Mavzu: Al-Xorazmiy


Download 25.17 Kb.
bet1/3
Sana27.03.2022
Hajmi25.17 Kb.
#615973
  1   2   3
Bog'liq
al-xorazmiy
test po russkomu yazyku i literature, 2-semestr majmua Akademik yozuv.18.02, дастурлаш 1-амалий, 2 5242576680819623641, non, non, Azarbayjon vs O'zbekiston jazo turlri, 3-маъруза., O'T1-маъруза., Документ Microsoft Word, Fizika-ish-rejasi, Fizika-ish-rejasi, Intagral tenglamalar nazariyasi, 1 kurs yakuniy savollari, 2 sinf mat. takrorlash. ochiq dars

Mavzu: Al-Xorazmiy.


Qadimiy Xorazm Sharqda ilm-fanning rivojlanishida juda katta o`rin tutgan. Tarixchilarning tasdiqlashlaricha, Xorazmda aniq fanlar - geometriya, trigonometriya, astronomiya, topografiya, kimyo, mineralo­giya va boshqa tabiiy fanlar VIII—IX asrlardayoq yuksak darajada taraqqiy etgan. Geogra­fik bilimlarning yuksak darajada bo`lishi va jamlanishi xorazmlik savdogarlarga uzoq mamlakatlarga sayohatlarga bora olish imkonini bergan. Xorazm arab xalifaligi tarkibiga kirgach, xorazmlik olimlar o`z iqtidori va qomusiy bilim darajasining yuksakligi tufayli tez orada shuhrat qozonib, bir qator fanlar asoschilari orasida yetakchi o`ringa chiqib oldilar.


Xorazm ilmiy maktabining ilk ko`zga ko`ringan namoyandasi Muhammad Xorazmiy bo`lib, u amerikalik sharqshunos D.Sarton ta’biri bilan aytganda «barcha zamonlarning eng ulug matematiklaridan biri» edi.


Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (qisqacha Al-Xorazmiy) Xorazmda tug`ilgan va Bag`dodda vafot etgan. Olimning tug`ilgan va vafot etgan yillari aniq ma’lum emas. Ammo ba’zi manbalarda Al-Xorazmiy 780-yilda tug`ilgan va 847-yilda vafot etgan, deb taxmin qilinadi. Qadimda yashagan bir qator olimlar kabi Al-Xorazmiy ham u yoki bu fan bilan chegaralanib qolmay, qomusiy ilm sohibi bo`lgan. Jumladan, olimning tarix matematika, astronomiya va geo­grafiya sohasida yozib qoldirgan ilmiy merosi jahon ilm ahli tomonidan dunyo fani rivojiga qo`shilgan bebaho hissa sifatida tan olingan.


Al-Xorazmiyning xususan, arifmetika va algebraga oid asarlari Yevropaning qator tillariga ko`p marta tarjima qilinib, unda keltirilgan ilmiy dalillar matematika fanida va amaliyotda keng qo`llanilgan. Olim qoldirgan hisob-kitoblarning ko`pchiligi hozirga qadar o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Xususan, Al-Xorazmiy nomi lotincha kitoblarda Algoritmus, Algorismus, Al-Xoarismus, Alkauresmus, Alxoharitmus va hokazo shakllarda keltirilgan bo`lib, bu o`z navbatida yangi arifmetika - algoritmga asos bo`lgan. Fransiyalik sharqshunos olim J.Reyno 1849-yilda Yevropa mamlakatlarida matematikaga oid turli davrlarda chop etilgan asarlarda keltirilgan ushbu nomlar aslida Xorazm ilmiy maktabi vakili Al- Xorazmiy nomi bilan bevosita bog`liq ekanligini isbotlab bergan.


Al-Xorazmiy matematikasi Hindcha sanoq va shunga asoslangan arifmetik amallar tizimining rivojlanishiga zamin tayyorladi. Olimning «


Download 25.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling