Mavzu: Angor tarixi Reja Angor tumani haqida Angor tumanidagi tarixiy obidalar


Download 32.86 Kb.
Sana11.12.2022
Hajmi32.86 Kb.
#993000
Bog'liq
Angor tumani haqida Angor tumanidagi tarixiy obidalar
Moddalar massasining saqlanish qonuni, jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari (1), Электроника 3-Сам., 14-yanvar ssenariysi, hisobot., Elektrdan oraliq I, Gerontopsixologiya, web dasturlashga kirish Sarvinoz, Devоni lug’оt-it turk, YULDUZ METODIKA, manaviyat asoslari 10-sinf, Arab imlosining xat turlari haqida ma’lumot, Что такое ТПК -, 6-sinf-tarix, 010


Mavzu: Angor tarixi
Reja
1. Angor tumani haqida
2. Angor tumanidagi tarixiy obidalar
3. Angor tumani hududidagi qadimgi davlatlar
Istiqlol tufayli milliy qadryatlarimiz tiklanib. tariximizning bizga noma’lum tomonlari ochilyapti. Ayniqsa yurtimiz va xalqimiz o’tmishini o’rganishga kata e’tibor berildi.
Angor tumanining Angor qishlog’i va unda qadimdan yashab kelayotgan ota-bobalarimizning tarixi deyarli o’rganilmagan. bu haqda yozma manbalar saqlanib qolmagan. Ammo shu yerda yashayotgan bobolarimizning guvohlik berishicha qishloqning tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Ilgari Abdurahmon ibn Avf ota qabristoni atrofida yashab chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanishgan. Sheraboddan keladigan 32 ariqning biri shu yerliklarga obi-hayot yetkazib bergan. Jarqo’rg’on tomandan 1900-yillarda kanali orqali suv kelgach. xozirgi Angor tumani markaziga kelib o’rnashgan. O’zlarini Angorliklar deb ataydigan bu kishilarning qabilasi Qo’ng’irot . urug’i Vaxtamg’ali. dahasi Ochamayli. tarmog’I Kurchol. aymog’I Ko’sa. Oytuvg’on. Qurama kabi to’dalarga bo’linib ketadi. Angor qishloq nomi hisoblanadi. Angorso’zining etimologiyasini turli adabiyotlarda turlicha sharhlashadi. Ya’ni hosili terib olingan ekinzor. qadimgi maydon o’lchovi. qat’iy bir birlikka teng emas. xar joyda har xil. Atrofi uvat bilan o’ralgan yaxlit ekin maydoni Angor deyiladi. Demak Angor . . atrofi o’ralgan yer. qishloq’’deb ta’rif berilgan. Bu mahalliy bobolarimiz gapiga ham to’g’ri keladi. Ular qorasuv daryosi bo’ylarida yashagan paytlarda bu yerlarga arpa va bug’doy ekib kun kechirishgan. Hosilni yig’ib olgach joyini angara deyishgan. Angor qishlog’ nomi Sharofuddin Ali Yazdiyning . . Zafarnoma’’ asarida ham uchraydi. Sibir tomonlarda angara daryosi bor. Angor echkisi ham mashxur. Turkiyada angor qal’asi mavjud. Ammo ba’zi olimlar Angor so’zi anhor so’zidan kelib chiqqan desa. ayrimlari karvonlar qo’nib o’tadigan makon deb nomlashadi. Qadimda uning atrofida Navshahar. Kayran. Xayrobod. Oftobrabod. Tallimaron. Zang. Takiya. Istara kabi qishloqlarga bo’lingan. Angor tumanida hozirgi kunda yigirmadan ortiq tarixiy obidalar mavjud. Ulardan eng mashxurlari Bolaliktepa. Zartepa shuningdek O’rdalitepa. Teshiktepa. Nog’aratepa kabi tarixiy yodgorliklar bor. Bolaliktepa yodgorligi V-VII asrlarga mansub tasviriy san’atning nodir namunalaridan biri 1953-1955-yillarda arxeolog L. I. Albaum tomonidan Surxondaryo viloyatining Angor tumanida joylashgan Bolaliktepa yodgorligini qazib ochib o’rganildi. Kattagina xonaning devorlarida rangli bo’yoqlar bilan qandaydir mehmondorchilik-izdahom tasvirlangan. Unda gilamchilar ustida juft-juft bo’lib. tiz cho’kib o’tirgan erkak va ayollar tasvirlangan. Erkaklarning egnida uchburchak shaklda keng qaytarma yoqali va hoshiyali uzun kamzul oyog’ida mahsi’belida ingichka kamarga o’tkazilgan qayrilma uchli xanjar osilgan. Birida vaza. ikkinchisida to’g’ro tutgan qo’llarning jimjilog’ida bittadan ikkita yirik ko’zli uzuk taqilgan. O’ng qo’lida qadah so’lida ko’zga tutgan ayollarning kiyim-kechaklari nihoyatda bashing. Ichki Libos ustidan hoshiyali qaytarma yoqali hamda uqali uzun va keng guldor yopinchiq –qobo yelkaga tashlangan. Quloqlarida yakkadurli zirak jimjiloqlarida esa ko’zli uzuk taqilgan. Xullas Bolaliktepa qasri devorlarida tasvirlangan ayollarning tashqi qiyofasi VI asrda eftallar hukmdori huzurida bo’lgan budda kohinini hayratga solgan saroy ayollarini eslatadi. Uning ta’riflashicha o’sha vaqtlarda fetal malikalari juda qimmatbaho matodan tikilgan. orqa etagi uch quloch va undan ham uzunroq bo’lgan serbezak ko’ylak kiyar. uning etagini esa maxsus joriyalar ko’tarib yurganlar. Qala-qasr tortburchak shakldagi paxsa poydevor ustiga xom g’shtdan qurilgan bo’lib. 16 xonadan iborat. Xonalaridan spool va shisha idishlar. turli musiqiy asbob bo’laklari naqshinkor chilim. taqinchoqlar o’ralgan ipak kiyimlar parchasi va boshqalar topilgan. Xonalardan birida to’y marosimi aks ettirilgan devoriy rasmlar bo’lgan. Katta va kichik tepaliklardan iborat bo’lganligi uchun ham shunday nom berigan deyishadi. Bolaliktepa yodgorligidagi devoriy suratlarda bazm jarayoni tasvirlangan bo’lib jami 47 nafar shaxs aks ettirilgan. Yana bir tarixiy yodgorlik Zartepa hisoblanadi. Termiz shahridan 26 km shimoliy g’arbida joylashgan qadimiy shahar harobasi. 1951-1952-yillarda arxeolog L. I. Albaum tomonidan tekshirilgan. Arxeolog qazishmalar tufayli Zartepaning shahriston qismidan uy-joy qoldiqlari va ko’chalar topilgan. Sopol idishlarining asosiy qismi angob bilan bo’yalgan. Zartepadan odam va hayvonlarning haykalchalari va har xil tangalar ham topilgan. Topilmalarning eng qadimiysi mil. avv. IV-II asrlarga keyingilari ilk o’rta asrlarga ya’ni V-VII-asrlarga to’g’ri keladi. Qadimiy shahar xarobasi. O’sha davrda Kushon podsholigining shimoliy Baqtiryadagi yirik markazi hisoblangan. 1949-yilda topilgan. Maydoni 17 gektar kvadrat shakldagi devor bo’lib devorning uzunligi 400 metr bo’lgan. Shaharning shimoliy sharqida kvadrat shaklda qo’rg’on bor. u shahardan katta xandaq bilan ajratilgan to’rtta darvozasi bo’lgan. Ko’chalar va ko’pgina arxitektura inshootlarinig izi qolgan. Sopol idishlarning asosiy qismi qizil angob bilan bo’yalgan. Topilmalarning eng qadimiylari mil. avv. IV-II asrlarga keyingilari esa ilk o’rta asrlarga ya’ni V-VII asrlarga to’g’ri keladi. Yana bir qadsimiy yodgorlik hozirgi Tallimoron qishlog’ida joylashgan qadimiy obida hisoblanadi. O’rdalitepa so’zining tub ma’nosi u yerda qadimda turkiy qabilalar yashaganligi uchun shunday atalgan. Qadimgi turkiy tilda ordu yani xon qarorgohi saroy. Ya’ni turkiylar o’rnashgan hudud hisoblanadi. Demak o’rda turkey xalqlar o’tmishida xon saroyida hukmdor turadigan joy. qo’shin qarorgohi qabila ittifoqi nomini bildirgan. O’rda so’zidan shahar davlat va shaharning qismlari atalgan. O’rdali orinomi XIV-XV asrlarda yaratilgan u xaroba tepalik o’rnida qo’rg’on xarbiy istehkom bo’lganligini bildiradi. Qadimdan Angor tumani hududidan Buyuk ipak yo’lining bir tarmog’ida joylashgan bo’lgan. Bu yerlarda Tozlartepa. Bolaliktepa. Zartepa. Qizqo’rg’on. Kuyovqo’rg’on. Xayrobodtepa singari qo’rg’onlar yo’lidan o’tayotgan karvonlar uchun qo’nalg’a vazifasini o’tar edi. Ana shunday to’xtash joyi Angor-karvonlar to’xtaydigan joy yoki mustaxkam qo’rg’oni bor qo’nalg’a. karvonsaroy ma’nosini anglatadi. Hozirgi kundagi Angor tumani Surxondayo viloyatidagi tuman bo’lib. 1952-yil 16-aprelda tashkil topgan. 1962-yil 24-dekabrda Termiz tumaniga birlashtirilgan. 1979-yil 4-dekabrda qayta tashkil topgan. Angor tumani viloyat janubida joylashgan. Termiz Muzrabod. Sherobod . Qiziriq va Jarqo’rg’on tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0’39 ming km kvadrat . Axolisi asosan 1 ta shaharcha va 7 ta qishloq fuqarolari yig’ini: Istiqlol. Do’stlik. Zang. Navoiy. Tallimoron. Yangiobod. Kayran kabi qishloqlar mavjud. Markazi Angor shaharchasi.
Angorda mil. avv. VI-IV asrlarda axoli manzillari paydo bo’lgan. Kushon podsholigi davrida I-III asrlarda dehqonchilik manzillari paydo bo’lgan. Zartepa qal’asi Angorning markazi bo’lgan. VI-VII asrlarda qal’alar. qo’rg’onlar vujudga kelgan. O’tmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qo’nib o’tadigan qishloq hisoblangan. Angor tumani shimolda Qiziriq. g’arbda xotinrabod dashtlariga tutashgan. shimolda Xovdog’ bilan tutashgan. janubi sharqida qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subturopik iqlim. Qishi qisqa iliq Yanvarning o’rtacha harorati 2-3 gradus hisoblanadi. Yozi issiq davomli iyulning o’rtacha harorati 31-32 gradus yiliga 120-130 mm yog’in tushadi. Vegetatsiya davri 300 kun . Tuman hududining g’arbiy qismida sherobod daryosining quyi qismi oqib o’tadi. Zang kanalidan tarmoqlaridan ariqlardan yerlari sug’oriladi. Tuprog’I asosan bo’z taqir qumloq tuproqlar keng tarqalgan. Tuproq sho’rlanishini kamaytirish uchun tuman hududi bo’ylab shimoli sharqdan janubi g’arb yo’nalishida zavur qazilgan. Qadimgi davrda bu yerlarda asosan sho’ra jing’il yantoq qiyoq qamish Burgan kabi cho’l o’simliklari o’sgan. Tuman hududining asosiy qismi o’zlashtirilganligi sababli cho’ldashta xos yavvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi. Axolisining asosiy qismi o’zbeklar shuningdek tojik turkman rus tatar yohudiy va boshqa millatlar yashaydi. bir kvadrat kilometrga 218 kishi to’g’ri keladi. Axolisining 90 foizidan ortig’ini qishloq axolisi tashkil etadi. O’zi viloyat hududida kushonlar davriga oid 130 ta yodgorlik mavjud bo’lib shundan 80 tasi qishloqlar ko’rinishidagi manzilgohlar xisoblanadi. Kushonlar davrida markazlashgan davlatning qaror topishi xo’jalikning ravnaqiga sabab bo’lgan. Bu davrda ham ziroatchilikning g’allachilik paxtachilik bog’dorchilik va polizchilik sohalari jadal rivojlanadi. Tog’ va tog’oldi hududlarida lalmikor dexqonchilik ho’jaligi ravnaq topadi. Hatto Baqtriya shishasozlari 420-yilda Xitoy poytaxtida turfa rangdagi shishalar tayorlab xitoyliklarni lol qoldirgan. Kushonlar davrida xo’jalikning ravnaqi savdo sotiqning rivojiga ham turtki bulgan. Xususan shu davrda Baqtriya savdogarlari Parfiya. Rim. Xitoy va Hindiston mamlakatlariga borib savdo qilganlar. Rimning Pompey shahri xarobalaridan Kushon tangalarining yoki Xayrobot tepedan imperator Neron tangalarining topilishi yuqoridagi fikrning isbotidir. Bu davrda Surxon vohasi savdo yo’llari o’zaro tutashgan hudud bo’lib. albatta bu holat o’lkaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga katta ijobiy ta’sir o’tkazgan. Kushonlar davrida madaniy hayot ham yuksaklikka bo’y cho’zgan. Podsho Kanishka zamonidan boshlab boxtar tili davlat tili deb e’lon qilinadi. Kushonlar davrida me’morchilik ancha yuksalib turar joy binolari ibodat honalar va saroylar qurish ancha avj oladi.
Xo’jaligi Angor tumanida 8 ta jamoa xo’jaligi 36 ta xissadorlik jamiyati 104 ta fermer xo’jaligi 123 kichik korxona 7 ta sanoat korxonasi bor. Tuman g’alla paxta va sabzavot poliz maxsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan. Bog’dorchilik va tokchilik bilan ham shug’illanadi. O’zi Angor tumanning tarixi Surxondaryo viloyatining tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Hozirgi kunda viloyatimizda 359 ta tarixiy yodgorliklardan 294 tasi Arxeologiya 26 tasi me’moriy 39 tasi manumental sa’nati yodgorliklaridir. Termiz shahrining 2500 yilligi yubileyi munosabati bilan 2001­-2002-yillarda viloyatdagi bir qancha tarixiy obidalar va arxeologik yodgorliklarda tamirlash ishlari olib borildi. Surxondaryo viloyatidagi yodgorliklar o’zining qadimiyligi bilan mashxur. Xuroson memorchiligi an’analarida qurilgan mashxur Jarqo’rg’on minorasi Sulton Saodat majmuasi Denovdagi Chag’aniyon davlati qal’asi qoldiqlari Hakim at-Termiziy majmuoti. Eski Termizdagi Zurmala minorasi qoldiqlari Termiz atrofidagi Kokildor xonaqohi va boshqalar shular jumlasidandir. Asrimizning I-IV asrlarida hukmronlik qilgan Kushon imperiyasi davrida Surxondaryo vohasi xususan Angor xududlarida iqtisodiy madaniy jihatdan taraqqiy etadi. Ammo III asrning ikkinchi yarmida saltanatda yuz bergan kuchli to’qnashuvlar imperiyani xalokat yoqasiga olib keldi. Kushon saltanati Eron Sosoniylari qo’shinlari tomonidan mag’lubiyatga uchragach uning yerlarida bosqinchilarga qaram viloyat tashkil etiladi. Bu asosan Baqtriya –Tohariston hududiga to’g’ri keladi. viloyatni asosan sasoniy shaxzodalar idora qilganlar. IV asrning 60-70 yillarida Shopur II markaziy osiyo yerlarida shimoldan kirib kelgan xioniylar bilan kurash olib boradi va ikkinchi marotaba yengiladi. Milodiy 380 yilda xion qabilalarining harakati tufayli Shimoliy Toharistonda xion qabilalarning mustaqil viloyati vujudga kelgan. Sharqiy Tohariston esa eftaliylar uyushmasidan iborat birlik tashkil topadi. Sosoniylar Eroni Tohariston yerlarida yana qaytarib olish uchun harbiy harakatlar olib boradi. Bu davrda Chag’aniyon Toharistonning yirik va qudratli mulklaridan biri bo’lgan Chag’aniyon o’zining sulolaviy dinastiyasiga ega bo’lgan. Mulklikda ko’plab shahar va qishloqlar bo’lgan. va tanga zarb etilgan. Chag’oniyon shohining ko’plab davlatlar bilan diplomatic diniy va sulolaviy aloqalar olib borganligi bazi manbalarda jumladan Afrosiyobdagi devor suratlarida ham aks etgan. VIII asrning to’rtinchi choragida abbosiylarning faol harakati tufayli Toharistondagi barcha sulolalar tugatiladi. Termiz va Chag’oniyonda sodir bo’lgan barcha iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar arab xalifaligi tarkibida bo’lgani sababli musulmon dunyosi mamlakatlari bilan uzviy bog’liq holda kechgan. 806-810- yillarda bo’lib o’tgan. abbosiylarga qarshi ko’tarilgan. Rofe ibn Lays qo’zg’olonini bostirishda Termiz va Chag’oniyon xalqlari ishtirok etishgan. IX asrdagi Chag’oniyoning siyosiy ahvoli haqidagi malumotlar kam saqlangan. 821 yildan boshlab biu davlat ham tohariylar davlati tarkibiga kirgan. Buni Abdulloh ibn Tohar davrida yozilgan soliq ro’yxatida Termiz va Chag’oniyon kabi davlatlar borlig’ini bilib olish mumkun. Bunba Chag’oniyon arab xalifaligi xazinasiga yiliga qirq sakkiz yarim ming Termiz esa qirq yeti ming bir yuz dirham to’lab turgan. 873 yilda tohariylar davlatining safforiylar tomonidan ag’darilishi natijasida X asr boshida Chag’oniyon Somoniylar davlati tarkibiga kiradi. Samoniylarga rasman qaram bo’lgan Chag’oniyondagi hokimiyat amalda al-Muxtoj asos solgan muxtojiylar sulolasiga tegishli bo’lgan. 1005-yilga kelib Somoniylar davlatining qulashi natijasida Termiz va chag’oniyon o’lkalari ham G’aznaviylar va Qoraxoniylar o’rtasidagi kurash maydoniga aylanadi. Chunki ikkala davlat o’rtasidagi chegara Jayxun deb tan olingan edi. Ammo mazkur chegara ikkala davlat tomonidan ham tan olinmagan. Qoraxoniylar daryoni kechib Xurosonga yurish qilsalar G’aznaviylar movarounnahrga qayta javob yurishini amalga oshirganlar. Bu ikkala holatda ham jabrni Termiz va unga yaqin joylar jabr chekkanlar. Odatda ularning mulklari talon taroj qilingan. jumladan 1006 yilda Subosh Tegin boshchiligidagi qoraxoniylar Angorni egallab vayron etganlar. Termiz o’z vaqtida qoraxoniylar va g’aznaviylar o’rtasida muzokaralar bo’ib o’tadigan joy ham bo’lgan. Shunday rasmiy uchrashuvlardan biri 1025 yilda bo’lib o’tgan. Tarixchi Gardiziyning bayon qilishicha. 1025 yilda Sulton Mahmud G’aznaviy katta qo’shin bilan Balx shahriga kelgan. Xuddi shu davrda Chag’oniyon qoraxoniylar va g’aznaviylar o’rtasidagi o’zaro kurash vaziyatni to’g’ri baholab o’z mustaqilligini saqlab qola olgan. Xususan qudratli G’aznaviylar davlatiga qo’shni bo’lsada Chag’oniyon amirlari o’zlarini qoraxoniylar vassal deb hisoblaganlar. Chag’oniyon davlatining siyosiy hayotini o’sha davrda zarb etilgan va arxeologik olimlar tamonidan qazib topilgan tangalar orqali bilishimiz mumkun. tangalar shundan dalolat beradiki 1025-1027-yillarda Chag’oniyon qoraxoniylar davlati tarkibida bo’lgan 1027-1039-yillarda mustaqil davlat bo’lgan. 1039-1043-yillarda qoraxoniylar davlati tarkibida bo’lgan. 1056 yildan boshlab Termiz va Chag’oniyon Saljuqiylar davlati tarkibiga qo’shib olinadi. 1063 yilda Chag’oniyonni to’liq bo’ysundirish uchun Saljuqiylar sultoni Alp Arslon harbiy yurish uyushtirishga majbur bo’ladi. Ibn al-Asir bergan ma’lumotlarga ko’ra Saljuqiylarga bo’ysunishni istamagan chag’oniyon hokimi Muso saljuqiylar qo’shinining Chag’oniyon shahriga yaqinlashib kelayotganini ko’rgan so’ng ko’p bo’lmagan jasur kishilardan iborat otriyadi bilan tog’da joylashgan Qizqo’rg’on(hozirgi Angor tumanidagi obida) qalasiga o’rnashib olib qarshilik ko’rsatgan. Ammo katta qo’shinga ega bo’lgan Alp Arslon qalani qo’lga olib Musoni qatl etadi. Va butun viloyatni o’z viloyatiga qo’shib oladi. Qadimiy Movarounnahr sarzaminida shuhrat tutib jahon bo’ylab ilmu irfon taratgan Buxoro. Samarqand va Urganch kabi shaharlar sarasiga Termiz shahri ham kiradi. Bunga eng avvolo Termiz shahrining qulay geografik joylashuvi ko’p jihatdan omil bo’lib hizmat qilgan sir emas. Boisi mavj urib oqayotgan osov Oks daryosi sohilida qad ko’targan ko’xna Taramata(Avestoda maetxa)shahri o’zining mustahkam devorlari bilan johon fotihlari ahomoniy shohlar Kir va Doroni hamda makedoniyalik Iskandar Zulqarnaynni lol qoldirgan edi. Termiz shahri Balx shahri kabi zardushtiylik va buddaviylik dinlariga ham maskan ham vatan ekani fanda allaqachon o’z isbotini topgan. Bu ikki shahar mashxur Araks(amudaryo)ning o’ng va so’l tomonlarida joylashgan hamda doimiy ravishda bir birining ijtimoiy siyosiy hayotiga o’zaro ta’sir ko’rsatib turar edi. O’ng sohil shahri Termiz va chap sohil shahri Balx o’z tarixi hamda osari antiqalari jihatdan qimmatli qirralarni namoyon etadi. Tarixdan ma’lumki Termiz qadimdan madaniy va ma’rifiy markaz bo’lib o’z bag’rida jahon e’tirof etgan buyuk allomalarni voyaga yetkazgan shahardir. Termiz eng muhumi Mavorounnahrning Buxoro va Samarqand kabi shaharlarini sharqda shuhrat topgan Balx shahri bilan bog’lab turgan. Termiz shahrini uzoq o’tmishdanoq Termizshohlar idora qilgan. Termizni 689 yilda bosib olgan arab qabilasi sardori Muso termizshohlarni quvib yuboradi. Termizni aynan shohlar idora etishi extimol eroniy sosoniylar sulolasi bilan bog’liqliklar kasb etardi zero. xali XII asrda ham Termizni termizshohlar ya’ni Termizga qo’shni bo’lgan Angorni ham termizshohlar idora etardi. Termiz adabiy va ilmiy muhiti xususida so’z ketar ekan o’tmishda yaratilgan tazkira majmua va bayozlarda shu shaharda nashu namo topgan ilm va qalam axli ijodidan keltirilgan parchalarda ma’lumotlarda buning isbotini ko’rish mumkun bo’ladi. Termizda IX-XII asrlarda dunyoviy ilm bilan birga diniy ta’limot ham ancha taraqqiy etadi. Ilohiyat ilmining aynan hakimiya tariqatiga Termiz shahri va unga yondosh hududlarda asos solinadi. uning sardaftari Hakim at-Termiziy edi zero hakimiya tariqati keying davrlarda boshqa qator o’lkalarda tariqatlariga o’z ta’sirini o’tkazadi. Bu jihatlari bilan Termiz shahri ko’prik vazifasini o’taydi. sababi Termiz birato’la movarounnahr va xuroson sufiylik tariqatlari uchu chorraxa edi. Termizda hadis ilmi ham rivoj topadi buyk muhaddis Abu iso Imom at-Termiziy bu sohadagi ishlari bilan jahonga mashxur allomalar qatorida turgan.


Download 32.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling