Mavzu: Biznes huquqi munosabatlarida javobgarlik. Reja: Biznes munosabatlaridagi javobgarlik tushunchasi


Download 45.99 Kb.
bet1/6
Sana29.04.2022
Hajmi45.99 Kb.
#660205
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16-Mavzu Biznes huquqi munosabatlarida javobgarlik.
4Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi, 3Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari, 1,2,3 test jismoniy tarbiya, 9. Mastura Zokirjonova - XXI asr ayoli ko\'rik tanlovining Respublika bosqichi 3-o\'rin, 6 Amaliy mashg, 14 Amaliy mashg, ОГЛАВЛЕНИЕ ДИССЕРТАЦИИкандидат педагогических наук Цараева1, A.Ibroximov, Graphql learning, 1 Paskal 1, 2 amaliy paskal 2, Raxbar xulosasi ЖЖС 3, 475 31.07.2021, 11, 12

Mavzu: Biznes huquqi munosabatlarida javobgarlik.
Reja:

  1. Biznes munosabatlaridagi javobgarlik tushunchasi.

  2. Javobgarlik asoslari va turlari. Biznes shartnomaviy majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik.

  3. Biznes faoliyatida moliyaviy javobgarlik.

  4. Buyuk Britaniya va O’zbekistonda mediatsiya.



Tayanch so’z va iboralar: jinoiy javobgarlik, ma’muriy javobgarlik, jinoiy jazo, ma’muriy jazo, yuridik fakt, yuridik oqibat, yuridik javobgarlik, soxta bankrotlik, soliqdan qochish.

O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar to’zganlik uchun javobgarlik. O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar to’zish O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asoslariga qarshi qilingan harakatlardir. O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar to’zishning ijtimoiy xavfliligi shundaki, jinoyat sodir etilganda faqat alohida shaxslarning huquqlari bo’zilibgina qolmasdan, balki butun jamiyatga zarar keltiriladi. Bundan tashqari, jamiyat va davlatning o`tish davrida bu turdagi jinoyatlar soni tez o`sib boradi va davlatning iqtisodiy asoslariga jiddiy zarar keltirishi mumkin. Jinoyat davlat organi, mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining mansabdor shaxsi tomonidan respublika manfaatlariga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lgan, naf keltirilmasligi ayon bo`lgan bitimning to’zilishida ifodalanadi.


O`zbekiston Respublikasi manfaatlari deganda samarali bozor iqtisodiyotini yaratish, mulkiy va ashyoviy munosabatlarni, umummilliy qadriyatlarni himoya qilish, tovar mustaqilligiga erishish shu kabilar hisoblanadi. Ko`rsatib o`tilgan manfaatlar bitimlarni to’zishga alohida talablar belgilangan qonunchilikda aks ettirilgan va mustahkamlangan, shu jumladan bu savdo operasiyalarini o`tkazish va to’ziladigan tashqi iqtisodiy bitimlarga ham taalluqli.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 101-moddasiga ko`ra bitimlar deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o`zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi.
Bitimning quyidagi turlari mavjud: Bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko`p taraflama (oxirgi ikkitasi shartnoma) bo`lishi mumkin. Tahlil qilinayotgan jinoyat ikki taraflama yoki ko`p taraflama (shartnoma) to’zish bilan sodir etiladi, ammo jinoyat bir tomonlama bitimlar to’zish bilan ham sodir etilishi mumkin.
Shuningdek, bitimlar shartli (yani kechiktirish va bekor bo`lish sharti bilan to’zilgan bitimlar), haq evaziga va tekinga, real va konsensual, kazual (nizoli) va mavhum bo`lishi mumkin1. To’zilgan bitimning shakli qilmishning kvalifikasiyasiga tasir etmaydi, ammo aybdorga jazo tayinlashda sud tomonidan inobatga olinishi lozim.
Bitim to’zish – bu bitimning barcha shartlari bo`yicha shaxs (taraf)ning o`z erkini qonunda nazarda tutilgan tarzda ifodalashidir.
Quyidagi ikki shartga rioya qilgandagina bitim to’zilgan hisoblanadi:
 bitimning barcha shartlari bo`yicha erk-iroda ifodalangan bo`lishi kerak;
 erkning ifoda etilish shakli bitimlarga qo`yilgan barcha talablarga javob berishi kerak. Bitim to’zish natijasida davlatning iqtisodiy manfaatlariga katta zarar yetkazadigan har qanday bitim naf keltirmaydigan bitim deb hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi manfaatlariga xilof ravishda bitim to’zish natijasida ko`p miqdorda zarar yetkazish jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Ko`p miqdordagi zararni aniqlashda «zarar» tushunchasi jinoyatkorona qilmishdan ko`rilgan zararnigina o`z ichiga olishini nazarda tutmoq lozim. Zarar miqdorini aniqlashda O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim to’zish tufayli boy berilgan naf etiborga olinmaydi. Ammo bitim to’zish davlat manfaatlariga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lsagina, qilmish O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175-moddasi bilan javobgar qilishga asos bo`ladi. Agarda yetkazilishi mumkin bo`lgan zarar ko`p mikdorni tashkil qilmasa, ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni tashkil etmaydi. Zarar eng kam oylik ish haqining yo’z baravaridan uch yo’z baravarigacha bo`lsa ko`p miqdor hisoblanadi.
Har bir ish bo`yicha zarar miqdori tergov organi yoki sud tomonidan belgilanadi3 va modda mazmuniga ko`ra:
 haqiqiy zarar, yani davlat o`zining bo’zilgan manfaatlarini tiklashi uchun qilgan yoki kelajakda qiladigan xarajatlariga;
 boy berilgan foyda, yani fuqarolik oborotidan olinmay qolgan daromadga asoslanishi lozim.
Ushbu jinoyat faqat to`g`ri qasd bilan sodir etiladi. Mansabdor shaxs bitim to’zilgunga qadar uning Respublika manfaatlariga naf keltirmasligini bilishi kerak. Naf keltirmaydigan bitim deganda, shartlari davlat manfaatlariga zid keluvchi bitimni tushunish zarur (masalan, mahsulot yetkazib berish bahosining aniq pasaytirilganligi yoki mahsulotni olish, uni transportda tashish narxlarini aniq oshirib ko`rsatish; davlat mulkini tasarruf qilishda past narxlash, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy sanksiya qo`llagan rezidentlar bilan savdo operasiyalarini amalga oshirish va hokazolar).
Bitimning O`zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid to’zilganligi ishga tegishli mutaxassislar jalb qilinib aniqlanishi lozim.
Agar mansabdor shaxs o`zining sovuqqonligi orqasida shunday bitim to’zsa, uning hatti-xarakati Jinoyat Kodeksining 207-moddasiga binoan mansabga sovuqqonlik bilan qarash deb baholanadi. Jinoyatning motiv va maqsadi uning kvalifikasiyasiga tasir qilmaydi.
Davlat organi, mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona, muassasa, tashkilot yoki jamoat birlashmasining mansabdor shaxsigina ushbu jinoyatni sodir qilishda aybdor deb topilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175-moddasi 1-qismiga ko`ra, davlat organining, mulkchilik shaklidan qatiy nazar, korxona, muassasa, tashkilotning, jamoat birlashmasining mansabdor shaxsi tomonidan naf keltirmasligi ayon bo`lgan bitimni to’zish respublika manfaatlariga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lsa, eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha ahloq to’zatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim to’zishda aybdor bo`lgan mansabdor shaxs qilmishni: a) takroran, b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, v) juda ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etgan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi hamda eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yo’z baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorda qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo`llanilmaydi.

Download 45.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling