Mavzu bo’yicha topshiriq
“Erish” tushunchasining ta’rifini ayting?
XI DF bo‘yicha “Erish” testi qaysi asbobda o‘tkaziladi?
Tabletkalarning biosamaradorligiga ta’sir ko’rsatadigan omillarni keltiring
Javoblar
2. “Erish testi” ilk bor 1970 y. AQSH farmakopeyasining XVIII nashriga 7 preparat, milliy formulyarga 5 preparat uchun kiritilgan. 1975 yilga kelib 20 ta preparatni, 1981 y. - 71 preparatni, 1983 yilga kelib 203 ta preparatni, 1985 yilga kelib XXI AQSH farmakopeyasida 700 preparatni erish testi keltirilgan. - Erish testi 1982 yili Yaponiya farmakopeyasiga; - 1978 yili Evropa farmakopeyasiga; - 1977 yili JSST ga a’zo bo‘lgan davlatlar uchun Kompendium medicamentorum ga kiritildi. 1985 yili Sobiq Ittifoq (SSSR)da erish testi uchun VFM (VFS) tasdiqlandi, keyinchalik bu asbob va usul XI DF ga kiritildi.
1. Erish — moddalarning issiqlik taʼsirida qattiq (kristall) holatdan suyuq holatga oʻtish jarayoni. Sof moddalarning E. jarayoni E. trasiga bogʻliq. E. vaqtida qattiq holatdagi atomlarning joylashish tartibida fazoviy kristall panjara buziladi. Kristallda atomlar muvozanat vaziyatlari atrofida tebranadi. temperatura koʻtarilgan sari tebranishlar amplitudasi ortib boradi va muayyan kritik kattalikka yetadi, shundan keyin panjara buziladi. Qattiq qotishmalar maʼlum temperatura oraligʻida eriydi. Amorf qattiq moddalar temperatura orta borishi bilan yumshab, asta-sekin suyuq holatga oʻtadi. Modda eriganda hajmi kengayadi, bosim oshishi bilan E. temperaturasi ham ortib boradi. Ayrim moddalar (muz, metall va metalloid) eriganda hajmi kichrayadi va bosim ortishi bilan E. temperaturasi pasayadi.
Molekulyarkinetik tasavvurlarga binoan, moddaning qattiq holatdan suyuq holatga oʻtishida kristall panjaraning buzilishi uchun yetarli miqdorda energiya berilishi zarur. E. jarayonida moddaga tashqaridan beriladigan energiya uning temperaturasi ortishiga emas, balki kristall panjarasini buzishga sarflanadi.
E. tabiatda (Yer sirtida qor va muzlarning , Yer qaʼrida minerallarning erishi), fan va texnikada (sof metall va qotishmalar ishlab chiqarishda) katta ahamiyatga ega.
3.Tabletkaning biosamaradorlikka tasir qiluvchi omillar farmasevtik omil katta roli bor. dori moddani fizik-kimyoviy holati, dori shakli va yuborish usuli, yordamchi moddalar turi va miqdori, dori shaklini olishda qo‘llaniladigan texnologik jarayon va qabul qiluvchini Yoshi jinsi ham tasir ko’rsatadigan omillardan.
Do'stlaringiz bilan baham: |