Mavzu: Biologiya fanini o‘qitishda steam yondashuvlaridan foydalanish Reja
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
2kB0FVmV5Ng8ivvQYYwuMfFEgY8nj8k72TcxolQw
avtomatika asoslari va mikroprotsessor texnikasi(1), pedagogika test, 4-Mavzu. Tasodifiy miqdorlar. Tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari. (1), Doc1, SAN'AT ESTETIK TALABLARNI QONDIRISH SIRI. XALQ QUDRATI MUJASAM, Aflotuning falsafiy qarashlari, 11-B sinf, 1-mustaqil ish, masha kasha, 2 5204267629828642014, 3402113926, 3402113926, 1, 1651840846
- Bu sahifa navigatsiya:
- STEAM yondashuvining asosiy g‘oyasi
Mavzu: Biologiya fanini o‘qitishda STEAM yondashuvlaridan foydalanish Reja: 1. STEAM ta‘limining mazmuni. 2. STEAM ta‘limi imkoniyatlari 3. STEAM ta’lim texnologiyasi – Turkiya tajribasi misolida. 4. Biologiyani o‘qitishda STEAM yondashuvlarning o‘rni. STEAM ta‘limining mazmuni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi 05.09.2018-yildagi № PF-5538 Farmonida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab” Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasi haqida so‘z boradi. Bunda ekologik jihatdan toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalangan holda, ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida zamonaviy maktablar qurish, maktablarni, shu jumladan, o‘quv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, o‘quv rejalari va dasturlarini optimallashtirishga katta e‘tibor qaratilgan. 2020-yil boshida Oliy Majlisga Prezident Murojaatnomasida maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligi hamda oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirilish vazifalari belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9- sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi armoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, Respublikamiz hududlarida ochilgan Prezident maktablarida o‘qitishning zamonaviy STEAM ta’lim texnologiyasi olib boriladi. STEAM ta’limi Amerikada ishlab chiqilgan. Ayrim maktablar o‘z bitiruvchilarining keying faoliyatini kuzatib, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik mahorati, matematika fanlarini integratsiyalashga qaror qilishdi, shunday qilib, STEM (Science, Technique, Engineering and Math) tizimi yuzaga keldi. Keyinchalik unga san’at (Art) qo‘shildi, endilikda STEAM paydo bo‘ldi STEAM – ta’lim texnologiyasi maktab o‘quvchilarini yangi o‘qitish metodikasi bo‘lib, an’anaviy o‘qitish tizimiga muqobil tizim hisoblanadi. Axborotni olish, qayta ishlash va amaliyotda foydalanish STEAM ta‘limi dasturining asosini tashkil etadi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarni bir vaqtning o‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika) bo‘yicha o‘qitish tizimiga asoslangan, bunda o‘quvchilar amaliy va ko‘ngilochar loyihalar mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar. STEAM ta’limi texnologiyasi tabiiy fanlar, texnologiya, tasviriy san’at, matematika fanlarini integratsiyasi asosida o‘quvchilarni o‘qitish metodikasi bo‘lib, o‘quvchida amaliy mashg‘ulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bunda fanlarning o‘zaro uyg‘un holda yozilgan o‘quv dasturlari bir-birini to‘ldiradi va birgalikda o‘quvchida yaratuvchanlik layoqatini hosil qiladi. STEAM ta’lim muhitida o‘quvchilar egallagan bilimlaridan o‘sha zahotiyoq amalda foydalanishlari sababli ular ulg‘ayib, voyaga yetgach, real hayotda uchraydigan turli muammolarga duch kelishganida, masalan, atrof-muhit ifloslanishi bo‘ladimi? Iqlim o‘zgarishimi? Shu kabi murakkab muammmolarni yechish uchun faqatgina turli fan sohalari bo‘yicha egallagan o‘z bilimlariga suyanishlari va hamkorlikda ishlashlari zarurligini tushunishadi. STEAM o‘quvchilarning loyiha va o‘quv-tadqiqot faoliyatini maktabda va maktabdan tashqarida amalga oshirilishi imkonini beradi. Bu texnologiyani, aniq fanlar va tabiiy fanlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi, alohida fanlar sifatida emas, balki ushbu sohalarda bilimlarni integratsiyalashgan holda qo‘llashni talab qiladigan vazifalarni qo‘yib. Bu holda asosiy maqsad obyektlarni o‘rganish emas, balki talabalarning mantiqiy, ijodiy va ijodiy fikrlashlari, jamoada ishlash ko‘nikmalari, moslashishi va innovatsion yechimlarni topish qobiliyati, ilmiy va texnik kasbni tanlashga bo‘lgan qiziqishni oshirish. STEAM yondashuvining asosiy g‘oyasi Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling