Mavzu; Antik davr arxeologiyasi xususiyatlari


Download 144 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi144 Kb.
#1103421
Bog'liq
2-Mavzu


Mavzu; Antik davr arxeologiyasi xususiyatlari.
Arxaik davrdagi grek madaniyati ega bo‘lgan xususiyatlar qrit-mikena davriga va undan keyin eramizdan avvalgi XI— IX asrlarga—doriylarning ko‘chishlari va istilolari davriga borib taqaladi, Bu madaniyat o‘sha vaqtda barcha xo‘jalik tarmoqlarida qo‘llanilgan qo‘l mehnati qurollari bazasida rivoj-^ langan. Bevosita ishlab .chiqaruvchilar bo‘lmish dyohqonlar va, hunarmandlar davlatmandroq va boyroq greklarda qullar bajarib kelgan ishlarni bajarganlar. Quldorlik munosabatlari asta-sekin rivojlanib borgan bo‘lsa-da^ lekin jysmoniy mehnat hali erkin kishini xo‘rlovchi ysh deb hisoblanmagan. Dehqonning mehnati esa faxrli mehnat hisoblantan. Bu davrning texnika darajasi va shunga yarasha munosabatlari gesiodning «Mehnat-• lar va kunlar» poemasida yorqin aks ettirilgan. Bu davrning dunyoqarashi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari darajasiga muvofiq bo‘lgan. Tabiat hodisalari va ijtimoiy munosabatlar ko‘pincha diniy ruhda talqin qilingan. 1. Din. Grek dini krit-mikena zamonida va urug‘doshlik tuzumi buzilayotgan davrdaeq (eramizdan avvalgi XI—IX asrlarda) tarkib topa boshlaydi. Eramizdan avvalgi VIII—VII asrlarda bu din tamomila rivoj topgan, Bu — antropomorfizmdan; ya’ni insonni ilohiylashtirishdan, xudolarni o‘lmaydigan va abadiy yosh bo‘lib turadigan kuchli, go‘zal kishilar deb tasavvur qilishDan iborat edi. . I Greklarning tasavvuriga ko‘ra, olam avvalida Haosdan iborat bo‘lgan, Yer—Geya va yer osti olami Tartar ham bo‘lgan. ' Geyadan uning o‘g‘li Uran—osmon xudosi kelib chiqqan. Uran bilan Geyadan titan Kronos tug‘ilgan va o‘z otasi Uranni ag‘darib tashlagan. Bular titanlar—katta xudolar ekan. Kronosdan Aid, Poseydon, Gestiya, Demetra, Gera va Zevs kabi kichik xudolar kelib chiqqan. Zevs 'boshliq kichik xudolar—titanlarning hukmronligini ag‘darib tashlaganlar va olamni o‘zlari idora qila boshlaganlar. Zevs bosh xudo, xudolar otasi, chaqmoqsochar hisoblaigan.
Vsmon ma’budasi va nikoh xomiysi Gera uning xotini bo‘lgan. Poseydon dengiz xudosi sifatida e’zozlangan. Demetra hosildorlik va do.n ekinlari ma’budasi bo‘lgan, Gestiya uy-ro‘zg‘or ma’budasi, Aid yer. osti olamining xudosi bo‘lgan. Zevsning ko‘p farzandlari—xudolar bo‘lgan. Zevsning kallasidan chiqqan Donishmandlik va urush ma’budasi Afina; rushnolik va san’at xudosi Apollon, oy va ov ma’budasi Artemida, temirchi xudo Gefest va boshqalar eng izzatli xudolar bo‘lganlar. Go‘zallik va sevgi ma’budasi Afrodita Kipr oroli yonida dengiz ko‘pigidan paydo bo‘lgan va shuning uchun u Kiprida ham deb ataladi. Go‘zal yigi.tcha qiyofasidagi Dionis uzumchilik vavinochilik xudosi deb ayniqea e’zozlangan. Uning hurmatiga Dionisiya bayramlari qilingan. Greklar butun tabiatni ilohiy mavjudotlar bilan to‘ldirganlar. Ularning nazaricha, chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echkioyoq satirlar yashagan; dengizda nayadalar va sirenalar—ayol boshli qushlar yashagan. Gresiyada yarim xudo-qahramonlar e’zozlangan. Greklarning fikricha, bu. yarim xudo-qahramonlar xudolar bilan odamlarning.nikohidan kelib chiqqan. 12 marta jasorat ko‘rsatgan Gerakl alohida hurmatlangan. U sher terisiga burkangan va tayoq bilan qurollangan holda tasvyrlangan. Gerakl yovuzlikka qarshi kurashib, uni yenguvchi oliyjanob kishi obrazi edi. 2. Bayramlar. Qadimgi GresiyaDa shunday madaniy qoidalar bo‘lganki, bu qoidalar turli shaharlarni bamisoli bir butun qilib bog‘lagan va grek elini birlashtirgan. Bolqon yarim orolining shaharlari o‘z bayramlari, uyinlari, orakullari, (valiylari) bilan grek elini birlashtiruvchi markazlar bo‘lgan.. Gresiyada xudolarga atalgan maxsus bayramlar mavjud bo‘lgan, bu bayramlar faqat diniy xarakterga ega bo‘lmagan, chunki jismoniy tarbiya musobaqalari hamda muzika, qo‘shiq va shu kabilar mazkur bayramlarning‘ eng muhim ishlari hisoblangan. . ••'.;, Bu bayramlarga Gresiyaning hamma lolislaridan odamlar yig‘ilib kelishgan. Peloponnesdagi Argos shahrida Gera Argossiy sharafiga o‘tkazilgan bayramlar, Panafeniyalar, ya’ni Afinada ma’buda Afina sharafiga o‘tkazilgan bayramlar va boshqalar mashhur bayramlar bo‘lgan. Bu bayramlar chog‘ida Afinaga Gresiyaning eng xilma-xil shaharlaridan ko‘p odam kelgan. Afinada ayollarning namoyishlari ayniqsa shuhrat qozongan. Odatda ayollar uylaridagi maxsus binolarda—ginekeyalarda o‘tirganlar1 va deyarly hech joyga . bormaganlar. Biron joyga borganlarida yo yaqin qarindoshlari bilan yoki oqsochlari bilan borganlar. Ammo Panafineya bayramlarida ayollar ma’buda Afina sharafi^ga bag‘ishlangan tantanali yurishda qatnashganlar. Ular bayram liboslariga yasanib, bemalol ko‘chaga
chiqqanlar. Bu bayramlar tantanali suratda o‘yin-kulgi bilan o‘tkazilgan. Bu kuni qo‘shiqlar aytishganlar, davra olib raqsga tushganlar, laparlar aytganlar, oxirida teatr tomoshalari qo‘yib berilgan. • . 3. Olimp o‘yinlari. Bayramlardan tashqari, greklarni umumgrek musobaqalari birlashtirgan. PelOponnesda Olimpiyada o‘tgan olimp o‘yinlari ayniqsa dong taratgan. Bu o‘yinlar xudolarning otasi, chaqmoqsochar Olimplik Zevs sharafiga o‘tkazilgan. Olimpiyada Zevsning ibodatxonasi bo‘lib, ibodatxonada mazkur xudoning kattakon haykali turgan. - Olimp o‘yinlari har to‘rt yilda bir marta beshinchi yilga o‘tar chog‘ida boshlangan, binobarin, qadimgi greklar keyinchalik o‘z vaqt hisoblarini olimpiadalar asosida yurgiza boshlaganlar. Rivoyatga ko‘ra, birinchi olimpiada eramizdan avvalgi 776 yilda o‘tkazilgan. Uyinlar vaqtida bu o‘yinlarda hamma greklar qatnasha olishi uchun urushlar to‘xtatilgan. Shunday qilib, olimp o‘yinlari chinakam tinchlik darakchisi bo‘lgan. Olimp o‘yinlarigatrek dunyosining juda turli-tuman shaharlaridan ko‘p xaloyiq yigilib kelgan. Musobaqalarda yugurish, sakrash, disk irgitish, aravachalarda ot choptirish va boshqa 'ko‘pgina gimnastika mashqlari o‘tkazilgan. Bundan tashqari, dramaturglar, shoirlar, ashulachilar va sozandalar ham musobaqa qilishgan. Bu o‘yinlar jismoniy tarbiya uchun ham, aqliy va ma’naviy kamolot uchun ham birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan. Jismoniy mashqlarda erkaklar ishtirok etgan, ayollardan esa faqat spartalik qizlar qatnashgan. Olimp o‘yinLarining goliblari oddiygina mukofot—muqaddas zaytun daraxti barglaridan to‘qilgan gulchambar olganlar. G‘olib hech qanday qimmatli buyumlar olmagan. Ammo bu zaytun gulchambari oliy faxrli mukofot hisoblangan. G‘alaba qozongan kishi g‘oyat darajada izzat-ikrom qilingan. Faqat o‘zi emas, oilasi ham, tug‘ilgan shahri ham juda hurmat qilingan. G‘olib sharafiga qo‘shiqlar aytilgan, she’rlar to‘qilgan. Haykaltaroshlar g‘oliblarning haykallarini yasaganlar. Ashulachilar, muzikachilarning musobaqalarida g‘olib chiqqanlar, dafna gulchambari bilan mukofotlanganlar. Ular ham hammaning izzat-ikromiga sazovor bo‘lgan va o‘z shahrining faxri hisoblangan. Olimp o‘yinlari butun Gresiyaning madaniy taraqqiyotiuchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 4. Orakullar. Orakullar ham umumgrek qoidalariga kirgan. Orakullar tufayli gerk kohinlari juda katta foyda ko‘rganlar, chunki o‘z savollariga javob olishni istagan kishilarning hammasi pul yoki qimmatli buyumlar sadaqa qilgan. Orakullar deganda ayrim shaxslarii emas, balki karamatgo‘ylik bilan, ya’ni kelajakdan xabar berish bilan shug‘ullanuvchi
b.utui-buto‘n ibodatxonalarni anglamoq kerak. Fokidadagi Delfalik orakul ayniqsa dong taratgan. Bu joydagi tog‘lar orasida bir dara bo‘lib, unda zararli bug‘ chiqib turgan. Shu dara yonida sepoya qo‘yilgan va uning ustiga karomat qiluvchi kohina Pifiya o‘tirgan. Zararli bug‘dan esankirab qolgan bu kohina hushini yo‘qotgan. Shu ongsiz holatida u tushunib bo‘lmaydigan so‘zlarni aytib javragan, bu so‘zlarni kohinlar tushuntirganlar va ular orakulga berilgan savollarga javob qaytarganlar. Delfalik orakul juda nom chiqargan va faqat grek davlatlarida emas, balki, hatto, boshqa davlatlarda ham shuhrat qozongan. Orakullar katta siyosiy rol o‘ynaganlar va sotqinlikka moyil bo‘lganlar.. Orakullarning javoblari shunday ifodalanganki, ularni turlicha talqin qilish mumkin edi, chunki haqiqatda orakul hech nimani oldindan aytolmas edi. Lekin kohinlarga o‘z obro‘larini yo‘qotmaslik muhim edi.
Grek yozuvi. Ozroq harflardan iborat grek alifbe yozuvi eramizdan avvalgi IX—VIII asrlarda finikiyaliklar alifbesidan foydalanish asosida yuzaga kelgan. Finikiyaliklar savdo hi.sobtkitobi yurgizar ekanlar, ularvi yozib borish zarur bo‘lgan, ymmo.ko‘p sonli belgilari bo‘lg‘an Sharqning qadimgi yozuvini urganishga vaqtlari va imkoniyatlari bo‘lmagan. Hisob-kitobni ;1ks ettiradigan va uzoq o‘rganishni talab qilmaydigan qisqa na aniq alifbe kerak edi. Finikiyaliklar 22 harfdan iboratyangi : alifbe tuzganlar, lekin bu harflar faqat undosh tovuga-. larni' bildirgan. Greklar finikiyaliklarning I yozuvidan foydalangashkar, lekin uni o‘zgartirib, faqat undosh tovushlarni emas, balki unli tovushlarni ham bildiruvchi alifbe tuzganlar. Shunday qilib, ular 24 harfdan iborat yangi grek alifbesini yaratganlar. Biz uchun grek alifbesining • ahamiyati shuning uchun ham kattaki, keyinchalik slavyan alifbesiga asos solgan kishilar namuna tariqasida olib, faqat sh, shch tovushlarini bildiruvchi harflarni qo‘shganlar. Hozirga qadar biz ana shu o‘zgartirilgan alifbedan foydalanib kelmoqdamiz. 7. Adabiyot. Yangi alifbe va yozuvning yaratilishi grek adabiyotining rivojida juda muhim qadam bo‘lgan edi. Eramizdan avvalgi VIII asrning ikkinchi yarmida Beotiyada yashagan shoir Gesiod ikki yirik adabiy asar yozgan: birinchisi «Teogoniya» asari bo‘lib, unda greklarning xudolar va olamning kelib chiqishiga qarashlari bayon qilingan; ikkinchisi «Mehnatlar va kunlar» asari edi. Eramizdan avvalgq VII—VI asrlarda grek lirikasi paydo bo‘lgan va kjsak darajada rivojlangan. Bu—grek polislarida aristokratiya bilan demokratiya o‘rtasida borgan qattiq sotsialiqtisodiy va siyosiy kurash davri bo‘lgan. Eramizdan avvalgi VII—VI asrlar davri o‘zining doimiy kurashi bilan lirik shoirlarning she’rlarida o‘z aksinitopgan. Bu she’rlar qisqacha bo‘lib, o‘sha zamondagi kishilarning kayfiyati va o‘y-fikrlarini ifodalagan. Ular ozgina so‘zlarda kuchli his-tuyg‘ularni, qayg‘u va shodlikni tasvirlab ko‘rsatganlar. «Lirika» so‘zi o‘sha vaqtda eng ko‘p ishlatiladigan muzika asbobi-liraning nomidan olingan. Odatda she’riy asarlarlira muzikasi jo‘rligida ohang bilan deklamatsiya qilingan. Grek lirikasiga asos solgan dastlabki shoirlardan biri Paros orolida tug‘ilgan Arxilox bo‘lgan. U aristokratiya bilan demokratiya kurashida qatnashgan. Uz, she’rlaridan birida Arxilox hayot yo‘lida goh omad kelib, goh omad ketib turgani haqida so‘zlaydi. Agar seni «yengsalar,—deyar edi u,—g‘am yema, uyga bekinib olib, yig‘lama. Omad kelganda evi bilan shodlan, kulfat tushganda evi bilan qayg‘ur. Inson hayotidagi pinhona ohangni bilib ol». Arxilox yollanma askar bo‘lib Frakiyada jang qilgan. Umri nima bilai tugaganligi noma’lum. Arxilox taqdiri—-o‘sha, zamonda sarson-sargardon bo‘lib, och-yalang‘och va doim xavf-xatar ostida yashagaioddiy kishining hayoti namunasidir.
San’at. Ana shu davrda grek tasviriy san’ati vujudga keladi. Dastlabki vaqtlarda bu san’at arxitekturada ham, haykaltaroshlikda ham qadimgi Sharq san’atidan ancha orqada qoladi. Lekin eramizdan avvalgi VI asrning oxirlaridayoq grek san’ati shu qadar rivojlanganki, ba’zi jihatlardan qadimgi Sharq san’atidan oshib kyotgan. Dastlabki paytlarda grek arxitekturasi mukammal bo‘lma-, gan. Eramizdan avvalgi VIII—VII asrlardagi grek ibodatxonasi uch tomoni devor bilan to‘silgan va to‘rtinchi tomoni ochiq yog‘och imoratdan iborat bo‘lgan. To‘rtinchi tomondan tomni ushlab turish uchun oldida ustun tirkab qo‘yilgan. Odatda dumaloq shaklda bo‘lib, yaxshilab silliq qilib yo‘nilgan. Tosh me’morchilik paydo bo‘lgandan keyin ustunlar toshdan yasab qo‘yilgan. Shu tariqa qator ustunlar (kolonnalar) paydo bo‘lgan. Eramizdan avvalgi VII asrda ba’zi ibodatxonalar xom g‘ishtdanqo‘rilgan. Qeyinchaliktosh me’morchilik rivojlanib ketadi va u grek arxitekturasi taraqqiyotining eng oxirigacha davom> etib keladi.
Eramizdan avvalgi VII asrniig oxirlarida hamma tomondan ustunlar bilan o‘ralgan yangi shakldagi ibodatxoka vujudga keladi. Xuddi shu vaqtdan boshlab doriycha order yoki uslu.b paydo bo‘ladi. Bu uslub, avvalo, oddiy tarzdagi qator u.stunlar uchun xarakterlidir. Kolonna taKkursiga, o‘z.ak va tepaqoshgabo‘lingan. Doriycha ustuilarning qoshi oddiygina, bezaksiz" bo‘lgan. Gresiyada hayKaltaroshlik ham eng ibtidoiy formalardan boshlab rivojlana boradi. Eramizdan avvalgi VIII asrda xudo-- larning yog‘och suratlari yasalgan. Bu suratlar kiyintirilib, ibodatxonalarga qo‘yilgan. Eramizdan avvalgi^I asrda grek tosh haykallyri paydo bo‘ladi. Dastlabki paytlarda bu haykallar ham juda ibtidoiy shaklda bo‘lib, qo‘pol ishlangan yog‘ochni eslatadi. Masalan, Samrslik Geraning haykali shunday bo‘lib, u yog‘ochdan yasalib, kiyintirilgan haykalga o‘xshardi. Uning‘. qaddi-qomati deyarli bilinmaydi. Haykal dum-dumaloq qilib ishlangan. Eramizdan avvalgi VII asrning oxirlarida paydo bo‘lgan haykallar odamning qaddi-qomatiga o‘hshab ko‘rinadi. Masalan, Deloslik Artemidaning haykali ana shunday. Unda garchi juda ibtidoiy tarzda bo‘lsa hamki, qaddi-qomati aniq ko‘rinib turardi; Bosh, gavda, qo‘l va oyoqlar bor edi. Lekin bularning hammasi hali yassi va sxematik bo‘lgan. Eramizdan avvalgi VII asrda haykallar gruipalari paydo bo‘ladi. Masalan, Sitsiliya orolidagi Selintus ibodatxonasida. bir gruppa kishilarning haykallari yasab qo‘yilgan bo‘lib,.
ular orasida qahramon Persey Meduzaiing boshiii qilich bylan'.' chopayotganligi tasvirlangan. Bunda figuralar ancha yaxshi ishlangan. Gavda va harakatlar mutanosib ravishda t.asvirlab ko‘rsatilgan. Lekin yuzlardagi.jilmayish o‘sha vaqtdagi shartga ko‘ra qotib qolgan. Perseyning jilmayib turishi tushunarli, albatta, lekin boshi kesilayotgan Meduzaning jilmayib turishi g‘alati. • - • .•. / • O‘sha davrda xudrlarni tasvirlashdan tashqari, kuros deb ataluvchi yigitchalarni tasvirlash ham rassomning sevikli syujeti bo‘lgan. Xudo Apollon ham yigitcha qiyofasida tasvirlangan. Teneylik Apollon ayniqsa mashhur bo‘lgan. U tikka va harakatsiz turgan. Shu bilan birga uning gavdasi mutanosib ravishda chiroyli ishlanib, boshi yaxshi yasalgan. Yuzyda o‘sha arxaik jilmayish ko‘rinib turgan. Arxaik davrninghaykallari uchun ayniqsa xarakterli bo‘lgan narsa shuki, ularda sochlarning taralishi va kiyimlar juda ' sinchiklab ishlaigan. Marmarda yoki boshqa materialda' kokillar, jingalak sochlar zo‘r mahorat bilan juda nozik qilib ishlanganki, bunday chiroyli sochlarni biz Appolon, Nike, Artemida va boshqalarning haykallarida ko‘ramiz. Kiyimlarning jimjimalari juda diqqat bilan tasvirlangan, ba’zan esa shunday mohirlik bilan ishlanganki, mato kishining ko‘ziga shaffof bo‘lib ko‘rinadi. Erkaklar odatda yalongoch holda tasvirlangan. Ayollar ko‘pincha kiyimda tasvirlangan. • Usha zamondagi haykallar bo‘yalgan. Bo‘yoqning yuqlari, ba’zan esa yaxshi saqlangan bo‘yoqning o‘zi haykallarda qolgan. Ayniqsa bu arxaik davrda ko‘proq uchraydi. Arxaik haykaltaroshlik figuralarning harakatsiz bo‘lishiga qaramay, o‘zining so‘nmas go‘zalligiga ega bo‘lib, yuksak san’ati bilan kishini hayratda qoldiradi. Grek rassomligi bizgacha binolarning devorlarida yetib kelgan. Tom ma’nodagi kartinalar Italiyaning janubidagi shaharlar vayronalarida, yer ostidagi sog‘onalarning devorlarida saqlanib qolgan. Greklar hatto ilk zamonda ham vazalarga chiroyli gullar solganlarki, bular ham qadimgi rassomlikning namunasidir. Eramizdan avvalgi VI asrda qora figurali vazalar yasalgan, ya’ni tabiiy qyzg‘ish tusdagi vazalar ustiga qora lak bilan har, xil rasmlar solingan. Ba’zan rasmlar boshdan oyoq «timdalab» chiqilgan va qizil, oq bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan. Faqat arxaik davrdagy rasmlar shunday usul bilan ishlanardi. Korinf sarg‘ishroq gilvatadan yasalgan vazalar bilan shuhrat qozongan. Eramizdan avvalgi VI ysrda Attikada ishlab chiqarilgan lak, garchi eramizdan avvalgi V asr davridagi lakka tenglasha olmasa-da, har holda bizning davrimizgacha o‘chmasdan saqlanib . qolgan.
Vazalar yasashning va vaza rassomligining butun Gresiyada tarqalganligi kulolchilik hunarining va tasviriy san’atning yuksak darajada ekanligidan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi VII—VI asrlarda grek madaniyatida antik sinfiy jamiyatning qaror topishining, urug‘doshlik tuzumi dunyoqarashi qoldiqlari tugashining, aristokratiya bilan demos o‘rtasidagi kurashning, antik quldorlik polisi qaror topishining alg‘ov-dalg‘ovli davri aks ettirilgan. Ilmiy bilishning dastlabki muvaffaqiyatlari aks ettirilgan, dastlabki falsafiy sistemalar ifodalangan. Eramizdan avvalgi V—IV asrlar arxaik' davrining madaniyati qurgan poydevor ustida qadimgi grek klassikasi o‘zining porloq rivojiga yetdiki, bu klassika Yevropa madaniyati uning ustida muvaffaqiyat bilan rivojlanib kelgan va rivojlanayotgan negizning kattagina va muhim qismini tashkil etadi.
Arxitektura, haykaltaroshlik, rassomlik. Qadimgi grek arxitekturasi va umuman tasviriy san’ati, qadimgi grek madaniyatining boshqa elementlari singari, undan keyingi zamonlarning badiiy taraqqiyotiga ajralmas qism bo‘lib mahkam kirib oldi. Ularning elementlari hozirgi vaqtda ham .yashamoqda. Qlassik davrda Gresiyada ibodatxonalar, teatrlar, majlis binolari — bulevteriyalar yetakchi arxitektura inshootlari edi. Eramizdan avvalgi V asrda shaharlarni planlashtirish paydo bo‘ladi. Lekin ibodatxona hamon asosiy arxitektura inshooti bo‘lib qola beradi. Grek me’morlari binoning ko‘taruvchi va ko‘tariluvchi qismlarining muvofiq kelishining qattiq tartibini ishlab chiqqanlar. Bu tartib ibodatxona binolarida ayniqsa yaqqol ko‘rsatilgan. Bu tartibni yoki orderni arxaik davrdayoq ko‘rish mumkin. Dastlabki vaqtlarda ibodatxonalar yog‘ochdan yasalgan. Ular to‘g‘ri burchak shaklida bo‘lgan. Tom ma’lum M/asofada ustunlar ustida o‘rnatilgan. Keyinchalik ibodatxonalar toshdan yasaladigan bo‘lgan. Yog‘och ustunlar o‘rnini tosh^ustunlar egallagan. YoMg‘ir suvlari oqib tushadigan vertikal tarnovlar — kannelyurlar ilgari qanday yog‘och ustunga o‘yilgan bo‘lsa, endi xuddi o‘sha tarzda tosh ustunga o‘yilgan. Kannelyurlar tikka qatorlashib ketgan tosh ustunlarni yaqqol namoyish qilganlar. Eng erta paydo bo‘lan order yoki uslub doriy uslubi edi. Doriycha uslubda qurilgan binolar juda oddiy bo‘lgan. Doriycha ustunlar toshdan yasalgan maxsus tagkursi ustiga emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri polda o‘rnatilgan. Ustunlarning tepa qismi, ya’ni kapiteli juda sodda bo‘lib, chetdan qaraganda trapesiya shaklida ko‘ring‘an. Doriycha tosh ustunlarning o‘zi yo‘g‘on va baquvvat bo‘lgan. Eramizdan avvalgi V asrda boshqa bir uslub — ioniycha uslub rasm bo‘ladi. Bu uslubda qurilgan binolar doriycha uslubdagiga nisbatan ixchamroq, ustunlari ingichkaroq va kelishganroq bo‘lgan. Ustunlar endi pol ustiga qo‘yilmasdan, balki tosh tagkursi — baza ustiga qo‘yilgan, ustunlarning qoshi — kapi •rli endi ikki gajakli naqshlar — volyutlar bilan bezatilgan. sshshycha uslubda qurilgan binolar doriycha uslubdagiga qaIGaida murakkabroq naqshlar bilan bezatilgan. Eramizdan avvalgi IV asrda korinfcha uelub rasm bo‘la bosh- •ygan. Uning ioniycha uslubdan farqi shuki, uning ustunlari u.chunroq (orderga mutanosib ravishda),tagkursisi va qoshi ancha murakkab bo‘lib, akanf o‘simligi yaproqlari bilan bezatilgan. Bizning zamonimizgacha Afina akropolida saqlanib qolgan Plrfenon va Erexteyon ibodatxonalari grek arxitekturasining •pp' mashhur namunalaridir. Ajoyib Parfenon ibodatxonasi ma’buda Afinaga bag‘ishlangan. Hozirga qadar ham u jahon arxitekturasining durdonasi ,u1soblanadi. Parfenonning ustunlari doriycha uslubda bo‘lsada, lekin butun binoning tarz-tarovati ioniycha uslubdadir. Parfenon qarshisida turgan Erexteyon ham grek arxitekturasiying mashhur yodgorligidir. Bu bino sof ioniycha uslubda qurilgan. Uning ustunlari nihoyatda kelishgan va nafisdir. Kariatidalar deb atalmish qiz haykallari ham ajoyibdir, ular ustunlar o‘rnida ibodatxona devori oldidagi kichkina peshayvonning tomini saqlab turishadi. Eramizdan avvalgi IV asrda qadimgi Afina markazida afiialik grajdan Lisikratga qo‘yilgan yodgorlik haykalini ham korinfcha uslubning namunasi hisoblash mumkin. U ham bizning zamonamizgacha saqlanib qolgan. • Grek haykaltaroshligi dastlabki vaqtlarda, eramizdan avvalgi VII asrda, hadimgi Sharq haykaltaroshligidan ancha orqada qolgan bo‘lib, juda primitiv shaklda edi. Eramizdan avvalgi VI asrda Gresiyada odamning figurasini va yuzini haykal shaklida tasvirlash takomillashadi-yu, lekin figuralar harakatsiz bo‘ladi. Faqat eramizdan avvalgi V asrdan e’tiboran grek haykaltaroshligining ravnaqi boshlanadi. Haykaltaroshlik endi odamning figurasi va yuzini, to‘g‘ri tasvirlabgina qolmasdan, harakatni ham aks ettiradigan bo‘ladi. Eramizdan avvalgi V asrda Miron, Poliklet va Fidiy ayniqsa mashhur haykaltaroshlar edilar. Miron diskobolni haykaltaroshlik san’ati bilan tasvirlash avtoridir. Haykaltarosh harakatni shu qadar jonli tasvirlaganki, bamisoli tomoshabin yosh yigitning tez burilib diskni irg‘itayotganini ko‘rgandek bo‘ladi. Mironning «Afina bilan Marsiy» degan haykallar gruppasida ham har ikkala figura xuddi harakat qilayotgandek his etiladi. Marsiy ikkinchi darajali o‘rmon ma’budi bo‘lib, u ma’buda Afinaning jahlini chiqargan. Haykallar gruppasi ana shu manzarani tasvirlab ko‘rsatadi. Argos haykaltaroshi Poliklet asosan go‘zal yosh o‘smirlarni— ideal grajdanlarni tasvirlagan. Uning «Nayzabardor» va «Diodumen» (yosh o‘smir boshnga boylangan" bintni to‘g‘rilab turgan bo‘ladi) haykallari ayniqsa mashhurdir. Musobaqada g‘olib 9* 131 chiqqan yosh yigitchalarni tasvirlovchi bu ikkala haykal g‘oyat Ny fis va quvvat ifodasidir. Poliklet san’atda faqat amaliyotchi emas, balki nazariyotchi ham edi. U greklar eramizdan avvalgi V asrda tasavvur qilgai ideal odam gavdasini yasash qonun-qoidalarini yaratgan edi. Periklning do‘stlaridan biri eng yirik grek haykaltaroshi Fidiy edi. Uning asarlari go‘zal va ulug‘vordir. Uning Parfeponda turgan, oltin, yog‘och va fil suyagidan yasalgan ma’buda Afina haykali eng mashhurdir. Bu haykalning balandlig‘i 12,5 metr. Olimpiyada Fidiy Zevs Olimpiyning taxtda o‘tirgan vaziyatdagi haykalini yasagan. Bu haykal ham g‘oyat ulkan bo‘lib, o‘sha usulda yasalgan. Bundan tashqari, Fidiy asarlari bilan Parfenon bezatilgan. Akropolning o‘rtasida Afina Promaxosning (ya’ni oldinda turib jangqilayotgan Afinaning) haykali turardi. Bu ma’buda boshida dubulg‘a, qo‘lida baland ko‘tarilgan nayza. Nayzaning o‘tkir uchidagi zarhal yaraqlab turardi.Haykal baland tagkursi ustiga qo‘yilgan. Pireydan bir necha kilometr narida dengizda kemalarda suzib borayotgan kishilar bu nayzani baralla ko‘rardilar. Fidiy ma’budlar va ma’budalarni tasvirlar ekan, ularning.barkamolligini va hashamatini bo‘rttirib ko‘rsatardi. Butenial haykaltaroshlarningasarlaridan tashqari, nomlari noma’lum bo‘lgan boshqa ko‘p asarlar ham bor. 15-^-16 yoshda bo‘lib, olimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqqan yuguruvchi qizning haykali ayniqsa chiroyli. Eramizdan avvalgi IV asrda qadimgi grek haykaltaroshligining xarakteri o‘zgargan. Bu narsa yangi ijtimoiy sharoitlar, polisning krizisga uchr^ashi, aholi o‘rtasida mulkiy tabaqalanishning yanada kuchayishi, o‘sha davrning alg‘ov-dalg‘ov voqealari bilan. bog‘liq edi. " Eramizdan avvalgi IV asrning ulug‘ haykaltaroshi Praksitel bo‘lib, ,u asosan ma’budlar va ma’budalarni chiroyli, latofatli yigitlar va yosh juvon^ar shaklida tasvirlagan. Uning go‘dak Dionis bilan o‘ynab turgan yosh ma’bud «Germes» asari ayniqsa dong taratgan. Uning Knidlik Afrodita haykali ham mashhurdir. Fidiyning ulug‘vor ma’budlaridan farqli o‘laroq, Praksitel yaratgan ma’budlar beparvo nozik bo‘lib, ular garchi qalblarni larzaga solmasalar-da, hozirga qadar ham san’at muxlislarini hayratda qoldirib kelmoqda. Eramizdan avvalgi IV asrga qadar haykaltaroshlar ayollarni faqat kiyim bilan tasvirlagan bo‘lsalar, Praksitel birinchi marta ma’buda Afroditani yalang‘och holda aks ettirdi. Praksitelning ijodi, bir tomondan boylarning, ya’ni aholining o‘ziga to‘q tabaqalarining ideologiyasini aks ettirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan polis dinining an’anaviy qarashlariga putur yetkaza boshlagan edi. Eramizdan avvalgi ^.asrda yashagan Skopas grek haykaltaroshligida alohida o‘rin tutadi. U odamlarning jismoniy va 132 ruhiy azoblarini tasvirlagan. Uning jon holatda yugurib ketayotgan Menada haykali hamda Tegeydagi fronton gruppasiga oid nradorjangchilarningma’yusboshlari mashhurdir. Afsuski, bu haykallar yaxshi saqlanmagan. Skopasning haykallari keng ommaning og‘ir ahvolini, eramizdan avvalgi IV asrda grek quldorlik polislarining krizisi vaqtida azob-uqubatlarga, urush-talashlarga to‘lgan og‘ir ahvolni aks ettirgan. Klassik davr bilan ellinistik davr chegarasida, eramizdan avvalgi IV asrning o‘rtasi va oxirida yashab ijod qilgan mashhur haykaltarosh Lisipp edi. U jismoniy va irodasi kuchli kishilarni tasvirlagan. Uning «Gerakl»i va o‘z badanini qashlag‘ich oilan tozalovchi «Apoksiomen»i ana shunday pahlavon kishilardir. Lisipp yaxshi portretist bo‘lgan, u Aleksandr Makedonskiy haykalining avtoridir. Lisipp Aleksandr Makedonskiy davrini va uning istilolarini aks ettirgan. Poliklet singari, u ham san’at nazariyotchisi bo‘lgan. Poliklet eramizdan avvalgi V asrda chorpahil kishilarning tasviri uchun rasm qilgan qonun-qoidalar eramizdan avvalgi IV asrdagi greklarni qanoatlantirmay qo‘ygan. Lisshsh o‘z pahlavonlarini (atletlarini) qaddi-qomati balandroq va Praksiteldan farqli o‘laroq, serg‘ayrat va serharakat tarzda tasvirlagan. Polisning tanglikka uchrashi va individualizmning rivojlanishi haykaltaroshlik portretida o‘z aksini topgan. Eramizdan avvalgi V asrda polis grajdanlarining portretlari asliga monandligiga hali unchalik ahamiyat bermaganlar. (Bu holni eramizdan avvalgi V asrning birinchi yarmidan saqlanib qolgan haykaltaroshlik portretlarida ayniqsa yaqqol ko‘rish mumkin. Ularning hammasi bir-biriga o‘xshashdir. Biroq eramizdan azvalgi IV asrda haykaltaroshlar o‘z qahramonlari va buyurtmachilarining individual belgilarini aks ettirishga harakat qila boshlaganlar. Qadimgi Gresiyada rassomlik keng tarqalgan, lekii afsuski, bizning zamonimizgacha uning namunalari deyarli saqlanib qolmagan. Grek rassomlarining freska va mozaikalari uchunodatda mifologiyaning ayrim manzaralari syujet bo‘lgan, lekin zamon voqealarini va greklarning. turmushini aks ettiruvchi kartinalar ham bo‘lgan. Italiyaningjanubidava SSSRning janubida arxeolbglar tomonidan topilgan sag‘analardagi freskalar, bizgacha ko‘plab yetib kelgan qizil figurali va qora figurali guldor vazalar monumental va stanokli grek rassomligi haqida hozirgi vaqtda bizga tasavvur beradi. Ertaroq davrda pishirilgan gilvataning qizg‘ishroq tabiiy fonidagi qora figurali vazalar syujetlarni qora figuralarda aks ettirganlar. Birmuncha keyinroq qizil figurali vazalar yasay boshlaganlar va ulardagi qora fonni pishirilgan gilvataning tabiiy rangidagi ochiq pushti figuralar o‘rab turgan. Vazalarga naqsh soluvchi rassomlar shu tariqa syujetni batafsilroq aks ettira olganlar. Keyinroq davrga oid ayrim freska-mozaikalar maqbaralarda saqlanib qolgan. Yaqindagina Italiyaning janubida grek maqbaralarida klassik davrga oid freskalar topilgaya. Din grek klassik madaniyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan. Din arxitekturaiing, tasviriy san’atning, adabiyotning ajoyib yodgorliklarida ham o‘z aksini topgan. Qadimgi grek dinining asosiy formalari arxaik davrdayoq tarkib topgan, uning ildizlari esa eng qadimgi krit-mikena davriga va qadimgi sharq ta’sirlariga borib taqaladi. Qabilalararo va polislararo aloqalarshgag, kengayishi natijasida greklar o‘z qo‘shnilariningma’budlari bilan va yiroq joylarning ma’budlari bilan tanishganlar. Ko‘pincha ma’budlar bir xildagi vazifalarni bajarganlar, lekin ularning nomlari har xil bo‘lgan va aksincha. Asrlar o‘tib borishi bilan ma’budlar o‘zlarining eski xususiyatlarini yo‘qotganlar va yangi xususiyatlarga ega bo‘lganlar yoki yangi vazifalar eski va-. zifalar bilan qo‘shilib yura bergan. Ibtidoiy jamoadan" sinfiy jamiyatga o‘tish davrida ma’budlar haqidagi tasavvurlar, ayniqsa ko‘p o‘zgarib ketgan. Ana shularshgag hammasi eramizdan avvalgi VIII—VII asrlarning chegarasidayoq ko‘pdan-ko‘p mahalliy va ozmi-ko‘pmi umumgrek ma’budlarini tekshirib chiqib, ularni tartibga solishga ehtiyoj tug‘dirgan. Diniy mifologiya Gesiod tomonidan tartibga solingan shaklidan to antik davrning oxirigacha greklarning tasavvurlarida asosan mavjud bo‘lib kelgan. Greklar uchinchi avlodga oid bosh ma’budalarni Fessaliya bilan Makedoniya chegarasida joylashgan birdan - qorli cho‘qqi bo‘lmish Olimp tog‘ida o‘rnashtirganlar. Klasch nk davrda zsa so‘z samoviy Olimp ustida borgan. Bir qancha ma’budlar va ma’budalarning vazifalari ko‘pin cha bir-birini takrorlagan. Tabiat kuchlari va kishilar faolpi tining hamma turlari o‘z hoMiy-ma’budlariga ega bo‘lganl.f Masadan, ma’bud Germes savdo-sotiqni boshqargan, muttahlm larning hamda xabarchilar va sayyohlarning homiysi bo‘lgan. X | asosiy belgilari jihatidan patriarxat va sinfiy jamiyatga o‘tish davrida, urug‘ aristokratiyasining hukmronligi davrida olimp dini bir qancha ibtidoiy jamoa belgilariny yeaqlab qol gan. Zevs go‘yo patriarxal ma’budlar urug‘ining boshlig‘i bo‘lpo ular bilan Olimpda kengashgan, ammo qarorni yakka o‘zi qabul qilgan. Quldorlik jamiyati paydo bo‘lib, rivojlana borishp bilan ma’budlar sinfiy jamiyatning va davlatning homiylari bo‘lib qolganlar. Har bir polisning o‘z himoyachi ma’budi bo‘lgan, grajdanlar shu ma’bud yoki ma’budaning davlat miqyosida sig‘inish marosimini ado etishga majbur bo‘lganlar. Afina polisining homiysi ma’bud Afina bo‘lib, Korinfning himoyachisi Apollon bo‘lgan va h. k. Grek dinida totemizm qoldiqlari bo‘lgan, ya’ni har bir ma’bud yoki ma’budaga biron hayvon yoki qush atalgan. Asosiy ma’budlardan tashqari, greklar yana ko‘pdan-ko‘p ikkinchi darajalima’budlarga: nimfalarga, kentavrlarga topinganlar.


RIM
Eng qadim zamonda Rim shahri Tibr daryosi etagidan 20 kilometrcha yuqoridagi chap qirg‘oqning qir-tepaliklariga sochilib turgan kichikroq bir manzil bo‘lgan. Eramizdan avvalgi VII—-V asrlarda Rim shahar jamoa aholisi aralash xalqdan iborat bo‘lgan. Shahar aholisining Palatin tepaligini band qilib o‘tirgan asosiy qismi latin qabilasiga mansub bo‘lib, ular bilan bir qatordagi seliy tepaligida sabin qabilasining namoyandalari, Palatin tepaligi bilan Kapitoliy tepaligi o‘rtasidagi sohilda etrusklar yashaganlar (shaharning bir qismi undan keyingi zamonda ham Tus, ya’ni Etrus mahallasi deb atalgan). VII asrda bir necha tepalik va ular o‘rtasidagi (keyinchalik bozor maydoniga, so‘ngra esa shaharning; markaziy maydo ni — Rim forumiga aylantirilgan) xalqob pastlik tosh devorlar bilan qurshab olingan va bir butun shahar jamoasiga aylantirilgan.' '••). '• Kapitoliy deb atalmish o‘pirma jarligi bor tepalik shahar markazi bo‘lgan. Bu yerda eng izzatli ma’budlar sharafiga ibodatxonalar solingan. Kapitoliy etagida Tibrning te)kis past qirg‘og‘ida eng qadim zamondan lashkar to‘planadigan bo‘lgan, xalq majlislari ham shu yerda yig‘ilgan. Urush ma’budi va shahar aholisining nomi bilan bu joy Mars maydoni deb atalgan. , Shaharning sharqiy darvozasidan forum orqali shimoliy g‘arbga Kapitoliyga qarab tosh tashlangan uzun yo‘l qurilgan. Diniy bayram namoyishlari va zafar tantanalarida g‘olib sarkardalar boshliq Rim qo‘shinlari ana shu yo‘ldan yurib o‘tgan. Bu yo‘l Muqaddas ko‘cha deb atalgan. Avval boshda uylar xom g‘ishtdan qurilib tomlari poxol bilan yopilgan.) Keyinchalik ibodatxonalar, jamoat binolari va boylarning shaxsiy uylari pishiq. g‘ishtdan solinib, devorlari mahalliy arzon marmar — travertin bilan qoplangan. Tomlari cherepitsa bilan yopiladigan bo‘lgan. Eramizdan avvalgi, III asr o‘rtalaridan e’tiboran greklardan namuna olib hashamatli uylar qurila boshlagan, eramizdan avvalgi II—I asrlarda shaharning har xil joyida ko‘p qavatli binolar paydo bo‘lgan, ulardagi ayrim uylar ijaraga berilgan. Bu binolar juda omonat bo‘lgan. Shaharda tez-tez bo‘ladigan yong‘inlarda bu binolar kuyib kettan, ba’zan o‘zidan-o‘zi ham qulab, unda istiqomat qilganlar vayronalar ostida ko‘milib qolgan. Qadim zamonda Rim ko‘chalari binolari bir-biriga yopishib turgan egri-bugri labirintdan iborat bo‘lgan. Ko‘pchilik ko‘chalarga tosh yotqizilmagan, goh chang, goh to‘zon buluti bilan qoplangan, goh yurib bo‘lmaydigan botqoqlikka aylangan. Axlat va iflos suvlarni oqizib yuborish uchun Rimda, rivoyatlarga ko‘ra eramizdan avvalgi VI asr oxirlarida yer tagidan katta quvur — kloaka o‘tkazilgan. Eramizdan avvalgi III asrda qurilgan osma tarnovlardan tog‘ suvlari oqib tushib katta fontanlarga quyilgan, shahar xalqi shu tariqa suv bilan ta’min etilgan. Rimdagi iqtisodiy va madaniy jihatdan eng taraqqiy qilgan xiyla katta etrusklar guruhi shaxsan Rim madaniyatining rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Eramizdan avvalgi VII—VI asrlarda etrusk hunarmandlari Rim hunarmandlariga metallsozlik texnikasini o‘rgatganlar. Rimliklar qurilish san’atining asosiy usullarini va prinsiplarini, shuningdek arxitektura uslubining muhim hususiyatlarini ham etrusklardan o‘rganganlar. Rim ibodatxonasining eng: qadimgi turi — silliq ustunlardan iborat peshayvok 365 bilan qurshab olingan to‘garak binolar aslda ibodatxon nolarining nusxasidir. Zodagonlar kiyadigan kiyimlarni, dabdabali mebel nusxalarini, bir qancha urf-odatlarni, diniy marosimlarni, xususan qurbon qilingan hayvonlarning ichak-chavog‘i va qushlarning uchishiga qarab istiqbolni aytib berishni rimliklar etrusklardan o‘zlashtirganlar. Latin alfaviti ham etrusklar ta’sirida tarkib topgan. Eng qadimgi va ko‘proq afsonaviy Rim tarixining eng muhim paytlariga oid doston va qissalar ham etrusklar bilan bog‘langan. Italiy-Rim madaniyatining vujudga kelishi va taraqqiy qilishiga etrusklardan tashqari boshqa qadimgi italiy xalqlari, ayniqsa janubiy Italiyada, qisman Kampaniyada yashagan osklar ham ancha ta’sir ko‘rsatganlar. Osklarning o‘z tiligina emas, yozuvlari ham bo‘lgan. Ular boshqa italiy xalqlaridan oldin Apennin yarim orolining janubidagi greklar bilan mahkam aloqada bo‘lganlar va boshqa italiy aholisi ichida, jumladan rimliklar ichida ham greklarning madaniy ta’sirini o‘tkazganlar. Eramizdan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmi va III asr boshlarida rimliklar janubiy Italiya aholisi va bu oblastlarda joylashgan grek shaharlari bilan mahkam siyosiy-iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lganlar. Greklarning madaniy ta’siri qisqa vaqt ichida Rim aholisining shaxsiy va ijtimoiy hayotining taraqqiysiga nihoyatda kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Rimliklar janubiy Italiyadagi grek shaharlarini o‘zlariga bo‘ysundirgandan keyin Rimda juda ko‘p greklar paydo bo‘lgan. Ular qisman harbiy asirlar, qullar, qisman ko‘chib kelgan kishilar — savdogarlar, hunarmandlar, erkin kasb egalari bo‘lgan. Greklar Rim jamiyatining hukmron tabaqalarining grek tilini — ellinizm davrida o‘rta dengiz dunyosi xalqlarining xalqaro tili bo‘lgan grek tilini o‘rganishlariga katta yordam berganlar, ularni grek adabiyoti, fani va falsafasi bilan tanishtirganlar. Rimda greklarning olimpiya xudolarini xurmatlay boshlatanlar, natijada grek ibodatxonalari paydo bo‘lgan, grek arxitekturasi va xaykaltaroshligi joriy qilingan. Eramizdan avvalgi I asrga kelib Italiyada va Rimning o‘zida greklarning madaniy'ta’siri shu qadar kuchayganki, Rim shoiri Goratsiy komil ishonch bilan bunday degan: Zabt etilgan Gresiya, asir aylab muzaffarlarni, Latsiyga ham olib kelmish san’atu hunar... Avval boshda har xil italiy xalqlarining va shu jumladan rimliklarning ham diniy tasavvurlari larlar va penatlar deb atalmish, oila va ro‘zg‘or homiylari deb hisoblanmish ajdodlar ruhi va ma’budlariga sig‘inishdan iborat bo‘lgan. Eramizdan avvalgi II—I asrlarda ham ajdodlarning suratlari, 366 larlar va, penatlar Rim zodagonlarining uylarida, mehmonxonalar (atriya) da, o‘choq yonida, kichikroq qurbongoh o‘rnatilgan . muqaddas joyda saqlangan. Umum Rim ro‘zg‘ori homiysi — ma’buda Vestani ulug‘lashga Rimda ayniqsa katta e’tibor berilgan. Unga atab solingan ibodatxona Rim forumida bo‘lgan. Vesta kohinlari — Rimning eng zodagon urug‘laridan bo‘lgan qizlar o‘sha ibodatxonalarda yashashgan. Ularning erga tegishga haqi bo‘lmagan va qurbongohdagi o‘tni o‘chirmay saqlashlari lozim bo‘lgan, o‘tning o‘chishiga sababchi bo‘lgan kishi qatl qilyngan. «Muqaddas» Vesta o‘tining biron sabab bilan o‘chib qolishi g‘oyat katta ijtimoiy falokat hisoblangan. Rimda juda qadimdan osmon xudolariga sig‘inganlar, buni etrusklardan o‘zlashtirgan bo‘lsalar kerak. Ularning eng muhimlari: bosh xudo Yupiter, ma’buda Yunona, donishmandlik ma’budasi Minerva va Rim homiysi hisoblangan urush xudosi Marsdir. Diniy marosimlarni ijro qiluvchi kohinlar (pontifiklar) v.a turli alomatlarga qarab xudo irodasini aytib beruvchi folbinlar (avgurlar) uzoq vaqtlargacha patritsiylardan saylab kelingan. Ular Rim respublikasining ijtimoiy va siyosiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatib kelganlar. Ularning kattasi—ulug‘ pontifik Rimning bosh kohini hisoblangan. Davlatning biron tadbiri muvaffaqiyatli bo‘lish-bo‘lmasligi, ayrim shaxslarning taqdirini xudo nishonalariga, ya’ni momaqaldiroq va yashinga, qushlarning qay xilda uchishiga, oldilariga don sepilgan «muqaddas» tovuqlarning harakatiga va hoqazolarga qarab karomat qiluvchi avgurlar ham Rim jamiyatida ozmuncha rol o‘ynagan emas. So‘yilgan qurbonlikning jigariga qarab istiqbolni aytib berish rom ochishning eng muhim turi hisoblangan. Rimliklar xudo bilan «Maslahatlashmasdan» turib osoyishtalikda ham, urush vaqtida ham biron-bir jiddiy harakat qilmaganlar. Rimliklar xudolar bilan o‘zaro munosabatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini duolarni bexato va juda aniq o‘qish, qurbon berish urf-odatlarini mukammal bajarish asosida qurganlar va ularni ijro etish paytida xudolar sig‘inuvchilarning iltijolarini qaytarmaydi deb hisoblaganlar. Asosiy jamoat topinishi va xonaki topinishdan tashqari Rim jamiyatida har xil tushunchalarni, chunonchi: shon-sharaf (latincha «gloriya»), g‘alaba (latincha «viktoriya»), bitishuv (latincha «konkordiya»), jasurlik (latincha «virtus») va hokazolarni ilohiylashtirish keng tarqalgan. Rimning eng qadymgi Yupiter Kapitoliyskiy ibodatxonasi etrusklar nusxasida eramizdan avvalgi VI asr oxirlarida qurilgan. Rimda Appolonga va boshqa grek xudolariga sig‘inish keng ko‘lam olgan, ular bu xudolarni o‘zlariniig burungi xudo lariga (Yupiterni Zevsga, Yunonani Geraga, Venerani Afroditaga, Dianani Artemidaga, Minervani Afinaga, Vulkanni Gefestga va h. k.) o‘xshatishgan. Eramizdan avvalgi II asrdan e’tiboran Rimda sharq xudolariga sig‘inish yoyila boshlagan. Masalan, Kichik Osiyo yuriiglaridan keyin xudolarning ulug‘ onasi Kibelga sig‘inish boshlangan. Eramizdan avvalgi II asr o‘rtalarida Italiya va Rimda Oziris va Izidani aziz ko‘ra va Dionis (Vaqx) sharafiga bayramlar — vakxanaliyalar o‘tkaza boshlaganlar. Eramizdan avvalgi I asrda eronliklar xudosi Mitraga sig‘inish paydo bo‘lgan. Dastlabki vaqtlarda senat chet el xudolariga, ayniqsa sharqiy xudolarga sig‘inishni qoralagan va xatto qisman man qilgan bo‘lsa-da, keng aholi ommasi ichida bunday sig‘inish, tobora keig yoyilib ketgan. * * * Rimda yozuv podsholar zamonining oxirida paydo bo‘lgan. Rimliklar Etrusklar alfavitini olib, uni latin tiliga moslab bir oz qaytadan ishlab chiqqanlar. Eig qadim zamonlarda qisqa-qisqa yozuvlar faqat qabr toshlariga o‘yilgan va rasmiy hujjatlar (masalan, XII jadval qonunlary)ga ishlatilgan. Eramizdan avvalgi III asr o‘rtalaridagina adabiy asarlar, keyinchalik esa tarixiy proza va ylmiy traktatlar paydo bo‘la boshlagan. Rimliklar fizika, matematika sohasida greklar olib borgan nazariy tadqiqot ishlarini rivojlantirmaganlar. Ular ilmiy yutuqlarni amalga tatbiq qilish bilangina qiziqqanlar. Rimda savdo arifmetikasidan, qurilish ishlaridan, gidrotexnika va agronomiyadan qo‘llanmalar ishlab chiqarilgan. Qadimda birinchi marta o‘laroq shahar soatlari (dastlab quyosh soati, keyin suv soati) paydo bo‘lgan. Kalendarni rimliklar aniqroq qilib ishlab chiqqanlar. Rim ilmiy tafakkurining amaliy xarakteri Katon Katta bilan Varron asarlarida aynyqsa yorqin aks etgandir. Rimda tarixiy adabiyot eramizdan avvalgi III asrda paydo bo‘lgan. Kampaniyada tug‘ilib o‘sgan Neviy birinchi Puni urushi tarixini she’r bilan yozgan. Undan keyinroq Qalabriyadan chiqqan Qvint Enniy Rimning eng qadim zamonlardan boshlab o‘zi yashagan davr voqealarigacha bo‘lgan tarixini (gekzametr—olti turoqli) she’r bilan yozgan. Rim tarixi birinchi marotaba proza bilan grek tilida Fabiy Piktor asarida tasvir etilgan (eramizdan avvalgi II asr), lekin bu asardan qisqa-qisqa parchalargina saqlangan. Rim tarixining latincha yozilgan obzoridan iborat Katonning «Boshlang‘ich» asari ham saqlanmagan. 368 Odatda katta annalistlar deb ataladigan avtorlarning tarixyy asarlari eramizdan avval-gi II asrga mansubdir, Ularning ko‘pchiligi hozirgacha saqlangas qisqa-qisqa parchalardangina.bizga ma’lumdir. Eramizdan avvalgi I asrda Rim taridi prozasi Gay Yuliy sezar (eramizdan avvalgi 101—44-yillar) va Gay Sallyustiy Krisp (eramizdan avvalgi 86—35- yillar) asarlarida kamol topgan. Sallyustiy aslida sezar va uning tarafdorlarining manfaatlarini himoya qilgan tarixchi publitsistdir. Eramizdan avvalgi I asrga mansub boshqa bir qancha tarixchi publitsistlar — kichik annalistlar o‘z asarlarida bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘zlarining siyosiy mayllariga qarab yoritishgan. Rimda tarixiy proza, bilan birga sof publitsistika tipidagi asarlar ham keng tarqalgan. Mark Tulliy sitseron (eramizdan avvalgi 106—43- yillar) Rim publitsistikasining eng yorqin namoyandasidir. sitseron sudlarda, senatda, xalq majlnslarida so‘zlagan nutqlar, bir necha ; («Davlat to‘g‘risida», «Vazifalar to‘g‘risida») traktat va g‘oyat ko‘p xatlardan iborat boy. adabiy meros qoldirgan. sitseronning yerqin va obrazli tilda, aniq va ta’sirli qilib yezilgan asarlari o‘zlarinish adabiy uslubi bilan qadim davrdayoq klassik asarlar bo‘lgan va undan keyingi latin yozuvchilari uchun o‘rnak bo‘lib qolgan. sitseronning tili klassik yoki oltin latin prozasining eng go‘zal namunasidir. Eramizdan avvalgi I asrda Rimda falsafiy asarlar ham paydo bo‘lgan. Rim nobillari orasida stoiklar falsafasi juda mashhur bo‘lgan, ammo shu bilan birga Epikur qarashlari ham yoyilgan. Respublika davrining oxiridagi Rim mutafakqirlaridan eng mashhuri Rimdagi materialist-faylasuf epikurchilarning namoyandasi bo‘lmish Lukresiy Kardir (eramizdan avvalgi taxminan 98—54-yillar). Lukresiy olam, tabiat va kishining yaratilishi hamda ijtimoiy taraqqiyot to‘grisidagi o‘z qarashlarini «Narsalar tabiati to‘g‘risida» degan ajoyyb dostonida baen qilgan. Avtor bu asarida g‘oyat murakkab falsafiy problemalarni keng kitobxonlarga tushuiiladygan.qilib oson bir shaklda, ajoyib mahorat bilai she’r tarzida ifodalab, ommabop didaktik poeziya namunasini yaratgan. Lukresiy Epikurning materialistik falsafiy g‘oyalarini rivojlantirib, K. Marks aytganidek «Ilohiy sifatlardan xoli tabiatni va olamdan xoli ilohiyni»1 tasvirlab bergan. Lukresiy olamda mavjud hamma narsaning asosi materiya deb bilib «hamma narsa materiyadan o‘sib chiqadi va u bilan yashaydi» degan. Lukresiy Demokrit bilan Epikurning atom to‘g‘risidagi ta’limotlarini quvvatlab va rivojlantyrib, ma1 K. Mark s i F. Engels . Iz rannix proizvedeniy. str. 176. 24—62 '••.' , . 369 teriyaning birlamchi tarkibi bo‘lmish atomlar abadiy, o‘zgarmas, bo‘linmas va demak buzilmasdir, ular bir-biridan faqat shakli bilan farq qiladi deb ta’kidlaydi. Xilma-xil tabiat ko‘rinishlari atomlarning har xil tarzda bir-biri bilan qo‘shilishi va bir-biriga ulanishi natijasida vujudga keladi va shu tariqa «o‘z holatlarini o‘zgartirib tabiatni ham o‘zgartiradi». Atomlar abadiy harakat holatida bo‘lib makonda o‘rin almashadi. Koinotning chegarasi cheksiz bo‘lib «uning oxiri ham yo‘q,' hajmi ham yo‘qdir», «Koinotning hech qaysi tomonida- chegara yo‘q». Lukresiy jonni materiyadan tashqari hodisa deb uni inkor qilsada, ruh yoki aql tushunchasiga yo‘l qo‘ygan, ammo shunda ham uni faqat kishi badanining funksiyasi sifatida «ruh va jonning tabiati jismoniydir» degan. Lukresiy jonlarning abadiy yashashi to‘g‘risida Platonning reaksion, idealistik ta’limiga ayniqsa qat’iy qarshi chiqqan. . Diniy tasavvurlarni ham u qat’iy va keskin tanqid qilgan, din ilm-fan taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladi deb bilgan. Uz zamonasidagi Rim jamiyatining illatlarini ham shunday qattiq qoralagan. Siyosiy kurashlardan shaxsan boylik orttirish uchun foydalanuvchilarga nisbatan ayniqsa keskin munosabatda bo‘lgan. . Yurtdoshlarin qonin to‘kib, orttirarlar sarmoya, davlat, Boylik to‘plar ochofatlar qotillikdan tortinmay hatto.,. ' K. Marks bu qadimgi ajoyib mutafakkirning asarlariga yuksak baho bergan edi. «...Bamisoli tabiat bahorda ochilib o‘z g‘alabasiga muhayyo bor go‘zalligini hammaga, namoyish qiladi, ammo qishda esa o‘zining xo‘rlik va ojizligini qor va muz bilan yashiradi, shu kabi bag‘ayrat, mard va jahon she’riyatining hukmdori Lukresiy ham o‘zining bachkana manmanligini axloqqoriva muzi bilan: berkituvchi Plutarxdan farq qiladi» 1 . Keyinchalik idealist faylasuflar, ayniqsa xristian ruhoniylarining vakillari Lukresiyning, ya’ni o‘z nazarlari bilan o‘z zamonasidagi antik jamiyatdan juda ham rldin ketgan sh.u materialist faylasufning qarashlarini qattiq tanqid o‘ti ostiga oldilar. Faqat marksizm klassiklarigina insoniyatning eng ilg‘or va progressiv mutafakkirlaridan biri sifatida Lukresiyni taqdirladilar.. Rim va Italiyada' badiiy adabiyot eramizdan avvalgi III asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi taxminan 240- yilda tarentlik asir grek Andronik (qullikdan ozod bo‘lgandan keyin Mark Liviy Andronik nomi ,bilan Rim grajdanligi huquqini olgan) «Odisseya» va yana bir necha grek tragediyalarini latin tiliga tarjima qilgan. Italiya va Rimda sekin-asta xalq ashulalari asosida lirik poeziya paydo bo‘la boshlagai. Ammo qadimgi Italiya va , '. K. Mark s i f. Engels . Iz rannix proizvedeniy. str. 169. 370 Rimda satira va komediya she’riy ijodietning eng xarakterli shakli bo‘lgan. Qadimgi italiy adabiy ijodining bu turlari qishloqlardagi bayramlarda aytiladigan ashulalar va she’rlar asosida vujudga kelgan. Ana shu ashulalar asosida parodiya sh&klida yozilgan taqlidiy xalq tomoshalari raqs va ashulalar bilan qo‘shib davom ettirilgan. Satira degan nom za1;iga, ya’ni «aralash ovqat» so‘zidan olingan. Dastlab bu xil she’rlarni Enniy yoza boshlagan, ammo o‘z she’rlaryda «satira» nomini o‘z zamonidagi Rim nobillarining illatlarini shafqatsiz savalagan shoir Lutsiliy (eramizdan avvalgi 180—100- yillar) qo‘llana boshlagan. Dastlabki Rim komediyalari grek namunalariga taqliddan iborat bo‘lgan. Eramizdan avvalgi III asr oxiri va II asr boshlarida Rimda komediyalar ijod qilgan g‘oyat mohir yozuvchi Plavt (eramizdan avvalgi taxminan 253—184-yillar) yashagan va ijod qilgan. Plavt keyingi maishiy grek komediyalariga taqlid qilib o‘z pesalarining syujetini Rim jamiyati hayotidan olib ijtimoiy illatlarni dag‘al bo‘lsada juda bopta istehzo bilan fosh qilgan. Plavtning yosh zamondoshi afrikalik Terensiy (boshda qul bo‘lgan) grek namunalaridan o‘rnak olib, Rim nobillariga xush keladigan komediyalar yaratgan. Keyinchadik eramizdan avvalgi I asrda ba’zi avtorlar xalk^ tomoshalarini adabiy jihatdan qayta ishlaganlar, atellandeb atalgan bu asarlarda doim bir xil obrazlar: ochofat-mahmadana, axmoq boy, firibgar faylasuf va shu kabilar ifoda qilingan. Eramizdan avvalgi I asrda Rimda va Italiyaning boshqa shaharlarida komediyalar bilan birlikda o‘g‘rilar, fohishalar, qo‘shmachilar va shu kabi boshqa razillar hayotidak olib yozilgan tomoshalar qeng yoyilgan. Bu tomoshalarda mimik aktyorlar yoki mimlar deb atalgan aktyorlar ishtirok qilgan. Rim nobillarining namoyandasi bo‘lmish Katulliing (eramizdan avvalgi 87—53-yillar) ijodida respublika Rimining lirik poeziyasi o‘z taraqqiysining cho‘qqisiga chiqqan. Katull avval boshda grek liriklari ta’sirida bo‘lsa-da, ajoyib original asarlar yaratgan. U o‘zining she’rlarida sevgi quvonchini, mahbuba qilgan bevafolik alamini va akasiniig vafoti keltirgan g‘am-g‘ussani kuylagan va, nihoyat, siyosiy kurashda ishtyrok qilgan, o‘zining shoirlik talantidan halokatga uchragan respublikani himoya qilish uchun ideologiya quroli sifatida foydalangan. Qatull o‘z epigrammalarining birida Yuliy sezar bilan do‘st bo‘lishni mutlaqo rad qilgan. ...Juda o‘lib turganim yo‘q senga mutloq yoqay deb, sezar,'. Oqmisan yo qoramisan — bilishni ham istamayman, ha1 Rimliklar tasviriy san’atda ham ilm-fai sohasidagi kabi omilkor bo‘lganlar. Avval boshda ular rassomlik va haykaltaroshlik san’ati usulida etrusklarga ergashganlar. Qeyinchalik, eramizdan avvalgi II asrdan e’tiboran Rim Sitsiliyadan, Gresiya va Qichik Osiyodan keltirilgan grek haykallariga, shuningdek talab olingan boshqa grek-ellin san’ati asarlarig‘a to‘lib ketgandan keyin.Rim ustalari greklarga taqlid qila boshlaganlar. Rim va Italiyada hammadan ko‘ra portret haykallari avj olgan. Hamma boylar uylariga ajdodlarining haykal portretlarini qo‘ygan. Rimning forumiga, boshqa maydon va ko‘chalariga lashkar boshylari va siyosiy arboblarning haykallariqo‘yilgan. Rimzodagonlarining urug‘ sag‘analari (kolumbariyalari)ga o‘lgan zodagonlarning haykallarini qo‘yganlar. Shuning uchun ham rimlik haykaltaroshlar portret haykallarni yasashda yuksak kamolatga - erishganlar. ,Bu haykallarda tasvir qilingan shaxsning muhim xislatlari b)fttirib, aniq qilib berilgan. . Amalyy zarur binoLar qurish sohasida rimliklar greklardan ko‘ra ancha ilgarilab ketganlar. Butun Italiyada, keyinchalik O‘rta dengiz sohillaridagi boshqa mamlakatlarda ham juda obod yo‘llar, bu yo‘llarda daryolar, soy va chuqurliklar orqali ko‘priklar qurilgan. Yo‘llarning yoqalarida ariqlar qazilgan. Har ming qadamda (milyada) yo‘l bo‘ylarida Rimga va eng yaqin aholi yashaydigan joyga necha milya qolganligini ko‘rsatuvchi yozuvlari bo‘lgan toshlar o‘rnatilgan. Italiya va uning viloyatlarida aholini toza so‘v bilan ta’min etish uchun osma quvurlar qurilgan. Maxsus binolar—sirk va teatr binolari bo‘dganligi Rim va boshqa italiy shaharlarining muhim xislatidir. Bayramlarda bu binolarda pesalar. qo‘yilgan, poyga choptirilgan, nihoyat qonli tombshalar — gladiatorlar jangi uyushtirilgan, o‘limga hukm qilingan jinoyatchilar ustiga yirtqich hayvonlar qo‘yib yuborilgan. Qator-qator tosh skameykalar bilan o‘rab olingan uzunchoq binolardan iborat sirklar va teatrlardan tashqari eramizdan avvalgi I asrda amfiteatrlar paydo bo‘lgan, ular ellipsoidnamo bino bo‘lib, qum to‘shalgan sahnasi skameykalar bilan o‘rab olingan va bu sahnalarda tamoshalar qo‘yilgan, qonli o‘yinlar o‘tkazilgan. Eramizdan avvalgi I afda Rimda jamoat bog‘lari bunyod. qilina boshlagan, bu. bog‘lar atrofiga jamoat hammomlari (termlar) qurilgan, ularga doim toza suv oqib kelib turgan. Hammomning issiq va sovuq suv to‘ldirilgan hovuzlari, dam oliSh xonalari bo‘lgan. Eramizdan avvalgi II—I asrlarda Rimda va boshqa shaharlarda jamoat binolari — ba’ziliklar qurila boshlagan. Bunda sudlar majlis qurgan, magistratlar o‘z ishlarini olib borganlar, yig‘inlar o‘tkazilgan, yo‘l-yo‘lakai yoki tayin grajdanlar bu yerga kirib siyosiy va ijtimoiy mavzularda suhbat qurganlar. Rimda va Italiyada muzika, ashula va raqs Gresiyadagiga iisbatan juda sust rivojlangan. Sozandalar ko‘pincha Rimdan haydab yuborilardi, raqs va tansalarga zodagonlar bu — erkin kishilarning ishi emas, qullar mashg‘uloti, deb nafrat bilan qaraganlar.
Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling