Mavzu: Biozararlanishning ikki taraflamalik mohiyati va kelib chiqish sabablari


Download 0.63 Mb.
bet1/2
Sana06.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#966467
  1   2
Bog'liq
biozararlanish
Paxtachilik-Oripov- (2), Ns Savo, Kochegura maqola, turli-soya-navlarining-osildorligiga-ultrabinafsha-nur-va-past-chastotali-elektromagnit-nurlanishning-tasiri

Biologiya yo’nalishi 020-88-guruh talabasi
Maxmanazarova Baxrigulning Biozararlanish fanidan tayyorlagan prezintatsiyasi
Mavzu:
Biozararlanishning ikki taraflamalik mohiyati va kelib chiqish sabablari
Reja:
Biozararlanishlar tushunchasi va predmeti
1.
Biozararlanishning ikkiyoqiamali xususiyati, kelib chiqish sabablari va ekologo-texnologik konsepsiyasi
2.
Biozararlanishlar tushunchasi va predmeti
1.
«Biozararlanishlar» tushunchasi inglizcha «biodeterioration» so'ziga to‘g‘ri keladi. Bu tushuncha xalqaro muvofiqlashtiruvchi tashkilotlami belgilash uchun yuzaga keldi, masalan, The Biodeterioration Society - Biozararlanishlar bo‘yicha Xalqaro Jamiyat. Dastlab bu termin organizmlarni materiallar, buyumlar yoki texnik xomashyolarning funksional' va strukturaviy xususiyatlariga salbiy tN'nirini belgilash uchun foydalanilgan. Keyinchalik bu ifoda bir necha 6 bor o‘zgargan, ya’ni turli soha va fan mutaxassislari istaklariga mos ravishda toraygan, kengaygan. Hususan, ma’lum bir davrda bu tushunchaga organizmlarni foydali faoliyatlari ham kiritilgan, ya’ni eskirgan material va buyumlarni biozararlovchilar tomonidan emirilishi va utilizatsiyalanishi. Bu tendensiya ayniqsa, 1975-yil Kingstonda (AQSh) biozararlanishlar bo‘yicha o‘tqazilagan III Xalqaro simpoziumda o‘z yorqin ifodasini topdi. Mashhur olim Van der Kerk biozararlanishga quyidagicha ta’rif beradi: biozararlanish - organizmlar hayot faoliyati tufayli yuzaga kelgan materiallar xususiyatlaridagi o ‘rinsiz o‘zgarishlardir.
Rus olimi G.I.Karavayko bu tushunchani kengaytirib biozararlanish deganda organizmlar faoliyati tufayli materiallar xususiyatlarida sodir boiadigan kerakli va keraksiz o‘zgarishlami atashni taklif etgan. Ikkala tushuncha ham organizmlar zararlaydigan obyektlarni xilma-xilligini to iiq qamrab ololmaydi. Shuni hisobga olib, biozararlanish tushunchasini biz tirik organizmlar faoliyati va ishtiroki bilan, kelib chiqishi antropogen yoki xomashyo sifatida foydalaniladigan tabiiy obyektlarni strukturaviy va funksional xarakteristikasi o ‘zgarishini vujudga keltiradigan holatlarga tadbiq qilamiz. Bu munosabatlar organizmlarni obyektlarga ta’sirini kuchaytirishi yoki kuchsizlantirishi va hatto batamom yo‘qqa chiqarishi mumkin. Bunday holatni biozararlanishlar bo‘yicha mutaxassis hisobga olmasligini iloji yo‘q. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ekologik-antropogen-texnologik omillaming o'zaro ta ’siri asosida biosferani inson faoliyati natijasida kelib chiqqan mahsulot bilan to ‘Idirishi (ifloslanishi) bilan bog'liq biotsenotik, landshaft-zonal va keng m a ’noda biosferik hodisa-biozararlanishdir. Turli ekologik va antropogen-texnik omillar natijasidan kelib chiqib biozararlantiruvchi ta’sirning dinamikasi yuqori. Ular makon va zamonda turli bosqichlarni, tezlanuvchi va sekinlanuvchi vaqt kesmalarni, orqaga ketishlai' singari o‘z ichiga murakkab jarayonlarni oladi. Bu murakkab jarayon biozararlanuvchi deb nomlanadi. Uning oxirgi natijasi obyekt strukturaviy va funksional xossalaming o ‘zgarishi b o isa ham, obyektda bu o‘zgarishlar oraliq bosqichlarda, bir xil holatlarda katta, boshqalarida esa kichik darajada o‘tishi mumkin, bunda teskari aloqalami-obyektning organizmga ta’sirlarini ham inobatga olish kerak.
Shunday qilib, biozararlanish jarayon bir tomonlama yo‘naltirilgan jarayon emas. U obyekt va organizmlarning faol o‘zaro ta’siri bilan xarakterlanadi. Biozararlantiruvchi jarayon ikkiyoqlama va bunda ma’lum davrlarda, ma’lum bosqichlarda u yoki bu jarayon ustunlik qiladi. Biozararlanuvchi vaziyat, barcha zarur bo‘lgan komponentlar va omillar mavjudligida kelib chiqib, biozararlanish mumkinligini ko'rsatadi. U biozararlanishning eng muhim tushunchalaridan biridir. Bu tushuncha biozararlanishlarning vujudga kelish potensial imkoniyati boiishini ko‘rsatadi va biozararalanishlar bashorati bilan bog‘liq terminologik sxemalar ishlab chiqishni taqozo qiladi. Biozararlanish vaziyatini vujudga keltiruvchi eng muhim komponentlar tirik organizmlardir, ular obyektga biozararlanish ta’sir etish manbai bo‘lib. maxsus vositalar bilan himoyalangan yoki himoyalanmagan boiadilar. Biozararlanishlarning manbai deb material, buyum, inshoot, tabiiy homashyolarga hujum qiluvchi va ularning xossalarini inson uchun nomaqbul qiluvchi organizmlarga ataladi. Bunday organizmlar biozararlanish agentlari yoki zararlantiruvchi organizmlar deb ham yuritiladi. Inshootlar, buyumlar, materiallar, mahsulotlar organizmlar bilan zararlanganda foydali xususiyatlarini yo‘qotadilar. Ularni biozararlanish obyektlari yoki biozararlanadigan obyektlar deyiladi. Biozararlanish obyektlari tushunchasiga, dastlab inson tomonidan ulaming tarkibiga biotsidlar tariqasida himoya vositalarining kiritilishi yoki keyinchalik obyektga biozararlanish ta’siri real xavf tug‘dirganda, nafaqat proflaktik balki faol choralar ko‘rishni tushiniladi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling