Mavzu: 2017-2021 yillarda qurolli kuchlar, ichki ishlar va davlat xavfsizlik, favqulotda vaziyatlar xizmatlari tizimidagi isloxotlar Reja


Download 11.12 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi11.12 Kb.
#187315
  1   2   3   4
Bog'liq
4 mavzu amaliy


Mavzu: 2017-2021 yillarda qurolli kuchlar, ichki ishlar va davlat xavfsizlik, favqulotda vaziyatlar xizmatlari tizimidagi isloxotlar

Reja:

    1. Xarbiy, ichki ishlar ta'lim tizimini takomillashtirish, xarbiy va ichki ishlar xizmatchilarning ijtimoiy ximoyasini oshirish, Qurolli kuchlarni, davlat xavfsizligi xizmatini modernizatsiya kilish va qayta jixozlash.

    2. Yangilanayotgan Uzbekistonda xarbiy ichki ishlar davlat xafsizligi va favkulotda vaziyatlar tizimidagi isloxotlar.



1.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIY XIZMATCHILARINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA



O‘zbekiston Respublikasida keyingi yillarda Qurolli Kuchlarni islohotlashtirish, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan jihozlangan, turli vaziyatlarda mamlakat xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash bo‘yicha murakkab vazifalarni bajara oladigan son jihatidan ixcham, harakatchan va mukammal bo‘linmalarni tashkil etish borasida miqyosi va mazmuniga ko‘ra katta ishlar amalga oshirildi.

Shuning bilan birga harbiy xizmat nufuzini va harbiy xizmatchilarning kasb mahoratini oshirish, ularning ijtimoiy muhofazasi masalalari doimo davlatning diqqat markazida bo‘lib, Vatan himoyachilari to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rligining asosini tashkil etadi.

Qurolli Kuchlarni isloh etishdan iborat mana shu g‘oyat muhim vazifalarni hal qilishda mamlakat hukumati tomonidan armiyani modernizatsiyalashtirish jarayonida bo‘shaydigan resurslar izlanmoqda va yo‘naltirilmoqda. Chunonchi, 2002-yildan boshlab 20 dan ortiq hukumat qarorlari qabul qilindi va ularga muvofiq harbiy unvonlar bo‘yicha maoshlar 2 baravardan ko‘proq oshirildi, turli toifalardagi harbiy xizmatchilar uchun mansab maoshlarining yangi miqdorlari belgilandi. Qurolli Kuchlarning har xil turlari harbiy xizmatchilarining kasb mahorati o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida a’lo xizmat, malaka darajalari uchun pul mukofotining qo‘shimcha turlari hamda iqlim sharoitlari og‘ir bo‘lgan joylardagi xizmat uchun hududiy koeffitsiyentlar to‘lash belgilandi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning oylik pul ta’minoti 2 baravardan ortiq ko‘paytirildi, ular zaxiraga bo‘shatilganida beriladigan nafaqa eng kam ish haqining 0,4 qismidan 8 baravarigacha oshirildi.

Harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil etish, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlashning zamonaviy me’yor va talablari belgilandi. Turarjoylar ijarasi uchun kompensatsiya miqdorlari o‘rta hisobda 50 foiz oshirildi. Harbiy qismlarning infratuzilmasini takomillashtirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun zamonaviy ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha turli dasturlar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatning nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilarning pul ta’minoti, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish vazifalarini amalda hal etish maqsadida:

1. 2005-yilning 1-sentabridan boshlab muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning:

boshlang‘ich nulinchi razryadga nisbatan 1,30dan 1,81gacha koeffitsiyentlar o‘rnatilgan holda mansab maoshlari miqdori 1,2 baravar;

Oldingi tahrirga qarang.

(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-martdagi PF-5390-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)

2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitsyerlari hamda kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarining mansab maoshlariga mavjud 15 foizli oylik ustama haq bekor qilinib, ilovaga* muvofiq harbiy unvonlar bo‘yicha maoshlarning yangi miqdorlari belgilansin.

* Ilova berilmaydi.

2005-yilning 1-sentabridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitsyerlari va kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarining pul ta’minotiga belgilangan xizmat muddatini o‘taganlik uchun oylik foizli ustama haq miqdorlari quyidagicha belgilansin:

3 yildan 5 yilgacha xizmat muddatini o‘taganda — 15 %;

5 yildan 10 yilgacha xizmat muddatini o‘taganda — 25 %;

10 yildan 20 yilgacha xizmat muddatini o‘taganda — 30 %;

20 yildan ortiq xizmat muddatini o‘taganda — 30 %.

LexUZ sharhi

2-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-martdagi PF-5390-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.

3. Mudofaa vazirligi (Q. G‘ulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B. Subanov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) Moliya vazirligi (S. Rahimov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda pul ta’minoti tuzilmasini maqbullashtirishni, harbiy xizmatchilarning kasb mahorati o‘sishini rag‘batlantirmaydigan to‘lovlarni bekor qilishni nazarda tutgan holda tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritsin.

Ajratiladigan davlat resurslaridan, moddiy-texnika vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, Qurolli Kuchlarni mustahkamlash, ularni zamonaviy texnika va qurol-aslahalar bilan jihozlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun zamonaviy ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, harbiy xizmatchilarning pul ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish borasidagi maqsadli vazifalarni hal etish uchun moddiy va moliyaviy resurslarning qo‘shimcha manbalarini aniqlash bo‘yicha boshlangan ishlarni davom ettirsin.

4. Belgilansinki, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar xizmatdan bo‘shatilganida beriladigan pul miqdorini oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruv zaxirasi mablag‘lari” Maxsus hisobvarag‘i mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu qarorni bajarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S. Rahimov) mazkur qarorning talablarini hisobga olgan holda ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklar va idoralarning xarajatlar smetasiga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartishlar kiritsin.

5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi R. Mirzayev zimmalariga yuklansin.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI, FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI, MILLIY GVARDIYA VA DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATINING HARBIY XIZMATCHILARIGA, O‘QUV MUASSASALARI TINGLOVCHILARI HAMDA KURSANTLARIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISHNI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA

(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 462-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2020-y., 09/20/462/1139-son)


Download 11.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling