Mavzu: barkamol-ijodkor shax sifatlarini shakllantirish texnlogiyasining nazariy asoslari


Download 1.07 Mb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi1.07 Mb.
#232210
  1   2   3   4
Bog'liq
Dilnoza opa ijod


MAVZU: BARKAMOL-IJODKOR SHAX SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH TEXNLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI

REJA:

  1. Tarbiya-barkamol avlodni shakllantirishning bosh omili

  2. Tarbiya-barkamol avlodni shakllantirishning bosh omili



  1. Tarbiya-barkamol avlodni shakllantirishning bosh omili

Tarbiya – har bir shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy
sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashini ta'minlash uchun zarur bo’lgan aqliy-jismoniy, badiiy-estetik va axloqiy-ma'naviy xususiyatlarni tarkib toptirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan azaliy va abadiy qadriyatdir. Alohida odam ham, butun insoniyat ham tarbiyasiz mavjud bo’lolmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar avloddan avlodga tarbiya tufayligina o’tadi.
Ilmiy adabiyotlarda «tarbiya» amatasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni, balki butun ijtimoiy to’zum, uning yetakchi g’oyalari,

adabiyot, san'at, kino, radio, televideniye va boshqa vositalar orqali


singdiriladigan mafkurasini ham o’z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma'nodagi tarbiya tushunchasi ta'lim olish va ma'rifatlilikni ham qamrab oladi. Zero, tarbiya ta'limga nisbatan kengroq bo’lgan tushunchadir.
Tor ma'noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma'naviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi o’stirilishiga yo’naltirilgan maxsus faoliyatni anglatadi. Bunda tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Ta'lim olish va ma'rifatga erishish tor ma'nodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta'lim bilan chambarchas bogliq holda mavjud bo’lishi hisobga olirishi lozim.
Chunki ta'lim olish va ma'rifatga erishish kechimida shaxsning bilimi ko’payishi ko’pincha bu shaxsda ezgu axloqiy-ma'naviy sifatlar qaror topishini ham tezlashtiradi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug’ullanmagan mamlakat turg’unlikka yo’z tutadi va oqibatda inqirozga mahkum bo’ladi. Negaki, har qanday jamiyatning o’sib, rivojlanishi uchun moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish to’xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun har bir avlod moddiy va ma'naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlaridan yaxshiroq darajaga ko’tara bilish kerak. Yosh avlodda
ana shunday moddiy va ma'naviy qobiliyatlar shakllantirilishi uchun jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko’rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo’lishi taqozo etiladi.





Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling