Mavzu: Ayamajiz Qudrat Hikmat Darsning maqsadi: Ta’limiy


Download 23.23 Kb.
Sana22.02.2020
Hajmi23.23 Kb.

Fan: Oʻqish

Mavzu: Ayamajiz

Qudrat Hikmat



Darsning maqsadi:

Ta’limiy: Oʻquvchilarni Qudrat Hikmatning “Ayamajiz” sheri bilan tanishtirish. Oquvchilarga qish fasli tabiati haqida malumot berish. Oʻquvchilarning matnni ifodali oʻqish koʻnikmalarini shakllantirish, nutqlarini oʻstirish.

Tarbiyaviy: Oʻquvchilarga qish faslining fazilatini etkazish, ekologik tarbiya berish, tabiatga muhabbat hissini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Oʻquvchilarning mustaqil va ijodiy qobilyatlarini, lugʻat ustida ishlash malakalarini rivojlantirish, yil fasllari haqidagi bilimlarini chuqurlashtish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

A1+ . Televizor va radio orqali berilgan eshittirishlarni koʻrish, tinglash va mazmunini gapirib bera olish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

A1+. Oʻz uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash.

Dars turi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodlari: Savol-javob, “Assisment”, “Topishmoqlar oʻyini”.

Dars jihozi: Darslik, Mavzuga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar, slayd, multimediali ilovala.



Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism: (2 min) Oʻquvchilarning fanga oid darslik va oʻquv qurollarini nazoratdan oʻtkazish, sinfni toza tutish yuzasidan suhbat o’tkazish, davomatni aniqlash. Oʻquvchilarni darsga hozirlash:



  1. Oʻtilgan mavzuni mustahkamlash. (10 min)

Oʻquvchilardan “Qorparcha” hikoyasining qay darajada egallagan bilimlarini soʻrab baholash uchun guruhlarga bo’lib, oʻquvchilarni archazordagi sovgʻali savollar sharti bilan tanishtiriladi. Birinchi guruh “Ayoz bobo”, ikkinchi guruh “Qor parcha”, uchinchi guruh “Muz togʻlari”. Bunda oʻquvchilar oʻtilgan mavzu yuzasidan tuzilgan savollarga javob beradilar, qish fasli haqida ingliz tilida, rus tilida sherlar aytadilar. Oʻquvchilarning javoblari umumlashtiriladi. Topshiriqda faol qatnashgan oʻquvchilar guruhi ragʻbatlantiriladi.

  1. Yangi mavzu bayoni. (15 min)

“Ayamajiz” sherining muallifi, Qudrat Hikmatning rasmi kranda aks ettiriladi. Qudrat Hikmatning ijodi haqida qisqacha so’z yuritiladi.

Biyday cho’lu dalalar

Boʻralar qor kapalak.

Bogʻlar sokin, mizgʻishar

Misoli oq kapalak.

Muz oynalar sovuq yeb

Anhorchada qirsillar

Tarnovlarda sumalak

Shodalari chirsillar

Sahiy ona tabiat

Quchogʻida havo sof

Onda-sonda koʻrinar

Nursiz, qizgʻish oftob.

Ayamajiz izgʻiydi

Koʻchalarda tutaqib.

Shox-shabbani tortqilar

Yalmogʻizdek yutoqib…

Ko’kmaysalar nish urib

Yerning baland-pastidan.

Goʻzal bahor selkillab

Yetilar yer ostida

Lugʻat ishi

Oʻquvchilarga notanish bo’lgan so’zlar keng yoritib beriladi:

Mizgʻishar – dam olishar (uyquda)

Ayamajiz – qishning oxirgi haftasi.

Onda – sonda – gohida


  1. Dam olish daqiqasi. (2 min)

Yangi yil bayrami turli davlatlarda qanday kutib olinishi haqida qisqacha viderolik namoyish etiladi.

  1. Mustahkamlash mashqlari (10 min)

ASSESSMENT metodi

TEST

Ayamayiz sheri kimning qalamiga mansub



  1. Qurat Hikmat B) Habib Poʻlatov

C) Qambar ota

MUAMMOLI SAVOL

Ayamajiz izgʻiydi,

Koʻchalarda tutaqib


O’YLA

Biyday choʻlu dalalar

Boʻralar qor kapalak


DAVOM ETTIR

Ko’kmaysalar nish urib

Yerning baland – pastida…


TAʻRIF BER

Muz oynalar sovuq yeb

Anhorchada qirsillar


TAHLIL QIL

Bogʻlar sokin, mizgʻishar

Misoli oq kapalak




  1. Topishmoq va tez aytishlar (3 min)

Qishda terlab ishlaydi,

Boshqa payt qishlaydi. (pechka)

Qishda kishmish pishmasmish

Kishmish pishsa qishmasmish



  1. Guruhlar yigʻgan ballar elon qilinadi. (2 min)Faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi. Kam ishtirok etgan oʻquvchilar tarqatma materiallardagi savollarga javob berish orqali baholanadi.

  2. Uy ishi: (1 min). Sherni ifodali oʻqish, soʻzlab berish, mavzuni bolalar tasavvurida tasvirlash.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. K.Qosimova, S.Matjonov, X.Gʻulomova, Sh.Yo’ldoshova, Sh. Sariyev.

“Ona tili oʻqitish metodikasi” . – T.: TDPU. 2009.

  1. “Boshlangʻich ta’limning takomillashtirilgan o’quv dasturi”. Boshlangʻich ta’lim, 2006, 5-son

  2. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. I-V tom. “Oʻzbekiston Milliy ensklopediyasi”. – T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2006 – 2008

  3. M.Umarova, X.Xamroqulova, R.Tojiboyeva. “Oʻqish kitobi”, 3 – sinf, T. 2019

  4. WWW.ziyonet.uz internet tarmogʻi.

Pirnapasova Rashida Murodovna

Qorakoʻl tumani 38 – umumiy oʻrta taʻlim maktabining 3 – “A” sinfi.

Oʻquvchi soni 29 ta

Fan: Oʻqish



Dars ishlanma mavzusi: Ayamajiz

Dars oʻtilish sanasi: 2019 yil 25 dekabr
Download 23.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling