Mavzu: adabiyotda shakl va mazmun


Download 20.03 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi20.03 Kb.
#156351
Bog'liq
6-mavzu. Adabiyotda shakl va mazmun


MAVZU: ADABIYOTDA SHAKL VA MAZMUN

R E J A :

1. SHakl va mazmun birligi haqida.

2. Mazmunning ichki tuzilishi.

3. SHakl komponentlari.

4. Syujet va kompozitsiya haqida.

5. Kompozitsiya elementlari.

ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. I.Sulton. Adabiyot nazariyasi.

2. M. kushjonov, Mano va mezon. 1974 yil.

3.N Xotamov, B.Sarimsakov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug‘ati.

TAYANCH IBORALAR:

1. Shakl.

2. Mazmun.

3. G’oya.

4. Syujet va kompozitsiya.
Badiiy asar shakl va mazmunning birligi sifatida namoyon bo’ladi. SHakl bilan mazmuning birini ikkinchisisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

Badiiy asarda mazmun shakllangan bo’ladi. SHakl esa muayyan mazmunni ifodalaydi. Asarning badiiy formasi kanchalik mahorat bilan ishlangan bo’lmasin, u muhim hayotiy mazmunni ifodalamas ekan, badiiy qimmatga ega bo’lmaydi.

SHakl va mazmun birligiga mazmun birlamchi xal kiluvchi bo’ladi. Lekin shakl ham aktiv bo’ladi. SHakldagi o’zgarishlar mazmunga ham ta’sir qiladi.

Mazmun o’zgaruvchan shakl esa nisbatan turg’un bo’ladi. Yangi vokelik badiiy asarga yangi mazmun beradi. Muhim g‘oyaviy mazmuni yuksak badiiy shaklda ifodalagan asarlar umrboqiy bo’ladi. Haqikiy san’at asarida mazmun va shakl to’la muvofiq uygunlikda bo’ladi. Ana shunday asar oson o’qiladi, juda soddaga o’xshaydi. Lekin ana shu soddalik yuksak mexnat natijasidir. Asarning ukiyotganingizda shakl fikringizni chalg’itsa bu asar mukammal emas.

Mazmun o’ziga muvofiq shakl talab qiladi. Yangi mazmunni arxaik - formada berib bo’lmaydi. T. Jalolovning «Oltin kafas» qissasida zamondoshimiz bo’lgan oshiq-mashuqlar Navoiy dostonlaridagi qahramonlarga o’xshatib tasvirlangan. Badiiy shaklni mensimaslik sanatning kadrini tushiradi. SHaklni yuqori qo’yish formalizmga olib boradi, san’atni maqsadsiz uyinga aylantirib qo’yadi. Formalist adabiyotshunoslar mazmunning rolini tan olmaydi. natijada san’at chiroyli forma yaratishdagina iborat bo’lib koladi. Bizda ham formaga ortiqcha e’tibor berish natijasida asar mazmunini kashshoqlashtirib qo’yish holatlari yo’q emas. E.Vohidovning «Kora koshing, kalam koshing» she’ri ana shunday formalizm namunasidir.

SHunday qilib, mazmun badiiy asarda ma’lum g‘oyaviy estetik nuqtai nazardan tanlab olingan, baholangan va ifoda qilingan vokelikdir, undagi ko’tarilgan masalalar: hayotni badiiy ifoda-lashdan kelib chikadigan xulosalardir.

Mazmunga quyidagilar kiradi:

- hayotiy va badiiy voqelik;

- mavzu (tema);

- g‘oya (ideya);

- problema.

SHakl esa asarda ifodalangan mazmunning voke bo’lishi, uning qanday ochilganligidir.

SHaklga quyidagi tushunchalar kiradi:

- janr;


- badiiy til va tasvir vositalari;

- kompozitsiya;

- konflikt;

- she’riyatdagi poetik vositalar.

Obraz xarakteri syujet kabilar shakl bilan mazmunga o’tib turadi. Ular bir holatda shakl bo’lsa, ikkinchi holatda mazmun bo’ladi.

Badiiy asar mavzui va g‘oyasi.

Mavzu asarda tasvirlangan hayotiy vokelik, asarda nima tasvirlanganligidir. Asarda tasvirlangan davr masala yoki hodisa asarning mavzusini ko’rsatadi. Asarning mavzusini aniqlashda undagi qahramonlar tilga olinmaydi. qahramonlar asar mavzusi ko’rsatkichi emas uning ochiq vositasidir, «Qutlug’ qon» romanining mavzusi 1916-yilgi milliy ozodlik harakati. Asar mavzusini aniqlash qiyin bo’ladi. «Opa-singillar» romanining mavzusi opa-singillik emas rus va o’zbek mexnatkashlarning birodarligi ham emas, xotin-qizlar ozodligi ham emas. Lekin romanda ana shu mavzularning barchasi bor. Demak, asarda mavzu bitta bo’lmasligi mumkin. Ana shu mavzularning barchasi asarning mavzular doirasi deyiladi. Ana shu mavzulardan bittasi asosiy bo’lib, u asarning mavzusini keltirib chiqaradi. «Opa-singillar» ning mavzusi o’zbek xotin-qizlarini ijtimoiy mexnatga tortish yo’li bilan ozodlikka chiqarish.

G‘oya asarda tasvirlangan voqealardan kelib chikadigan mantiqiy xulosadir, yozuvchining asar orqali aytmoqchi bo’lgan fikridir. g‘oyani yozuvchi o’zi aytib o’tirmaydi. g‘oya voqealar tasviridan tabiiy ravishda kelib chikishi kerak. SHundagina asar hayotiy bo’ladi. Mavzu qanchalik chuqur va haqqoniy ochilsa, g‘oya, ham shunchalik hayotiy bo’ladi., yozuvchining dunyoqarashi qanchalik to’g‘ri va sof bo’lsa, asaridan kelib chikadigan g‘oya shunchalik to’g‘ri, kitobxonlar uchun foydali bo’ladi. «Qutlug qon» romanining g‘oyasi : qo’zg’alon yengilgan bo’lsa ham, to’qilgan qonlar bakor ketmaydi, degan fikrdir. «Sinchalak»ning g‘oyasi: istedodli raxbarlar juda noyob boylik, lekin jamiyatning taqdiri ulargagina bog‘liq emas, xuroz kichkirmasa ham tong otaveradi, kabilidagi fikrdir.

Asar mavzusi va g‘oyasini aniqlaganda fikrni ixcham shakllantirish kerak. G‘oya zo’rma-zo’raki keltirib chiqarilsa, bu sohta g‘oya bo’ladi. R.Raximovning «Sevgi qarimas» qissasida voqealar mantiqiy Davrbek bilan Gulxayoning birlashishiga olib kelishi kerak edi. Lekin yozuvchi bola-chaqalik qahramonlarining ajralishidan qo’rqib ketadi. SHuning uchun sevishganlar turmush qurishi shart emas, do’st bo’lib qolsa ham bo’laveradi, deb o’gitbozlik qiladi. Bu xulosa asardagi voqealar mantig’idan kelib chikmaydi. Natijada qissa xulosasidan kitobxon qanoatlana olmaydi.

Yozuvchining dunyoqarashidagi cheklanganlik natijasida g‘oya noto’g‘ri chiqarilgan bo’lsa, bu subektiv g‘oya bo’ladi. Lekin bunday asarda baribir tabiiy ravishda kelib chiqadigan obektiv g‘oya bo’ladiki, u asar qiymatini belgilaydi. L.Tolstoy rus krepostnoylik tizimining daxshatli hayotini tasvirlab beradi. Lekin yozuvchi zulm bedodlikka chidab sabr qilishga, zulmga qarshi zo’rlik qilmaslikka chaqiradi. Bu subektiv g‘oya. CHarxi kajraftorning nomuvofiqligidan larzaga kelgan Nexlyudov injil o’qib, tilovat qiladi. Lekin Tolstoy asarlaridan larzaga kelgan kitobxon bunday yashab bo’lmaydi, degan xulosaga keladi. Bu obektiv g‘oyadir. Asarlarda g‘oyalar ham bitta bo’lmasligi mumkin. Ularning hammasi g‘oyaviy mazmunni tashkil qiladi. Biroq ulardan bittasi asosiy qolganlari uni ochishga bo’ysundirilgan bo’ladi.

Ko’tarilgan masalalar asarning problematikasini tashkil etadi. «Erk» qissasida ko’tarilgan problemalardan biri tabiatni muxofaza qilish.

Syujet va kompozitsiya.

Syujet voqealar va xarakterlarning o’zaro bog‘liqlikda rivojlanishi, tuyg‘ularning mantiqiy izchilligidir.

-Ekspozitsiya. Bu muhit va personajlar bilan tanishtirish, kitobxonni voqealarga olib kirish, qahramonlarni to’qnashuvlarga tayyorlashdir.

-Tugun. Masalaning qo’yilishi kelgusi to’qnashuvlarga sabab bo’ladigan muammolardir.

-Voqea rivoji. Voqealar, xarakterlar hamda munosabatlar ning rivojlanishidir.

-Kulminatsion nuqta. Voqealar rivojining yuksak nuqtasidir.

-Yechim. Voqea va to’qnashuvlarning oqibat natijasidir.

-Tugallanma epilog. Yechimdan keyingi qahramonlar holatidir.

Syujet tiplari:

-Xronikali syujet. Unda voqealar ketma-ketlikda beriladi («O’qituvchi» romani).

-retrospektiv syujet. Unda voqealar orqaga qaytuvchi tartibda beriladi.

-konsentrik syujet. Unda voqealar biror holatni tahlil qilish orqali beriladi. (U.Umarbekovning «Yoz yomg’iri» qissasi);

-assotsiativ syujet. Unda voqealar o’y-xayollar taassurotlar va xotira orqali beriladi. Birinchi qarashda uzuk-yuluk epizodlar birlashib, izchil voqealarga aylanadi. (Ch. Aytmatovning «Alvido, Gulsari» qissasi).

Kompozitsiya asarning ichki tuzilishidir. Undagi qismlar -syujet elementlari, portret, peyzaj, lirik chekinish, monolog, dialog, tasvir, bayon, obrazlar va syujet liniyalarining joylanishi va tartibidir qoliplash va qistirma hikoyalardir, ularning o’zaro muvofiqligi va mutanosibiligidir. Bu mutanosiblik esa asarning asosiy g‘oyasini yaxlit va aniq ochishga xizmat qiladi.

Konflikt asar qahramonlari o’rtasidagi qarama-qarshilik bo’lib, voqea va xarakterlar ana shu qarama-qarshilikning rivojlanishi jarayonida ochiladi. Konflikt ayniqsa dramatik asarlarda juda muhimdir. Xarakterlar qanchalik aniq va yopiq bo’lsa konflikt ham shunchalik jiddiy bo’ladi. Konflikt voqealarni harakatga keltiradi.

Badiiy konfliktning 3 tipi bo’ladi:

- qarama-qarshi kuchlar kurashi tarzidagi konflikt (Oybekning «Qutlug’ qon» romanidagi mulkdor boylar bilan faqir batraklar o’rtasidagi kurash).

- qarama-qarshi xarakterlar kurashi tarzidagi konflikt («Sinchalak» povestidagi Saida va Qalandarov o’rtasidagi kurash).

- qarama-qarshi tuyg‘ular kurashi tarzidagi konflikt (Hamletning «Tirik qolmoq yo o’lmoq» monologidagi qahramonning hayot va o’lim haqidagi fikrlari kurashi). Bunday ichki konfliktni ichki kollizitsiya ham deyishadi.



  • lirikada konflikt kolliziya tarzida bo’lib, tezis va antitezis to’nashuvidan yuzaga chiqadi. Bir vaqtlar konfliktsizlik nazariyasi ta’sirida yozilgan asarlarda hayot qiyinchiliklarsiz yuzaki tasvirlanardi. Konfliktsizlik nazariyasi adabiyot taraqqiyotiga katta zarar yetkazdi.

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Shakl va mazmun birgligi deganda nimani tushunasiz?

  2. Mazmunning ichki tuzilishiga nimalar kiradi?

  3. Shaklning komponentlari qaysilar?

  4. G’oya bilan mazmun o’rtasidagi munosabatni qanday tushunasiz?

  5. Adabiy jarayonda shakl tez o’zgaradimi yoki g’oya?

  6. Yozuvchining maqsadi har doim ham asar g‘oyasiga teng keladimi?

  7. Konfilikt badiiy asarning shakliga kiradimi, yoki mazmuniga?

  8. Badiiy asarda konfliktning qanday turlarini uchratish mumkin?

  9. Lirikada konflikt qanday ko’rinishda ko’proq namoyon bo’ladi?

She’riyatdagi poetik vositalar shaklga kiradimi yoki mazmunga?
Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling