Mavzu: 16-hafta 1-dars


Download 33 Kb.
Sana30.12.2022
Hajmi33 Kb.
#1072949
Bog'liq
Zamin nimadan ranjidi


Zamin nimadan ranjidi?
Mavzu:16-hafta 1-dars.
Dars maqsadi:Badiiy matnni o’qib tushunish ko’nikmasini rivojlantirish.
So’zlarni to’g’ri o’qiymiz:

  1. Yotsira 2)Kulimsira 3)Sensira 4)Suvsira 5)Tuzsira 6)Sizsira

M: -sira qo’shimchasi haqida ma’lumot bering. –sira qo’shimchasi fe’l hosil qilishda ishtirok etishni ayting.


M:Berigan namunadan foydalanib, -sira qo’shimchasi ishtirokida gap tuzishlarni so’rang.
Masalan,Madina akasidan biroz yotsiradi.

Shu so’zlarni bilasizmi?

1)Shivalamoq 2)Sarxushlik 3)panaga olmoq

M:O’quvchilar e’tiborini so’zlarga qarating.Yangi so’zlarni matnda qanday o’zgarishga uchrashini


Tushuntiring.
M-O’:So’zlarni o’quvchilar bilan birgalikda o’qing va ularning ma’nosini so’rang.Misollar bilan tushuntiring:
1)shivalamoq-bir maromda yog’moq
2)sarxushlik-kayfi chog’lik,xursandchlik
3)panaga olmoq-yashirmoq,bekitmoq
M:O’quvchilarga yangi so’zlar ishtirokida gaplar tuzishni ayting Masalan:Davron qilgan ishidan uyalib,o’zini panaga oldi.
O’qiymiz- o’rganamiz
M:Sarlavhani o’qing.rasmda tasvirlanganini so’rang.
O’:Rasmni tasvirlaydilar.
M:sarlavha nomiva rasmga qarab matnni taxmin qilishlarini ayting.
Tabiat Va Biz
Suvsiz hayot yo’q.Xo’jalikda eng ko’p foydalaniladigan tabiat boyligi ham suv hisoblanadi.”Suv bor joyda hayot bor,suv tugagan joyda hayot tugaydi”degan xalq maqollari suvning bebaho mineral boylik ekanidan dalolat beradi.Suv tabiatda yomg’ir ,qor,tuman,qirov,shudring kabi turli ko’rinishlarda uchraydi.Bularning barchasi zaminimiz yer va tabiat uchun juda zarurdir.Yomg’irni ko’pchilik yoqtiradi.Xih maydalab yog’ayotgan bo’lsin,xoh shiddat bilan;yo’llar,ariqlarni suvga to’ldirsin yoki u sababli guldirgan momoqaldiroqdan cho’chgigan qushlar o’zini panaga olsin-barbir yomg’ir yaxshi.U yer yuzini yashnatuvchi,uyg’otuvchi tabiat ko’rki hisoblanadi.Yarim
tunda shivalab yog’ayotgan yomg’ir tovushiga quloq tutganmisiz? Tarnovlardan tushayotgan suvning xonishi ,deraza oynasining zirillashi ,tunuka tomlarning tomchilar zarbidan taraqlashi ajib bir “musiqa” hosil qiladi.Bu tovushlar odamni allalayotgandek,vujudingiz ,ruhingizga orom beradi.
Negadir yomg’irlar paytida mayus tortadi kishi.Bu mayuslik xafagarchilikdan emas,tabiatning yomg’irlar paytidagi musaffoligi,toza havo tufayli inson tanasining yayrashidan hosil bo’lgan quvonch sarxushligidir.
Yomg’ir turlari: yuzalarni siypalovchi mayin yomg’irlar ,bahorning sershovqun jalasi ,bilinar- bilinmas tumanli yomg’ir,xazonlarni shitirlatuvchi kuzning xazin yomg’irlari,ayniqsa,kutilmaganda duvillab yog’ib,daraxt,maysalar yuzidagi chang-g’uborlarini yuvib,atrofga ajib bo’y taratuvchi yoz yomg’iri! Quyosh charaqlab turib yomg’ir yog’sa,”tulki bolasi to’y qilyapti”,qor uchqunlasa “bo’ri bolasi to’y qilyapti”, deydi dono xalqimiz.Yomg’ir haqida ko’plab naql,topishmoq,maqol va hikmatlar yaratilgan.Ushbu topishmoq so’zlariga e’tibor bering:
“u yog’ganda dala-qir,Kular qir-qir”.Bu topishmoqmoqning javobi yomg’ir ekanligini bilish qiyin emas. Chunki qancha ko’p yomg’ir yog’sa,hammadan ko’ra zaminimiz xursand bo’ladi.
Buloq,jilg’a,soylar,azim daryolar to’lib-toshib oqishi yomg’irlar tufaylidir.Yomg’ir borliqni tozalaydi.yer yuziga musoffolik baxsh etadi.
M:O’quvchilardan matni ovoz chiqarmay o’qishni so’rang.Matnda yangi so’zlarni ishlatilihiga e’tibor berishlari va voqelar rivojini eslab qolishlarini ayting.

Mana endi ayting-chi…


M:Keling, savollarni birga ko’rib chiqamiz.Ba’zi savollarning javoblari matnda berilgan,ba’zi savollarga javob toppish uchun esa hayotiy tajribangiz talab etadi.
M-O’:Savolrni birga o’qing.Javoblarni tinglang.
M:qaysi savollarning javobi maqola matndan va qaysilarini hayotiy tajribalari yordamida topganlarini so’rang.
1.Tabiatda suv qanday shakllarda uchraydi?
2.Matnda yomg’ir haqida nima deyilgan?
3.Qanday yomg’ir turlarini bilib oldingiz?
4.Yomg’ir yer yuzi uchun qanchalik ahamiyatga ega?
5.sizga yomg’ir yoqadimi?Nima uchun?
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling