Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallardan foydalanish
Download 14.59 Kb.
|
Reja Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materialla-fayllar.org
Reja: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallardan foydalanish Reja: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish. Arifmetika o‘qitish tarixi haqida Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida tarixiy materiallardan foydalanish Arifmetika o‘qitish predmeti sifatida ancha oldin paydo bo‘ladi va maktab taʼlimida mustahkam o‘rin egalladi. Arifmetika o‘qitish metodikasi esa ancha keyin yaratildi. XVIII asr oxiriga qadar arifmetika metodikasi mustaqil o‘quv qo‘llanmasi sifatida mavjud emas edi. Arifmetika o‘qitish metodikasi rivojlanishiga Moskvada Pyotr I korsatmasiga binoan tashkil qilingan (1701y.) Rossiyada birinchi umumiy taʼlim maktabi bo‘lmish Matematika va navigasion fanlar maktabi turtki boldi. Bu maktabga 13 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan osmir va yoshlar qabul qilinadi. 1703 yilda matematika va navigasion maktab uchun maxsus ravishda Leontiy Filippovich Magniskiy tomonidan “Arifmetika, sirech nauka chislitelnaya nomli darslik yaratdi. Bu oz vaqti uchun ajoyib kitob edi. XVIII asrning birinchi yarmi davomida bir qancha avlod arifmetikani shu kitob bo‘yicha o‘rgandi. Magniskiyning katta xizmati shundan iborat ediki, u o‘zining Arifmetika”sida birinchi marta sonlarni nomerlashning arabcha sistemasini kiritadi, bu sistema o‘sha davrga qadar qo‘llanilib kelingan slavyancha nomerlash sistemasini siqib chiqaradi. Magniskiy arifmetikasida faqat arifmetik maʼlumotlargina berilmay, balki algebra, geometriya va trigonometriyaga doir materiallar ham berilgan. O‘sha zamonlarda matematikaning bo‘limlari yetarlicha aniq differensiallashmagan edi. Magniskiy arifmetikasi kursida hech qanday isbot berilmagan, tushuntirish, qoidalar taʼkidlash yoki bayon qilish bilan keltirilgan. Bu Magniskiy darsligining asosiy kamchiligi edi. Bunday darsliklar o‘quvchilarni ham, o‘qituvchilarni ham qanoatlantirmasdi, albatta. Kitob materiali savollar va javoblar shaklida reseptur tariflar va qoidalar tarzida bayon qilinardi. Arifmetika metodikasini yaratish ishida quyidagi asarlarda berilgan g‘oyalarning qimmati va bizning zamonamizga mos keladiganlari quyidagilardan iborat: O‘quv materiali konsentrlar bo‘yicha joylashtiriladi. Xususan, uchta konsentr ajratilgan: birinchi o‘nlik, birinchi yuzlik, ko‘p xonali sonlar. O‘quvchini ogzaki va yozma hisoblash usullari orqali arifmetik amallar qonunlari va xossalarini o‘zlashtirishga olib kelish borasida birinchi muvaffaqiyatli harakat qilingan. 10 ichida qo‘shishni o‘rganishda bolalar qo‘shishning o‘rin almashtirish qonuni bilan tanishadilar. 100 ichida qo‘shish va ayirishning hisoblash usullari sonni yigʻindiga qo’shish va ayirishning hisoblash usullari sonni yig’indiga qo‘shish, yigʻindini sondan ayirish qoidalariga asoslangan holda ochib beriladi. Masalan: 32 - 13 = 32 - (10 + 3) = (32 - 10) -3 = 22-3=19 Shu yerda xonalab qo’shishi usuli ham ochib beriladi. Jadvalda kopaytirishni o‘rganishda kopaytirishning orin almashtirish qonuni kiritiladi. 1. O‘quvchilar mustaqilligi ta’kidlanadi va unga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilarning mustaqil ishlariga rahbarlik qilish va o‘qitishni individuallashtirishni amalga oshirish uchun maxsus ravishda “Arifmeticheskiye listki” kitobining varaqlaridan foydalaniladi (kitobda 2523 ta masala bor), bu varaqlar kartonga yopishtirilib o‘quvchilarga tarqatiladi. Ko‘rgazmalilik, ayniqsa ta’limning birinchi qadamlarida keng qo‘llaniladi. Keyinchalik “Аmallarni o‘rganish metodi” deb atalgan metodni nazariy asoslashga va amaliy ishlab chiishga asos solindi. 1. Arifmetika o‘qitish tarixi haqida Arifmetika o‘qitish predmeti sifatida juda erta paydo bo‘ldi va uy hamda maktabda aniq va mustahkam o‘rinni egallagan. Uni o‘qitish metodikasi esa ancha keyin yaratildi. XIX asrning 60-yillariga kelganda yangi o‘qitish yo‘nalishlari hosil bo‘la boshladi. Paulsonning "Arifmetika po sposobu nemeskogo pedagoga Grube "kitobi chiqdi. Uni rus metodisti V.A. Yevtushevskiy qayta ishlab rus boshlang‘ich maktablarida qo‘lladi. Keyinchalik V.A. Latishev arifmetik amallarni o‘rganish metodikasini yaratdi. U "Rukovodstvo k prepodavaniyu arifmetiki" (1880) kitobida amallarni soddaroq bajarishga urinib ko‘rgan. Bundan keyin A.I. Goldenberg "Metodika" kitobida amallarni o‘rganishni uch konsentrga bo‘lib tavsiya qilgan: a) o‘nlik; b) yuzlik; v) ko‘p xonali sonlar. Arifmetik amallar, ularning xossalari, ko‘rsatmali tushuntirish, arifmetik cho‘t, og‘zaki hisoblash jadvali kabi ko‘pgina metodik tavsiyanomalarni berdi. Shu asosida XX asr boshigacha arifmetikani yaratish va uni o‘qitish sohasida ancha siljishlar bo‘ldi. Arifmetika ongni rivojlantirishda oldingi o‘rinda turishligi isbotlandi. Download 14.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling