Mavzu: Boshqarish dasturining va kadrlarning strukturasi


Download 1.1 Mb.
bet1/2
Sana29.02.2020
Hajmi1.1 Mb.
  1   2

Mavzu: Boshqarish dasturining va kadrlarning strukturasi


  1. Asosiy harakat, surish, asbob, tayyorlash va yordamchi funksiyalar.

  2. Boshqaruvchi axborotlarni nazorat qilish va tuzatish tizimlari.

Boshqaruvchi dastur (BD) - dasturlash tilidagi texnologik, geometrik va yordamchi ma’lumotlarning tugal jumlasini aks ettiruvchi kadrlar ketma-ketligi.

SDB dastgohlarini muhim xususiyati shundaki, ishlov brilayotgan homaki detalga nisbatan kesuvchi asbobning harakatini ishchi organlarning holatlari ketma ketiligi va ko`chish tezligini aks ettiruvchi maxusus dastur eltuvchida sonlar ko`rinishidagi dastur orqali ifodalanadi. SHundan sonli dasturli boshqarish atasami kelib chiqqan.

SDB dastgohlarida ishlov berilganda yuqori malakali ishchi o`rnii «Boshqaruvchi dastur» (BD) asosida ishlov bilan almashtiriladi. BD ishlov berish jarayonidagi dastgoh ishchi organlarining hatti-harakatlari va ularning ketma-ketligi haqidagi batafsil axborotni o`z ichiga oladi. Shuning uchun dastgoh operatorining malkaksiga bo`lgan talablar kamayadi, chunki detalga ishlov berish jarayoniga oid barcha masalalarni texnolog-dasturchi BD ni ishlab chiqish mobaynida hal qiladi. BD ni tayyorlashda katta hajmdagi texnologik axborot qayta ishlanadi. Hisoblash jarayonida detalning konfiguratsiyasi va materiali, ishlov beriladigan yuzalarga qo`yiladigan talablar dastgohlarning texnologik imkoniyatlari, asboblar va moslamalarning xususiyatlarini e’tiborga olish lozim.

BD ni ishlab chiqish SDB dastgohlarida detallarni tayyorlash jarayonining eng muhim tarkibiy qismidir. BD ni tayyorlash texnik sharoitlarida detallarni qaysi SDB dastgohida tayyorlash, qanday texnologik hujjatlarni o`z ichiga olishi va boshqalar ko`rsatiladi.

BD ni tayyorlash jarayonida turli xil texnologik axborotlarni qayta ishlanadi va bularning hammasi texnologik hujjatlarda o`z aksini topadi. Texnologik hujjatlar deganda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun kerakli ma’lumotlarni o`z ichiga olgan matnli va tasvirli hujjatlar majmuini tushuniladi. BD ni ishlab chiqishda foydalaniladigan hujjatlarni uchta guruhga bo`lish mumkin: ma’lumotli, dastlabki va yo`ldosh.



Ma’lumotli hujjatlar tarkibiga SDB dastgohlari, kesuvchi, o`lchovchi va yordamchi asboblar, moslamalar, ishlov beriladigan materiallar kartotekalari, kesish maromlari me’yornomalari, dopusk va o`tqazishlar jadvallari, BD ni hisoblash, kodlashtirish, yozish, tekshirish va tahrirlashga oid yo`riqnomalar, SDB dastgohlarida ishlov berishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo`yicha uslubiy materiallar kiradi.

SDB dastgohlari kartasida dastgohning texnik ko`rsatkichlari qisqa yoziladi. Kesuvchi asbob kartasida dasturlash jarayonida kerak bo`ladigan asbob haqida ma’lumotlar batafsil yoziladi.

Moslamalar kartasida moslamaning texnik ko`rsatkichlari yoziladi.

Ishlov beriladigan materiallar kartasida kesish maromlarini tanlashda foydalaniladigan texnologik hususiyatlar yoziladi.



Dastlabki hujjatlar tarkibiga dasturlashga topshiriq, yo`nalishlar yoki amalli-yo`nalishlar kartasi, homaki detal chizmasi va detalning ishchi chizmasi kiradi.

Yo`ldosh hujjatlar tarkibiga detallar kartasi va amallar bo`yicha chizmalar, dastgohni va asboblarni sozlash kartasi, amal hisob-texnologik karta (HTK) si, asboblar traektoriyasining eskizlari va BD ni tekshirish jarayonida olingan grafigi, hamda BDni tadbiq qilish dalolatnomasi kiradi.

Amallar kartasida detalni tayyorlash texnologik jarayonida ishlatiladigan dastgoh, kesuvchi, o`lchovchi va yordamchi asboblar, o`tishlar bo`yicha kesish maomlari aks ettiriladi.

Amal HTK si BD ni qo`lda tayyorlashda ishlatiladi va unda dasturning «qo`lyozmasi» aks etadi: amalni bajarish ketma-ketligida traktoriya tayanch nuqtalarining nomerlari, kordinatalari va orttirmalari; surish tezliklari; shpindelni aylanish tezliklari; shpindelni aylanish tezligi va yo`nalishi; korrektorlarning nomerlari va texnologik buyruqlar.

BD matni(chop etilgan) ma’lumotlarni tasmaga yozish qurilmasida perfolenta tayyorlash bilan bir vaqtda chop etiladi.



BD ni tadbiq qilish dalolatnomasi yakuniy hujjat bo`lib, tayyorlangan BD bo`yicha bir yoki bir necha detallarga sinash ishlovi natijalarini aks ettiradi.



Boshqaruvchi dasturni kadrida axborotlarni belgilangan tartibda yoziladi:
Kadrdagi yozuvlar kadr nomeridan boshlanadi, uning adresi N harfi bilan belgilanadi va kadr nomeri yoziladi, masalan, N001, N015, N185.

Agar N015 va N016 kadrlar orasiga qo`shimcha kadrlar yozish zarurati tu\ilsa, u holda N01501, N01502, N01503, N01504 kabi nomerlar bilan kiritish mumkin.



Tayyorlash funktsiyalari G adresi bo`yicha yoziladi va 2 razryadli son ko`rinishidagi kod raqami yoziladi, masalan, G00, G01, G04, G40 kabi.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling