Mavzu: 1 soni bilan tanishtirish
Download 18.29 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- B aholash : o ’quvchilarni guruh va yakka tartibda rag`bat kartochkalar asosida.
“____” _______201__ -yil 1-sinf Matematika Mavzu: 1 soni bilan tanishtirish Darsning texnologik xaritasi
Darsning borishi: Darsni tahskil etish: Salomlashish; Davomat; Ma`naviy daqiqa: hayotda sonlarning ahamiyati, ularni ishlatilishi haqida tushuncha berish. O`tilgan mavzuni mustahkamlash: “Narsalarning sanog`i” mavzusi bo`yicha o`tilganlarni eslash uchun rangli rasmlar asosida suhbat o`tkazish. Yangi mavzu ustida ishlash. 1-misol o`gzaki bajartiriladi. O`quvchilar o`yinchoqlarning nomini va nechtadan ekanligini ko`rib, aytib berishlari kerak. Javob: bitta raketa, bitta ayiqcha, bitta toycha, bitta traktor o`yinchog`i bor. 2-misolda o`quvchilar bitta sigir, bitta qo`y, bitta echki, bitta it va bitta mushuk borligini aytib beradilar. Bir raqami bilan tanishtiriladi. O`qituvchi “koinotga uchamiz” deb, o`quvchilarga 1 dan 10 gacha sanashlarni aytadi. O`quvchilar koinotga uchishni “tasavvur” qiladilar. So`ng “Endi bizga pastdan qo`ng`iroq qilishdi, yerga qo`namiz” – deb 1 gacha teskari sanash mashqini o`tkazadi. O`quvchilarning diqqati darslikning 13-betidagi “O`yinchoq do`koni” rasmiga qaratiladi. O`quvchilarga quyidagi savollar beriladi: O`yinchoqlar do`konida nimalar bor? Siz ko`proq qaysi o`yinchoqni yaxshi ko`rasiz? O`yinchoqlar do`konida kimlarni va qanday o`yinchoqlarni ko`rayapsiz? Do`konda kim nima sotib olayotgani haqida gapirib bering. Koptoklar nechta? Ayiqcha-chi? O`qituvchi parta ustidagi didaktik materiallardan turli rangdagi geometrik shakllardan bittadan olib berishlarini aytadi. Shu tarzda 1 soni bilan tanishtiriladi. Daftar bilan ishlash . 1 raqami bilan tanishtirilib,yozuv mashqlarini bajarish qoidalari tushuntiriladi va yozuv qatorlari to`ldiriladi. Qalam va olma, pufak, likopcha rasmlari bo`yaladi. Daftar kataklarida yozuv mashqlarini mustaqil davom ettirish orqali 1 sonning bosma va yozma shaklarini yozish masalalari mustahkamlanadi. Daftarlarning eng chiroyli yozuvi uchun rag`bartlantirish belgisi pastki qismiga yoziladi. Darslarni yakunlash. Darslikdan foydalanib, hikoya tuzish. Uyga vazifa. 1 raqamidan 4 qator yozib kelish. Download 18.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling