Mavzu: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari. Reja Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari
Download 40.6 Kb.
|
Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari
Mavzu: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari. Reja Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari. Shoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari Shoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari haqida tushuncha. Shoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko'rsatishning to rt qoidasi mavjud bo'lib, ulami birin-ketin amalga oshirish lozim: 1. Hodisa ro’y bergan joyni ко'rib chiqish. 2. Jabrlanuvchini birlamchi ko'zdan kechirish va lining hayoti uchun xatarli bo'lgan holatlarda unga birinchi yordam ко' rsatish. 3. Tez yordamni chaqirish. 4. Jabrlanuvchini ikkilamchi ko'zdan kechirib, zarur bo'Isa, yana yordam ко'rsatish. Uni uzluksiz kuzatib turib, tez yordam kelguncha xotirjam qilib turish. Shoshilinch vaziyat ekanligi aniqlangan zahoti diqqat bilan ko'zdan kechiriladi va quyidagilami aniqlashga harakat qilinadi: 1. Hodisa yuz bergan joy xavf tug’dirmaydimi? 2. Qanday hodisa ro'y bergan? 3. Jabrlanganlar nechta? 4. Atrofdagilar sizga yordam bera oladilarmi? Joyni ko'zdan kechirayotganda xavfli bo'lgan barcha narsalarga e'tibor berish kerak: Elektr simlarining ochiqligi, qulayotgan parchalar, jadal yo’ 1 harakati, yong’in, tutun, zararli bug’lanish, noqulay ob-havo sharoiti, suv havzasining juda ham chuqurligi yoki oqimning tezligi. Agar xavf juda xatarli bo’lsa, jabrlanuvchining yaqiniga bormaslik, zudlik bilan tez yordam va tegishli avariya xizmatini yoki ichki ishlar xodimini chaqirish kerak. Yuqori xavfli vaziyatda yordam tegishli tayyorgarligi va anjomlari bo’lgan malakali xizmat xodimlari tomonidan ko rsatilishi lozim. Nima bo'lganini aniqlashga harakat qilish, mayda-chuyda jihatlarga e'tibor berish lozim. Shunda hodisa va olingan jarohat sababi aniqlanishi mumkin. Singan shisha parchasi, to kilgan dori idishlari va hokazolar го у bergan hodisani oydinlashtiradi. Шаг jabrlanuvchi hushsiz bo lgan va boshqa kishilar bo lmagan vaqtda ayniqsa muhim omil hisoblanadi. Voqea sodir bo'lgan joydagi kishilar bilganlarini aytib berishlari yoki qandaydir yordam korsatishlari mumkin. Agar о sha yerda jabrlanuvchining tanishi uchrasa, u bemoming kasaliga yoki allergik reaksiyasiga oid ma'lumotlami berishi mumkin. Atrofdagi kishilar tez yordam chaqirishlari, yetib kelgan mashinani kutib olishlari va yo 1 ko rsatishlari, voqea sodir bo lgan joyni transport va qiziquvchi odamlardan xoli qilishlari va birinchi yordam ko rsatishda ko mak berishlari mumkin. Agar atrofda hech kim bo lmasa, baland ovozda yordamga chaqiriladi. Awal jabrlanuvchi hushida ekanligini aniqlash, undan: "Sizga yordam kerakmi" deb so-rash, agar javob bo lmasa, uning trapetsiyasimon muskulini siqib ko rish kerak. Tashqi ta'sirlarga javob bermayotgan odam hushini yo qotgan bo lishi mumkin. Bu holat hayot uchun xavflidir. Kishi xushini yo’qotganda, tilining muskuli bo shashadi va natijada til ichiga tushib ketishi va nafas yo'lining to'silishi yuz berishi, demak, nafas olishi to'xtashi va keyin yurak urishi ham to'xtashi mumkin. Birlamchi ko'zdan kechirish jarayonida jabrlanuvchining nafas yo'lining ravonligi, nafas dish va tomir urishi bor-yo'qligini tekshirish lozim. Jabrlanuvchini qo'zg’atmasdan tunb tiriklik belgilarini aniqlash kerak. Jabrlanuvchining nafasi va tomir urishi sezilmagan taqdirdagina, uni orqasi bilan yotqizish mumkin. Bunda uning boshini umurtqa pog’onasi bilan iloji boricha bir o'qda qilib ushlab, harakatlantirish lozim. Jabrianuvchining nafas yo'llarining ochiqligjga ishonch hosil qilish kerak. Og’iz va burundan boshlab o'pkagacha borgan havo o'tish yo'llari nafas yo'li hisoblanadi. Gapirish va baqirish qobiliyatiga ega bo'lgan har qanday odam hushini yo'qotmagan va nafas yo llari ochiq bo'ladi. Agar jabrlanuvchi hushsiz bo'Isa, uning nafas yo'llarining o'tkazuvchanligiga ishonch hosil qilish lozim. Buning uchun uning boshini orqa tomonga engashtirib, iyagj ko'tariladi. Bunda til nafas olish yo'lining orqa qismini berkitmaydi, o'pkaga havo o'taveradi. Agar jabrianuvchining bo'yin qismi jarohatlangan deb taxmin qilinsa, nafas yo'llarini ochish uchun boshqacha usul qo'llaniladi. Bu usul "boshni orqa tomonga engashtirmasdan pastki jag’ni oldinga siljitish" deb ataladi. Agar jabrianuvchining nafas yo'llariga yot jismlar kirib qolgan bo'lsa, awal ulami olib tashlash lozim. Hodisa to y bergan joyni ko'zdan kechirish. Keyingi bosqichda jabrianuvchining nafas olayotgani tekshiriladi. Agar jabrlanuvchi hushsiz holda bo'lsa, unda nafas olish belgilari borligiga e’tibor berish lozim. Nafas olganda ко krak ко tarilib, tushib turishi zarur. Kishi haqiqatan ham nafas olayotganiga ishonch hosil qilish uchun uning nafasini eshitish va sezish lozim. Buning uchun yuzni jabrianuvchining og’zi va bumiga yaqinlashtirib, nafas chiqarishdagi havoni eshitish va sezishga harakat qilish kerak. Bir vaqtning о zida ko'krak qafasining ko'tarilib-tushishini kuzatish va bu ishni 5 sekund davomida bajarish lozim. Agar jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo'lsa, u holda og’zidan havo o’tkazish yo'li bilan unga yordam berish lozim Burun teshiklarini berkitib, awaliga ikki marta to'la havo puflanadi. Keyin bir martadan puflash o'tkaziladi. Bunday muolaja o'pkaga sun'iy havo yuborish (ventilyatsiyasi) deyiladi. Jabrlanuvchini birlamchi kozdan kechirishning oxirgj bosqichi tomir urishini tekshinshdir. Bunda tomir urishi aniqlanadi va kuchli qon ketish hamda es og’ishi belgilari aniqlanadi. Odam nafas olayotgan bo'lsa, uning yuragi qisqaradi, demak, bu - tomir urishi bor, degan so'z. Agar odam nafas olmayotgan bo'lsa, u holda uning tomir urishini tekshinb ko'rish zarur. Buning uchun jabrlanuvchining bo'ynidagi uyqu arteriyasini ushlab ko'riladi. Kekirdak olmasi (qo'shtomoqjni topib, barmoqlami bo'yin chetidagi chuqurchaga suriladi. Sekinlashgan yoki kuchsiz tomir urishini aniqlash qiyin bo'ladi. Tomir urishi sezilmasa, bu harakatni qaytadan bajariladi va tomir urishini 10 sekund davomida sezib turiladi. Agar jabrlanuvchining tomir urishi sezilmasa, ko'krakni bosish yo'li bilan yurakni yopiq massaj qilish lozim. Bu muolaja yurak-o'pka faoliyatini tiklash (reanimatsiyasi) deyiladi. So ng darhol "103" telefoniga qo'nqiroq qilib, tez yordamni chaqirish kerak. Jabrlanuvchiga yordam berilayotgan paytda, iloji bo'lsa, biron-bir odamni qo'ng’iroq qilishga yuborish kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI: 1. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent: «O’z-bekiston». 1998. 684 b. 2. Ilyosova Z.F. Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari. Дарслик. - Toshkent: «Mehnat», 2001. 98 b. 3. Nurxo’jaev A.K., Yunusov M.Y., Xabibullaev I.X. Favqulodda vaziyatlarva muhofazatadbirlari. Toshkent: «Universitet». 2001. 67 b. 4. Tadjiev M., Ne’matov I. va boshq Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi. T. 2003. 260 b. 5. Farmonov A.E., Igamberdiev A.R. va boshq. Hayot faoliyati xavfsizligi. Toshkent: «Universitet». 2006. 96 b. 6. Ramazanova R.A., Sadikova H.A. va boshq. Favqulotda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralartayyorlash. O’quv qo’llanma. T.: «Yangi asravlodi». 2006. 515 b. 7. Shefer LF., Shaxmurova GA. Bezopasnost i zashita cheloveka pri chrezvichaynix situatsiyax. Uchebnoe posobie po laborator-nim zanyatiyam. T.: TDPU im. Nizami. 2007. 126 s. 8. Ergasheva G.S., Akbarova G. O. Favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlami muhofazasi asoslari. Pedagogika oliy o’quv yurtlari biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi ihtisosligi talabalari uchun metodik qo’llanma. I-П qism. T. 2009.112 b. 9. Sadikova H.A., S.M. Ermatova, Lapshin Y.M., Djumaev I.A. Grajdanskaya zashita naseleniya I terntoriy ot chrezvichaynix situatsiy. Uchebnoe posobie. T.: TDPU im. Nizami. 2009. 152 s. 10. “Birinchi yordam” Darslik Qizil yarim qy jamiyati. T: 2000. 11. Ramazonova R.A., Sadikova X.A., va boshqalar «Favqulotda vaziyatlar uchun tibbiy xamshiralar tayyorlash» 2005, Toshkent. 12. Yong’in xavfsizligi. A.D.Xudoev, M. A. Azizov va boshqalar. T.: 2006. 13. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T : O’zbekiston. 2003 36 b. Download 40.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling