Mavzu: Ayirish sistemasi Reja


Download 436.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.12.2019
Hajmi436.91 Kb.

Mavzu: Ayirish sistemasi 

Reja: 

1.  Ayiruvning ahamiyati 

2.  Buyraklar haqida umumiy ma’lumot 

3.  Buyrak yetishmovchiligi  

4.  Buyrak sanchigʻi 

Buyrak —  odam  va  umurtqali  hayvonlarda 

siydik


 hosil  qiluvchi  va  uni 

ajratuvchi juft aʼzo; 

loviya

 shaklida,  qorin  boʻshligʻining  orqa  tomonida,  umurtqa 



pogʻonasi bel qismining ikki yonida joylashgan, qorin parda B.larning old yuzasini 

qoplab  turadi.  Old  va  orqa  yuzalari  yassilangan,  har  bir  B.ning  boʻyi  10—12  sm, 

eni  6  sm,  yoʻgʻonligi  3—4  sm,  ogʻirligi  oʻrtacha  140—150  g  .  Oʻng  B. 

tepasida 

jigar

 borligi  tufayli,  chap  B.ka  nisbatan  bir  oz  pastroqsa  yotadi.  B.ning 



yuqori uchi umurtqaga yaqin, pastki uchi esa umurtqadan uzoqroq boʻladi. B.ning 

umurtqaga qaragan ichki tomoni oʻrtasida botik joy boʻlib, u B. darvozasi deyiladi. 

B.ning botiq  yuzasiga buyrak jomi  taqalib turadi. B. darvozasidan  B. 

arteriyasi

 va 

nervlar  kirib,  vena,  limfa  tomirlari  va  siydik  yoʻli  chiqadi.  Bularning  hammasi 



birgalikda  B.  oyoqchasi  deb  ataladi.  B.  ichida  buyrak  usti  bezlari  bor.  Moddalar 

almashinuvi natijasida hosil boʻladigan chiqindi va zararli moddalar organizmdan 

B.  orqali  chiqib  ketadi.  Shu  bilan  birga  B.  organizm  uchun  zarur  miqdordagi  suv 

va  mineral  tuzlarni  saqlab,  tashkariga  chiqarmay  qoʻyadi,  organizmning  ichki 

muhitini  taʼminlaydi.  B.  siydik  bilan  birgalikda  siydikchil  (mochevina),  siydik 

kislota,  tuzlar  va  suvni  chiqarib  turadi.  B.da  biologik  faol  moddalar  (renin, 

prostoglandin  va  boshqalar)  hosil  boʻlib,  ular  qon  tarkibi,  qon  ivishi  va  kon 

bosimini  maromga  solib  turadi.  B.ni  fibroz  parda,  yog  kapsulasi  va  biriktiruvchi 

toʻqimadan  iborat  fassiyalar  oʻrab,  ushlab  turadi.  B.  poʻstloq  va  magʻiz  qismdan 

iborat. Poʻstloq qismining qalinligi 4–13 mm keladi. Bu qism ostida magʻiz kismi 

joylashgan;  u  12—15  ta  konussimon  B.  piramidalaridan  iborat.  Yondosh 

piramidalar  orasiga  poʻstloq  qism  suqilib  kirgan  boʻlib,  B.  ustunchalarini  hosil 

qiladi.  Piramidalar  oʻrtacha  1  mln.  mayda  kanalcha  (nefron)lardan  iborat,  shu 

nefronlarda  siydik  hosil  boʻladi,  bunda  suyuklik  qondan  sizib  oʻtadi  (filtrlanadi), 



qayta soʻriladi va sekresiya roʻy beradi. Har bir nefron B. tanachalari bilan siydik 

kanalchalaridan iborat. Siydik B. tanachalarida filtratsiya yoʻli bilan paydo boʻladi. 

B.  tanachasi  qoʻsh  devorli  kapsula  (Shumlyanskiy—Boumen  kapsulasi)  boʻlib, 

devorlari orasida yoriqsimon boʻshliq bor; siydik chiquvchi naycha (kanalcha) shu 

boʻshliqdan boshlanadi. Kapsulada mayda qon tomirlar koptokchasi (kalavasi) bor. 

Siydik  kanalchalarida  birlamchi  siydik  qayta  soʻriladi,  konsentratsiyasi  oshadi  va 

shakllangan  siydikka  aylanadi.  Siydik  kanalchalari  qoʻshilib,  yirikroq  yigʻuvchi 

kanalchalar  hosil  qiladi.  Siydik  kanalchalardan  B.ning  avval  kichik,  keyin  katta 

kosachalariga  va  nihoyat  B.  jomiga  oʻtadi,  undan  siydik  yoʻli  orqali  qovuqqa 

quyiladi.  B.dan  oʻrtacha  1,5  l  siydik  ajralishi  uchun  organizmdagi  qon  B.dan  bir 

kechakunduzda oʻrtacha 360 marta oʻtib, yetarlicha tozalanib turadi. Buning uchun 

B.ka  keladigan  qon  miqdori  va  bosimi  doimo  yetarli  boʻlishi  kerak.  Agar  qon 

bosimi pasayib  B.ka qon kam kelsa, u renin  modda ajratib qon bosimini oshiradi. 

Bu holat  surunkali qaytarilsa, qon  tomirlar devorining sikilishi tufayli  qon bosimi 

koʻtarilib,  B.  bosimi  paydo  boʻladi.  B.  rivojlanishida  nefron  naychasining  uchi 

berk  boʻlsa,  buyrak  istisqosi  kuzatiladi.  Buyrak  kasalliklarini  nefrologiya 

oʻrganadi. 

Buyrak  yetishmovchiligi —  buyrak  faoliyatining  pasayishi  sindromi. 

Toʻsatdan  (oʻtkir)  yoki  sekin-asta  (surunkali)  roʻy  beradi.  Koʻp  qon  yoʻqotish, 

mexanik shikastlanish tufayli qon bosimining pasayib ketishi yoki bemorning qon 

guruhiga moye kelmaydigan qon quyish, tok urishi, septik abort va boshqa; dorilar 

va  boshqa  metall  tuzlaridan  zaharlanish  oqibatida  buyrak  parenximasining 

shikastlanishi;  siydik  yoʻlining  oʻsma  yoki  buyrak  toshlari  bilan  bekilib  qolishi, 

shikastlanish  tufayli  ikkala  buyrak  zararlanishi  oʻtkir  Buyrak  yetishmovchiligiga 

sabab  boʻlishi  mumkin.  Oʻtkir  Buyrak  yetishmovchiligida  buyrak  faoliyati, 

xususan azot, suvtuz va boshqa moddalar almashinuvi izdan chiqadi, bunda siydik 

kam  ajraladi,  ogir  hollarda  butunlay  ajralmay  qoladi  (anuriya,  uremiya).  Qonda 

siydikchil  (mochevina)  miqdori  koʻpayadi,  organizmning  siydikdan  zaharlanishi 

kuzatiladi;  teri  osti,  qorin  va  koʻkrak  qafasida  suyuqlik  toʻplanadi  (suvdan 

semirish).  Surunkali  Buyrak  yetishmovchiligi  asosan  buyrak  va  siydik  yoʻlining 


uzoq  davom  etadigan  kasalliklari  (glomerulonefrit,  piyelonefrit,  sil,  buyraktosh 

kasalligi  va  boshqalar)  oqibati  boʻlib,  buyrak  toʻqimasining  bujmayishi 

(nefroskleroz)  yoki  xaltasimon  kengayishi  (gidronefroz)  bilan  davom  etadi. 

Tashnalik,  ogʻiz  qurishi,  teri  qurukshab  qichishishi,  qusish,  kamqonlik;  nafas 

aʼzolari, yuraktomirlar va meʼdaichak faoliyatining buzilishi alomatlari kuzatiladi. 

Siydikning nisbiy zichligi kamayib, miqdori esa ortadi. 

Davosi:  oʻtkir  Buyrak  yetishmovchiligida  bemor  kasalxonada  davolanadi 

("sunʼiy  buyrak"  apparati  bilan  qon  tozalanadi,  kislotaishqor,  suvtuz  almashinuvi 

rostlanadi);  surunkali  shaklida  parhez  va  dori-darmonlar  qoʻllaniladi,  gemodializ 

oʻtkaziladi.  Kechiktirilgan  hollarda  buyrak  koʻchirib  oʻtkaziladi  (q. 

Transplantatsiya). 

BUYRAK  SANCHIGʻI  —  buyrakning  ayrim  kasalliklari  belgisi.  Birdaniga 

belda qattiq ogʻriq turadi, baʼzan u chov sohasiga, songa, jinsiy aʼzolarga tarqaladi. 

Ogʻriqning zoʻridan bemor oʻzini qoʻygani joy topa olmay qoladi. Baʼzan sanchiq 

vaqtida  kasal  botbot  siyadi  (bu  toshning  siydik  nayining  qovuq  oldi  yoki  qovuq 

ichida turganini bildiradi), qayt qiladi, yel chiqmaydi, qorni dam boʻladi, harorati 

koʻtariladi,  taxikardiya,  qonda  leykotsitoz,  ECHT  tezlashadi.  Buyrak  sanchigʻi 

koʻpincha  siydiktosh  kasalligida,  siydik  yoʻllarida  tuzlar  toʻplanib  qolganda, 

gidronefroz,  nefroptoz,  buyrak  sili  hamda  siydik  nayi  va  buyrakning  boshqa 

kasalliklari  natijasida  yuzaga  keladi.  Buyrak  sanchigʻi  ni  oʻzga  xastaliklardan 

farqlashda urografiya juda qoʻl keladi. Sanchiq qayerda va qay tarzda boʻlishidan 

qati nazar darhol tez yordam chaqirish lozim. Chunki qorin boʻshligʻining boshqa 

oʻtkir  jarrohlik  kasalliklarida  ham  shunday  sanchiq  boʻlishi  mumkin.  Bunday 

hollarda  kasallikni  aniqlamasdan  turib,  oʻz  bilgicha  issiq  yoki  turlicha  dori-

darmonlar qilish yaramaydi, aks holda tuzatib boʻlmaydigan ogʻir asoratlarga olib 

kelishi  mumkin.  "Tez  yordam"  kelguncha  papaverin,  noshpa  yoki  platifillin 

tabletkalarini berish yoki inʼyeksiyalarini qilish mumkin. 

 

 


Nazorat savollari: 

1.  Buyrakning vazifalari. 

2.  Buyrak yetishmovchiligi. 

3.  Buyrak ayirishga aloqasi bo;lmagan fazifalari. 



 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. 


Nilsson Goran E. Respiratory Physiology of Vertebrates. — Cambridge: 

Cambridge University Press, 2010. — ISBN 978-0-521-70302-4.   

2. 

Randall David. Eckert Animal Physiology. — New York: W.H. Freeman and 



CO, 2002. — 

ISBN 0-7167-3863-5., human biology 146149  

3. 

C.Michael Hogan. 2011. 



Respiration. Encyclopedia of Earth. Eds. Mark 

McGinley and C.J.Cleveland. National Council for Science and the 

Environment. Washington DC 

4. 


Дыхательная система // Малая медицинская энциклопедия (том 10+, стр. 

209). 


5. 

Самусев Р. П. Атлас анатомии человека / Р. П. Самусев, 

В. Я. Липченко. — М., 2002. — 704 с.: ил. 

6. 


Judth  Tintinalli,  J. Stapczynski,  O. John  Ma, David Cline, Rita  Cydulka, 

Garth    Meckler.  –  Tintinalli’s    Emergency    Medicine;    A    Comprehensive  

Study Guide,   (Emergency  Medicine  Tintinalli)  -  USA, 2015  McGraw – 

Hill Education, English. 

7. 

Dennis  Kasper,  Anthony    Fauci,  Stephen    Hauser,  Dan  Longo,  J  Jameson, 



Joseph    Loscalzo.  –  Harrison’s    Principles    of    Internal    Medicine    19/E  

(Vol. 1   Vol2) -  USA 2015  English. 

8. 

Robert  E. David P – Textbook  of  family  medicine – USA, 2016 



9. 

John  Murtagh -   General  Practice  6

th 

Revised   edition  -  Australia   2015  



English. 

10. 


GadayevA.,    KarimovM.  Sh.,    AxmedovX.S.  Ichki  kasalliklar 

propedevtikasi.- Toshkent, 2012, 708 b. 

11. 

Каримов М.Ш. и др. Пропедевтика внутренних болезней методические 



рекомендации. Т., 2011. Часть 1-3. 

12. 

Purves, William K. Life: The Science of Biology. — 7th. — Sunderland, 

Mass: Sinauer Associates, 2004. — P. 954. — 

ISBN 0-7167-9856-5

13. 


 

Ansell, A. D.; N. Balakrishnan Nair (1968). «

Occurrence of Haemocoelic 

Erythrocytes containing Haemoglobin in a Wood Boring 

Mollusc

». Nature 217 (5126): 357-357. 

DOI


:

10.1038/217357a0



. Проверено 

2013-07-19. 

14. 


 Pierigè F, Serafini S, Rossi L, Magnani M (January 2008). «Cell-based 



drug delivery». Advanced Drug Delivery Reviews 60 (2): 286–

95. 

DOI


:

10.1016/j.addr.2007.08.029



. 

PMID 17997501



. 

15. 

 Fundamentals of Human Physiology/ Lauralee Sherwood, fourth edition 

16. 

↑ Pediatrics, Foreign Body Ingestion: Overview - eMedicine. Проверено 18 



декабря 2008. Архивировано из первоисточника 30 мая 2012. 

17. 


↑ Koornstra JJ, Weersma RK (July 2008). «Management of rectal foreign 

bodies: description of a new technique and clinical practice 

guidelines». World J. Gastroenterol. 14 (27): 4403–

6.

DOI:10.3748/wjg.14.4403. PMID 18666334. 

18. 

↑ Arana A, Hauser B, Hachimi-Idrissi S, Vandenplas Y (August 2001). 



«Management of ingested foreign bodies in childhood and review of the 

literature». Eur. J. Pediatr. 160 (8): 468–



72.

DOI:10.1007/s004310100788. PMID 11548183. 

19. 

↑ Conway WC, Sugawa C, Ono H, Lucas CE (March 2007). «Upper GI 



foreign body: an adult urban emergency hospital experience». Surg 

Endosc 21 (3): 455–60. 

DOI:10.1007/s00464-006-9004-z. PMID 17131048. 

20. 

↑ Li ZS, Sun ZX, Zou DW, Xu GM, Wu RP, Liao Z (October 2006). 



«Endoscopic management of foreign bodies in the upper-GI tract: 

experience with 1088 cases in China». Gastrointest. Endosc. 64 (4): 485–



92. 

DOI:10.1016/j.gie.2006.01.059. PMID 16996336

 


21. 

Baker R.D., Greer F.R. Committee on Nutrition American Academy of 

Pediatrics. Diagnosis and prevention of iron deficiency and iron-deficiency 

anemia in infants and young children (0–3 years of age) // Pediatrics. ― 

2010; 126 (5): 1040–1050.  

22. 


3. Recommendations to prevent and control iron deficiency in the United 

States.  



 


Download 436.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling