Mavzu Axborot texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari


Download 447.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana21.10.2022
Hajmi447.35 Kb.
#862354
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu 3
Image to PDF 20210717 09.44.00, o'quvchilarni o'limpiadaga tayorlash, БЕССОЮЗНЫЕ СЛОЖНЫЕ ПРЕДЛОЖЕНИЯ, БЕССОЮЗНЫЕ СЛОЖНЫЕ ПРЕДЛОЖЕНИЯ, БЕССОЮЗНЫЕ СЛОЖНЫЕ ПРЕДЛОЖЕНИЯ, 1, 5df6535ef2c2dc1d66097ad4, 2 5409239798659421867, 11110000, 595-сон 22.09.2021. Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, MA’LUMOTLAR BAZASINI MALUMOTLAR BILAN TO’LDIRISH, 3-Mavzu, 0o6nxhZ7D0PKy9SD9s7wfcSxC1FUPX7KYKx9TomU, 6


 
Mavzu 3. Axborot texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi 
Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari 
Axborot texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiyalarning barcha turlari 
axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi 
kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlariga tayanadi.
Inson turli a’zolari yordamida axborotlarni qabul qiladi, ongi bilan idrok etadi, 
xotirasida saqlaydi, boshqalarga uzatadi. Umuman, insonning kundalik hayoti va 
faoliyati turli xil axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan 
bog‘liq. Hozirgi kunda axborotni qayta ishlovchi universal vosita sifatida 
kompyuterlar xizmat qilmoqda. Ushbu ishlarni kompyuterda amalga oshirish uchun 
axborot texnologiyalari qo‘llaniladi.
Axborot texnologiyasi (AT) – bu obyekt, jarayon yoki hodisaning holati 
haqida yangi sifat axborot olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va 
uzatish 
vosita 
va 
uslublari 
jamlanmasidan 
foydalanadigan 
jarayondir.
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunda esa “axborot texnologiyasi–axborotni 
to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan 
jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar” – deb ta’rif berilgan. Bu ikkala 
ta’rifning bir-biridan deyarli farqi yo‘qdir. Axborot texnologiyalari bugungi kunda 
hayotimizning barcha sohalarini qamrab olgan, uning rivojlanish bosqichlari 
hisoblash texnikasi rivojlanish bosqichlari bilan bevosita bog‘liqdir. Ma’lumki, turli 
texnologiyalarni moddiy zaxiralarga qo‘llay borib, turli mahsulotlarni olish 
mumkin. Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun texnologiya komponentlari quyidagi 
jadvalda keltirilgan: 
Moddiy 
Axborot 
Xom-ashyo 
va 
materiallarni 
tayyorlash 
Ma’lumotlar yoki boshlang‘ich axborotni 
yig‘ish 
Moddiy 
mahsulotni 
ishlab 
chiqarish 
Ma’lumotlarni qayta ishlash va sernatija 
axborot olish 


Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
iste’molchilarga sotish 
Sernatija axborotni uning asosida qarorlar 
qabul qilish uchun foydalanuvchiga uzatish 
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot zaxiralaridan foydalanishning eng 
muhim jarayonlaridan biridir. 
2.1.1. - rasm. Axborot texnologiyasi moddiy zaxiralarni qayta ishlash 
texnologiyasi analogi sifatida
Hozirgi paytga kelib, axborot texnologiyalari bir necha evolyutsion 
bosqichlarni bosib o‘tdi, ulardan har birining almashinuvi asosan fan-texnika 
rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo‘lishi bilan 
belgilanadi. Hozirgi jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyalarining asosiy 
texnik vositasi bo‘lib shaxsiy kompyuter xizmat qilyapti, u texnologik jarayonlar 
konsepsiyasini ko‘rish va undan foydalanishga ham, sernatija axborot tizimiga ham 
muhim ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsiy kompyuterning axborot sohasiga tatbiq etilishi va 
aloqaning telekommunikatsiya vositalarida qo‘llanilishi axborot texnologiyalari 
rivojlanishida, buning natijasida «yangi», «kompyuterli», yoki «zamonaviy» 
sinonimlaridan birini qo‘shish hisobiga nomining o‘zgarishida yangi bosqichni 
belgilab berdi. 
2.1.2. - rasmda ajratib ko‘rsatilgan sxema ma’lum ma’noda shartlidir, chunki 
zamonaviy axborot texnologiyalarning barchasi axborotning boshqa turlarini ham 
qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi. Jumladan, matnli protsessorlarda sodda hisob-
kitoblarni bajarish imkoniyati ko‘zda tutilgan, jadvalli prosessorlar nafaqat raqamli, 
balki matnli axborotni ham qayta ishlashi mumkin, shuningdek grafika 
generasiyasining maxsus apparatiga ega. Biroq har bitta bunday texnologiyalar 
asosan muayyan turdagi axborotni qayta ishlashga mo‘ljallangan. 
Moddiy ishlab chiqarish 
texnologiyasi 
Axborot texnologiyasi 
Moddiy
zaxiralar 
Mah-
sulot 
Ma’lu-
motlar 
Axborot 
mahsuloti 


Zamonaviy sifatida bu texnologiyaning evolyusion xususiyatini emas, balki 
novatorlik jihati ta’kidlanadi. Uni qo‘llash shu ma’noda novatorlik ishidirki, u 
tashkilotlarda xilma-xil faoliyat turlari, mazmunini muhim darajada o‘zgartiradi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari tushunchasiga, shuningdek, kommuni-
katsiyaviy texnologiyalar ham kiradi, ular axborotni turli vositalar, aynan telefon, 
telegraf, telekommunikatsiyalar, faks va boshqalar orqali uzatishni ta’minlaydi. 
2.1.2 . - rasm. Qayta ishlanadigan axborot tipiga bog‘liq holdagi zamonaviy AT 
tasnifi 
Axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularni rivojlantirishda davlat 
siyosatining maqsadlari quyidagilardan iborat: 

fuqarolarning axborotga ulanish va uni tarqatishda erkinligini ta’minlash; 

O‘zbekistonda milliy manfaatlarga javob beruvchi, mahalliy axborot 
resurslari va imkon qadar texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanuvchi 
global elektron axborot muhitini shakllantirish va rivojlantirish; 

internet tarmog‘i va undagi mavjud axborot resurslarining keng aholi ommasi 
va xo‘jalik faoliyati sub’ektlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, davlat, hukumat 

Download 447.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling