Mavzu: Atoyi va Lutfiy G'azallari reja

Download 446.67 Kb.
Sana24.11.2020
Hajmi446.67 Kb.
#151283
Bog'liq
Taqdimot-1
Abu Rayxon Beruniy, Abu Rayxon Beruniy

Mavzu: Atoyi va Lutfiy G'AZALLARI

Reja:

1. Atoyi g‘azallarida yetakchi timsollar. Lirik qahramon masalasi.

2. Mahbuba va shoir. Raqib va shoir.

3. Atoyi g‘azallarida majoz va haqiqat talqini.

4. Lutfiy lirikasi janr xusussiyatlari va mavzular ko‘lami.

5. Lutfiy lirikasida mashuqa, zohid, raqib timsollari talqini.

Atoyi XV asrning o‘rtalarida yashab ijod etgan yirik so‘z san’atkori.

Atoyi XV asrning o‘rtalarida yashab ijod etgan yirik so‘z san’atkori.

Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirrasida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Atoyi Balx shahrida yashagan, Ismoil ota farzandlaridan bo‘lib, xushtabiat, sodda, darveshvash va xushxulq kishi bo‘lgan. Turkiygo‘y shoir edi. Uning she’rlari turkiy xalqlar orasida ko‘p shuhrat tutgan, qabri ham Balxda. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida yozishicha, Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o‘g‘lidir. Demak, Atoiyi, nasab jihatdan Ahmad Yassaviyga juda yaqin. Shoir devonining muqovasida va qo‘lyozmaning oxirida “Devoni shayxzoda Atoyi” deb qayd qilinishi ham uni hsayxlar oilasidan kelib chiqqan, deyishga asos beradi. U shayxlar – otalar avlodiga mansub bo‘lgan uchun Atoyi taxallusini olgan, asli ismi noma’lum.

Mirzo Ulug‘bek o‘z saroyiga bir qator olim va shoirlarni jalb qilganda, Atoyi ham o‘sha shoirlar davrasida bo‘lgan.

Atoyining bir devoni ma’lum bo‘lib, bu devonda shoirning 260 g‘azali jamlangan.

Atoyi g‘azallarining vazni haqida filologiya fanlari nomzodi Sayfiddin Sayfulloh (Rafiddinov) batafsil ma’lumot bergan. Uning ko‘rsatishicha, Atoyining 260 g‘azalidan 109 tasi ramali musammani maqsur vaznida yozilgan.

Atoyi ijodini o‘rganish bo‘yicha A.Samoylovich, H.Zarif, E.Rustamov, S.Sayfulloh, I.Haqqul kabi zabardast olimlar ko‘p mehnat qilganlar. A.Samoylovich ilk bor (1926 -yili) Atoyi devonini topib g‘azalining faksimel nusxasini nashr qilgan. E.Rustamov Atoyi g‘azallarini tahlil qilib, uning XV asr birinchi yarmi o‘zbek adabiyotidagi o‘rnini ko‘rsatib bergan. S.Sayfulloh Atoyi ijodidagi majoziy va ilohiy ishni chuqur tahlil etgan. I.Haqqul Atoyi g‘azalnavislikda Lutfiyga ergashganini va Atoyining bu shoirdan ilhomlanib, o‘xshatmalar bitganini tadqiq qilgan.

Atoyi fors-tojik she’riyatining Hofiz, Kamol Xo‘jandiy kabi mashhur g‘azalnavislari tajribalaridan ham puxta xabardor bo‘lgan. Atoyi ijodida o‘zbek shoirlari orasida Lutfiy lirikasining ta’siri seziladi. Uning devonida Lutfiy she’rlariga ergashish, o‘xshatmalar bitish yo‘lida yaratilgan g‘azallar bor.

Atoyi devonidagi g‘azallar g‘oyaviy-tematik jihatdan oshiqona, ma’rifiy, diniy-tasavvufiy mavzularda bitilgan. Shoir she’rlarida Qur’on va hadislar mazmunini singdiradi. Muqaddas manbalardan iqtiboslar keltiradi.Tasavvufdagi may, qadah, mayxona, zulfu xol, qosh, ko‘z, bel, zunnor, sanam kabi istilohlar vositasida murakkab ma’no-mazmunlarni ifodalaydi. U Navoiy tabiri bilan aytganda “majoz tariqi bilan haqiqat asrori” ni kuylagan shoirdir. Uning har bir satridan oshiqligi, darveshligi, dini iymonda sobitligi sezilib turadi.

Dini iymonimdan ayirma, dami oxir meni,

Ey sanamlar zulfini belimga zunnor aylagan.

Atoyining ilohiy ishq, tasavvufga bag‘ishlangan bir necha yaxlit g‘azallari ham mavjud. Jumladan, “Har necha bo‘lsa yorda kirbi anovu martabat”, “Ayoqing tuprog‘i birla qasamkim” satrlari bilan boshlanadigan g‘azallar shoirning tariqatga bo‘lgan munosabatini, irfoniy qarashlarini ifodalshi bilan ahamiyatlidir.

Ijtimoiy-siyosiy hayot illatlarini tanqid qilish Atoyi she’riyatida juda kam uchraydi. Lekin ayrim baytlarda “shoh-gado”, “g‘ani-faqir” kabi obrazlar orqali jamiyatdagi ba’zi tengsizliklarga ishora qilib o‘tadi. Ishiq azobi, zamona javri, yor va ag‘yordan jafo-yu g‘ussalar tortgan shoir:

Yo ishq balosi manga, yo javri zamona

Yo yor jafosi manga, yo g‘ussai ag‘yor?

deya norozilik ohangidagi misralar bitadi. Yoki:

Hosili umrim tugandi hasrati qayg‘u bila

Ro‘baru o‘lturmadim, ul ko‘zlari jodu bila.

Yuz sori bo‘ldi ikki ko‘zimdin jo‘ybor,

Yuz sori bo‘ldi ikki ko‘zimdin jo‘ybor,

Sarvi dilijo‘yum ne bo‘di bir buyon qilsang guzor.

Sen o‘shal sultoni husnsen, ki bo‘stonlar aro,

Davlatingdin gul eshigin yel ochibon yel yopar.

Bo‘ldi bag‘rim suv g‘amingdin, yaxshilik qil, sol suvg‘a

Oxir ey gul, xirmanni, albatta, har ekkan o‘ror.

Qildi jonimg‘a meni shirin labing zavqi bale,

Bu masaldurkim, kishi bol tutsa, barmog‘in yalor.

Davlatingdin ko‘kka yetdi barcha qullarning boshi,

Ushbud ne tole’dur, oyim, bizga yetsang tong otor.

Og‘zingizni har necha so‘rdum, tiladim topmadim,

Go‘yyo bu so‘z g‘alatdurkim, tilaganlar topor.

Zulfungizdin gar Atoyi boshqa ko‘rsa na ajab,

Kim, ko‘rarmen, bir sinog‘onni yana ikki sinor.

G‘azalning 2-baytida xalq orasida keng tarqalgan “eshigini yel ochib, yel yopadi” degan xalq ta’biri qo‘llanilgan bo‘lsa, 3-baytda birdanida 2 ta maqol keltirilganki, bu bilan shoir bir tomondan o‘zining yurak iztiroblarini yorqin ifodalaydi, ikkinchi tomondan, mahbubaga iltijo qilib, uni yaxshilik qilishga undaydi, yorning marhamatiga umid bog‘laydi. Lirik qahramon dil izhorida xalq maqoli juda qo‘l kelgan.

Xalq orasida “Yaxshilik qil, suvga sol, suv bilmasa, baliq bilar, baliq bilmasa, xoliq bilar”, “Yaxshilikni daryoga qil, biyobondan top” kabi maqollar keng tarqalgan.

Har qanday holatda ham beminnat yaxshilik qilaverish lozimligi haqidagi purhikmat fikr baytning 2-misrasida “har kim ekanin o‘rar” maqoli orqali yanada rivojlantirilgan. Atoyi xilma-xil xalq maqollarini baytlarga shu qadar ustalik bilan singdirib yuborganki, bu holat, birinchidan, shoirning, ichki kechinmalarini yorqin ifodalashga xizmat qilsa, ikkinchidan, shoir o‘z fikr-mulohazalarini qayta-qayta hayotda tasdiqlagan xalq so‘z-maqol orqali asoslaydi. 4-baytda keltirilgan “kishi bol tutsa, barmog‘in yalar” maqoli ham buning yorqin dalilidir.

Atoyi falsafiy mushohadalari, lirik qahramonning ishqiy kechinmalarini tabiat bilan bog‘liq holda tasvirlaydi. Uning ko‘p g‘azallarida tabiat bilan aloqador ruhiy kechinmalar, shoirona tasvirlar uchraydi. V.G.Belinskiy “Tabiat Gyote uchun g‘oyalarning ochiq kitobi edi. Pushkin uchun esa to‘liq tavsifga sig‘maydigan, ammo sokin va sehrli jonli surat edi..” deydi. Atoyi uchun ham tabiat ayniqsa, bahor va uning maftunkorligi ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan. Shoir tabaitdagi ba’zi narsalar poetik obraz va badiiy tasvir ro‘lini o‘tagan: bahorning so‘limligi, gul, bulbul, g‘uncha, mug‘anniy, bo‘ston, soqiy, sarv, bodi sabo, mayi gulgun, bog‘, bog‘cha, rayhon, sumbul, qizil gul, nargiz kabi poetik obrazlar g‘oyaviy-badiiy maqsadni to‘la gavdalantirishga xizmat qilgan.

Yor – sevgi, hayot va insonga muhabbatning mujassami. Yorsiz shoirga va bahorning ko‘rki va na uning zavq-shavqi tatiydiki, bu holatni quyidagi misralarda ko‘ramiz:

Vaslingiz umrum gulidir, shavqida men andalib,

Yoz faslinda bo‘lur – vaqti hazon sizsiz mango.

Lutfiy XIV asr oxiri – XV asrning o‘rtalarida yashab ijod qildi. Mavlona Lutfiy o‘z zamondoshlari orasida “malik ul-kalom” (A.Navoiy ta’rifi), “so‘z lutfida yagonai davron” (Xondamir ta’rifi) shoir sifatida shuhrat qozongan. Uning bizgacha yetib kelgan asarlari tarixiy va ilmiy manbalarda Lutfiy taxallusi bilan berilgan. Mavlona Lutfiy turkiy va fors tillarida ijod qildi.

Shoirning ijodi erta boshlanib, umrining so‘nggi kunlarigacha ham ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan. Manbalarda xabar berilishicha, shoir “uftad” radifli g‘azalni 99 yoshida – vafot etgan yili yoza boshlagan. Navoiyning aytishicha, Lutfiy bu g‘azalni tugata olmagani uchun, uni davom ettirib tugatishni Abdurahmon Jomiyga vasiyat qilgan. Jumladan, Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Lutfiy to‘g‘risida ma’lumot berganda, yuqoridagi she’r haqida ham to‘xtaladi.

Va Mavlononing “Zafarnoma” tarjimasida 10mimh baytdin ortiqroq masnaviysi bor, bayozg‘a yozmog‘on uchun shuhrat tutmadi va lekin forsiyda qasidago‘y ustodlardin ko‘pining mushkul she’rlariga javob aytibtur va yaxshi aytibtur.

Lutfiy ijodi merosi janrlar bo‘yicha quyidagi miqdori tashkil etadi: g‘azallar – 372 ta bo‘lib, 4712 misra; qasidalar – 3 ta bo‘lib, 214 misra; to‘rtlik (tuyuqlar) – 115 ta bo‘lib, 460 misra; fardlar 60 ta bo ‘lib, 120 misra; ayrim baytlar 22 ta bo‘lib, 44 misra.

Shoirning lirik she’rlar “Devon”i uning hayotlik davridayoq katta shuhrat qozongan.Lutfiy ijodi faqat g‘azallar bilan cheklanmaydi. U “Gul va Navro‘z”, “Zafarnoma” kabi yirik asarlar ham yaratgan.

Lutfiy “Devon”ining nusxalari ko‘p.Ularning hammasi qo‘lyozma holida bo‘lib, ko‘chirilish e’tibori bilan XIX va XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Faqat so‘nggi yillardagina Lutfiy “Devon”ining Britaniya muzeyida saqlanayotgan boshqa bir nusxasining fotokopiyasiga ega bo‘lingan. Bu nusxa 1511-yilda ko‘chirilgan va shoir “Devon”ining boshqa nusxalari o‘rtasida eng nodir qo‘lyozmadir.

Lutfiy lirikada o‘zicha bo‘lgan o‘zbek va fors-tojik adabiyotidagi gumanistik an’analarni yuqori ko‘taradi. An’anaviy mahbub, may, bahor mavzulari orqali insonga xos fikrlar, hayollarni aytishga intiladi. Inson hayoti, olijanob tuyg‘ular to‘g‘risida o‘z mulohazalarini kuylaydi, o‘rta asrdagi johillik va razolatga qarshi norozilik bildiradi. Lutfiy lirikasining asosiy mundarijasini ana shu ma’noda dunyoviylik tashkil qiladi.

Shoirni kishini o‘z ixtiyoriga qo‘ymaydigan husn: qora qosh bilan o‘ynashgan qiyg‘os so‘zlar, pistani hayratda qoldirgan og‘iz, farishta va parilaridan ortiq yor o‘ziga maftun qiladi.

Shoirni kishini o‘z ixtiyoriga qo‘ymaydigan husn: qora qosh bilan o‘ynashgan qiyg‘os so‘zlar, pistani hayratda qoldirgan og‘iz, farishta va parilaridan ortiq yor o‘ziga maftun qiladi.

Shoir g‘azallarian birida zohidlar tomonidan va’da qilingan u dunyoda yor jamolini a’loroq ko‘radi:

Keldim eshikka, orzum yuzingdurur, ko‘rguz chiqb,

Kelginki, Lutfiy hojati uchmoq emas, diydor erur.

Lutfiyning oddiy insonga xos fikr va xayol, ehtirom va nafrat, shodlik va musibat ohanglarini ifodalab, real dunyo go‘zaliga muhabbat qo‘yishi, shubhasiz, o‘z davridagi hukmron ideologiyaga zid edi. Shu jihatdan quyidagi misralar ham g‘oyat diqqatga sazovordir:

Lutfiy qul kirmas bitiqqa, ko‘p nasixat qilmangiz

Kim, aning devona ko‘ngli ishq farmonidadur.

Shoir qator g‘azallarida o‘z ko‘nglini Ka’baga, yorni esa Isoga o‘xshatadi. Hayot lazzatlaridan bahramand bo‘lishga chaqiradi, zuhdu toat qoidalaridan kuladi.

Shoir qator g‘azallarida o‘z ko‘nglini Ka’baga, yorni esa Isoga o‘xshatadi. Hayot lazzatlaridan bahramand bo‘lishga chaqiradi, zuhdu toat qoidalaridan kuladi.

Lutfiy g‘azal, ruboiy va tuyuqlarida kishining ichki his-tuyg‘ularini, tarki dunyochilikka qarshi hayot zavqini kuylash bilan chegaralanib qolmaydi. Uning lirikasidagi mavzu shoirning hayotga yaqinlashishga qarab kengayib, rivojlanib boradi. Yor, may nomi bilan bog‘langan g‘azal, ruboiy, tuyuqlar tarkibida, parishon ravishda sochilib ketgan va dastlabki qarashda mavhum ko‘ringan misralarda Lutfiy o‘z davrida avj olgan adolatsizlikni, kishilarning normal yashashlariga halaqit berayotgan urush-talashlarini, podshox va uning atrofidagi amaldorlarning johilligi, badohliklarini aks ettirib, ularni fosh etishga harakat qiladi:

Ayittikim, bu Lutfiyga jafo qilma, vafo qil.

Aytur, ki bizning davrda ul rasm qolibdur.

kabi misralar shoir g‘azallarida ko‘plab uchraydi.

Lutfiy she’riyatida xalq og‘zaki ijodi ta’sirida yaratilgan janrlar borki, bu janrlardan mahorat bilan foydalangan. Lutfiy ijodida xalq qo‘shiqlari vaznida yozilgan muhabbatnoma janri baytlari diqqatga sazovordir:

Meni og‘zing uchun shaydo qilibsen,

Menga yo‘q qayg‘uni paydo qilibsen.

Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida muhabbatnoma janri haqida to‘xtalib, Lutfiyning ana shu baytini keltiradi va “ul hazaji musaddasi maqsur bahridadur”deb aytadi.

Shoirning quyidagi bayt aruzvoriy degan xalq qo‘shig‘i vaznida yozilgan:

Davlati vasl iltimosi ne hikoyattur mango,

Ulki yoding birla jon bersam kifoyattur mango.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Download 446.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling