Mavzu: Axborot xavfsizligi siyosati


Download 127.18 Kb.
bet1/3
Sana16.11.2023
Hajmi127.18 Kb.
#1778154
  1   2   3
Bog'liq
axborot siyosati

Mavzu: Axborot xavfsizligi siyosati

Reja:

1.Kirish;

2. Axborot xavfsizligi tushuncasi;

3. Axborot xavfsizligi siyosati;

4.Axborot muhofaza qilishning davlat tizimi;

Kirish.

Axborotni muhofaza qilish davlat tizimi axborotni himoyalovchi texnikani qo’llaydigan idoralar va ijro etuvchilar hamda himoya obyektlari majmuini ifodalaydi. Bu tizim axborotni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy,tashkiliy-boshqaruv va me’yoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Shu bilan birga mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat xavfsizligini axborot sohasidagi ishki va tashqi tahdidlardan himoyalashga yo’naltirilgan.

Axborot xavfsizligi tushunchasi.

Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki su’niy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlangan axborot va uni qo’llab-quvvatlab turuvchi infrastrukturaning himoya-langanligi tushuniladi.Bunday ta’sirlar axborot sohasidagi munosabatlarga, jumladan, axbo-rot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni qo’llab quvvat-lovchi infrasturturaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Axborot xavfsizligi siyosati

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentabridagi “O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsiz-ligini ta’nimlash markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori bilan markazlar tashkil etildi va faoliyati yo’lga qo’yildi.

Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko’rinishda yo’qotishda (o’g’irlash, buzish, qalbakilash- tirish) ko’riladigan zararning oldini olishni ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko’ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni mufofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy – texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi.


Download 127.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling