog`ining g`arbiy qismida joylashgan shahar bo`lib, atrofi bot-qoqliklar bilan qurshalgan edi. Sais hukmdorlaridan Psammetixl Lidiya, Yunoniston va Bobil bilan ittifoq bo`Iib mamlakatdan efiopiyaliklarni va ossuriyaliklarni surib chiqargan. Shundan so`ng janubiy Misrda ham o`z hokimiyatini mustahkanilab, mamlakatni birlashtirgan. U 26- sulolaga asos solib, bu sulola m.iloddan avvalgi 663- yildan 525- yilgacha Misrda hukmronlik qilganlar. Psammetix 1 mamlakat obodonchiligi va xo`jaligini rivojlantirish ishiga homiylik qjlgan.

Psammetix I ning o`g`li va taxt vorisi Nexo Mismi kuchli davlatga aylantirish uchun harakat qilgan. U Palastin va Suriya janubida Misr ta^sirini qayta tiklamoqcbi bo`lib Frot daryosigacha siqib borgan. Karxemish yonidagi jangda uning qo`shinlari bobilliklardan yengilgan. Nexo davrida ham obodonchUik va xo`jalikni rivqjlantirishga katta G`tibor berilgan. Xuddi shu davrda Qizil dengiz bilan o`rtayer dengizini birlashtiradigan 84 kin uzunlikdagi kanal qazilgan. Kanal qurilishida asirlar. qullarva oddiy aholi ishlagan. Qurilish vaqtida 120 mingdan ortiq odam o`lib ketgan. Nexo buymg`i bilan Finikiya dengizchilari Afrika atrofini aylanib chiqqanlar. Miloddan avvalgi 569- yili mamlakatda g^alayonlar boshlangach Misr taxtini sar-kardalaridan bo`lgan Yaxmos II egallagan. U miloddan avvalgi 569—525-yillarda podsholik qilgan. U Misr davlatini mustah-kamlash uchun Ko`p barakat qilgan. Lekin, Yaxmos II eroniylar Misrga bostirib kirmaslaridan bir oz oJdinroq vafot etgan.



Miloddan avvalgi 525- yili Eron qo`shinlari Pelusiya yonidagi bo`lgan jangda Misr qo`shinlarini tor-mor etganlar. Eron shohi Misrni isttto qilgan va o`ziga tobe qilib olgan. Shu vaqtdan boshlab Kaiibiz 27- sulolaga asos solib o`zini ham Eron podshosi, ham Misr fifavni deb e'lon qiladi. 28, 29 va 30- sulola vakillari misrliklardan bo`lgan.

Miloddan avvalgi 332- yili Misr Iskandar davlati tarkibiga kirib, Iskandar vafotidan keyin bu yerda Ptolemeylar davlati qaror topgan. Keyinchalik esa Misr Rim saltanati tarkibiga qo`shib olingan. Milodiy 395- yildan Misr Vizantiya ta'siriga tushib qolgan. Shu bilan Qadimgi Misr tarixi o`z nihoyasiga yetgan.
Download 33.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling