Mavzu: Amaliy mashg`ulot


Download 0.51 Mb.
bet1/2
Sana12.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1191849
  1   2
Bog'liq
Chet el allomalari




Angren shahar XTBga qarashli
7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Shadiyeva Xulkar Jahongirovnaning
4-“E” sinf uchun tabiiy fanidan
Chet el allomalari”
mavzusida




Sana: Sinf: 4-E
Mavzu: Chet el allomalari
Maqsad:
Ta’limiy: Chet el allomalari hayoti va amalga oshirilgan ishlari.
Tarbiyaviy:
Bolalarni mehr-muhabbat, bir-biriga hurmat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Chet el allomalari to’g’risida ma’lumotlar va qiziqarli faktlarni bilishlari.
Dars turi: Noan’anaviy:
Dars usuli: yangi metodlardan foydalanish.
Dars jihozi: AKT, rasmli ko‘rgazmalar, tarqatmalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.

  • Salomlashish

  • Davomatni aniqlash

  • O‘quvchilarni darsga hozirlash.



O'rtada quyosh bobo
Atrofda sayyoralar,
Sirli samo sahniga
Qilaylik sayohatlar.


Mana issiq Merkuriy
Quyoshga eng yaqin u.
Kunduz uyg'oq, samimiy
Tunda esa sokin u.


Zuhro yulduz-Venera
Yorqin hamda sevimli.
Tuprog'i bor deb aytgan
Asli Ulug'bek bobom.


Eng ko'hna sayyoradir,
Yer-u zamin onamiz.
Tog'lar, bog'lar, daryolar,
Elatlar hamxonamiz.


Pushti sayyora Marsda,
Kechda muz, kunduz issiq
Shamol, bo'roni jo'shqin
Hanuz hammaga qiziq.


II. O‘tilgan mavzuni takrorlash.
O‘tilgan mavzu yuzasidan savol javob va takrorlash.
Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ʻAlī al-Husayn ibn ʻAbd Allāh ibn Sīnā al-Balkhī; arabcha: أبو علي الحسین بن عبدالله بن سینا) — oʻrta osiyolik buyuk qomusiy olim[6], boshqa manbalarda esa, buxorolik fors[7] olimi, tabib va faylasuf deb yuritilgan. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) nomi bilan mashhur.

Mirzo (keyinchalik Sulton) Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulugʻbek Koʻragon — Temuriylar davlatining hukmdori, Shohruxning oʻgʻli. Buyuk oʻzbek astronomi (yulduzshunos) va matematigi. U otasi Shohrux Mirzo davrida Mavarounnahr hokimi va otasi vafot etgach butun Temuriylar imperiyasi sultoni(1447—1449) boʻldi. Ulugʻbek trigonometriya va sferik geometriya kabi astronomiya bilan bogʻliq matematika sohasidagi ishlari, shuningdek, sanʼat va intellektual faoliyatga umumiy qiziqishlari bilan ajralib turardi. U besh tilda: turkiy, arab , fors , moʻgʻul va oz miqdorda xitoy tillarini bilgan deb taxmin qilinadi . Uning hukmronligi davrida (avval hokim, keyin toʻgʻridan-toʻgʻri) uning eʼtibori va homiyligi tufayli temuriylar uygʻonish davrining madaniy choʻqqisiga erishdi . Samarqand hokimligi, otasi Shohrux Mirzo tomonidan Ulugʻbekga berilgan.


Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783, Xiva — 850, Bagʻdod) — xorazmlik matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Zahiriddin va Firdavs qoʻlida tahsil olgan bilan birga ishlagan.


Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa — "Bayt ul Hikmat" („Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813-833), soʻng al Moʻʼtasim (833-842), al Vosiq (842-847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.

Ahmad al-Fargʻoniy (toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniy) (taxminan 798, Fargʻona — 865, Misr) — astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatgan oʻzbek qomusiy olimi. Sharqda Al-Fargʻoniy, Yevropada Alfraganus taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati toʻgʻrisida juda oz, u ham boʻlsa, uzuq-yuluq maʼlumotlar yetib kelgan.


Ahmad al-Fargʻoniy hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti Abbosiylar sulolasi hukm surgan, Arab xalifaligi jahonning eng yirik saltanatlaridan biriga aylanib, uning ijtimoiysiyosiy va madaniy hayotida Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan kelgan koʻplab mutafakkirlar muhim oʻringa ega boʻla boshlagan tarixiy davrda kechdi. Al-Fargʻoniy Xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vorislari al-Maʼmun (813-833), Muʼtasim (833-842) va Mutavakkil (846-861) hukmronlik qilgan davrda yashadi hamda avval Marv, soʻngra Bagʻdod, Damashq va Qohira shaharlarida ilmi hayʼat (falakiyotshunoslikastronomiya), riyoziyot (matematika) va jugʻrofiya (geografiya) fanlari bilan shugʻullandi hamda qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (4-sentabr, 973, Kat, Xorazm, — 13-dekabr, 1048 Gʻazna) — Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri.
Al-Beruniy nomi forscha „birun“ (“chet” degan maʼnoni anglatadi) soʻzidan olingan boʻlib, u Afrigʻiy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida tugʻilgan.
Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda oʻtkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shugʻullandi. Beruniy ona tili boʻlgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy va suryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini oʻrgandi. Iroqiylarning oxirgi vakili Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Al-Beruniy falakiyot, riyoziyot, geodeziya, jugʻrofiya va mineralogiya va tabiiy fanlarni yaxshi bilgan. Shuningdek, tarixchi, xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib turardi. U oʻz davrining deyarli barcha fanlarini mukammal oʻrgangani sabab qomusiy alloma deb nomlanadi va koʻplab ilm sohalarida tinimsiz izlanishlari uchun moʻl-koʻl mukofotlangan.[4] Shoh xonadoni va jamiyatdagi boshqa qudratli unsurlar Al-Beruniyning tadqiqotlarini moliyalashtiradi. Oʻziga xos taʼsirga ega boʻlgan Al-Beruniyning oʻzi ham falsafani oʻrganish davomida, boshqa xalqlarning olimlaridan, xususan, yunon olimlaridan ham ilhom olgan.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling