Mavzu: Ala ud-Din Xilji Muxammad Tug’laq imperiyasi


Download 12.25 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi12.25 Kb.
#1021488
Bog'liq
2 5249237874448017576



Jahon tarixi fanidan Mustaqil ish.
Mavzu: Ala ud-Din Xilji Muxammad Tug’laq imperiyasi.

Reja:
I Kirish.
II. Asosiy qismi.
1. Dehli sultonligida ikki sulola boshqaruvi
2. Xijili saltanati va uning avlodlari boshqaruvi.
3. Tug‘laq hokimiyatini inqirozini uning 2 ta noma’qul tadbiri yana ham tezlashtirdi.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Dehli sultonligi ayniqsa XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida kengaydi, bu vaqtda uning tarkibiga Shimoliy Hindistondan tashqari Markaziy Hindiston viloyatlari va Dekan yassi tog‘ligidagi ko‘pchilik davlatlar ki-rardi. Dekan 1306-1310 yillarda sulton Oloviddin Xiljiy tomonidan bosib olindi. Navbatdagi sultonlardan biri - Muhammad Tug‘laq (1325-1351 yil-lar) deyarli butun Hindistonni bo‘ysundirib, hatto Eron bilan Xitoyni zabt etishni orzu qilgan edi. Ammo sultonlikning kengayishi mustahkam xarak-terga ega emas edi. XIV asr o‘rtalarida Dehli ajralib chiqdi, ko‘p o‘tmay Dehlidan shimoldagi ko‘pgina viloyatlar, shu jumladan, Bengaliya ajralib ketdi. Dehli sultonligi tarkibiga kirgan ko‘pchilik viloyatlar XIV asrning ikkinchi yarmida mustaqil davlatga aylanib oldi. Sulton Dehlining o‘zida uncha mustahkam hokimiyatga ega emasdi, chunki u yerda feodallarning turli guruhlari o‘rtasida hokimiyat uchun uzluksiz kurash borardi.
XIV asrda Hindiston tamomila tarqoq feodal davlat edi. Juda ko‘p musulmon va hind feodal davlatlari bir-birlari bilan uzluksiz kurash olib borardilar. Shafqatsiz feodal ekspluatatsiyasi va to‘xtovsiz ichki feodal urushlari. 70-yillarda Dehli sultoni o‘z qo‘lida qolgan ozgina yerlarni ham himoya qilishga qodir emasdi. Markaziy hokimiyatning zaifligi Hindiston-ni yangi chet el hujumlariga qarshilik ko‘rsata olmaydigan qilib qo‘ydi. XIV asrning oxirida Dehli sultonligi Amir Temur qo‘shinlari tomonidan qaqshatqich zarbaga uchradi. Ammo Temur Hindistonni birlashtirish va hatto uni O‘rta Osiyodagi o‘z yerlari bilan biror darajada mustahkam bog‘lash maqsadini qo‘ymagan edi. Boshqa yurishlar bilan band bo‘lgan Temur Hindistonni o‘z holicha tashlab qo‘ya qoldi. Temur vafotidan keyin Hindiston o‘zining mustaqil davlatini tuzishi mumkindek tuyuldi, biroq bu yerdagi iqtisodiy inqiroz bunga halaqit bergan edi. To‘g‘ri, XIV-XV asr-larda Hindistonning janubida ancha yirik davlatlar - Baxmani va Vijayana-gar mavjud edi. Lekin ular ham uzoq yashamadi va tez orada bir necha mayda knyazliklarga ajralib ketdi. XVI asrda Hindistonda yevropaliklar paydo bo‘ldi. Portugallar yevropaliklar ichida Hindistonni mustamlakachi-lik ekspluatatsiyasiga birinchi bo‘lib duchor qildilar. Keyinchalik, XVI asr oxiri XVII asr boshlarida ularga gollandlar va inglizlar kelib qo‘shildilar. XV asr mobaynida Dehli sultonligi buyuk davlat bo‘lmay qolgan edi. Dehli shahri va uning atrofidagi yerlar hukmroni Dehlining buyuk sultoni degan dabdabali unvonga ega bo‘lsa ham, Shimoliy Hindistondagi oddiy davlat - knyazliklardan biri edi. Eng yirik davlat - qo‘shni Bengaliya knyazligi edi, biroq u ham loaqal Shimoliy Hindiston uchun gegemonik rolini o‘z zimmasiga ololmas edi.
Xiljining sulolasi Dehli saltanatlarının ikkinchi qismi, Xiljiya sulolasi, Jalol-ud-Din Xilji nomi bilan nomlangan, 1200 yilda Mamluklar sulolasining so'nggi hukmdori Moiz ud din Qaiqobodni o'ldirgan. Jaloliddinning hukmronligi oldidan (va undan keyin) ko'pchilik kabi, qisqa muddatda yashagan - jiyani Aladdin Din Xilji olti yildan so'ng Jaloliddinni o'ldirib, sulolani boshqarishni talab qilishgan. Ala-ud-din zolim sifatida tanildi, shuningdek, mo'g'ullarni Hindistondan tashqariga olib chiqdi. Uning 19 yillik boshqaruvi davrida, Alaud-dinning kuchli boshlig'i sifatida tajribasi Markaziy va Janubiy Hindistonning ko'p qismida tez kengayishiga olib keldi, u erda uning qo'shinini va xazinalarini yanada mustahkamlash uchun soliqlarni oshirdi.
1316-yilda vafot etganidan so'ng, sulola qulab tushdi. Uning armiyasining boshliqlari va Hindistonlik musulmon Malik Kafur hokimiyatni olishga harakat qilishgan, ammo zodagon va rojalar qo'llab-quvvatlamagan va Ala-ud-dinning 18 yoshli o'g'li taxtni egallagan. Xusro Xoni tomonidan o'ldirilishidan to'rt yil oldin, Xiljiylar sulolasiga chek qo'yildi.
Tug'laq sulolasi Xusroxon o'z sulolasini tuzish uchun etarlicha hukmronlik qilmagan. G'iyos-ud-din Tug'laqni o'z bag'riga olgan G'oziy Malikning to'rt oylik davrida o'ldirilgan va o'zining asrga yaqin sulolasini tuzgan. 1320 yildan 1414 yilgacha Tug'laq sulolasi hozirgi Hindistonning ko'p qismida, asosan, Giyas-ud-dinning merosxo'ri Muhammad bin Tug'loqning 26 yillik boshqaruvi ostida janubiy nazoratini kengaytirishga muvaffaq bo'ldi. U hozirgi Hindistonning janubiy-sharqiy qirg'og'idagi barcha sulolani chegaralarini kengaytirib, barcha Dehli sultonlariga to'g'ri keladi.Tug‘laq hokimiyatini inqirozini uning 2 ta noma’qul tadbiri yana ham tezlashtirdi.
1) U Davlatobod janubida yangi poytaxt qurish bilan muammoni yechish mumkin degan qarorga keldi va poytaxtni kо‘chirib, qadimgi Devagiri shahrini Davlatobod deb о‘zgartirib, unga saroy ahllari va Dehlining hunarmandlari va savdogarlarini kо‘chirishga majbur qildi. Lekin hokimiyatni boshqaruviga putur yetayotganligini sezgan Tug‘laq bir necha yildan sо‘ng Dehliga qaytadi. Bu tadbir kutilgan natija bermadi.Uning qо‘shini Maduraygacha bordi, keyinroq о‘sha yerda Maduray sultonligi tashkil topdi.1347-yili Dekan zodagonlari Dehli hukumatini tan olmadi. Dehli sultonligidan ajralib chiqqan hududda Bahmoniylar sultonligi yuzaga keldi.
2) Uning pul sohasidagi islohoti bо‘ldi. Uning mо‘ljali boyicha oltin va kumush pullar bilan teng muomalada bо‘lishini mо‘ljallagan mis pullar tez orada qadrsizlanib, mamlakat moliyasiga katta zarar yetkazdi.
1338-yili Muhammad Tug‘laqqa qarshi jiyani Malvada isyon kо‘tardi. 1340-yili quyi Bengaliyada isyon kо‘tarildi, natijada Bengaliya mustaqillikni qо‘lga kiritdi. 1344-yili janubdagi Karnata va Telinga shohliklari о‘zlarini mustaqil deb e’lon qildilar. Muhammad Tug‘laq ularga qarshi yurish qildi, lekin Gujarotda boshlangan askarlar isyoni hamda Malv va Sinddagi qо‘zg‘olonlar sabab ortiga qaytdi. U 1351-yili quyi Hinddagi isyonni bostirishda halok bо‘ladi.
Uning о‘g‘li sulton Feruzshoh Tug‘laq (1351-1393) davrida soliqlarni kamaytirish, davlat yerlarini dehqonlarga ijaraga berish natijasida qishloq xо‘jaligining, hunarmandchilik va savdoning birmuncha yuksalishiga erishildi. U kо‘plab kanallar qazdirdi, karvonsaroylar, maktablar, masjidlar, shifoxonalar va kо‘priklar qurdirdi. Bengal va Dekandagi sultonliklarning mustaqilligini tan olishga majbur bо‘ldi. Shuningdek, uning hukmronligi davrida Gujarot mustaqillikni qо‘lga kiritdi. Feruzshohning iqtisodiy siyosati tufayli uning obrо‘si oshdi. Feruzshohning vafotidan sо‘ng tug‘laqiylar sulolasi isyonlar natijasida tanazzulga uchradi
Biroq, Tug'laq sulolasining sa'y-harakati bilan Amur Temur 1398 yilda Hindistonni ishg'ol etib, Dehlini ishdan bo'shatib, talon-taroj qilgan va poytaxt aholisini qirg'in qilgan. Temuriylar bosqinidan keyin boshlangan betartiblikda, Muhammad payg'ambar Muhammad alayhissalomning nasl-nasabini da'vo qilayotgan bir oila Shimoliy Hindistonni nazorat qilib, Sayyidlar sulolasiga asos solgan.
Dehli sultonligi XIV —XV asrlarda. Eltutm ishning vafotidan so ‘ng mamlakatda taxt uchun kurash kuchayib ketadi. Bu urushlarda g ‘olib chiqqan va taxtni egallagan Alouddin Xiljiy islohotlar o ‘tkazib, davlat xazinasi daromadlarini ko‘paytiradi. Xiljiy kuchli q o‘shin tuzib, o ‘zboshimcha feodallarni bo‘ysundiradi. Bu davlat vaqtinchalik bo‘lsa-da o ‘zining avvalgi qudratini tiklashigayordam beradi. D ehli sultonligining kuchli va intizomli qo‘shini bo‘lishi shimoldan m o‘g‘ullar hujumlarini qaytarish imkonini beradi.Xiljiyning vorisi Muhammad Tug‘luq 1325-yilda taxtgakeladi. U o ‘z hukmdorligini otasi paytida mustaqillik yo‘lini tutgan knyazliklarni bo‘ysundirishdan boshlaydi. O‘zini «Iskandar Zulqarnaynning davom chisi» deb nom lagansulton davrida Hindiston yarimoroli to‘liq birlashtiriladi.Sultonning soliq islohoti yuz bergan qurg‘oqchilik tufayli muvaffaqiyatsiz tugaydi. Tug‘luqning oltin va kumushpullar bilan teng muomalada b o‘lishi m o‘ljallangan mis tangalarini zarb qildirishi uni ko‘p o ‘tmay qadrsizlanib ketishga, har ikki islohotning natijasiz tugashiga olib keladi. Keyingi hukmdor Feruzshoh Tug‘luq davrida soliqlar kamaytirilib, davlat yerlari dehqonlarga ijaraga bo‘lib beriladi. Uning boshqaruvi paytida qishloq xo‘jaligi, hunarm andchilikning yuksalishi, oqilona boshqaruvi sultonga. xalq homiysi sifatida shuhrat keltiradi. Ammo mamlakatda XIV asrda boshlangan siyosiy tarqoqlik davrida, ayrim. knyazlarning mustaqillikka intilish jarayoni kuchayib boradi. Dehlining keyingi sultoni Mahmud 1398—1399-yillarda Amir Temur qo‘shinlariga qarshi kurashadi. Lekin tajribali sarkarda Mahmud qo‘shinlarini yengib, Dehlini zabt etadi. Sohibqiron Samarqandga ko‘plab hind hunarmandlari, m e’morlarini olib qaytadi. Shundan so‘ng Hindiston mayda knyazliklarga bo‘linib ketadi.

Xulosa .
Xulosa qilib aytganda Dehli sultonligi tashkil topgandan so'ng uni ikkta ta sulola boshqargan Xiljiy va Tug'laqlar sulolasi .


Xiljiylar sulolasi (1290-1320 yillarda boshqargan), bular Feruzshoh II ibn Yag‘rush (1290-1296), Ibrohimshoh I ibn Feruzshoh (1296), Muhammadshoh I ibn Shihobiddin (1296-1316), Umarshoh ibn Muhammadshoh I (1316), Muborakshoh ibn Muhammadshoh I (1316-1320) lardir.
Tug‘laqiylar sulolasi (1320-1414 yillarda boshqargan), bular G‘iyosiddin yoki Alovuddin Tug‘laqshoh I (1320-1325), Muhammadshoh II ibn Tug‘laqshoh I (1325-1351), Mahmudshoh ibn Muhammadshoh II (1351), Feruzshoh III ibn Rajab (1351-1387), Muhammadshoh ibn Feruzshoh (1387-1388), Tug‘laqshoh II (1388-1389), Abu Bakrshoh ibn Zafar (1389-1390), Muhammadshoh III ibn Feruzshoh III (1390-1393), Iskandarshoh II ibn Muhammadshoh III (1393), Mahmudshoh II ibn Muhammadshoh III (1393-1395), Nusratshoh ibn Muhammadshoh III (1395-1399), Mahmudshoh II ibn Muhammadshoh III (1399-1413) lardir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati .


1. Tarix va madaniyat Dehli sultonligi.
2. Jahon tarixi (o'rta asrlar tarixi) Denov davlat universiteti Hindiston tarixi matolar.
3. 7sinf jahon tarixi darslik.
4. Internet sayti www.uz wkpedia.uz
Download 12.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling