Mavzu: Bir bosh bo‘lakli gaplar


Download 201.44 Kb.
bet1/7
Sana01.06.2020
Hajmi201.44 Kb.
#112805
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Bir bosh bo‘lakli gaplar


Mavzu: Bir bosh bo‘lakli gaplar

Gapni tuzishda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar qatnashadi. Bunda ega va kesim gapning grammatik asosi hisoblanadi. Sodda gaplar mana shu grammatik asosiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:

1.Bir bosh bo‘lakli gaplar

2.Ikki bosh bo‘lakli gaplar.

Faqat birgina bosh bo‘lakdan tashkil topgan gaplar bir bosh bo‘lakli gap deyiladi. Gapda faqat ikki bosh bo‘lak bo‘ladi. Demak, faqatgina ega yoki unga aloqador bo‘lgan tarkibdan, yoki kesim va unga aloqador bo‘lgan so‘zlardan tashkil topgan gaplar bir bosh bo‘lakli gaplar deyiladi.

Masalan: Qishda Chimyonga boramiz.

Maktab bog‘ida ishladik

Bir bosh bo‘lakli (tarkibli) gaplar hоkim bo‘lagining sintaktik tabiatiga ko‘ra, egasiz va kеsimsiz gaplarga bo‘linadi.

Egasiz gaplarning strukturasi asоsi-bоsh kеsimdan ibоrat bo‘ladi: Bugungi ishni ertaga qo‘yma. Mak./Bo‘rini ham to‘ng‘iz o‘q bilan оtadilar. El оg‘ziga elak tutib bo‘lmaydi./Mak./

Kеsimsiz gaplarning struktura asоsi-bоsh bo‘lagi egadan tashkil tоpadi: Kichkinagina maydоncha. Uning to‘rt tarafi baland imоratlar bilan o‘ralgan. /О/

Ega tarkibli gapda kesim, kesim tarkibli gaplarda esa ega ishtirok etmaydi. Shunga ko‘ra bir bosh bo‘lakli gaplar 2 turga: egasiz va kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplarga bo‘linadi. Bunda gap tarkibida ega qatnashmasa egasiz bir bosh bo‘lakli gapni, kesim qatnashmasa kesimsiz bir bosh bo‘lakli gapni tashkil qiladi. Egasiz gaplar. Bu tip gaplarning bоsh bo‘lagi-kеsimi turli vaziyatda bo‘ladi: ba’zi tiplarida kеsimidan egani tоpish mumkin, kеsimga egani aniqlab bеradigan so‘rоqni bеrish mumkin, ba’zi tiplarida esa kеsimdan eganni tоpib bo‘lmaydi, kеsim egani aniqlab bеradigan so‘rоqni talab qilmaydi. Qiyos qiling: Jo‘jani kuzda sanaydilar. Mеhnatsiz g‘alabaga erishib bo‘lmaydi. /Mak./ Shunga ko‘ra, egasiz gaplar ikkiga bo‘linadi: Egasi tоpiladigan gap, egasi tоpilmaydigan gap.

Egasiz gaplar kеsimi tabiatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:

1.Egasi topiladigan gaplar

2. Egasi topilmatdigan gaplar.

Egasi tоpiladigan gaplar shaхs xarakteriga ko‘ra shaхsi aniq gap, nоaniq gap, shaхsi umumlashgan gaplarga bo‘linadi. Egasi topilmaydiogan gap esa shaxssiz gapdir.

Ularning har biriga alohida to‘xtalamiz.

BIR BOSH BO‘LAKLI GAPLARNING TURLARI.

1. Shaxsi aniq gap. Ega qo‘llanmasa-da, uning belgilari kesim orqali konkret anglashib turadigan gap shaxsi ma’lum gap deyiladi.

Shaxsi ma’lum gaplarda fe’l kesimlarning grammatik, ot kesimning esa bog‘lama shaklidan shaxs anglashilib turadi. Shuning uchun eganing shaxs ko‘rsatuvchi olmosh yoki ot bilan qo‘shimcha ravishda ifodalashga hojat qolmaydi. Kesimi buyruq maylining birinchi va ikkinchi shaxs shakllarida ifodalangan bir bosh bo‘lakli buyruq gaplar ham shaxsi aniq gaplar hisoblanadi. Mas: Po‘lat – Opajon, mashinada, olib borib qo‘yaymi?

Surmaxon - Kerak emas, mashinangni pishirib ye.

Ko‘rsatilgan gaplarning mazmuniy egalari men, sen olmoshlari hisoblanadi.

2. Shaxsi noaniq gaplar. Bunday gaplarda ega konkret bo‘lmaydi. Kesimning formulasidagi gapning egasi shaxs ekanligi anglatib tursa-da, kesim noma’lum shaxslar tomonidan uch zamonning birida sodir bo‘ladigan harakatni ifodalaydi : Qush edim qanotimni qayirdilar. To‘rt g‘oz, tuman pul, yigirmata qo‘yga go‘zal qiz Oyshani sotadigan bo‘ldilar.

Shaxsi noaniq gaplarda egani ifodalashga ehtiyoj bo‘lmaydi, chunki so‘zlovchining e’tibori shaxsga emas ish-harakatga qaratilgan bo‘ladi. Tinglovchining e’tibori faqat ish-harakatga jalb qilinadi. Mas: Maktabni bitirgach, o‘qidim, ishladim, uylandim, uy joyli bo‘ldim.



3. Shaxsi umumlashgan gaplar. Egasi konkret bo‘lmagan, kesimi orqali ifodalangan harakat umumga qaratilgan gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Shaxsi umumlashgan gaplarning kesimi odatda ikkinchi shaxsning birligi formasidagi fe’l bilan ifodalanadi. M: Bugungi ishni ertaga qo‘yma.

Hikmatli so‘zlar va xalq maqollari odatda ko‘proq shaxsi umumlashgan gaplar tipida bo‘ladi. Bunday gaplarda konkret shaxs ko‘zda tutilmaydi, balki harakatning hamma shaxs uchun taalluqli ekanligi ma’nosi anglatiladi. Mas: Yer haydasang kuz hayda – kuz haydamasang yuz hayda. Yaxshi so‘zga quloq sol, yomon so‘zga o‘roq sol.

4. Shaxssiz (shaxsi topilmas) gaplar. Egasi bo‘lmagan gaplar shaxssiz gaplar deyiladi. Shaxssiz gaplar shaxsi ko‘rsatilmaydigan ish proseslarini ifodalaydi.

Shaxssiz gaplar eganing ifodalanmasligi bilan emas, balki umumiy uning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Mas: Hurlik uchun yig‘lash emas, kurashish kerak.

Shaxssiz gaplarning kesimlari quyidagicha ifoda qilinadi.


  1. To‘g‘ri kelmo‘q fe’lining turli shakllari bilan: endi ko‘p qiyinchiliklarni yengishga to‘g‘ri keladi.

  2. Vaqt anglatuvchi so‘zlar, son yoki ko‘p ancha singari ravishlarning bo‘lmoq, to‘lmoq, o‘tmoq, oshmoq, fe’llari bilan birikib kelishi bilan. Bu voqeaga ancha bo‘ldi. Yigit ekib tamomlaganiga besh kun bo‘ldi.

  3. Harakat nomi va kerak, lozim, zarur yoki mumkin so‘zlaridan tashkil topgan birikmalar bilan: Bu ishga ertaroq kirishish kerak dedi rais. Kutubxonadan kerakli kitoblarni olish lozim.

4. –b, -ib qo‘shimchalari ravishdosh va turli shakldagi bo‘lmoq fe’lining birikib kelishi bilan: Bu xatni mazmunini birovga aytib bo‘lmaydi. Bunaqangi qishloqni Farg‘ona vodiysida ham topib bo‘lmaydi.

  1. Fe’lning majhullik nisbati bilan: Bugin kinoga boriladi. Sizning ketishingizga ruxsat berildi.

Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gap atov (nominativ) gap ham deyiladi.

Atov (nominativ) gaplar. Narsa va predmetlarning hozirgi zamonda mavjudligini tasdiq yo‘li bilan ko‘rsatadigan gap nominativ gap deyiladi. Nominativ gaplar atov gaplar deb ham yuritiladi. Nominativ gaplar narsa-predmet voqea-hodisani atabgina qolmasdan balki uning mavjudligini maxsus intonatsiya bilan tasdiqlaydi. Natijada bir yoki birdan ortiq so‘zlar birikmasi ma’lum bir sharoitda mustaqil bir fikr ifodalaydi. Mas: Bahor. Hammayoq yashil libosga burkangan.Tun. Dunyoni zulmat bosgan.

Nominativ gaplar yig‘iq va yoyiq bo‘ladi.

Osmon to‘la yulduz oy yarqirab turibdi.

Oysiz, yulduzsiz, bulutli qorong‘u kecha.

Ko‘z ko‘zni ko‘rmaydi.

Mazmun va emotsional qimmatiga ega ko‘ra nominativ gaplar quyidagilarga bo‘linadi.



  1. Tabiat manzaralarini aks ettiruvchi tasviriy nominativ gaplar: Keng sahro, quruq cho‘l, suv manbalaridan darak yo‘q.

  2. Payt anglatuvchi nominativ gaplar: Shom payti. Qorong‘ulik quyuqlashib bormoqda.

  3. Hayot voqealarini bildiruvchi nominativ gaplar: Yoqimli ohang. Quvnoq qo‘shiqlar. Anorxon yo‘lida to‘xtab tinglaydi.

  4. Ko‘rsatuv xarakteridagi nominativ gaplar: Mana guzar. Mana odamlar. Odamlar uni o‘rab oldilar.

Nominativ gaplardan keyini kelgan gaplar unda ifodalangan voqea hodisalarni boshqa voqea tasviri bilan kengaytiradi. Qorong‘u tun. Poyezd tezroq manzilga yetish uchun shoshilmoqda.

Nominativ gaplarda ifodalangan hodisalar ko‘pincha emotsional xarakterda bo‘ladi. U ko‘pincha emotsional intonatsiya bilan talaffuz qilinadi: Ota ! Naqadar ko‘ngilga yoqimli.



Savol va topshiriqlar:

1. Bir bоsh bo‘lakli gap dеb nimaga aytiladi?

2.Bir bоsh bo‘lakli gap turlarini sanang.

3.Ega tarkibli gap dеganda nimani tushunasiz?

4.Shaхssiz gaplarni tushuntiring.

5.Shaхsi nоaniq gapga misоllar kеltiring.

6.Shaxsi umumlashgan gaplar qanday bo‘ladi?

7.Kеsim tarkibiga tushuncha bеring.

8.Atоv gap haqida nimalarni bilasiz?

9.Shaхsi aniq gaplarda shaхs qanday aniqlanadi?

10.Bir bоsh bo‘lakli gaplarda sinоnimiya tushunchasini izоhlab bеring.
MAVZU: Qo‘shma gap. Bog‘langan qo‘shma gaplar.

MAQSAD: Kurs tinglovcilariga qo‘shma gap va bog‘langan qo‘sha gaplar haqida umumiy va chuqur ma’lumot berish ko‘zda tutiladi.

KUTILADIGAN NATIJA: Kurs tinglovcilariga qo‘shma gap va bog‘langan qo‘sha gaplar haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak.

Zarur jihozlar: gazeta, jurnal,yangi adabiyotlar , plakat va videoproyektor



Mavzuning texnologik xaritasi

Fan: O‘zbek tili grammatikasining nazariy masalalari

Mavzu: Qo‘shma gap. Bog‘langan qo‘shma gaplar.

Soatlar soni: 2 soat

Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat talablariga asosida)

Sodda gap – bitta kesimlik belgisiga , mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo‘lgan gap . M: Haqiqiy do‘stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi .

Qo‘shma gap – ikki va undan ortiq sodda gapning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo‘lgan butunlik .

M : Kim birovga chuqur qazisa , unga o‘zi tushadi . Quyosh chiqdi va

atrof yorisha boshladi . Odam borki , fikr yuritish qobiliyatiga ega.

Gap uchun muhim belgi kesimlikdir . Kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi .



Solishtiring:Men do‘stimning kelganini eshitdim . – Men eshitdimki , do‘stim kelibdi.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Og‘zaki bayon qilish, “Aqliy hujum” metodi, davra suhbati, o‘zaro tajriba almashish,

Vositalar (texnik va didaktik): tarqatma materiallar, savollar, prezentatsiya slaydlari, skoch, marker, flipchart, videoproektor.

Nazorat: Og‘zaki nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish, savol javob.

Baholash: Rag‘batlantirish

Dars shakli : kichik ma’ruza, suhbat, savol-javob



Nazariy mashg‘ulotning maqsad va vazifalari:

Maqsad:
Kurs tinglovcilariga qo‘shma gap va bog‘langan qo‘sha gaplar haqida umumiy va chuqur ma’lumot berish ko‘zda tutiladi

Vazifalar:

Ta’limiy savol:

1. Gap tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi ?

2. Sodda va qo‘shma gap deb nimaga aytiladi ?
Rivojlantiruvchi savol:

1. Qo‘shma gaplar bog‘lovchi vositalariga ko‘ra necha turga bo‘linadi ?



Kutilayotgan natijalar:

Nazariy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Bilim):

Bog‘langan qo‘shma gaplar – qismlari teng bog‘lovchilar , bo‘lsa , esa so‘zlari ,

-u(-yu) yuklamalari yordamida bog‘langan gaplar . Demak , bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasida teng munosabat yotadi . Ular o‘zaro teng huquqli sanaladi .

Bog‘langan qo‘shma gaplarning qolipi


Qaysi savollar beriladi:

1. Bog‘langan qo‘shma gap deb nimaga aytiladi va u necha turga bo‘linadi ?





Nazriy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Ko‘nikma): Ayiruv bog‘lovchilari qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta`kidlaydi .

Qaysi savollar beriladi:

1. Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarni tushuntirib bering .

2. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar qanday bo‘ladi ?


Amaliy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Malaka):

Bo‘lsa , esa so‘zlari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga , ular o‘rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi . Bo‘lsa , esa so‘zlari qiyoslanuvchi bo‘lakdan so‘ng keladi .

Qanday topshiriqlar beriladi?

1. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarga misollar keltiring .





Dars jarayoni va bosqichlari:

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

metodi

Vaqt (daqiqa)

1-bosqich: tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash

Xotira mashqi

5

2-bosqich: Refleksiya. Ehtiyojlarni aniqlash

Mavzu bo‘yicha savol-javob orqali tinglovchilarning ushbu mavzuga tayyorligi va ehtiyojlari aniqlanadi

savol-javob

10

3-bosqich:

Mavzu bayoni


Mavzuni reja asosida yoritish:

Sodda gap va qo‘shma gap

Qo‘shma gaplar tasnifi

Bog‘langan qo‘shma gaplar

4. Zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar


Slaydlar asosida kichik ma’ruza.

Aqliy hujum

O‘zaro tajriba almashish

10

10



10

5


4-bosqich:

Mustahkamlash:


Kurs tinglovcilariga qo‘shma gap va bog‘langan qo‘sha gaplar haqida umumiy va chuqur ma’lumot berishda interfaol o‘yinlar va zamonaviy o‘qitish metodlardan foydalaniladi

Guruhlarda ishlash.

10

5-босқич: Baholash.

Dars yakuni

Xulosa (savol-javob, fikr mulohazalar va takliflar)



Guruhlarni baholash

Savol-javob



10
5

6-bosqich: Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar (uyga vazifa)

Mavzuga oid savollar

Tegishli adabiyotlar tavsiya qilinadi.



Og‘zaki



5




Nazariy mashg‘ulotning borishi:

1-bosqich: O‘qituvchi mavzuni tanishtiradi. Mashg‘ulotga zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlash

2-bosqich: Tinglovchilarning mavzuga oid bilimlari va ehtyojlarini aniqlash maqsadida og‘zaki savol-javob o‘tkaziladi:

1. Gap tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi ?

2. Sodda va qo‘shma gap deb nimaga aytiladi ?

3. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar nimalardan iborat ?


3-босқич. Mavzuni reja asosida yoritish:

Slaydlar yordamida kichik ma’ruza., o‘quvchilarning nutqini o‘stirishning eng muhim vazifalardan biri ekanligi. Pedagog faoliyati birinchi navbatda shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iboratligi, uning bilim va malakalarini vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun yo‘naltirishga qaratilishi.

Sodda gap va qo‘shma gap

Qo‘shma gaplar tasnifi

Bog‘langan qo‘shma gaplar

Zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
4-bosqich: Mustahkamlash: Kurs tinglovcilariga qo‘shma gap va bog‘langan qo‘sha gaplar haqida umumiy va chuqur ma’lumot berishda interfaol o‘yinlar va zamonaviy o‘qitish metodlardan foydalaniladi

5-bosqich: Savol – javob asosida o‘qituvchining mavzuni mustahkamlash bo‘yicha xulosasi bayon qilinadi

6-bosqich: O‘qituvchi mashg‘ulot yakunida umumiy xulosalar bildiradi va adabiyotlar tavsiya qiladi.

Yuqorida ta`kidlab o‘tganimizdek , gaplar tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi :

1. Sodda gap . 2 . Qo‘shma gap

Sodda gap – bitta kesimlik belgisiga , mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo‘lgan

gap . M: Haqiqiy do‘stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi .



Qo‘shma gap – ikki va undan ortiq sodda gapning o‘zaro grammatik va mazmuniy

munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo‘lgan butunlik .



M : Kim birovga chuqur qazisa , unga o‘zi tushadi . Quyosh chiqdi va

atrof yorisha boshladi . Odam borki , fikr yuritish qobiliyatiga ega .

Gap uchun muhim belgi kesimlikdir . Kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi .



Solishtiring . Men do‘stimning kelganini eshitdim . – Men eshitdimki , do‘stim kelibdi .

Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi .

Bu qismlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog‘lovchi vositalar hisoblanadi . Qo‘shma gap qismlari quyidagi vositalar bilan bog‘lanadi :

1. Bog‘lovchilar : a) teng bog‘lovchilar ( va , hamda , ammo , lekin , biroq , balki , yo ,

yoki , yo…,yo , dam…,dam , goh…,goh ,…)

b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar ( chunki , garchi , ya`ni , agar , negaki ,

basharti , maboda …)

2. Bog‘lovchi vazifasidagi vositalar : a) bo‘lsa , esa , deb ;

b) –u (-yu) , -da ,-ki yuklamalari ;

d) nisbiy so‘zlar (kim…u , qancha …shuncha ,… )

e) ko‘makchili qurilmalar ( shuning ushun , shu

sababli , shu tufayli )

f) shart mayli qo‘shimchasi (-sa) .

3. Ohang , ya`ni hech qanday vositalarsiz bog‘lanadi .



Qo‘shma gaplar tasnifi

Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar uch turga bo‘linadi : 1. Bog‘langan qo‘shma gaplar .

2. Ergashgan qo‘shma gaplar .

3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar .



Bog‘langan qo‘shma gaplar

Bog‘langan qo‘shma gaplar – qismlari teng bog‘lovchilar , bo‘lsa , esa so‘zlari ,

-u(-yu) yuklamalari yordamida bog‘langan gaplar . Demak , bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasida teng munosabat yotadi . Ular o‘zaro teng huquqli sanaladi .

Bog‘langan qo‘shma gaplarning qolipi .

M: Shu onda chiroq o‘chdi va birdaniga o‘q uzildi . Bu qo‘shma gap ikkita sodda gapdan iborat : birinchi sodda gap – Shu onda chiroq o‘chdi .

ikkinchi sodda gap - Birdaniga o‘q uzildi .

Qolipi . va

Biriktiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar

Biriktiruv bog‘lovchisi qo‘shma gapning payt , sabab-natija munosabatlarida bo‘lgan qismlarini bog‘lab keladi . Qismlari o‘rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so‘zini qo‘yish mumkin bo‘ladi .



M : Anor so‘zlar va (natijada) Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar .

Eslab qoling . –u,-yu, -da yuklamalari ham biriktiruv bog‘lovchilari bajargan

vazifani bajaradi : Anvar o‘rnidan turdi-da (va), ko‘chaga otildi .



Zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar

Zidlov bog‘lovchilari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ular o‘rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi . Zidlov bog‘lovchilari qo‘shma gapning ikkinchi qismi boshida qo‘llanadi va gap qismlari vergul bilan ajratiladi .



M : Oy yoritadi , lekin isitmaydi . Hammasini tinglardim , ammo o‘xshashini topmasdim aslo . O‘ylamoq yaxshi narsa , biroq ko‘p o‘ylab xayolparast bo‘lish zarardir .

-u,-yu ,-da yuklamalri bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ular o‘rtasida zidlash , ketma-ketlik munosabati mavjudligini ko‘rsatadi .

M : Havo bulut bo‘ldi-yu , yomg‘ir yog‘madi . Ilgari senga bu haqda ko‘p aytdim-u , sen quloq solmading .

Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar

Ayiruv bog‘lovchilari qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro‘y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta`kidlaydi .



Yo , yoki bog‘lovchisi yolg‘iz holda ham , takror holda ham qo‘llanadi . Qolgan ayiruv bog‘lovchilari (goh-goh , dam-dam , xoh-xoh , ba`zan-ba`zan , bir-bir ) takror holda qo‘llanadi va yozuvda takror qo‘llanayotgan bog‘lovchilar oldidan vergul qo‘yiladi . M : Men bu gapga qo‘shilaman , yo siz boshqa fikrdamisiz . Dam kun qizib ketadi , dam bulut kelib jala quyadi . Yo urug‘ aynigan , yoki agratexnika qoidalari buzilgan . Goh kulgu ovozi eshitiladi , goh musiqa sadosi avjiga chiqadi .

Bo‘lsa , esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar

Bo‘lsa , esa so‘zlari bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga , ular o‘rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi . Bo‘lsa , esa so‘zlari qiyoslanuvchi bo‘lakdan so‘ng keladi . M : Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi , to‘g‘rilik bo‘lsa uni saodatga boshlaydi . Yaxshilik qilmoqlik ulug‘ fazilatdir , buning qadriga yetmaslik esa illatdir .Uni tartibga chaqirib qo‘ying , bo‘lmasa ustidan arz qilaman . Aql – eskirmas kiyim , bilim esa tuganmas buloqdir .

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

1. Gap tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi ?

2. Sodda va qo‘shma gap deb nimaga aytiladi ?

3. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar nimalardan iborat ?

4. Qo‘shma gaplar bog‘lovchi vositalariga ko‘ra necha turga bo‘linadi ?

5. Bog‘langan qo‘shma gap deb nimaga aytiladi va u necha turga bo‘linadi ?

6. Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarni tushuntirib bering .

7. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar qanday bo‘ladi ?

8. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarga misollar keltiring .

Test savollari:

1.Qaysi qatorda qo‘shma gap berilmagan?

Inson tabiatining ikki asosiy Bisoti aql va fikrdir

Kimda vijdon bo‘lsa ishga kirishsin

S>Suqrotning donoligi shunda ediki,u bilmaganini bildim deb uylamasdi

D.Tafakkur buyuk fazilatdir va odamning donoligi haqiqatni aytishdadir

E.Bahor keldi

2.Bog‘lovchi yuklamali qo‘shma gap berilgan qatorni toping

A.Aqllilar ko‘p ,aqlishlatadiganlar kam B) dononi sharmanda qildim-ku diya

G‘ururga berilmish maqtanchoq nodon

S. Fanning iptidosi – aqil, aqilning iptidosi esa sabr-toqat.

D.Kitob, inson undan foydalana bilar ekan, beqiyos kuchdir.

3. Teng bog‘lavchilarning ma’no turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni ko‘rsating.

6 ta В) 5 ta S. 3 ta D.2 ta

3. Qaysi qo‘shma gap tarkibida nisbiy so‘z qolgan?

Mana, bahor nishonasi hidla, sig‘ngandirsan.

Binafsha qo‘ldan qo‘lga o‘tdi.

S. Kech kirib, keluvchilarning oyoq’i uzulishi bilan, u ko‘chaga chiqdi.

D.Kimki ajdodlar yaratgan boyliklarini bilmasa, demak u nafosatdan bebahra yashagan.

4. Qanday xolatda qo‘shma gap oxiriga undov belgisi qo‘yiladi?

Qo‘shma gap tarkibidagi barcha gaplar undov gap bo;lganda.

B. Qo‘shma gap tarkibida undov ishtirok etsa.

Qo‘sgma gap bosh bo‘laklari undov bilan ifodalansa.

D. Qo‘ma gap tarkibidagi sodda gaplarning biri undov gap bo‘lsa.

5.Qanday gap ritorik so‘roq gap deyiladi.

So‘roq mazmunini bildirgan gap.

Mazmunidan tasduq, ma’lum xabar mazmunini anglashilib turadigan so‘roq gaplar.

So‘roq gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa.

D.Gapning oxirida soroq belgisi ishlatiladigan gaplar.

6.Kenqaygan birikma nima?

Kesim, ega. To‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi.

Kesim, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovch, hol. D.Ega, hol, kesim

7. Murakkab qo‘shma gapni toping

Oqsoqol o‘tirdi, kotib unga choy uzatdi va o‘zi Xolmurod bergan qog‘ozni o‘qimoqchi bo‘ldi.

Kech kuz bo‘lishi bilan sovuq boshlabdi.

Bahor qushlari uchib kela boshladi.

Yangi maktab binosi qurilgach, barcha o‘quvchilar maktabga qatnay boshladi.

8.Nisbiy so‘zlar qatnashgan qatorni toping.

Ammo, lekin,biroq. В) Kim,qanday,sunday. С) Bahor,yoz,kuz,qish.

D)Havo,bulut,suv.

9.Usiubiy buyogi kuchli bo‘lgan bog‘lovchilarni ko‘rsating.

Ammo,lekin,biroq. B) Zero,zerki,zotan.

Chunki, shuning uchun. D) Ham-ham goh-goh.

10 .Qaysi qatorda gap berilmagan?

A. Opam ishdan tez qaytdilar va Biz xolamlarning uylariga bordik

B.Atrof yorishgach ,biz yo‘lga otlandik

S.Atrof yorishdi.va biz yo‘la otlandik

D.Qung‘iroq chalindi va mashg‘ulotlar boshlandi

E.To‘g‘ri javob yo‘q


MAVZU: Ergashgan qo‘shma gaplar.Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar

Download 201.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling