Mavzu: Abu Rayhon Beruniyning tarix fani metodologiyasiga qo’shgan hissasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 45.25 Kb.
bet1/4
Sana21.01.2023
Hajmi45.25 Kb.
#1106692
  1   2   3   4
Bog'liq
Metodologiya kurs ishi. Mahmudova



Mavzu:
Abu Rayhon Beruniyning tarix fani metodologiyasiga qo’shgan hissasi
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Abu Rayhon Beruniyning tarixiy ilmiy merosi.
2.2. Abu Rayhon Beruniy va tarix fanida axborotning nazariy masalalari.
2.3. Abu Rayhon Beruniy va tarix fanida tadqiqot uslublarining nazariy
masalalari.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Mustaqillik yillarida tarixni o’rganishga bo’lgan munosabat mazmun va mohiyat jihatidan tubdan yangilanish bosqichiga chiqdi. Prezidentimiz, Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Mustaqillik yillarida xalqimizning ma’naviy qadriyatlariga ehtirom bilan munosabatda bo’lish, muqaddas dinimiz an’ana va urf-odatlarimiz bebaho tarixiy merosimizni saqlab qolish va rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi” 1. Jahon miqyosida globallashuv jarayoni jadal borayotgan bir davrda hamda O’zbekiston jahon hamjamiyatiga integratsiya qilayotgan bir vaqtda tarix faniva metodologiyasida tub o’zgarishlarni amalga oshirish zaruriy ehtiyoj bo’ldi. O’quv yurtlarida tarixni o’rganish jarayonida metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati katta. Tarix fanini o’qitishda xolisiylik tamoyiliga asoslanish har bir o’qituvchining vazifasi hisoblanadi.


Tarix va tarix fani ijtimoiy fanlar majmuasi bo‘lib, insoniyatning butun o‘tmishi davomidagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotidagi jarayonlar va voqea-hodisalarni aniq-konkret holda va turli uslublar yordamida davrlarga bo'lingan va umumiy holda o‘rganadi. Iqtisodiy tarix, siyosiy tarix, madaniyat tarixi, harbiy tarix, diplomatiya tarixi, tarixiy geografiya kabilar tarix fanining tarmoqlari hisoblanadi. Tarix fanining tarkibiy qismlari maxsus tarixiy fanlar hamda arxeologiya va etnologiya bo'lib, fan va madaniyat tarixi, san’at tarixi shu sohalar bilan bog'liq holda o‘rganiladi.
Hozirgi zamon tarix fani alohida bo’limlar va sohalardan tashkil topgan bilimlar majmuyi bo’lib, uning tadqiqot masalalari ham uslublarning murakkabligi va ko'lam jihatdan kengligi bois anchagina murakkablik kasb etadi.

Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling