Mavzu: agiografik asarlar haqida ma’lumot reja


Download 67.86 Kb.
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi67.86 Kb.
#1333722
  1   2
Bog'liq
AGIOGRAFIK ASARLAR HAQIDA MA’LUMOT


MAVZU: AGIOGRAFIK ASARLAR HAQIDA MA’LUMOT
REJA:

  1. Nosiriddin Rabg‘uziy hayoti va ijodining manbalari.

  2. Payg‘ambarlar tarixi asosida yaratilgan asarlar.

  3. “Qisasi Rabg‘uziy” (“Qisasu-l-anbiyo”) asarining tarkibi.

  4. Mahmud Ali ibn-as-Saroyining “Nahj ul-farodis” asari o‘zbek adabiyotida agiografik asarlarning yirik namunasi

Yuksak iste’dod sohibi bo‘lgan taniqli adib, iste’dodli shoir Nosuriddin Rabg‘uziy o‘zbek mumtoz adabiyotining ulkan namoyandalaridan biridir. Uning turkiy xalqlar orasida "Qisasu-l-anbiyo" nomi bilan mashhur bo‘lgan "Qisasi Rabg‘uziy" asari yozuvchi ma’naviy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona adabiy manba sanaladi. Mazkur asar yirik hajmli turkiy nasrning birinchi namunasidir.
Nosiruddin Rabg‘uziyning hayoti va ijodi haqida juda oz ma’lumotlarga egamiz. "Qissasi Rabg‘uziy"dagi ayrim qaydlar adib tarjimai holiga doir ishoralar egaligi bilan alohida ahamiyatga molik. Jumladan, asar muqaddimasida "Qisasi Rabg‘uziy" Xorazmdagi Raboti o‘g‘iz degan joyning qozisi Burhoniddin o‘g‘li Nosuriddin tomonidan e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan hisoblanib, islom dinini qabul qilgan Nosuriddin To‘qbug‘abek iltimosiga ko‘ra yozilganligi e’tirof etiladi. Adib Nosuriddin To‘qbug‘ani Toj ul-umaro va muhibbul ulamo beklar urug‘i, yigitlar arig‘i, ulug‘ otlig‘, qutlug‘ zotlig‘, ezgu xulqli, islom yorig‘lig‘, mug‘ul sanig‘lig‘, musulmon dinlig‘, odamiylar in’onchi, mo‘minlar quvonchi, hikmati adiz, aqli tegiz begimiz", - deb ulug‘laydi.
Nosuriddin Rabg‘uziy asarning muqaddimasida uning yozilish sabablarini ham bayon etgan "Payg‘ambarlar qissalariga g‘oyat rag‘batim bor. Tekma yerda, tekma kim ersada bilinur ba’zisi mustaqim bor, ba’zisi nomustaqim. Bir anchasi muqarrar va bir anchasi mubattar bor. Bir ozining so‘zlari kesuk bor, bir ozinig maqsudlari o‘ksuk. Emdi saning zimmangdan chiqgan, qalamungdan-oqqan, kitobatma saning, iboratma saning bo‘lib "Qisasul-anbiyo" bo‘lsa, o‘qumog‘qa keraklik o‘rganmog‘qa yorog‘liq bo‘lg‘ay erdi, teb iltimos yanglig‘ ishorat bo‘ldi ersa, nechama o‘zumni ul ishga loyiq, ul amalga muvofiq ermasin teb, bu og‘ir ishga o‘gradim. Izi izza va jalladan tamom bo‘lguga tavfiq (Alloh taolo uning kamchiliklarini bekitsin va unga rahm qilsin) tilab kitob boshladimiz", Ko‘rinadiki, ijodkor g‘oyat ulug‘ ishga kirishadi. Payg‘ambarlar qissalariga bo‘lgan rag‘bati turli, joylarda, turli kishilar tomonidan hikoya qilinadigan, ba’zilari mustaqil, ba’zilari esa mustaqil bo‘lmagan. Ba’zilari parchalar holida bo‘lgan va shunga o‘xshash Alloh elchilari to‘g‘risidagi badiiyat namunalarini yig‘ib, kitob holiga keltiradi.
Asar muallifining bundan ko‘zda tutgan maqsad-muddaosi quyidagicha muxtasar badiiy ifodalangan: "Bunda maqsad payg‘ambar qissasi erdi va lekin odamdan burunoq yaratilgan bor uchun andin boshlasamiz foydasi ortiqroq bulg‘ay, deb tartib uza yaratilganlardan og‘oz qildimiz. Ertakliga ung‘ay, istakliga tebray bo‘lsin teb "Qisasi ar-Rabg‘uziy" ot berdimiz". Nosuruddin Rabg‘uziy asarning yozilish tarixi haqida quyidagicha ma’lumot beradi;
Nosuriddin Rabg‘uziy ushbu asarni bir yillik tinimsiz mehnati natijasida vujudga keltirganini she’riy parchada e’tirof etadi. Hijriy 710 yilning hut oyida kitob nihoyasiga etkazilgan. Hut hijriy-shamsiy taqvimning so‘nggi oyi sanaladi. Buni milodiy hisobga aylantiradigan bo‘lsak, 1332 yilning fevral-mart oylariga to‘g‘ri keladi. Biroq ayrim ishlarda, jumladan, E.Fozilov "Qisasi Rabg‘uziy" haqida yozgan so‘z boshisida asar hijriy hisob bilan 710 yilning hut oyi va milodiy hisob bilan 1310 yilda yozilgan,- deya ta’kidlaydi. (Nosuruddin Rabg‘uziy. Qisasi Rabg‘uziy. Birinchi kitob, Toshkent- 1991, 7-bet).
Bunday xatolik hijriy-qamariy yilni milodiyga aylantirishdan kelib chiqqan. Afsuski, maktab darsliklarida ham bunday yanglishish tuzatilmagan.
"Qisasi Rabg‘uziy"ning eng qadimgi qo‘lyozma nusxasi XV asrda ko‘chirilgan bo‘lib, u Britaniya muzeyida saqlanadi. Xuddi shunday XV-XVI asrlarda ko‘chirilganligi taxmin etilgan asarniig yana bir nusxasi Sank-Petrburgda mavjud. "Qisasi Rabg‘uziy" XIX asrning II yarmi va XX asrning boshlarida Qozon va Toshkentda bir necha marta nashr qilingan. Asarning to‘la matni 1959 yilda Qozon shahrida rus turkshunos olimi N.I.Ilminskiy tomonidan chop etildi. 1990-1991 yillarda E.Fozilov, A.Yunusov, H.Dadaboev, Yu. Shokirov kabi olimlarimizning sa’y-harakatlari bilan "Qisasi Rabg‘uziy" ikki kitob holida sharhu izohlar va lug‘at bilan nashr yuzini ko‘rdi. Mazkur mo‘tabar adabiy yodgorlik V.Radlov, V.Tomsn, P.Melioranskiy, S.Malov, V.Kotvich, A.Fon, Gaben, P.Romstedt, A.Kononov, P.T.Sime, Besim Atalam, E.Najib, Rahmati Arat singari sharqshunos olimlar diqqatini o‘ziga tortgan va ularning bir qator ilmiy tadqiqotlarini vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
"Qisasi Rabg‘uziy" 72 qissadan iborat. Asar hamd, na’t, muqaddima, lirik kechinmalar va xotimadan tarkib topgan. Qissalar nasrda, ularning tarkibidagi ba’zi lirik kechinmalar, qissalarning xulosalari va asar xotimasi nazmda ijod etilgan. Nosuriddin Rabg‘uziy Qur’oni Karimda payg‘ambarlar haqida kelgan qissa va hikoyatlarni qayta ishlab sayqal berib, takomillashtirgan. Manbalarda takidlanishicha, ijodkor Qur’oni karimda mavjud bo‘lmagan qissalarni yozishda boshqa mumtoz manbalardan, jumladan, Abu Is’hoq Nishopuriyning "Qisasul anbiyo" asaridan va islom diniga oid boshqa manbalardan foydalangan (O‘zbek adabiyot i tarixi, 1-tom, Toshkent, 1978,180-bet).
Asarning ilk qissasi olam, turli mavjudotlar, insu-jins, dev, parilarning yaratilishi haqidadir. Ushbu qissada Tangrining buyukligi ulug‘lanadi. Yozuvchi olamning yaratilishini quyidagicha muxtasar bayon qiladi: "Xabarda andog‘ kelur: Yakshanba kun ko‘klarni yaratti, dushanba kun oyni, kunni, Yulduzlarni; yaratdi, falak ichnda to‘rutti seshanba kun olam xalqidan qush-qurtlarni, farishtalarni yaratti, chorshanba kun suvlarni yaratti, erlarni, bulutlarni chiqardi, yig‘ochlarni, o‘t-emlarni yaratti, undirdirdi. Ro‘zilarni ulashturdi. Panjshanba kun ujmoh (jannat), tamug‘ni (do‘zax, jahannam), rahmat va azob farishtalarini, hurlarni yaratti. Azina (juma) kun Odamni yaratti. Shanba kun narsa yaratmadi. Bu qamug‘ (barcha) narsalarni taqi ming muncha narsalarni ko‘z yumib ochg‘uncha yaratg‘u yarog‘i bor erdi. Mumtoz adabiyot da jo‘da ko‘p e’tirof etilgan mazkur fikrlarni Nosiruddin Rabg‘uziy juda ixcham ifodalagan, Bunda yaratuvchi zoti va sifatlarining cheksiz ekanligi va buyuk yaratuvchanlik xususiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Asardagi qolgan qissalar Odam, Nuh, Muso, Iso, Yaqub, Yusuf, Dovud, Sulaymon, Muhammad alayhis-salom kabi payg‘ambarlarga bag‘ishlangan. "Qisasi Rabg‘uziy" dagi Shiis, Muso, Solih, Yusuf, Muhammad alayhis-salom va boshqa payg‘ambarlar haqidagi qissalar hajm jihatidan ancha katta bo‘lib, ular bir necha fasl-bo‘limlardan tarkib topgan, Shuningdek, asarda kichik hajmli qissa-hikoyatlar ham bor.
"Qisasi Rabg‘uziy"da dastlab payg‘ambarlarning fazilat kashfu karomatlari bayon qilinib, so‘ngra aksariyat holatlardagi o‘sha Alloh elchilarini ulug‘lovchi she’rlar keyatiriladi keyin esa nasrda nabiyu rasullarning sarguzashtlari hikoya qilinadi. Bu holat deyarli barcha qissalar uchun mushtarakdir. Jumladan, "Qisasi Odam safiy alayhis-salom"da xuddi Shunday Odam alayhis-salomning tuproqdan yaratilgani, Yuksak ko‘kka otilgani, ujmoh (jannat) ichiga kirgani, Havodek juft berilgani, iblis vasvasasiga ilingani, yorug‘ jannatdan ayrilib, qorong‘u dunyoga kelgani kabi sarguzashtlari bayon etiladi. Shundan so‘ng zikri o‘tgan voqealarning ixcham bayoni aks etgan she’riy parcha keltiriladi. Keyin Odam alayhis-salom haqidagi qissaning hikoyasi boshlanadi.
Alloh odamni yaratishni istadi va Jabroilga borib yerdan bir hovuch tuproq olib kelishni buyuradi. Jabroil yerdan tuproq olmoqchi bo‘lganida, yer unga mendan tuproq olmagil deb ont beradi. So‘ngra shu maqsad bilan Isrofil, Mekoil yerga keladi, har ikkalasiga ham yer Jabroil bilan bo‘lgani kabi ont beradi. So‘ngra Azroil kelib: "Saning ontingdan manga mavlo taolo Yorlig‘i azizroq turur", - deb, yer yuzidan bir hovuch tuproq oladi. Alloh taolodan nido keladi: "Ey Azroil, nihoyat qattiq ko‘ngilluk ermishsan. Taqdir andoq qildim, qamug‘ tanlig‘larning jonin senga oldirg‘ayman". Ko‘rinadiki, Rabg‘uziy o‘z asarida nega islom diniga ko‘ra barcha mavjudotlarning jonini olish Azroilga topshirilgan, degan butun insoniyatni qiziqtiradigan savolga ishonarli javob aytadi. Umuman olganda, ushbu qissada shu tarzdagi juda ko‘p savollarga asosli javob beriladi. Jumladan, Odamning tuproqdan yaratilishiga shu ma’danning kamtarinligi, tavoze’ qilib turishi bois bo‘lganligi e’tirof etiladi. Shuningdek, Odam alayhis-salom jannatda turli noz-ne’matlarni ko‘radi, ammo o‘ziga o‘xshash mavjudot yo‘qligidan ko‘ngli to‘lmagani uchun Odamni uzoq uxlatib, so‘ng qovurg‘asidan Havvoning yaratilishi qissada ishonarli badiiy lavhalarda ifodasini topgan. Rabg‘uziy agar Parvardigor Odamni uzoq vaqt uxlatmasa, qovurg‘asi og‘rirdi va Havvoni o‘ziga dushman deb hisoblardi,- deya e’tirof etadi. Shunday qilib, qissada Odam alayhis-salomga borliqdagi barcha mavjudotlarning nomlarini bilish nasib etganligi uning jufti bilan jannatdagi hayoti, Odam, Havo, Iblis, tovus va ilonga jannatdan chiqish haqida yorliq kelishi hamda boshqa tafsilotlar o‘quvchini ishontirarli darajada badiiylashtiriladi.
Qissalarning o‘ziga xos xususiyatlari ularning hajman katta-kichikligi, tarkibida hikoyat, rivoyat, g‘azal va boshqa she’riy shakllarni turli miqdorda uchrashi kabi tashqi belgilardayoq namayon bo‘ladi. Ba’zi qissalarda payg‘ambarlarning ibratli hayotiy lavhalari bayon etilishi bilan bir qatorda zaminiy voqealar tasviriga urg‘u berilsa, ba’zilarida ko‘proq hozirjavoblik danolik, ilm-ma’rifatni ulug‘lash, ma’naviy-ma’rifiy fazilatlar ifodasi etakchilik qiladi. Xususan Sulaymon payg‘ambar va Luqmoni hakim haqidagi qissalarda axloqiy-ta’limiy qarashlar ifodasiga urg‘u berilganligi kuzatiladi.
Sulaymon Dovud payg‘ambarning o‘g‘li bo‘lib, Dovud Yalavoch (payg‘ambar) o‘z o‘g‘lini duo qiladi: "Iziyo (egam) meni haqimda ko‘p lutfu karam qilding, o‘g‘lim Sulaymon ham andoq o‘q qilg‘il", Qissada bayon qilinishicha, Sulaymon Mag‘ribdan Mashriqqacha dunyoga yagona hukmdorga aylanadi. U jamiki hayvonotu parrandalarning tilini biladi. Devu parilar, insu jins barchasi Sulaymoning tasarrufida edi. Hattoki qachon Sulaymon tog‘dan kechar bo‘lsa u tog‘dagi oltin, kumush nimaiki bor bo‘lsa, barchasi tilga kirib: "Men mundamen, kerak bo‘lsa olg‘il",- derdi. Dengiz ham huddi Shunday qilardi.
Sulaymonning ulkan taxti ham mavjud bo‘lgan. Rabg‘uziyning ta’kidlashicha: " Taxt bir yig‘och yer ichinda erdi. Ul taxtini oltin, kumush birla qilmish erdi." Mana shu ulkan taxtni el ko‘tarib yurardi. Mazkur qissa ichida Sulaymon payg‘ambar bilan bog‘liq qator qissachalar ham keltiriladi. Ular orasida "Sulaymonning qarinchqa bilan so‘zlashgani", "Sulaymon va uchar otlar", "Sulaymon va Bilqis" hikoyalari alohida ahamiyatga ega. Sulaymon bir kun taxtida o‘tirganida, el taxtini ko‘taradi. Askarlari taxt ostida yurar edilar. Shunda Mindir ismli qarinchqa (chumoli): "Ey qarinchqalar, qoching, uylaringizga kiring, Sulaymon cherigi sizlarni bosib halok qilmasun",-deydi. Shunda Sulaymon payg‘ambar bu holga qiziqib qolib, u bilan savol-javob qiladi. Ular orasidagi gaplar g‘oyatda ta’sirchanligi bilan kishi e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. "Qarinchqa aydi: "Mavlodin ne tilading?" Sulaymon aydi: "Andoq mulk tiladimki, mandin o‘zga kim ersa bo‘lmasun". "Bu so‘zdin hasad isi kelur, manga bo‘lsun, o‘zgalarga bulmag‘ay. Toqi ne tilading?" Ko‘rinadiki, qarinchqa o‘zaro tenglik tarafdoridir. Bunda Allohning barcha maxluqotni teng qilib yaratgani ta’kidlanadi. Keyingi savolga Sulaymon quyidagicha javob beradi: "Elni tiladimki, manga musaxxar qildi, minib Yururman. Asthardin Shomga, Shomdin Astharga bir oylik yer turur. Kunda borurman ham kelurman. "Qarinchqa aydi: "Manisi ul bo‘lur: Sening ilkingdaki mulkning qamug‘i el turur. Ani minguncha ma’rifat markabini minsang, senga yaxshiroq bo‘lur. Ko‘z Yumub ochg‘uncha bir soatda Arshga tekkay erding". Asardagi qarinchqa obrazida orif kishi siymosi mujassamlashtirilgan. U hukmdor sifatida barchani ma’rifatli bo‘lishga da’vat etadi. Zero, ma’rifat kishini saodatga chorlaydi. Qissadagi "Sulaymon va Bilqis" hikoyatida esa payg‘ambarning dono, tadbirkor, ma’rifatli hamda islom dini targ‘ibotchisi ekanligi o‘zining ifodasini topgan.
Hajman ancha qisqa bo‘lgan Luqmoni hakim qissasi ham Sulaymon hikoyati kabi xalq og‘zaki ijodi ta’sirida Yozilgan. Undagi hikoyatlarda hozirjavoblik va donolik ulug‘lanadi. Shunday hikoyatlardan birida tasvirlanishicha, bir kun xojasi Luqmonni bug‘doy ekishga yuboradi. Luqmon borib arpa ekadi. Luqmon aydi: "Arpa eksa, bug‘doy unmasmu?" Xojasi aydi: "Unmas". Luqmon aydi: "Andoq bo‘lasan haq yomonlik ekib, yaxshilik umid etmagil". Hikoyat juda qisqa bo‘lishiga qaramay, unda g‘oyatda katta mazmun mujasammlashtirilgan. Jamiyatdagi illatlar qisqa munozaralarda fosh etilgan hamda zolimlarni adolatli bo‘lishga, aks holda xalqdan ham, yaratuvchidan ham umid qilmaslikka chaqirilg‘an.
Payg‘ambarlar haqidagi qissalar Rabg‘uziyning olam va odam haqidagi qarashlarini badiiy jihatdan ifodalash uchun vosita bo‘lgan. Ularda adib olimning yaratilishi, tabiat va jamiyat hodisalari, Insoniy munosabatlar borasida fikr yuritadi. Qissalar asosi tarixiy voqealar tashkil etadi. Ular o‘z ildizlari bilan «Qur’on» va «Hadis»larga, tarixiy manbalarga, xalq og‘zaki ijodiga borib taqaladi. Ammo, shu bilan birga, bu qissalar Rabg‘uziy badiiy tafakkurining mevalaridir.
Mavzu doirasiga ko‘ra asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo‘lgan Olloni ulug‘lash, payg‘ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarlik va takabburlik,ota-ona va farzand munosabatlari, sevgi va sadoqat, vatan va mehnatsevarlik, erk va adolat, do‘stlik va hamjihatlik, urush va tinchlik mavzulari shular jumlasidandir. Bular asardagi 72 bob- qissalarda yaxshi ifodasini topgan. Qissalarning hajmi turlicha. Masalan «Qissai Yusuf» salkam yuz sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat.
Qissalarning ko‘pi qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi, so‘ng she’riy madh, shundan so‘ng qissaning asosiy voqealari boshlanadi. Ba’zi qissalar ichida yana mustaqil hikoya, rivoyat va naqllar ham keltirilgan. Yusuf qissasida bir necha hikoya, latifa, bayt, g‘azal va boshqa janr namunalari uchraydi. Ammo ular asarda olg‘a surilgan asosiy g‘oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi. Misol sifatida Hazrat Dovud haqidagi qissa bilan tanishish mumkin. Qissa Dovudning ta’rifi bilan boshlanadi. So‘ng she’riy tavsif beriladi. Undan keyin Dovud payg‘ambar haqidagi umumiy tasavvurlar bayon etiladi.
«Dovud yalavoch (payg‘ambar) Bani isroildan erdi. O‘n qarindosh erdilar. Otlari Ishog‘ otlig‘. Dovud qamug‘idin (barchasidin) kichik erdi. Tun kun- yig‘layur erdi, ibodat ichinda».
Ko‘rinib turganidek, Rabg‘uziy nasrda nihoyatda sodda, lo‘nda, tushunarli va ta’sirchan ifodalarni topa olgan. Shuning uchun ham Rabg‘uziy qissalari asrlar davomida qo‘ldan tushmay kelgan.
Dovud bilan bog‘liq hikoyalarda adib adolat va zulm, hunar egalari, ota-ona va farzandlar munosabati singari muammolarga asosiy e’tiborni qaratgan. «Aymishlar, Dovud yalavoch tunla o‘zin belgisiz qilib ra’iyatlardan so‘rvar erdikim, podshoh sizing birla netag muomala qilur? Aytur erdilar: yavloq (juda) odil turur»
Bir necha andog‘ so‘zlayurda Mavlo taolo bir farishtani uzdi (jo‘natdi) bir qurtqa (kampir) surati uza. Andin so‘radi: «Podshohingiz netak turur, ontasi (shunisi)bor, kishilar molin eyur». Dovud duo qildi: «Iziyo (egam-ey), manga bir harf (hunar)o‘rgatgil. Aning birla (nasibamni)eyayin. Xalq mani so‘zlamasunlar».
Mavlo taolo bir taqachilik (temurchilik)sanoatin anta o‘grati berdi. Aymishlar, temirni Dovud ilkinda mumdek yumshatar ekan, netakkim xamir o‘zgalar ilkinda.
Hikoyadan ko‘rinib turganiday halollikka o‘z mehnati bilan kun ko‘rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka undov asosiy maqsaddir. O‘zbek prozasida ilk marotaba dialoglar Rabg‘uziy tomonidan keng qo‘llangan. Anna shu dialoglar fositasida asosiy g‘oyaviy maqsad yorqin va ta’sirchan ifodaga ega bo‘lgan. Rabg‘uziy hikoyalarida insonparvarlik, yurtparvarlik, insonlikni komillik darajajasiga ko‘tarish, axloqiy poklik, ma’naviy barkamollik sari undash etakchilik qiladi.Ular orasida til odobi va qalb pokligi ham alohida o‘rin tutadi.Luqmonga xojasi aydi: «Borgil, bir qo‘y bo‘g‘izlab etindan qayu yaxshiroq ersa manga keltirgil». Qo‘yni bo‘gizladi, tili birla yurakin olib keldi. Xojasi so‘rdi: Bularni nalik (nima uchun) keltirding?
Aydi: «Qo‘yda tildan, yurakdin yaxshiroq eti yo‘q. Agar yovuz ersa tildin,yurakdin yovuzroq eti yo‘q»
Tilga e’tibor, so‘z mas’uliyati hikoyada asosiy o‘rin tutadi. Bu erda donolik, hozirjavoblikning ulug‘lanishi xam ortiq ko‘rinib turibdi.
Bu hikoyalarda xalq og‘xaki ijodiing ta’siri nasri yorqin seziladi.Xususan,og‘zaki ijodning latifa janriga xos bo‘lgan belgilari hikoyaga ko‘chib o‘tgan. Suhbatning dialog asosida olib borilishi, gaplarning tuzilishiga ko‘ra ko‘proq soddaligi, donishmandlik, gaplarning tuzilishiga ko‘ra ko‘proq soddaligi, donishmandlik, topqirlik, hozirjavoblik fazilatlarining ustivorligi, ifodalarning qisqa,anio‘ndagi og‘zaki ijoddan ta’sirlanish oqibatidir.
Rabg‘uziyning hikoyalarining asosini ko‘pincha real hayotiy. Voqea-hodisalar tashkil etadi. Ana shu hayotiy voqea-hodisalar ifodasi uchun mifologik, afsonaviy- xayoliy yoki hayotiy mantiq taqozoetadigan bayon uslubi tanlab olinadi. Masalan: insonlarning mast holda yurishi, umuman mast qiluvchi ichimliklar ichishini qoralovchi aqida tasdig‘i uchun «Uzum hikoyati keltirilgan».Rabg‘uziy hikoyalarida qadim mifologik tasavvurlarning izlari nasri ko‘zga tashlanib turadi. Ma’lumki, miflarda Dune hodisalarining paydo bo‘lishi, mavjudligi o‘ziga xos tarzda izoh va «isbot» etiladi. Bu jihatdan «Iloh Qaldirg‘och» hikoyati xarakterlaridir. Unda mushuk bilan sichqon, ilon bilan baqa, ilon bilan qaldirg‘och hamda hayvonot olami orasidagi o‘ziga xos munosabatlar izohlanadi, tadqiqi etiladi.
Hikoyatda keltiribdilarki, kemasi ichida uch nimarsa yo‘q erdi; biri mushuk, biri sichqon, biri qo‘ng‘iz. Bu uch nimarsa kemada paydo bo‘lgan… Sichqon qochib yurib kemani teshdi. Suv chiqa boshladi, kema to‘lib keladur, hammalari birdan xushdan ketti… Munojot qildilar, xitob keldiki, bu sichqon ishidur. Yo‘lbarsni peshonasini silagil deb. Ani peshonasini siladilar, burnidan mushuk tushdi, sichqonni tutib edi. Andin so‘ng, Nuh alayhissalom aydilar:- Bir nimarsa kirgaymu, kemani teshigini topib berkitgay?
Ilon aydi: - Agar ushbu hizmatni bajo keltirsam, nima berursiz? –Nuh alayhissalom aydilar:- Nima tilasang berurman. Ilon aydi: Nimani go‘shti shirin bo‘lsa, shuni bersangiz. Nuh alayhissalom qabul qildilar. Ilon kirib izlab, teshikni
Hulkar
topib, xalqa bo‘lib yotdi, suv to‘xtadi, kirgan suvni sochib ado qildilar. Vaqtiki, kemadin chiqdilar. Ilon keldiki: - YoNuh manga qilgan va’dangizni bering,- dedi. Nuh alayhissalom Ariga buyurdilar, borib har nimarsani totgil, qaysi nimarsaning go‘shti shirin bo‘lsa, ilonga beraylik.
Ul borib, odamning go‘shtidan totlig‘ go‘sht yo‘q ekan, deb kelur erdi, Qaldirg‘och borib so‘rdiki: -Nimaning go‘shti totlig‘ ekan? Arii aydi: - Ey birodar, tilingni chiqorgil, mann totib boqay-dedi. Tilini chiqorgan hamon uzib oldi. Ari gung bo‘lib, g‘ing‘ishlabbordi. Qaldirg‘och ham orqasidan kelib turdi. Harchand so‘z so‘zlasalar, g‘ingshib Qaldirg‘ochga qaraydur.
Qaldirg‘och aydiki: -Biyobonda manga uchrab: «Baqani go‘shtidan totlig‘ nimarsa yo‘q ekan»,-deb holo kech kelganiga so‘zlayolmas.
Nuh alayhissalom ilonga bakani buyurdilar. Ul zamondin bu zamongacha topsa baqani er, bo‘lmasa tuproqni er. Ilon bildiki, Qadirg‘och odam farzandiga yaxshilik qildi. Arii manga bo‘lishdi, de bilon Qaldirg‘ochga dushman bo‘ldi. Ul sababdin Qaldirg‘och odam farzandi birla bir uyda debdur. Qaldirg‘och hozir ham muqaddas qush sifatida qadrlanadi. Bu qissada qaldirg‘ochning insonga do‘stligi ifodalangan. Qissa oxirida qaldirg‘och odam farzandi bilan bir uydja degan edilar. Hozir ham shundaydir. Qaldirg‘och in qo‘ygan er buzib tashlanmaydi. U quvib chiqarilmaydi. Misr Firavni masjid hakidagi inson xayolotiing imkoniyatlari madx etiladi. Unda Namridning osmon mamlakatiga chiqishi tasvirlangan. Hikoyada o‘sha davr kishilarining osmon hakidagi tasavvurlari xam ifodalashni topgan. Ayni paytda hikoya mazmuni badiiy jihatdan to‘la asoslangan va shuning uchun ham kishida zavq uyg‘otadi. Bu andoq voqeadurki, Namrud Layin karkasni to‘rt bolasini olib saqladi. Imkoni boricha, boqib tarbiyat qildi. Bu qushlar teva cho‘g‘luq bo‘ldi. Andin bir sandiq qildirdi, ikki eshigi bor, sakkiz poyalik. To‘rtpoyasi yuqori, to‘rt poyasi quyi erdi.
Yuqori poyasiga go‘shtlarni, quyi poyasiga qushlarni bog‘ladi. O‘zi jubba va javshan kiyib, bir vazni olib sandiqqa kirib o‘ltirdi.Qushlar go‘shtni ko‘rib emak umidida, yuqori qarab, bir kecha va kunduz uchdilar. Namrud Layin yuqori eshikni ochib boqdi. Er yuzi tamom ko‘rindi.
Qushlar go‘shtni olurmiz, deb uchgan sari go‘sht ham yuqori borur edi. Yana bir kecha-kunduz uchdi. Namrud Layin yuqori eshikni ochib boqdi. Osmonning yuzida bir qora boshdek nimarsa ko‘rindi. Osmon tagi ham bayonidekdur Emdi ko‘kni tangrisiga bir o‘q otib boqay, deb bir o‘q otdi…
Namrud osmon mamlakatini ham oldim,-dedi. Anda go‘shtni quyi poyasiga bog‘ladi. Qushlar go‘shtni ko‘rib, quyi olib yurdilar. Bu makru hiyla birla osmonga chiqib tushdi.
Bu qissada Namrudning osmonga chiqib tushish makru-hiyla deyilsada bu g‘oya Nasiriddin Rabg‘uziyning xiyolot mevasi tadbirligining natijasidir. Asarda namrud osmonni zabt etish orqali butun dunyoga hukmronlik qilishni istaydi. Agar inson hamma narsaga qodirligi Namrudning osmonga chiqishida ifodalangan. Namrud payg‘ambarlar Ollohning elchilari, ular insonlar nazarida mukammal kishilardir. Bu qissada Namrudning anna shu hislatlari ochib berilgan. Qissalarda avval Ollohga hamdu sanolar bag‘ishlanib, keyin uning rasullari xislatlariga bag‘ishlangan o‘rinlab kelgan. Keyinchalik payg‘ambarlar sarguzashtlari gapiriladi. Bu qissa ana shunday sarguzasht qissaga kiritiladi.
Asarda bulardan tashqari, juda ko‘p axloqiy-ta’limiy hikoyatlar, latifalar mavjud. Rabg‘uziy iste’dodli ijodkor sifatida qissalarni yozishda Qur’oni karim va boshqa diniy kitoblarga, xalq orasidagi mashhur hikoyatlar, naql, rivoyatlarga tayanadi, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi hamda yozma adabiyot an’analarini birlashitirishga harakat qiladi, Qissalarning qobig‘i diniy ko‘rinsada, ular zamirida hayotiy voqealik o‘z ifodasini topdi. Nosiriddin Rabg‘uziy o‘zining katta yozuvchilik mahorati bilan mavzu jihatidan rang-barang yo‘nalishdagi hikoyat, latifalarni yagona maqsadni yuzaga chiqarish uchun o‘naltiradi va payg‘ambarlarning o‘ziga xos xususiyatlarigi ma’lum bir ketma-ketlik asosida ochib berishga xizmat qildiradi. Ulardagi rang-barang obrazlar ham yozuvchi maqsad- muddaosini o‘quvchiga etkazishga qaratiladi. Asardagi hazrati Yusuf alayhis-salom qissasi o‘zining badiiy jihatdan barkamolligi, pishiq yaratilganligi, hajman kattaligi bilan yozuvchining yirik so‘z san’atkori sifatida ko‘rsatish huquqini beradi.
"Qisasi Rabg‘uziy"ning hikoyat, latifa va qissalarts tarkibiga o‘zbek, arab, fors tilida yozilgan she’riy parchalarning kiritilganligi asar muallifining bilimdonligi va iste’dodli shoir ekanligidan dalolat beradi. Rabg‘uziyning she’rdagi mahorati ayniqsa, tabiat manzaralarining badiiy tasvirida ravshan namoyon bo‘ladi. Jumladan, hazrati Yusuf qissasi tarkibida kelgan g‘azalda shoir bahor manzaralarining mukammal turkiy tasvirini bergan, deyish mumkin. Mazkur she’r turkiy g‘azalning ilk namunasi ekanligi bilan ham ahamiyatlidir.
"Qisasi Rabg‘uziy" da badiiy salohiyati g‘oyat yuksak bo‘lgan she’riy parchalarni yana ko‘plab uchratish mumshn. Ulardan shoir ba’zan payg‘ambarlarni tavsiflashda, asar o‘qilishligini oshirishda, gohida esa qissalardagi voqealarga o‘zining shaxsiy hissiy munosabatini ifodalashda foydalangan.
"Qisasi Rabg‘uziy" XIV asrda vujudga kelgan o‘zbek nasrining ilk yirik namunasi sifatida mumtoz adabiyot i miz tarixida o‘ziga xos mavqega ega adabiy yodgorlik sanaladi. Unda qalamga olingan mavzular mumtoz ijodkorlar asarlaridagig ilohiy timsollarni ramziy-majoziy xususiyatlarini teran anglashga imkon yaratadi. Asardagi she’riy parchalar turli adabiy janrlar, ayniqsa, g‘azalchilikning turkiy-badiiy so‘z san’ati tarixidagi tadrijiy taraqqiyotini ko‘rsatishda qimmatli manbadir.
Mahmud ibn Ali va “Nahju-l-farodis» asari buning yetuk namunasidir. Mahmud Bulg'oriyning „Nahj ul-farodis" (1358) („Jannatlarning ochiq yo`li") asari diniy-axloqiy hikoyalardan tarkib topgan edi. Muallif jannatning eshigi yuksak va pokiza axloq egalarigagina ochilishi haqida yozib, asi turkiy islomiy axloqni targ'ib qildi.
Qutb Xorazmiy o`zbek mumtoz adabiyotida "Qutadg`u bilig" va "Hibatul-haqoyiq"dan so`ng "Xusrav va Shirin" nomli yirik xajmli masnaviy yaratgan iste’dodli shoirdir.
Shoirning boy ma’naviy-adabiy merosidan ana shu tarjima dostongina bizgacha etib kelgan. Mazkur asar taniqli ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning "Panj ganj" idan o`rin olgan "Xusrav va Shirin" dostoni asosida vujudga kelgan bo`lib, unda Qutb Xorazmiyning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy, irfoniy-ilohiy qarashlari o`z ifodasini topgan. Shoir Nizomiy Ganjaviy dostonini o`zbek tiliga muvaffaqiyatli o`girish barobarida, unga jiddiy yangiliklar kiritib, erkin-ijodiy tarjimaning mumtoz namunasini meros qoldirdi.
Qutb Xorazmiyning hayoti va faoliyati haqida "Xusrav va Shirin" dostonidagi ayrim ishoralar orqali ma’lum tasavvurlar hosil qilishimiz mumkin. Dostondan anglashilishicha, shoir Xorazmda tug`ilgan. Shuning uchun aksariyat mumtoz sh’erlarda u Qutb Xorazmiy tarzida e’tirof etiladi. Doston muqaddimasidagi ma’lumotlarga ko`ra shoir XIV asrning o`rtalarida yashab ijod etgan.
Qutb Xorazmiy "Xusrav va Shirin" dostoni Oltin O`rda poytaxti Sig`naq shahrida O`zbekxonning o`g`li Tanibek va uning xotini malika Xonmalikka bag`ishlab yozadi. Tarjima - dostonning yaratilish sanasi manbalarda turlicha talqin etiladi. Jumladan, Tanibekning qisqa muddatlik hukmronligi 1340 yilga to`g`ri kelganligi bois ilmiy adabiyot larda dostonning aynan shu yili yozilganligi qayd etiladi. Sharqshunos A.Tohirjonov esa asar tarkibida kelgan bag`ishlovda Tanibek shahzoda tarzida tilga olinganligiga asoslanib, ayni raqamni inkor etadi xamda "Xusrav va Shirin" ni 1330-1336 yillar orasida yozilgan, deb ta’kidlaydi (O`zbek adabiyoti tarixi. 1-tom, Toshkent, 1978, 202-bet). Shuningdek, "Tazkirayi Qayumiy"da shunday ma’lumot beriladi: "Muhammad O`zbekxon va uning o`g`illari Tanibek va kichik o`g`li Jonibek va padarkush Berdibeklar vaqtida Qutb Xorazmiy saroy doirasida edi.
O`z akasi Tanibekni o`ldirib, xon bo`lmish otasi Jonibekni o`ldirib, ular o`rniga Berdibekning o`ltirishi voqealariga Qutb Xorazmiy shohid edi.
Muxammad O`zbekxon 1342 yilda vafot etmish edi. O`rniga xon bo`lmish Tanibekning xon bo`lishi ila va uning xotunining nomiga atab turkiycha dostonning yoza boshlagan edi" (Po`latjon Domulla Qayumov, "Tazkirayi Qayumiy. Toshkent, 1998,42-bet).
Ko`rinadiki, dostonning yozilgan davrini aniqlashdagi chalkashliklarga Tanibekning taxtga o`tirgan sanasidagi noaniqliklar (1340, 1342) sabab bo`lib kelmoqda. Shuningdek, drstonning muqaddimaviy kirish fasllari tarkibida "Shahzoda Tanibek madhi" deb nomlangan maxsus bobning borligiga ham shubhalar uchun yo`l ochib bergan bo`lishi mumkin.
Ko`chirilgan iqtibosdan anglashiladiki, Qutb Xorazmiy necha yillardan beri Nizomiy Ganjaviy dostonini o`zbekchaga tarjima qilishni ko`ngliga tugib yurgan. Shohning oldiga borib ijodiy niyatini unga aytish orzusi ham shoir qalbida yashagan. Shunda Qutbning yaqin do`stlaridan biri unga jo`yali maslahat berib, bu ishni tezroq bajarish kerakligini aytadi yuqoridagi parchada «Xonim birla malika otinga bir» misrasi ham shunday xulosala kelish uchun asos bo`ladi.
Qutb "Xusrav va Shirin" dostonining hozircha yagona qo`l yozma nusxasi mavjud bo`lib, u Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi. Bu nusxa 1383-1384 yillarda amir Qutlu Qujaning tavsiyasi bilai kotib Barka Faqih ibni Barokaz Edg`u Qipchoqiy tomonidan Misrda ko`chirilgan. "Xusrav va Shirin" dostonining ushbu nusxasi 4740 baytdan iborat bo`lib shundan 4685 bayti bevosita Qutb Xorazmiy qalamiga mansubdir. Qolgan bir yuz o`n misra esa kotib tomonidan asarga ilova qilingai. Doston 91 .. bobdan tarkib topadi. Asar asliyati yuz bobdan iborat bo`lib, olti mingdan ziyodroq baytni o`z ichiga oladi. Qutb Xorazmiy Nizomiy Ganjaviy. dostonining ayrim boblarini ixchamlashtiradi. Jumladan, Xusravning Rum qaysari huzuriga borib, undan madad olib qaytishi, so`ngra esa Bahrom cho`binni mavh etishi bilan bog`liq voqealar Nizomiy Ganjaviy dostonida ikki bobda bayon etilgan bo`lsa, Qutb Xorazmiy ularni qo`shib yuboradi. Bulardan tashqari, Xusravning otashkadaga ketishi xamda u erda o`g`li sheruya tomonidan qatl etilishi tafsilotlari ham asliyatda ikki bobda ifodalangan bo`lsa, tarjimada ular birlashtiriladi. Qutb Xorazmiy dostonining an’anaviy "Hamd", "Na’t", "Munojot" singari faedlari Nizomiy Ganjaviy dostonidagidek 5 bobni tashkil qiladi. Keyin esa "Shahzoda Tanibekxon madhi", "Malika marxuma Xonmalik madhi", "Kitob nazm qilmoqqa sabab bayon ayur" boblaridan so`ng "Xusrav va Shirin hikoyatining avvali" sarlavhasi bilan asosiy voqealar tavsiloti boshlanadi.
Qutb Xorazmiyning "Xusrav va Shirin" dostoni turli adabiy majmualar va darsliklardan o`rin olgan. Dastlab, 1948 yilda ulug` ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy tug`ilgan kunning 800 yilligiga bag`ishlab Toshkentda nashr etilgan "Guldasta" to`plamida dostondan parchalar e’lon qilindi (Guldasta, to`plam. Tuzuvchi Hodi Zarif. Toshkent, 1947). Shuninudek O`zbek adabiyoti kitobidan ham ayrim parchalar o`rin olgan (O`zbek adabiyoti , 1-4tomlik:Toshkent, 1959, 118-161 betlar),. Dostonning nashr etish va ilmiy o`rganishda polyakolimi A.Zayonovsovskiy, ham taniqli sharqshunoslar Begdede, H.Zarif, N.Davron, N.Mallaev, A.Tohirjonov va boshqalarning hissalari kattadir. Asarning qisqacha mazmuni quyidagicha:
Sosoniy shohlardan Xurmuz keksayib qolgach, Xusrav ismli o`g`il ko`radi. Yusufdek ko`rkam jamolli bo`lgan shahzoda jismonan ancha baquvvat bo`lib, tezda ulg`ayadi. U yoshlikdan hukmdorlik qoidalari, sipohiylik va turli ilmlarni o`rganadi. Yoshlikdan o`z xohishiga ko`ra ish yuritishga o`rgangan Xusrav bir paytlar mamlakatda otasi tomonidan adolat-intizom o`rnatish borasida qabul qilingan farmonga xilof harakatlar qiladi. Buning uchun otasi g`azabiga duchor bo`lgan shahzoda tavba-tazarrular bilan arang qutuladi. Xusravning do`stlari orasida shopur ismli bir jahongashta musavvir ham bor edi. U Xusravga Barda malikasi Shirin haqida so`zlab beradi. Xusrav esa Mehinbonuning jiyani malika Shirinni g`oyibona sevib qoladi. Uning tinchi, oromi yo`qoladi. Xusrav Shirinni izlab topish niyatida Shopurni Bardaga jo`natadi. Shopur Armanistonga etib boradi va Shirin sayr qilib yurgan bog`dagi bir daraxtga Xusravning suratini osib qo`yadi. Baquvvat yigit suratini ko`rgan Shirin unga oshiq bo`lib qoladi. Shopur Shirin bilan uchrashib unga Xusrav haqida gapirib beradi hamda sovg`a sifatida Xusrav bergan uzukni Shiringa etkazadi. Shirin Mehinbonuning ruxsatisiz Madoyinga yo`l oladi. Biroq u erdagi shoh saroyida ro`y bergan fitna hamda Hurmuz bilan Xusravning o`zaro ziddiyatlari sevishganlarni ancha tashvishga solib qo`yadi. Xusrav saroydan qochib ketishga majbur bo`ladi va panoh izlab Barda tomonga Yo`l oladi. Madoyinda Xusrav Yo`kligini eshitgach SHirin ham Bardaga qaytadi. Biroq SHirin Xusravning Bardaga Yo`l olgani xabaryni eshitib, Madoyindan Bardaga qaytadi. Shu orada shoh vafot etadi. Xusrav ota taxtini egallash niyatida yana Madoyinga qaytishga majbur bo`ladi. Biroq Hurmuzming taxtini uning o`zoq qarindoshlaridan biri, lashkarboshi Baxrom CHo`bin egallashga ulguradi. Shuning uchun Xusrav yana Armanietonga qaytishga qaror qiladi. SHirin to`yga shoshilmaslikni, avval Eron taxtini qo`lga kiritib, mamlaqatda osoyyshtalik qaror topishiga erishishni maslahat beradi. Xusrav Bahrom CHo`binni engish uchun Rum qaysaridan madad so`rab boradi va uning katta Yordami bilan Bahrom CHo`binni tor-mor keltirishga muvaffaq bo`ladi va u Rum malikasi Maryamga uylanishga majbur bo`ladi. Xusrav Eron taxtini egallaganda, Mehinbonu vafot etgan edi. SHirin esa Armaniston o`lkasiki idora eta boshlaydi. Dostonda SHirinning Madoyinga kelishi, uning istagi bilan sut arig`i qazishga kirishgan Farhodning oshiqona sarguzashtlari, fidoyi hunarmand va ishq shaydosining Xusrav tomonidan makr bilan mahv etilishi tafsilotlari ancha mufassal badiiy ifodasini topgan. Asarda tasvirlanishicha, Shiringa xizmat qilib yurgan Farhod uni sevib qoladi. Bundan rashk qilgan Xusrav Farhodni yo`qotish payiga tushadi. Unga Besutun tog`idan tuynuk ochib qo`shinim qarorgohiga yo`l ochsang, Shirin senga bo`lsin, deya shart qo`yadi. Farhod bunday xavfli topshiriqni ishq yo`lida muvaffaqiyatli bajara boshlaydi. Bundan xabardor bo`lgan Xisrav makr-hiyla yo`lini tutadi. Farhodning oldiga bir makkor kampirni yuborib, "Shirin-o`ldi"-, degan shum xabarni etkazadi Aldangan Farhod bunday ko`rgulikka chiday olmay, o`zini-o`zi o`ldiradi. Bu orada Maryam ham vafot etadi. Xusrav isfahomlik «Shakar degan qizga uylanadi. Ammo u ham uzoq yashamaydi. Shundan so`ng Xusrav. Qilgan xatolarini unga bo`lgan muhabbatini eslaydi, undan kechirim so`raydi. Shiringa uylangandan keyin, u saroyiga olimlarni da’vat etib, dunyo va uning jumboqlari haqida suhbatlar quradi, adolatli farmonlar qabul qiladi. Biroq mamlakat osoyishtaligi, sevishganlarning totli hayoti uzoqqa cho`zilmaydi. Xusravning Maryamdan tug`ilgan o`g`li Sheruya saroy amaldorlari bilak til biriktirib, fitna uyushtiradi va otasini o`ldiradi. Otasining qotili bo`lgan Sheruya Shiringa uylanmoqchi bo`ladi. Biroq Shirin Xusravga bo`lgan muhabbatini oyoq osti qilmaydi. Qo`l ostidagi qullarini ozod etib, boyliklarini bechoralarga ulashib beradi va Xusravning qabri ustida o`zini-o`zi halok etadi.
Sharq xalqlari adabiyotida Xusrav va Shirin nomi bilan bog`liq qissa uzoq tarixga ega sayyor sujetlardan biridir. Bu mavzu yozma badiiy adabiyotda Qutb Xorazmiygacha bo`lgan davrda ham qayta-qayta ishlangan. Dastlab ayni voqealar tizmasi Firdavsiy "Shohnoma"sida Xusrav xikoyati tarzida uchrasa, keyinchalik Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviylar tomonidan pishiq ishlandi. Ba’zi tadqiqotchilar Qutb Xorazmiy dostoning qayd qilishdan cho`chiydilar. Holbuki asar muqaddimasida manna bu bayt oydinlik kiritadi:
Qozondek qaynab shu savdo pishurdum,
Nizomiy bolidan halvo pishurdim.
Misralar mag`zidagi ma’no ortiqcha talqinalarga muhtojlik sezmaydi. Bolsiz, halvo bo`lmaganidek, Nizomiy Ganjaviy dostonisiz Qutb asarini ham tasavvur qilish dushvordir. "Xusrav va Shirin" dostonida Qutb Xorazmiy yashagan davr hayota lavharining o`zining badiy ifodasini topgan. XV asr birinchi yarmida Oltin O`rda ahlinining ko`pchiligi, ovchilik va chorvachilik bilan shug`llanar edi. Shu Qutb Xorazmiy Nizomiy Ganjaviy dostonidan farqli o`laroq o`z asarida shahar xayoti bilan birga chorvachilik hamda ovchilik bilan bog`liq lavhalar tasviriga urg`u beradi. Shuningdek, Qutb dostonida Xusrav Armanistonga birinchi marta yo`l olganida Mehinbonu uni hashamatli saroyda emas, balki maysazor bir dalada kutib olib, ziyofat beradi. Bir qarashda mayda-chuyda bo`lib ko`ringan va asliyatda uchramaydigan bunday lavhalar Qutb dostoniga zamon nafasini turkiy xalqlar tabiatiga xos rasm-rusumu udumdarni olib kirgan. Muallif o`z ona xalqi va adabiyot i manfaati yo`lida sadoqat bilan xizmat qilgan. Turkiy o`ylarga mo`ljallangan asar shu xalq zavq-shavqi, ruhiy-ma’naviy dunyosiga muvofiqlashtirilgan. Qutb Xorazmiy saroy tantanalari, marosimlari vazifalari tasvirini xam o`z davriga oid yangi manzaralar evaziga boyitgan. Jumladan, Qutb dostonida may qimiz bilan almashtiriladi. Bazmlarda qo`buz asosiy cholg`u asbobi sifatida ko`zga tashlanadi. Saroydagi cholg`uchilarning barchasi qo`bizchilar nomi bilan taqdim etiladi. Qutb o`z dostonida xotin-qizlar obrazi bir muncha mukammallaittiradi. U xotin - qizlarning tashqi qiyofasini turkona va batafsil ko`rsatadi. Dostonda ular xuddi erkaklardek qilich qalqon osib olgan tarzda otda yurishda ham ulardan qolishmaydigan bir qiyfada tasvirlanadi. Qutb dostoni nazarga tashlanmaydigan shunga o`xshash bir qancha lavhalar mavjudki, ular asar badiiyatida singdirishday vazifani ham ado etgan. Tabiiyki, shoir bunday murakkab ijodiy jarayonda o`zbek tilining boy imkoniyatlari, xalq og`zaki ijodi xazinasi durdonalaridan mahorat bilan foydalangan.
"Xusrav va Shirin" dostonining muqaddimasida kelgan "Shahzoda Tanibekxon madhi", "Malika marhuma Xonmalik madhi" va "Kitob nazm qilmoqqa sabab bayon ayur" kabi fasllari Qutb Xorazmiyning mustaqil ijodi mahsulidir. Dostonda markaziy o`rinda turgan masalalardan yana biri ishq talqinidir. Shoirning bu boradagi falsafiy-ijtimoiy, ilohiy-irfoniy qarashlari uning o`z zamonasining etuk donishmandi, salohiyatli ma’naviy arbobi ekanligidan shahodat beradi:

Qutb Xorazmiy ishq haqidagi falsafiy fikrlarini bayon etarkan, ularni hayotiy lavhalar bilan tasdiqlashga harakat qiladi. Bunda shoirning tajohilu orif, tamsil, tashbeh, mubolag`a singari badiiy san’atlardan mahorat bilan foydalanganligi ko`zga tashlanadi. Ayniqsa, o`sha fikrlarning o`quvchini mushohada yuritishiga undashi alohida ahamiyat kasb etadi. Shoir aqidasicha, borlikdan, olami kubrodagi barcha narsalar maxluqot, abotot Haqning oshig`idir. Hatto it agar haq ishqining shaydosi bo`lsa u tilga kiradi, uni qanchalik urib, sursang ham u bu yo`ldan qatmaydi. Etti qat. er, haq oshig`i bo`lganligi bois haloyiq zaxmini ko`taradi. Dengizlar ham oshiq bo`lmasalar edi bunchalik qaynab jumbushga kelmas edilar. Bunday muqoyasaviy badiiy lavhalar dostonda yana talaygina topiladi. Biroq o`sha misollardan chiqadigan xulosa rangdir, olam, undagi barcha mavjudotlarning negizini ishq tashkil etadi.


Qutb Xorazmiy tarjima jarayonida Nizomiy Ganjaviy dostonining asl mazmun-mohiyatini, uning g`oyaviy - badiiy yuksakligini imkon qadar saqlab qolishga intilgan va aytish joizki, aksariyat boblarda u bunga erishgan.
Dostondagi markaziy obrazlardan biri Shirindir. Uning timsolida xalq osoyishtaligi, obodonligi uchun tinimsiz kurashgan, sevgisiga vafodor, sadoqatli ayolning notakror olijanob fazilatlari mujassamlashgan. Shirin nafaqat Armanistondagi faoliyati, o`zining samimiyati, vafosi, tadbirkorligi bilan, balki Eronda ham mamlakatni adolat bilan boshqarish borasidagi ibratli sa’Yu harakatlari bilan ham o`quvchi e’tiborini tortadi. Dostondagi Farhod obrazi Shirindagi go`zal fazilatlarini yanada to`laroq namoYon qilishga xizmat qildirilgan. Shirining sut oquvchi arik, va katta hovuzl barpo qilish yo`lidagini ya’ni, Farhod amalga oshirishga kirishadi. Gap shundaki, Xusrav, Shirin, Farhod nomlari bilan bog`liq voqealar asosida Alisher Navoiyga qadar yaratilgan deyarli barcha asarlarda shu lavha (sut arig`i va hovuzi) saqlanadi. Ulug` o`zbek shoirigina unga ijtimoiy xalqchil mohiyat bag`ishladi. Qutb asari negizida tarjima yottanligi uchun ham u mavjud an’anani buza olmaydi va shu masalaga quyidagi baytlarni bag`ishlaydi:
Farhod bu so`zlari bilan Shiringa nisbatan samimiy munosabatini izhor qiladi. Biroq Shirin o`z axdini buzmaydi. Xusrav esa ancha beqaror bir inson qiyofasida namoon bo`ladi. U ba’zan ishqqa berilsa, goxida oshiqlikni ham unutib qo`yadi. U ba’zan sadoqatli oshiq, adolatli podsho qiyofasida namoyon bo`lsa, gohida esa Shakarga mahliyo bo`lib qoladi. Qutb Xorazmiy Nizomiy Ganjaviy dostonini juda ravon bir uslubda, o`zbek tili imkoniyatlaridan keng istifoda etgan holda tarjima qildi. Fikrimizni asarning "Xusrav Hurmuzdan qochib Armanga borurda chashmada Shiringa yo`liqqan" sarlavhasi ostida berilgan quyidagi baytlar dalillaydi
Parchada Qutb so`z san’atining katta naqqoshi qiyofasida nazarga tashlanadi. U go`zal manzaralar chizadi. O`z tasviridagi qahramon tashqi qiyofasi ko`rkamligi bilan bog`liq lavhalarni jonli ta’sirli ifodalash uchun vosita izlaydi, shari’ati islomiyaga xilof kelmaydigan yo`llar izlaydi. Shirinning suvda tanho, harir libosda cho`milishi jarayoni unga ma’qul keladi. Yupqa libos ho`l badanga yopishib, uning "sir" ini oshkor qilib ko`yadi. Bunday nafis manzara esa Xusravni ham sabr quyushqonidan chiqaradi, Biroq shar’iy talablar uni "jilovlab" qo`yadi... Qutb Xorazmiyning "Xusrav va Shirin" dostoni ikki qardosh xalq. o`zbek va ozarbayjon xalqlarining ildizi olis tarix qatlaridan boshlanadigan iqtisodiy-siyosiy hamda adabiy-madaniy aloqalari zaminida vujudga keldi. shoir o`zbek adabiyoti tarixida tarjimachilikning rivojiga muhim hissa bo`lib ko`shilgan ushbu dostoni bilan yangi bir an’anaga asos soldi. Muhimi, Qutb Xorazmiyning bu dargohga qo`ygan qutlug` qadami yagona va oxirgi bo`lmadi. Keyinchalik Nizomiy Ganjaviy forsiy dostonlarini o`zbek kitobxonlariga etkazish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. Haydar Xorazmiy "Maxzanul-asror" dostonini erkin ijodiy tarjima qilgan bo`lsa, Ogahiy "Haft paykar" dostonining nasriy bayonda o`zbekchalashtirdi.
Qutb Xorazmiyning "Xusrav va Shirin" dostoni o`zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilining noyob durdonasi sifatida ma’naviy xazinamizga qo`shilgan muhim yodgorlikdir.

Download 67.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling